Научная статья на тему 'UGLEVODORODLI GAZLAR TARKIBIDAGI NORDON KOMPONENTLAR VA ULARNI GAZNING XOSSALARIGA TA’SIRI'

UGLEVODORODLI GAZLAR TARKIBIDAGI NORDON KOMPONENTLAR VA ULARNI GAZNING XOSSALARIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Промышленные биотехнологии»

CC BY
2052
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uglevodorodli gazlar / nordon komponentlar / vodorod sulfidi / karbonil sulfidi / merkaptanlar / sulfid va disulfidlar. / hydrocarbon gases / sour components / hydrogen sulfide / carbonyl sulfide / mercaptans / sulfides and disulfides.

Аннотация научной статьи по промышленным биотехнологиям, автор научной работы — Behruz To’Ymurodovich Salomatov, Murodillo Zoirovich Komilov, Saidjon Abdusalimovich G’Aybullayev

Mazkur maqolada uglevodorodli gazlarni tarkibida uchrovchi nordon komponentlar ularning xossalari hamda ularning metal konstuksiyalar va insoniyatga fiziologik ta’sirlari haqida fikrlar yuritilgan. Yurtimizdagi ayrim kam oltingugurtli va yuqori oltingugurtli konlar gazlarining tarkibi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACIDIC COMPONENTS CONTAINED IN HYDROCARBON GASES AND INFLUENCE ON THEIR PROPERTIES

This article discusses the acidic components of hydrocarbon gases, their properties and their influence to metallic constructions and their physiological effects on humans. The composition of gases of some low-sulfur and high-sulfur deposits of our country is given.

Текст научной работы на тему «UGLEVODORODLI GAZLAR TARKIBIDAGI NORDON KOMPONENTLAR VA ULARNI GAZNING XOSSALARIGA TA’SIRI»

UGLEVODORODLI GAZLAR TARKIBIDAGI NORDON KOMPONENTLAR VA ULARNI GAZNING XOSSALARIGA TA'SIRI

Behruz To'ymurodovich Salomatov

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Murodillo Zoirovich Komilov

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Saidjon Abdusalimovich G'aybullayev

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada uglevodorodli gazlarni tarkibida uchrovchi nordon komponentlar ularning xossalari hamda ularning metal konstuksiyalar va insoniyatga fiziologik ta'sirlari haqida fikrlar yuritilgan. Yurtimizdagi ayrim kam oltingugurtli va yuqori oltingugurtli konlar gazlarining tarkibi keltirilgan.

Kalit so'zlar: uglevodorodli gazlar, nordon komponentlar, vodorod sulfidi, karbonil sulfidi, merkaptanlar, sulfid va disulfidlar.

ACIDIC COMPONENTS CONTAINED IN HYDROCARBON GASES AND INFLUENCE ON THEIR PROPERTIES

ABSTRACT

This article discusses the acidic components of hydrocarbon gases, their properties and their influence to metallic constructions and their physiological effects on humans. The composition of gases of some low-sulfur and high-sulfur deposits of our country is given.

Keywords: hydrocarbon gases, sour components, hydrogen sulfide, carbonyl sulfide, mercaptans, sulfides and disulfides.

KIRISH

Insoniyatning progressiv tarzda o'sib borayotgan ehtiyojlariga ko'ra tabiiy yoqilg'ilar sarfining keskin oshishi energetika zahiralarining kamayib borishi xavfini yuzaga keltirib, energetik xomashyolardan oqilona foydalanshni taqazo etish bilan birga atrof-muhitga zarar keltirmaydigan muqobil energiya manbalarini izlab topish va ularni qo'llash yo'nalishidagi amalga oshiriladigan asosiy vazifalarning dolzarbligini oshiradi. Shu sababli ekologiyaga antropogen ta'sirni kamaytirish va yuqori sifatli yoqilg'i ishlab chiqarish hamda yurtimizda transport sohasi uchun tovar yoqilg'ilar tayyorlashda ekologik toza energoresurslarni qo'llash borasidagi tadqiqotlar bugunning ustuvor masalalaridandir.

Mazkur siyosatning huquqiy asoslari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir

hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xojligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taminlash kabi vazifalar Ozbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasining IlI-ustuvor yo'nalishi "Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo,nalishlari"da o'z aksini topgan.

O'zbekiston Respublikasining yoqilg'i-energetika bazasining asosini tashkil qiluvchi gaz sanoati dunyo hamjamiyatida o'ziga xos nufuzga ega bo'lib, Markaziy Osiyodagi polimer va tabiiy gaz bo'yicha asosiy eksportyor sanaladi. "Uzbekneftgaz" ma'lumotlariga ko'ra o'zbek gazining eksport strukturasi Xitoyga 8 mlrd.m3, Rossiyga 4,5 mlrd.m3, Qozog'istonga 2,5 mlrd.m3 hamda Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga 500- 550 min. m3dan tashkil topgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tabiiy yoqilg'i gazlar metan qatori uglevodorodlari aralashmasini o'zida namoyon etadi. Ayrim konlardan chiquvchi gazlarida nordon komponentlar (vodorod sulfid, uglerod ikki oksidi, azot, kislorod, kamchil gazlar - geliy va argon) bo'ladi. Shuningdek, barcha tabiiy gazlarni doimiy hamrohi suv bug'laridir.

Tabiiy gaz tarkibidagi keraksiz kimyoviy qo'shimchalrga - oltingugurt saqlovchi zaharli va korrozion tajovvuzkor birikmalar, ugleroq dioksidi shuningdek, uglevodorodli gazning yonish issiqligini pasaytiruvchi yonmaydigan inert gazlar mansub (1-rasm).

1-rasm. Uglevodorodli gaz xomashyolari tarkibi

Gazlarni tashish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish qurilmalari, jihozlari hamda quvuruzatkichli kommunikatsiyalarga korrozion tajovuzkor tavsifga ega, ekologiyaga salbiy ta'sir ko'rsatib inson hayotiga jiddiy xavf tug'diruvchi nordon gazlarni utillash bugunnning ustivor vazifalaridan biri sanaladi.

Nordon gazlar (ayniqsa namlik ishtirokida) yuqori korrozion ta'sir namoyon qilib, katalizatorlarni zaharlaydi. Vodorod sul'fidi va uning yonish mahsulotlari zaharli sanalib, tevarak atrofga zararli ta'sir o'tkazadi.

Gazda suv bug'larining bo'lishi muayyan sharoitlarda (harorat pasayishi va bosim oshishida) gaz gidratlarini hosil bo'lishiga sabab bo'lib, quvur, ventil va boshqa jihozlarning berkilib qolishi (ayniqsa qishki mavsumda) oqibatida halokatli holatlar yuzaga keltiradi.

Gazdagi suyuqlik tomchilari va mexanik qo'shimcha gaz komponentlarining harakatchan qismiga zarbali ta'sir ko'rsatib, gazni kelgusi qayta ishlashni qiyinlashtiradi, quvur va jihozlarda tiqin hosil qilib, me'yoriy ishlashining buzilishiga sabab bo'ladi.

Gaz quvuruzatkichlari, kompressorlar va gazni qayta ishlash qurilmalarning me'yorda ishlashini taminlash uchun gazlarning tarkibidagi qo'shimchalar va namlikdan tozalash talab etadi.

Hozirgi vaqtda qazib olinadigan gazning (tabiiy va yöldosh neft' gazlari) katta qismi öz tarkibida nordon komponentlarni - vodorod sul'fid va karbonat angidridi qatori oltingugurtning boshqa birikmalari: karbonil sul'fidi (COS), uglerod disul'fidi (CS2), merkaptanlar (CnH2n-1 — SH), gaz kondensatidagi-sul'fidlar (R — S — R) va disul'fidlar (R — S — S — R) (2-rasm) saqlaydi.

2-rasm. Gaz tarkibidagi keraksiz kimyoviy qo'shimchalar NATIJALAR

Turli gaz konlaridagi bu moddalarning miqdori keng diapazonlarda kichik ulushlardan bir necha foizgacha özgarib turadi (1 va 2-jadvallar). Vodorod sul'fid zaharli modda hisoblanib, uning magistral quvurlar orqali uzatiladigan gazdagi maksimal miqdori reglamentlanadi va qafiy nazorat qilinadi. Vodorod sul'fid karbonat angidrid kabi suv ishtirokida kislotalarni hosil qilib, metallarning kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyasini chaqiradi. Mahlum sharoitlarda vodorod sul'fid metallarning sul'fidli yoriqlanish sababchisi böladi. Gazdagi karbonat angidridning sezilarli miqdori esa uning yonish issiqligini pasaytirib, u ham reglamentlanadi va qafiy nazorat qilinadi.

1-jadval. Yurtimizdagi kam oltingugurtli tabiiy gazlarning tarkibi

№ Konlarning nomi Tarkibi, % (hajm.)

H2S CO2 CH4 C3HQ C4H1o C5H12+ N2+P

1 Zevarda 0,08 3,30 90,61 3,57 0,63 0,23 1,20 0,33

2 Alan 0,08 3,57 90,83 3,65 0,74 0,33 0,25 0,55

3 Ko'kdumaloq 0,08 3,35 89,21 3,84 0,94 0,25 1,72 0,43

4 Pamuk 0,07 3,75 90,51 3,64 0,82 0,23 0,28 0,53

5 Kultak 0,08 3,98 90,23 3,56 0,82 0,34 0,37 0,45

2-jadval. Yuqori oltingugurtli tabiiy gazlarning tarkibi

№ Konlarning nomi Tarkibi, % (hajm.)

H2S CO2 CH4 C2H6 C3HQ C4H10 C5H12+ ÏÏ2+P

1 O'rta-Buloq 5,00 4,70 86,32 1,80 0,27 0,15 0,36 1,40

2 Xauzak-Dengizkul 4,49 4,27 88,63 1,40 0,26 0,11 0,33 0,51

Bu sabablar uglevodorod gazlarni nordon komponentlardan tozalashning koplab usullarini ishlab chiqish va sanoat amaliyotida qollashga olib keldi.

Uglerod disul'fidi (CS2) - ucguvchan, rangsiz suyuqlik. Zichligi 1,29 g/sm3; qaynash harorati 46,3 °C. Suvda erimaydi, biroq unga hid beradi. Etanol va xloroformda yaxshi eriydi. Havoda oson alangalanadi. Yuqori haroratlarda vodorod bilan ta'sirlashib, vodorod sul'fidi hosil qiladi. Uglerod disul'fidi zaharli, hatto havodagi konsentratsiyasi 0,001 mg/m3 bo'lganda ham o'tkir zaharlanishga sabab bo'ladi.

Karbonil sulfid (COS) - rangsiz, hidsiz, oson alalngalanuvchan, juda zaharli gaz bo'lib, 50,2 °C haroratda kondensatsiyalanadi. Uglerod okso sintezi REK - ishlab chiqarish binolarida 1 mg/m3 dan ko'p emas, aholi punktlarida 0, 15 mg/m? dan oshmasligi lozim. Qizdirganda uglerod dioksidi, uglerod disul'fidi, uglerod monooksidi va oltingugurt hosil qilish bilan parchlanadi.

Merkaptanlar (tiollar — RSH) - spirtlarning analogi bo'lib, kislorod atomi oltingugurt atomi bilan o'rin almashgan. Shu sababli, S — H bog'ining dissosiatsiyalanish energiyasi O — H bog'inikidan kichikligi sababli, merkaptanlar spirtlarga nisbatan faol. Keskin yoqimsiz hidli bu birikmalar suvda erimaydi. Biroq, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Merkaptanlarning o'tkir hidi tabiiy gaz odorantlari sifatida qo'llashda foydalaniladi. Merkaptanlar metal bilan kontaktda ta'sirlashib, metal merkaptidlarini hosil qiladi. Ya'ni, merkaptanli korroziya sodir bo'ladi. 300 °Cgacha

qizdirganda merkaptanlar sul'fidlar va vodorod sul'fidi hosil qilish bilan parchalanadi. Aksar katalizatorlar uchun merkaptanlar zahar hisoblanadi.

Sul'fidlar va disul'fidlar (R — S — R, R — S — S — R) - uglevodorodlarda yaxshi eriydi. Biroq, suvda deyarli erimaydi. Ular neytral bo'lsada, ishqor bilan ta'sirlashadi. Sul'fidlar 400 °C qizdirilganda vodorod sul'fidi va alkenlar hosil bo'lishi bilan, disul'fidlar esa - vodorod sul'fidi va alkenlarga yana qo'shimcha merkaptanlar hosil bo'lishi bilan parchlanadi. Sul'fidlar bilan qiyoslaganda disul'fidlar reaksiyaga kirishish qobilyati yuqoriroq.

Uglerod dioksidi - rangsiz, yonmaydigan gaz. Nordon xususiyat namoyon qiladi. Uglerod dioksidi normal bosimda —78,5 °C haroratda suyuqlik holatini chetlab o'tib, «quruq muz»ga aylanadi. Termik chidamli, 200 °C dan yuqori haroratlarda dissotsiatsiyalanadi. Suvda eruvchanligi chegaralangan.

Uglevodorodli gazlarda bu kabi komponentlarning bo'lishi gazlarnig yonish issiqligini kamaytirib, uning ekspluatatsion xossalarini yomonlashtirgani sababli quvurlar va qurilmalarni korroziyadan saqlash, aholini zaharli tasirdan himoya qilish, köpchilik sanoat katalizatorlarni zaharlanishi oldini olish, shuningdek atrof-muhit himoyasi talablariga muvofiq oltingugurtli birikmalarni bartaraflash maqsadida uglevodorodli gazlarni nordon komponentlardan tozalashning köplab usullarini ishlab chiqish va sanoat amaliyotida qöllashga olib keldi.

Tovar gazlarning sifat ko'rsatkichlari quyidagi talablarga asoslangan:

1. Tashishda gazlar quvuruzatkichlar, armaturalar, jihozlar vas hu kabilarni korroziyalamasligi lozim;

2. Gazning sifati uni bir fazada uzatishni ta'minlashi lozim. Ya'ni, gaz quvuruzatkichda uglevodorodli suyuqlik, suv kondensati va gaz gidratining hosil bo'lmasligi va tommasligi kerak;

3. Tovar gaz iste'molchiga undan foydalanish davrida murakkablik keltirib chiqarmasligi kerak.

Gaz ko'rsatilgan talablarga javob berishi uchun gazlarning suvga ko'ra shudring nuqtasi, tarkibidagi uglevodorodlar miqdori, gazdagi oltingugurtli birikmalar, mexanik qo'shimchalar va kislorod miqdori aniqlanadi.

Tovar gaz sifatining muhim ko'rsatkichi - undagi kislorod miqdori. Bu ko'rsatkichning qiymati - 1 % dan ko'p emas. Ko'p miqdorda kislorod saqlovchi gazlar portlashga xavfli sanaladi. Bundan tashqari, kislorod tizimning korroziyasini kuchaytiradi.

Soha standarti tovar gazdagi alohida uglevodorodlarga konkret miqdorini o'rnatmaydi. Bu xomashyo gaz tarkibining turli-tumanligi bilan bog'liq.

Standartga tovar gazdagi merkaptanli oltingugurt miqdorini 36 mg/m3 gacha cheklovchi yangi ko'rsatkich kiritilgan.

Gazda shuningdek, karbonil sul'fidi (COS), uglerod sul'fidi (CS2) va shu kabi boshqa komponentlarga standartda alohida to'xtalmay, gazdagi oltingugurtli birikmalarning umumiy miqdoriga cheklamalar o'rnatilgan.

MUHOKAMA

Gaz sanoati mahsulotlarini transportirovkalash, saqlash va ishlatishda ishonchligini ta'minlash uchun ular standart va texnik shartlarda keltirilgan ma'lum talablarga javob berish kerak.

Biroq, amaliyotda reglamentlovchi hujjatlardagi barcha talablarga javob beradigan mahsulotni ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lmaydigan vaziyatlar ham ko'p uchraydi.

Masalan, gazkondensatli konlarni ishlatishning yakuniy bosqichida tarmoq standarti talablariga javob beradigan tovar gaz olish uchun tizimga sun'iy sovutish qurilmasi (SSQ)ni kiritish talab etiladi. SSQini qurish va ishlatish xarajatlari gazni mujassam tayyorlash qurilmasining qo'shimcha mahsulotidan keladigan daromadidan oshib ketadi. Gaz naqliyo tizimining yuqori samarali ishlashini tashkil etish uchun gazning sifat ko'rsatkichlarini belgilashga kompleks yondashuvlar taklif qilingan. Taklifning mohiyati OST ni bir magistral quvuruzatkichga aloqador har bir kon uchun qo'llamay balki, asosiy konning gaziga standartdagidan ko'ra yanada yuqori sifat ko'rsatkichlarini o'rnatishni ifoda etadi.

Asosiysi sifatida ko'rilayotgan guruhdagi ishlatishning har bir bosqichida namlikdan quritish va og'ir uglevodorodlarni ajratish imkonini beruvchi murakkab texnologiyalarni qo'llash iqtisodiy manffatli bo'lgan eng yirik kon qabul qilinishi mumkin.

Bazaviy konlarga gazni qayta ishlash zavodlarida oltingugurtdan tozalangach glikolli qurilmalarda qurtishni amalga oshirish yoki gazning butun hajmini sun'iy sovuq qo'llab sovutish zarur bo'lgan tarkibida vodorod sul'fidi saqlagan konlar mansub.

Katta miqdordagi qo'shimcha xarajatlarni deyarli sarflamay bazaviy konlar yoki, gazni qayta ishlash zavodlarida namlik va uglevodorodlarga ko'ra shudring nuqtasi standartlarda reglamentlanganidan pastroq qiymatga qadar tayyorlash mumkin. Bu esa trassa yaqinidagi uncha katta bo'lmagan konlardan qazib olinayotgan gazni suyuq fazadan ajratgach dastlabki tayyorlashlarni uyushtirmasdan ham magistral gaz quvuruzatkichlarga uzatish imkonini beradi.

Konlarda gazlarni tayyorlashning bu kabi tizimlarini qo'llash orqali murakkab kon jihozlarini birta bazaviy konda jamlash, kichik konlarda esa ixchamlashtirilgan sxemalarni barpo etish mumkin.

Tabiiy va neft gazlarini kon va zavod miqyosida ishlov berishga qo'yilgan asosiy talab - tovar gazni va gaz sanoatining boshqa mahsulotlarini sifat ko'rsatkichlarini ta'minlash. Shu sababli gaz tarkibidagi vodorod sulfidi, karbonat

angidridi, oltingugurtli organik birikmalar, azot, suv, mexanik qo'shimchalar va shu kabilarning ruxsat etilgan miqdoriga xalqaro me'yorlar o'rnatish talab etiladi.

REFERENCES

1. С.А.Гайбуллаев, Б.Ж. Турсунов, Ш.М.Тимуров. Влияние октанового показателя бензина на количественное содержание бензола // Теория и практика современной науки. 2019г. №6, ст. 164-167.

2. Турсунов Б. Ж., Гайбуллаев С. А., Жумаев К. К. Влияние технологических параметров на гликолевую осушку газа //MEDICAL SCIENCES. - 2020. - Т. 1. -№. 55. - С. 33.

3. Гайбуллаев С. А., Турсунов Б. Ж., Тимуров Ш. М. ТЕХНОЛОГИЯ GTL-ПЕРСПЕКТИВНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ ПОЛУЧЕНИЯ ТОПЛИВ С УЛУЧШЕННЫМИ ЭКОЛОГИЧЕСКИМИ СВОЙСТВАМИ //Теория и практика современной науки. - 2019. - №. 6. - С. 168-172.

4. Гайбуллаев С. А., Турсунов Б. Ж. ПИРОКОНДЕНСАТ-ВАЖНЕЙШЕЕ СЫРЬЕ ХИМИЧЕСКОГО СИНТЕЗА //Universum: технические науки. - 2020. - №. 6-2 (75).

5. Гайбуллаев С. А., Тураев М. М. Октаноповышающие компоненты бензинов и их свойств //Молодой ученый. - 2016. - №. 3. - С. 349-351.

6. Зарипов Г. Б., Гайбуллаев С. А. Выбор режима работы процесса низкотемпературной сепарации углеводородных сырьевых ресурсов //Молодой ученый. - 2016. - №. 3. - С. 98-100.

7. К. А. Джураев, А. С. Аминова, С. А. Гайбуллаев. Основные методы обезвреживания и утилизации нефтеотходов // Молодой ученый. - 2014. - № 10 (69). -С. 136-137.

8. А. С. Аминова, С. А. Гайбуллаев, К. А. Джураев. Использование нефтешламов

- рациональный способ их утилизации // Молодой ученый. -2015. -№ 2 (82). -С. 124-126.

9. Urunov N. S. et al. PIROKONDENSAT TARKIBINING KIMYOVIY TAHLILI //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 32-40.

10. G'aybullayev S. A. MEMBRANALI USULDA TABIIY GAZLARDAN GELIY AJRATIB OLISH //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 5.

- С. 1594-1603.

11. Sadriddinovch S. M. et al. INFLUENCE OF THE QUANTITY OF BENZENE ON THE PERFORMANCE CHARACTERISTICS OF GASOLINE //Euro-Asia Conferences. - 2021. - Т. 4. - №. 1. - С. 188-192.

12. Gaybullayeva A. F., Sharipov M. S., Gaybullayev S. A. TABIIY GAZLARDAN GELIY OLISHNING KRIOGEN USULI //Academic research in educational sciences.

- 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 571-579.

13. Nilufar Saydyaxyayevna Maxmudova, Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev TABIIY GAZLARNI VODOROD SUL'FIDIDAN TOZALASH USULLARINING TASNIFI // Scientific progress. 2021. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tabiiy-gazlami-vodorod-sul-fididan-tozalash-usullarining-tasnifi (дата обращения: 28.05.2021).

14. Sharipov M. S., G'aybullayev S. A. TASHLAMA GAZLARNI NOAN'ANAVIY USULLARDA TOZALASH //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

15. Абдулазизов С. С. У., Шарипов М. С., Еайбуллаев С. А. МОЙ ФРАКЦИЯЛАРИНИНГ КИМЁВИЙ ТАРКИБИ ВА РЕОЛОГИК ХОССАЛАРИ //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

16. Абдусалимович Г.С. ИССЛЕДОВАНИЕ ХИМИЧЕСКОГО СОСТАВА ПИРОЛИЗНОГО ДИСТИЛЛЯТА // Электронная конференция Globe. - 2021. -С. 203-209.

17. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "TABIIY GAZLARNI ABSORBSION QURITISH JARAYONIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 659-668.

18. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "TABIIY GAZLARNI UZATISH VA QAYTA ISHLASHDA GIDRATLANISHGA QARSHI KURASH" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 675-681.

19. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "QURITUVCHI ABSORBENTLARNING QIYOSIY TAHLILI" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 649-658.

20. Zaripov, M. X. O. G. L., & G'Aybullayev, S. A. (2021). PIROLIZ KINETIKASINING MATEMATIK MODELI. Academic research in educational sciences, 2(9), 619-625.

21. Jumaev, A. V. O. G. L., & G'Aybullayev S. A. (2021). Adsоrbentlarning turlari va tasnifi. Science and Education, 2 (9), 145-154.

22. G'Aybullayev, S. A. (2021). MEMBRANALI USULDA TABIIY GAZLARDAN GELIY AJRATIB OLISH. Academic research in educational sciences, 2 (5), 15941603. doi: 10.24411/2181-1385-2021-01074

23. Raupov, B. K. O. G. L., Mavlonov, B. A., & G'Aybullayev S. A. (2021). Bitumlarning ekspluatatsion xossalari va ularni yaxshilash. Science and Education, 2 (9), 170-179.

24. Mizrobjon Xalim O'G'Li Zaripov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2021). UGLEVODORODLARNING TERMIK PIROLIZI MAHSULOTLARI HOSIL BO'LISHIGA REAKSIYA SHAROITINING TA'SIRI. Academic research in educational sciences, 2 (11), 723-731.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.