Научная статья на тему '“TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANIDA OBRAZLAR TIZIMI VA SYUJET XUSUSIYATLARI'

“TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANIDA OBRAZLAR TIZIMI VA SYUJET XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
986
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
obraz / badiiy mahorat / “o‘zbek ishi” / qatag‘on / e’tiqod / Rustam / Shahnoza / Fotima / Qurbonoy xola / syujet / retrospektiv / ekspozitsiya / badiiy vaqt / parallel vaqtю / image / artistic skill / “Uzbek work” / repression / faith / Rustam / Shahnoza / Aunt Qurbonoy / plot / retrospective / exposition / artistic time / parallel time.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Solijonov, Yo‘Ldosh, Karimov, Husniddin

Maqolada O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanining obrazlar tizimi va uslub xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Yozuvchining obraz yaratish borasidagi badiiy mahorati tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SYSTEM OF IMAGES AND PLOT CHARACTERISTICS IN THE NOVEL "LAST LIVES IN A DREAM"

The article talks about the image system and stylistic features of O‘tkir Hoshimov’s novel “Late Lives in a Dream”. The writer’s artistic skill in creating an image is researched.

Текст научной работы на тему «“TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANIDA OBRAZLAR TIZIMI VA SYUJET XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"TUSHDA KECHGAN UMRLAR" ROMANIDA OBRAZLAR TIZIMI VA

SYUJET XUSUSIYATLARI

Maqolada O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romanining obrazlar tizimi va uslub xususiyatlari haqida so 'z yuritiladi. Yozuvchining obraz yaratish borasidagi badiiy mahorati tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: obraz, badiiy mahorat, "o 'zbek ishi", qatag 'on, e'tiqod, Rustam, Shahnoza, Fotima, Qurbonoy xola, syujet, retrospektiv, ekspozitsiya, badiiy vaqt, parallel vaqW

В статье говорится об образной системе и стилистических особенностях романа Откира Гашимова "Поздние жизни во сне". Исследуется художественное мастерство писателя в создании образа.

Ключевые слова: Образ, художественное мастерство, "узбекский труд", репрессии, вера, Рустам, Шахноза, тетя Курбоной, сюжет, ретроспектива, экспозиция, художественное время, параллельное время.

The article talks about the image system and stylistic features of O'tkir Hoshimov's novel "Late Lives in a Dream ". The writer's artistic skill in creating an image is researched.

Key words: image, artistic skill, "Uzbek work", repression, faith, Rustam, Shahnoza, Aunt Qurbonoy, plot, retrospective, exposition, artistic time, parallel time.

"Adabiyot xalqning yuragi, elning ma'naviyatini ko'rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo'l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta'sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o'rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz1".

Yo'ldosh Solijonov

FarDU professori, filologiya fanlari doktori Karimov Husniddin

Farg'ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

1 Mirziyoyev Sh. httsp://uza.uz

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Inson ma'naviy olamini kashf etuvchi qudratli vositalardan biri bu - so'z san'ati, badiiy adabiyotdir. Bugun milliy adabiyotimiz mavzular ko'lami jihatidan ham rang-baranglashib bormoqda. Ijtimoiy tafakkur eskicha qarash va yondashuvlardan xalos bo'lib borayotgan bir davrda ilm-fanning barcha sohalari qatori adabiyotshunoslikning ham muhim nazariy masalalarini har tomonlama teran tadqiq etish borasida keng imkoniyatlar ochilmoqda. Adabiyotshunoslik va uning tadrijida ijodkor badiiy mahorati masalasi bugungi davrda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki busiz milliy badiiy-estetik tafakkurni boyitib, yangilab, rivojlantirib bo'lmaydi. Bunda, ayniqsa, hayotni badiiy yorqin tasvirlash, betakror obrazlar yaratish, milliy adabiyotimiz xazinasini yangi poetik kashfiyotlar bilan boyitishga muvaffaq bo'lgan yozuvchilar ijodini tadqiq etish beqiyos o'rin tutadi. Shu ma'noda XX asr o'zbek nasrining ko'zga ko'ringan ijodkorlaridan bo'lgan O'tkir Hoshimov asarlarini o'rganish, yozuvchining o'ziga xos uslubi va badiiy mahoratini tadqiq etish muhimdir. Zero, O'tkir Hoshimov so'zni san'at darajasiga olib chiqqan, yozuvchidir.

80-yillarning oxirlariga kelib, jamiyat hayotida ko'p o'zgarishlar yuz bera boshladi. Qayta qurish, oshkoralik tufayli mavjud muammolar xususida gapirila boshlandi. Uzoq yillar hukmronlik qilgan, chirib bitayotgan sotsialistik tuzumning asl qiyofasi ko'rinib qoldi. Uzoq yillar hukmron bo'lgan kommunistik partiya o'z o'rnini saqlab qolishga, jamiyat hayotini yana bir bor o'zgartirishga qayta-qayta urina boshladi. Lekin bu harakatlar faqatgina ko'ngilsiz oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'ldi. O'zbekistonda markaz tomonidan jinoyatchilikka, poraxo'rlikka barham berish niyatida olib borilgan harakat "o'zbek ishi" deb nom olgan ommaviy qatag'on kompaniyasiga aylanib ketdi. 30-50-yillardagi qatag'on manzaralari takrorlandi. Jamiyat hayotidagi mana shunday manzaralar adabiyotda o'zgacha qahramonlar hayoti tasvirlangan asarlarning paydo bo'lishiga zamin hozirladi. Ko'plar e'tiqod qo'ygan, ishongan tuzumning barbod bo'lishi, butun umrini, hayotini shu tuzumga xizmat qilishga sarflagan insonlarning ishongani sarob bo'lib chiqishi O'.Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romanida mahorat bilan tasvirlandi. Unda mustabid tuzumning haqiqiy qiyofasi, odamlar ishongan aqidalarning bema'niligi ko'rsatib berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romani, nafaqat, adibning, balki o'zbek adabiyotining eng go'zal romanlaridan hisoblanadi. Rustam Shomatov, komissar Soat G'aniyev obrazlari asarning g'oyaviy konsepsiyasini aniqlab olish uchun xizmat qiladi. Xarakterlar dialoglar orqali juda chiroyli tarzda ochib berilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Asardagi har bir personajga muallif ma'lum bir vazifa yuklaydi. Dialoglar asar voqeligini rivojlantirishga , xarakterlarni ochishga xizmat qiladi2".

"Shaxsga sig'inish yillari odamlar yuragida ochgan yaralar hamon jazillab og'rib turibdi. Qanchalab azamat o'g'lonlarning jasadi oilasi endi borib bo'lmaydigan chet ellarda qolib ketdi. Bolasidan, yoridan, og'asidan judo bo'lganlar hamon qora kiyimda. Ular haligacha yo'l poylaydilar. Bu dahshatlar, bu ayriliqlar sobiq sovet rahbarlarining ko'zini ochmadi. Generallarning marshal bo'lgisi, marshallarning bosh qo'mondon bo'lgisi, bitta "Oltin yulduzi"ni to'rtta, beshtagacha yetkazgisi kelib qoldi. Yetmish yilga yaqin tinch-totuv qo'shnichilik qilgan beozor, betaraf Afg'oniston ustiga qo'shin tortib qonli urush boshlaganlar ana shu orden-u unvon gadolari emasmidi? Bemaqsad bemaslak bu urush bizni minglab jigarlarimizning yostig'ini quritdi. Qancha-qancha begunoh yigitlarimizning nimta-nimta bo'lgan jasadlari temir tobutlarda qaytdi 3"

Muallif romanda retrospeksiya usulidan, ya'ni zamonda ortga qaytish imkoniyatlaridan keng foydalangan. Kuzatishlarga asoslanib aytish mumkinki, syujetning mazkur turi asarda boshqalariga qaraganda yetakchi o'rini egallagan. Ma'lumki, syujet ijodkorning badiiy maqsadiga muvofiq ravishda asarda berilgan voqeani ifodalaydi. Bunda voqealar ketma-ket, izchillik bilan yoritilmasligi mumkin. Chunki u muallifning badiiy niyati, asarning mantiqiy asosiga ko'ra ifodalanadi. Barcha asarlarda ilmiy adabiyotlarda aytilganidek avval ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim kabi ketma-ketlik bo'lmasligi mumkin. Buni "Tushda kechgan umrlar" romani misolida ham ko'rish mumkin. Roman bosh qahramon Rustamning oxirgi kundaligidan boshlanadi va Qurbonoy xolaning har kungi tashvishlariga ulanib ketadi. Aynan, Qurbonoy xola asar boshlanishidayoq Rustamning murdasini ko'rib qoladi. Roman kulminatsiya bilan boshlanadi. So'ng yozuvchi chekinish usulini qo'llab bosh qahramon Rustamning o'limi va u bilan bog'liq voqealarni yoritishga kirishadi. Roman syujeti odatdagi syujetlardan bir oz farqli. Unda asar syujeti bir nechta liniyalarga bo'linib ketadi:

1. Rustam- Shahnoza- Rustamning otasi liniyasi

2. Qurbonoy xola-To'lagan-Fotima liniyasi

3. Komissar Soat G'aniev liniyasi.

Yozuvchi har bir syujet liniyasini mustaqil holda rivojlantiradi. Har birining o'z konflikti, tuguni, voqealar rivoji, kulminatsiyasi, yechimi bor. Rustamning syujet liniyasi kulminatsiyadan boshlanib, so'ng ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji va

2 A.Rasulov. "Ardoqli adib". Sharq. Toshkent 2002

3 S.Ahmad. "Istiqbol" gazetasi. 1994-yil 2-dekabr

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

yechim ketma-ketligida tasvirlanadi. Ma'lumki, badiiy asar syujeti ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminatsiya, yechim singari unsurlardan tashkil topgan bo'ladi. Ekspozitsiya syujetning boshlanish qismi bo'lib, o'quvchini asar voqealari kechadigan joy, qahramonlar, asar konflikti yetilgan shart-sharoitlar bilan tanishtiradi. Aytish mumkinki, ekspozitsiya hajman turlicha bo'lishi va asarning turli o'rinlarida kelishi, ba'zi holatlarda umuman tushirib qoldirilishi mumkin. Masalan, "Tushda kechgan umrlar" romanida ekspozitsiya kechikkan holda kulminatsiyadan so'ng keladi. Keyin Rustamning o'limi bilan bog'liq tafsilotlar ketadi. Qurbonoy xola liniyasida esa, ekspozitsiya tartib bilan kelgan. Qurbonoy xolaning kechalari biqini achishib uyg'onishi-yu, ertalablari ko'cha supurishga chiqishi voqealar tasviri ekspozitsiyadir. Komissar liniyasida esa u qisqaroq va voqealar rivoji oralig'ida beriladi...

"Tushda kechgan umrlar" romani teran bir dard bilan yozilgan asar. Unda muallifning hayotga qarashlari yanada chuqurlashganini ko'ramiz, u o'z kuzatishlaridan g'oyat ibratli va haqqoniy umumlashmalar chiqaradi, insonning ruhiy dunyosiga ham boshqa asarlardagiga qaraganda teranroq yurib boradi4.

XULOSA

Yuqoridagi keltirib o'tilgan fikrlardan ma'lum bo'ldiki, tugun, voqea rivoji va kulminatsiya syujetni tutib turuvchi asosiy unsurlar sanaladi va ular har qanday syujetda mavjud bo'ladi. Ekspozitsiya bilan yechim esa syujetning shart bo'lmagan elementlari bo'lib, ularning asarda bo'lish yoki bo'lmasligi yozuvchining ijodiy niyati, ijodiy individualligi, badiiy mahorati, tasvir va talqin yo'sini bilan bog'liqdir. "Tushda kechgan umrlar" romanida yozuvchi qo'llagan syujetning turi usul retrospeksiya deb atalib, uning mohiyati haqida gapiradigan bo'lsak, bunda yozuvchi syujet voqealarini ma'lum vaqt to'xtatib o'tmishga, ilgari bo'lib o'tgan voqealar tasviriga o'tadi. Roman boshlanishida tasvirlangan farrosh Qurbonoy xola roman o'rtalariga kelib, otasi nohaq qamalgan, onasi komissar tomonidan zo'rlangan 14 yoshli qizcha tarzida namoyon bo'ladi. Yoki roman boshida o'limi tasvirlangan bosh qahramon Rustam voqealar rivoji davomida talaba, askar, uylangan yigit, otasi uchun kurashayotgan qahramon sifatida batafsil tasvirlanadi. Ma'lumki, badiiy asarda tasvirlanayotgan voqealar makon va zamonda kechadi, shunga ko'ra adabiyotshunoslikda "badiiy vaqt" tushunchasi keng qo'llaniladi. "Tushda kechgan umrlar" romanida yozuvchi ijodiy niyatini amalga oshirish yo'lida "badiiy vaqt" imkoniyatlaridan keng foydalangan. Adib zarur o'rinda asar vaqtidan chekinib,

4 O.Sharafiddinov. XX asr o'zbek adabiyoti tarixi. T. 1999. 494-bet.

446

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

oldingi zamonda yuz bergan voqealarni tasvirlaydi bu narsa "retrospektiv vaqt" deyiladi. Yozuvchi "parallel vaqt"dan ham unumli foydalangan. Unda yuz berishi jihatidan bir paytga to'g'ri keladigan voqealarni navbati bilan tasvirlagan. Rustamning Afg'on urushida ekani voqeasi, dadasining qamalishi, komissarning o'g'illari bilan bog'liq kechayotgan hayoti, Qurbonoy xolaning qizi Umida va nabiralari bilan kechayotgan voqealar tasvirining ketma-ket o'rin almashib tasvirlanishida biz buni ko'rishimiz mumkin. O'tkir Hoshimov o'zbek xalqining chinakam farzandi sifatida millatimiz boshiga tushgan og'ir fojiani ildizi bilan ochib bergan. O'z qalbini og'ritgan, xalqimizning og'riqli nuqtalari xususida mushohada yuritgan. Eng muhimi, buni mahorat bilan uddalay olgan yozuvchidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh. Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. // Xalq so'zi. - 2017-yil, 4-avgust.

2. T.Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari.-T. O'zbekiston. 2002-yil.

3. Normatov U. Nasrimiz ufqlari.-T. Adabiyot va san'at nashriyoti. 1974.

4. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

5. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 1(2).

6. Mukhammadjonova Guzalkhan. The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume : 10, Issue : 11, November. - India, 2020.

7. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

8. Abdurashidovich K. A. Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature //ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies. - 2018. - Т. 7. - №. 4. - С. 47-51.

9. Qayumov A. CREATING OF A NATIONAL CHARACTER THROUGH MEANS OF LITERATURE //Theoretical & Applied Science. - 2018. - №. 1. - С. 235-240.

556-559.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

10. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

11. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

12. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

13. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

14. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

15. Oripova Gulnoza Murodilovna. (2019). THE PECULIARITIES OF VAZN METER IN UZBEK POETRY OF THE INDEPENDENCE PERIOD. International Journal of Anglisticum. Literature, Linguisitcs and Interdisciplinary Studies. Volume: 8 /Issue:2/. - Macedonia, 2019. -P.33-39.

16. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

17. Akhmadjonova O. A. Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar" //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 389-392.

18. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

19. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

20. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

21. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

22. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

23. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

24. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

25. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

26. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

27. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 1(4), 104-105.

28. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

29. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

30. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

31. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3),

111-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.