Научная статья на тему 'TURLI IQLIM SHAROITLARIDA ISHLAYDIGAN BROF-10 MARKALI BRONZA KUKUNIDAN FILTRLOVCHI MATERIALLAR OLISH TEXNOLOGIYASI'

TURLI IQLIM SHAROITLARIDA ISHLAYDIGAN BROF-10 MARKALI BRONZA KUKUNIDAN FILTRLOVCHI MATERIALLAR OLISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bronza kukuni / metallurgiyasi / kukun o‘tkazuvchan materiallar / g‘ovaklilik / harorat / tozalash darajasi / filtrlovchi / mexanik xossalari / mustahkamlik chegarasi / shakl / g‘ovaklarning o‘lchami / g‘ovaklilik GOST.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sirojev Hayotjon

Ushbu maqolada mis va mis qotishmalari BrO10, BrOF10, BrOS8-2 markali bronza kukunlaridan foydalanilanib 750,…,860 oS harorat va 30,…,60 daqiqa oralig‘ida pishirish jarayoni tadbiq qilingan. Tayorlangan filtrlovchi materiallar 30,…,55% g‘ovaklikka, 16,…,200 mkm tozalash darajasiga ega bo‘lib, ular har xil turdagi suyuqliklarni, gaz-havo oqimlarini mayda zarrachalardan tozalashi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURLI IQLIM SHAROITLARIDA ISHLAYDIGAN BROF-10 MARKALI BRONZA KUKUNIDAN FILTRLOVCHI MATERIALLAR OLISH TEXNOLOGIYASI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 21 (43) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

TURLI IQLIM SHAROITLARIDA ISHLAYDIGAN BROF-10 MARKALI BRONZA KUKUNIDAN FILTRLOVCHI MATERIALLAR OLISH

TEXNOLOGIYASI

Sirojev Hayotjon Xolmurotovich,

podpolkovnik, t.f.f.d. (PhD) dotsent, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Texnik ta'minot kafedrasi katta o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada mis va mis qotishmalari Br010, BrOF10, Br0S8-2 markali bronza kukunlaridan foydalanilanib 750,...,860 oS harorat va 30,...,60 daqiqa oralig'ida pishirish jarayoni tadbiq qilingan. Tayorlangan filtrlovchi materiallar 30,...,55% g'ovaklikka, 16,...,200 mkm tozalash darajasiga ega bo'lib, ular har xil turdagi suyuqliklarni, gaz-havo oqimlarini mayda zarrachalardan tozalashi mumkin.

Kalit so'zlar: bronza kukuni, metallurgiyasi, kukun o'tkazuvchan materiallar, g'ovaklilik, harorat, tozalash darajasi, filtrlovchi, mexanik xossalari, mustahkamlik chegarasi, shakl, g'ovaklarning o'lchami, g'ovaklilik GOST.

Аннотация: В статье рассматриваются вопросы исследования спекание при 750,...,860 оС температуре, в интервале 30,...,60 минута времени фильтруещего материала на основье металлических порошков меди и медного сплавов марки Бр010, БрОФЮ, БрОЦ8-2. Изготовленный фильтрующий материал составляет 30,...,55% пористость, 16,...,200 мкм тонкость очистки, может очистит различных жидкостей, газов и воздуха от механических частиц.

Ключевые слова: бронзовый порошок, металлургия, порошковый проницаемый материал, пористость, температуа, тонкость очистки, фильтрующий, механические свойства, предел прочности, форма, размер пор, пористость ГОСТ.

Abstract: The article discusses research issues of sintering at 750, ..., 860 ° C temperature, in the range of 30, ..., 60 minutes of the time of filtering material on the new metal powders of copper and copper alloys of the grade Br010, Br0F10, Br0Ts8-2. The manufactured filter material is 30, ..., 55% porosity, 16, ..., 200 microns, the fineness of cleaning, can clean various liquids, gases and air from mechanical particles.

Key words: metal powder, metallurgy, permeable powder, porosity, temperature, purification fineness, filtering, mechanical properties, tensile strength, shape, pore size, G0ST porosity.

Bronza kukuni asosli filtrlovchi materiallar juda ham murakkab bo'lib, ular bronza kukun xom ashyosini olish, kukunlarni presslab kerakli geometrik shakldagi

International scientific journal "Interprétation and researches"

Volume 2 issue 21 (43) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

briketlarni olish, shakllarni pishirish kabi ko'p texnologik jarayonlar natijasida tayyorlanadi .

Bronza kukuni asosli filtrlovchi materiallar keramik, shisha, qog'oz, matoli va tolali filtrlovchi materiallarga qaraganda qator afzalliklarga ega bo'ladi. Bronza kukun asosli filtrlovchi materiallar yuqori mustahkamlikka, yuqori haroratga chidamlilikka va korroziya bardoshlikka ega bo'lishi bilan ajralib turadi. Bronza kukun asosli filtrlovchi materiallar 200 oS dan 2000 oS gacha harorat va 0,1,...,70 MPa bosim oralig'ida ishlay olish imkoniyatini yaratish bilan birgalikda, harorat va bosim qiymatlarining keskin o'zgarishiga bardoshliligi hamda elektr tokini yaxshi o'tkazuvchanligi, keng diapazonda gaz va suyuqliklarni yuqori darajada tozalash imkoniyatiga egaligi shu bilan birgalikda yuqori ish unumdorligiga, filtrlovchi materialni regeniratsiya qilish ya'ni filtrlovchi element chiqindilar bilan tiqilib qolsa bir necha tozalash usullari yordamida tozalab filtrlovchi xossalarini to'liq qayta tiklash imkoniyatiga ega bo'la oladi [1-2].

Barcha bronza kukuni asosli filtrlovchi materiallarni ishlab chiqarish va qayta ishlash iqtisodiyotning turli sohalarida qo'llanishiga ko'ra ularni: filtrlovchi, kapillyar va maxsus g'ovakli singib o'tuvchi materiallar guruhga bo'linadi. Har bir guruhga kiruvchi bronza kukuni asosli filtrlovchi materiallar undan talab etiladigan vazifani to'liq bajarishi uchun belgilangan ekspluatatsion sharoitda guruhga mos keluvchi bir qator talablarga javob berishi bilan ajralib turadi. Ba'zida bu talablar bir-biriga qarama - qarshi bo'ladi, masalan filtrlovchi bronza kukuni asosli materiallar zarur mexanik mustahkamligi bilan birga yuqori g'ovaklik va sifatli va yuqori tozalash unumdorligiga hamda minimal g'ovak kanal o'lchamiga ega bo'lishi kerak. Bunda bronza kukuni asosli filtrlovchi materialning g'ovakligining oshishi bilan uning mexanik mustahkamligi pasayadi, filtrdagi g'ovak teshikning o'lchamini kichrayishi esa tozalash darajasining ortishi va o'tkazuvchanlik qobilyatini unumdorligini kamayishiga olib keladi .

Kapillyarli bronza kukuni asosli filtrlovchi materiallar bir vaqtning o'zida yuqori kapillyar potensial qiymati hamda singib o'tkazuvchanlik koeffitsientiga ega bo'lishi talab etilsa, maxsus bronza kukuni asosli filtrlovchi materiallarni esa bir vaqtning o'zida keng solishtirma yuzaga ega bo'lgan g'ovak kanallar teshigiga va yuqori singib o'tkazuvchanlik koeffitsientiga ega bo'lishi talab etiladi .

Hozirgi kunda turli davlatlarning korporatsiya, firma va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan bronza qotishmasi kukunlaridan tayyorlangan filtrlovchi materiallar turli sohalarda qo'llanilmoqda. Masalan mis va uning qotishmalari asosida tayyorlangan filtrlovchi materiallar BrOF markali kukunidan tayyorlanadi. Mis kukunlari nisbatan past 900,...,1000 oS pishirish haroratiga, yaxshi zichlanish darajasiga, elektr va issiqlikni yaxshi o'tkazuvchanlikka ega bo'lib, ulardan asosan turli moylarni mayda zarrachalardan tozalash uchun filtrlar va turli geometrik shaklga

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 21 (43) j ISSN: 2181-4163 j Impact Factor: 8.2

ega bo'lgan sovitgichlar tayyorlanadi. Bunda asosan zarracha o'lchami 160,...,500 mkm bo'lgan sferik shaklga ega bo'lgan mis kukunlaridan foydalaniladi. Mis kukunlaridan tayyorlangan filtrlovchi material 26,...,62% g'ovaklikka ega bo'lib, turli moylarni 10,.. .,200 mkm darajada tozalash imkonini beradi [3].

Misning issiqlikni yaxshi o'tkazuvchan xossalaridan foydalangan holda undan turli texnologik mashina va mexanizmlardagi qizib ishlaydigan qismlarning detallaridan issiqlik yuklamalarini pasaytirish uchun g'ovak sovitgich plastinalari tayyorlanadi. Bu plastinalar 3,...,5 mm qalinlikka, 55,...,62% g'ovaklikka ega bo'lib, detallarning yuzasiga yopishtirib qo'yiladi .

Misdan tayyorlangan filtrlovchi materiallarning asosiy kamchiliklariga uning korroziyaga, issiqqa chidamliligi pastligi hisoblanadi. Misdan tayyorlangan filtrlovchi materiallar ishlaydigan muhitda suv yoki suv bug'i mutlaqo bo'lmasligi talab etiladi. Bu esa misdan tayyorlangan filtr va sovutgichlarni qo'llanish sohasini chegaralaydi

[4].

Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalariga ko'гa ko'p hollarda mis o'miga mis qotishmalaridan, asosan BrO10, BrOF10, BrOS8-2 markali bronza kukunlaridan foydalanilgan. Bronza kukunlari 750,...,860 oS harorat va 30,...,60 daqiqa oгalig'ida pishirish jarayonidan to'liq o'tadi. Bronza kukunlaridan tayyorlangan filtrlovchi materiallar 30,...,55% g'ovaklikka, 16,...,200 mkm tozalash darajasiga ega bo'lib, ular turli neytral, tuzli va kam ishqorli xossaga ega bo'lgan suyuqliklarni mayda zarrachalardan, gaz-havo oqimlarini suv, moy bug'laridan tozalovchi filtrlar sifatida foydalaniladi. Ular ochiq havoda va 200oS haroratda hamda inert gazi muxitda 400oS haroratgacha qizdirilgan sharoitda uzoq muddat ishlay oladi. Ulardan gidrotizimlarning moylarini, kompressorlarda esa atmosferadan kirib keladigan havoni mayda zarrachalardan, suv, moy bug'laridan, benzin va dizel yoqilg'ilarini, sovitish qurilmalaridagi feronlarni tozalashda ishlatiladi.

Bronzadan tayyorlangan filtrlovchi materiallarning asosiy kamchiliklari agressiv sharoitlarda ya'ni kislotali, kuchli ishqorli, oksidlovchi, galogen va tabiiy gazli muhitlarga bardoshliligi juda ham pastdir [5].

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Тумилович М.В. и др. Пористые порошковые материалы и изделия на их основы для защиты здоровья человека и охраны окружающей среды: получение, свойства, применение.-Минск: Беларус. Наука, 2020.- 365 с.

2. Витязь П.А. Эффективные направления использования спеченных пористых материалов. -Минск. НИИНТИ и ТЭИ Госплана Беларус, 1980.-143 с.

3. Витязь П.А., Капцевич В.М., Шелег В.К. Пористые порошковые материалы и изделия из них. - М: Высшая школа, 2017. - 161 с.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 21 (43) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

4. Шибраев Б.Ф., Повлоская Е.И. Металлокерамические фильтрующие элементы. — М.: Машиностроение, 2015.-118 с.

5. Karimov. Sh. A., Shakirov SH.M., Mamatqosimov M.A. Nometall materiallar texnologiyasi. - T.: «Fan va texnologiya», 2015, 160 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.