Научная статья на тему 'UMAR TERMIZIYNING IKKI NOYOB RISOLASI'

UMAR TERMIZIYNING IKKI NOYOB RISOLASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
50
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Umar Termiziy / “Kitab un-niyya” / “Tafsiri suratil ixlos” / Umar Rizo Kahola / “Al-Xidayviya”. / Umar Termezi / Kitab un-niyya / Tafsiri suratil ikhlas / Umar Riza Kahola / Al-Hidaiviya.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Muxiddin Choriyev

Jahondagi tadqiqot markazlarida aynan tarixiy shaxslarning qoldirgan meroslarini o‘rganish borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Bu borada Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish yo‘lida qator tadqiqotlar olib borilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TWO UNIQUE PAPERS OF UMAR TERMIZI

Research centers around the world are working hard to study the legacy of historical figures. In this regard, a deep scientific study of the unique heritage of the Termez scholars who made a great contribution to the development of Islam, widely propagandized among our compatriots and the international community that the land of our holy land has always been home to great scholars and saints. On this basis, a number of studies are being conducted to preserve and develop our national and religious values, to educate the younger generation in the spirit of noble ideas, to further strengthen in their hearts a sense of love and devotion to the Motherland.

Текст научной работы на тему «UMAR TERMIZIYNING IKKI NOYOB RISOLASI»

Scientific Journal Impact Factor

UMAR TERMIZIYNING IKKI NOYOB RISOLASI

Muxiddin Choriyev Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Manbashunoslik bo'limi ilmiy xodimi

Annotatsiya: Jahondagi tadqiqot markazlarida aynan tarixiy shaxslarning qoldirgan meroslarini o 'rganish borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Bu borada Islom dini rivojiga ulkan hissa qo'shgan termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o'rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug' allomalar, aziz-avliyolar vatani bo 'lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o'rtasida keng targ'ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosdayosh avlodni ezgu g'oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini yanada kuchaytirish yo 'lida qator tadqiqotlar olib borilmoqda.

Kalit so'zlar: Umar Termiziy, "Kitab un-niyya", "Tafsiri suratil ixlos", Umar Rizo Kahola, "Al-Xidayviya".

Abstract: Research centers around the world are working hard to study the legacy of historical figures. In this regard, a deep scientific study of the unique heritage of the Termez scholars who made a great contribution to the development of Islam, widely propagandized among our compatriots and the international community that the land of our holy land has always been home to great scholars and saints. On this basis, a number of studies are being conducted to preserve and develop our national and religious values, to educate the younger generation in the spirit of noble ideas, to further strengthen in their hearts a sense of love and devotion to the Motherland.

Keywords: Umar Termezi, Kitab un-niyya, Tafsiri suratil ikhlas, Umar Riza Kahola, Al-Hidaiviya.

Аннотация: Исследовательские центры по всему миру усиленно работают над изучением наследия исторических личностей. В связи с этим глубокое научное изучение уникального наследия ученых Термеза, внесших большой вклад в развитие ислама, широко пропагандировалось среди наших соотечественников и международного сообщества, что земля нашей святой земли всегда была домом для великих ученых. и святых. На этой основе проводится ряд исследований по сохранению и развитию наших национальных и религиозных ценностей, воспитанию подрастающего поколения в духе благородных идей, дальнейшему укреплению чувства любви и преданности Родине в своих сердца.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Ключевые слова: Умар Термези, Китаб ун-нияйа, Тафсири суратил ихлас, Умар Риза Кахола, Алъ-Хидайвия.

KIRISH

Barchamizga ma'lumki, har bir suveren davlat o'zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. Ana shu bunyodkorlik jarayonining qudratli va hal qiluvchi kuchi, hech shubhasiz, ko'p millatli xalqimizdir. O'zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og'ir sinovlar bo'lganini barchamiz yaxshi bilamiz. Termiz zaminida yetishib chiqqan ana shunday buyuk allomalardan biri o'laroq o'z davrida mufassir, voiz, so'fiy, faqix sifatida tanilgan Umar Termiziyni ham qayd etib o'tish mumkin. Umar Termiziy hijriy IX asr, milodiy XV-asrlarda yashab o'tgan. Olim hayoti haqida ma'lumotlar kam uchraydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolada Umar Termiziyning kam sonli risolalari haqida mulohaza yuritiladi. Olim hayoti haqida ma'lumotlar kam bo'lib, uning "Tafsiri suratul ixlos" va "Kitab un-niyya" (Niyat kitobi) asari hozirga qadar saqlanib qolgan. Umar Rizo Kaholaning (1323-1408/1905-1987) ma'lumot berishicha, so'fiy va voiz Umar Termiziyning "Tafsiri suratul ixlos" va "Kitab un-niyya" (Niyat kitobi) Qohiradagi "Al-Xidayviya" kutubxonasida 2/173, 17945 raqam ostida saqlanayotganmoqda [1, b. 320].

"Tafsiri suratil ixlos" va "Kitob an-niyat" kitoblari xijriy - 857 yilda (melodiy 1453 yil) vafot etgan Mamluk sultoni Zohir Muhammad Abu Sa'id uchun ta'lif etilgan. Bu haqda muallif asarning muqaddimasida, kitob poshohning ezgu ishlariga xayrihoh tarzda yozilganligini ta'kidlaydi [3, b. 1a-b]. Podshohga kitob orqali xolislikga, riyodan uzoq bo'lishga va bir qancha ezgu ishlarda yanada bardavom bo'lishlikga chaqiradi.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Umar Termiziy yozilajak kitobini podshohga in'om etish niyati borligini va bu ishni qilish tug'ri yo noto'g'riligiga o'zi ham ikkilanadi "men gavxarni dengizga uloqtirgan odamga o'xshab qolmaymanmi", degan fikrni qayd etadi [3, b. 1a-b].

Har qancha ikkilansa ham mazkur asarni podshohga taqdim etadi.

"Tafsiri suratil ixlos" va "Kitab un-niyya" risolalari bitta kitobga jamlangan bo'lib, jami 144 saxifa ("Tafsiri suratil ixlos") bo'lib uning davomida yana 85 saxifa

("Kitab un-niyya") yozilish uslubi at-tafsir bil ma'sur yo'nalishida yozilgan bo'lib

279

Scientific Journal Impact Factor

oyat, hadis va turli rivoyat va she'riyatdan xam foydalanilgan. Asar muqaddimasida shunday deyiladi: "Biz avvalo ixlosning haqiqati, fazli va darajalarini bayon qilamiz. So'ngra suraning tafsiri, uning ta'vili, nozil bo'lish sabablari hamda Zamahshariyning al-kashshof kitobiga, e'roblarini muvofiq qilamiz" [3, b. 1-2a-b].

Muallif o'z kitobi orqali amallarda xolislikka va qalbdan riyo, suma', vasvas va bir qancha yomon illatlardan poklanish xaqida pand nasixatlar qiladi.

Masalan, kitobda quyidagi ba'zi hadis va hikmatlardan keltirib o'tish mumkin: Rasululloh (s.a.v) dedilar: "Qirq kun amallarini xolis Alloh uchun sidqidildan bajargan kishining hikmat buloqlari qalbidan tiliga ko'chadi". Ali (r.a): "Sizlar amallaringizning ozligi uchun g'am chekmanglar. Balki uning qabul bo'lishi borasida qayg'uringlar. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Mu'oz ibn Jabal roziyallohu anhuga: "Amalingni xolis qil. SHunda uning ozi ham senga kifoya qiladi", dedilar [3, b. 16a-b]..

Muallif asarida podshohga shunday nasixat beradi: "Bilginki, ey olim, odil, podshoh Alloh seni asrasin va senga o'zi yordam bersin. Ixlosli bo'lish uchun nafsni sindirish, ta'ma qilmaslik, oxirat uchun muxlis bo'lish kerak. Ba'zi shayxlardan keltiriladi: Men o'ttiz yil namozni masjidda, birinchi safda o'qir edim. Bir kuni ba'zi sabablar bilan ikkinchi safga etishdim. Odamlar meni ikkinchi safda ko'rgan paytda, meni hijolat o'rab oldi. Bildimki odamlar nazari meni avvalgi safda izlardi. Riyo va ixlos o'rtasidagi bu juda nozik sir edi. Faqatgina o'sha xolatda amallarni riyodan Alloh salomat qilgan kishigina saqlanadi. Riyodan g'aflatdagilar oxiratda barcha savoblarini gunoxga aylanganini ko'radilar va bo'nga dalil Alloh taolo Zumar surasining 47-oyatida: "Va ularga Alloh tomonidan o'zlari xayollariga ham keltirmagan narsalar zoxir bo'lur". Va yana Josiya surasining 33-oyati dalil: "Va ularga qilgan amallaring yomonliklari ayon bo'ldi va ularni o'zlari istehzo qilib yurgan narsa o'rab oldi". Va yana Kahf surasining 103-oyatida: Sen: "Sizga amallari yuzasidan eng ziyonkorlarning xabarini beraymi? Ular bu dunyo h ayotidayoq sa'y-harakatlari botil bo'lgan, o'zlari esa, go'zal ish qilayapman, deb hisoblaydiganlardir", degin [3, b. 45a-b].

Umar Termiziy asarida yana quyidagilarni keltiradi: "Odamlar sababidan bir amalni tark etish riyodir. Odamlar sababidan bir amalni qilish shirkdir. Ya'ni, bir nafl amalni doim bajarib yurgan kishi odamlar oldida shu amalni bajarmay desa, bu riyodir. Yana bir kishi bir nafl amalni o'ziga odat qilib olmagan odamlar oldida o'sha amalni bajaradi bu shirkdir deydi. Bu amalni to'g'ri bajarish esa odamlarga e'tibor qilmasdan, har doim bajarib yurgan bo'lsa bajarsin, bajarmay yurgan bo'lsa bajarmasin" [3, b. 60a-b].

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda islomiy va tasavvufiy olimlarning ilmiy me'rosini tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir. Olim, "Tafsiri suratil ixlos" kitobiga ergashtirib amalda ixlos qilishni aytib o'tganimizdan so'ng, amalda niyatning o'rnini keltiramiz deb "Kitab un-niyya" (Niyat kitobi)ni risolasini boshlagan. Muallif "Niyat kitobi"ga kirishida avval hamdu sanodan so'ng asarni quyidagi besh bobga bo'lgan.

Birinchi bob: Niyatning fazilatlari. Unda kishining niyat naqadar xolis bo'lishi haqida, hadislar va rivoyatlar asosida pand nasihatlar beradi.

Ikkinchi bob: Niyatning haqiqati. Unda kishi niyatini qanday qilishni o'rgatadi.

Uchinchi bob: Niyatning amaldan yaxshiligi bayoni haqidi. Bu bobda kishining niyati uning amalidan yaxshi ekanligi haqida xadislar asosida pandu nasihatlar beradi.

To'rtinchi bob: Niyatga taaluqli bo'lgan amallarning bo'linishi. Unda niyat qilib amallarni bajarish jarayonida niyatning bo'linishi haqida nasixatlar o'rin olgan.

Beshinchi bobda Niyatning ixtiyordan chiqishi haqida so'z boradi.

Mazkur ikki risola hozirga qadar O'zbekiston va xorijda tadqiq etimagan bo'lib. Asarda keltirilgan axloqiy mavzudagi pand-nasihatlar bugungi kunimiz uchun alohida e'tiborga molik. Hozirda ushbu ikki asarning tarjima va tahqiqini tayyorlash bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

1. Umar Rizo Kahhola. Ma'jam al-mucannif al-kutub al-arabiya. Bayrut. 1406/1986.

2. Umar Termiziy. Kitab un-niyya. Qohira "Al-Xidayviya" kutubxonasi. 2/173, 17945 raqamli qo'lyozma.

3. Umar Termiziy. Tafsiri suratul ixlos. Qohira "Al-Xidayviya" kutubxonasi. 2/173, 17945 raqamli qo'lyozma.

4. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

5. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

6. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

7. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

Scientific Journal Impact Factor

8. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili//Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

9. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.