UO'T: 635.261+ 631.53.04
TURLI EKISH SXEMALARIDA POREY PIYOZI HOSILDORLIGI
Voxidov S.T., Bo'stonov Z.T.
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Annotatsiya. Maqolada porey piyozning "Vesta" va "Elefant MS" navlarini 45-kunlik ko'chatlarini erta bahorda yetishtirishda 50+20/2x15 sm ekish sxemasida ekishni tavsiya qilingan.
Kirish. Sabzavot ekinlari turlarini ko'paytirishda xosildorligi yuqori, iqtisodiy jihatdan foydali xususiyatlarga ega bo'lgan turlarni yaratish zamonaviy sabzavotchilikning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bu muammoning yechimi sifatida O'zbekistonda hosildorligi yuqori, sovuqqa, kasallik va zararkunandalarga chidamli, yuqori saqlanuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan porey piyoz (Allium porrum L.) turini ishlab chiqarishga joriy etish, muhim hisoblanadi.
Porey piyoz sovuqqa chidamli o'simliklardan hisoblanadi [3]. Biroq, ma'lum o'sish davrlarida uning sovuqqa chidamliligi doimiy bo'lmaydi [1]. Lekin, urug'ning pishishi uchun piyozga qaraganda ko'proq issiqlik talab etiladi. Piyoz urug'lari +2-5°C haroratda unib chiqib, tuproq namligi 85-90% da tezroq o'sadi. Barglarning o'sishi uchun mqbul harorat +15-20°C dir. O'simlikning ildizi tuproqda qor ostida yaxshi qishlaydi, sovuqqa bardosh beradi, lekin -15°C da muzlaydi. Kuzda yig'ib olingan porey piyoz -1°C haroratda yoki gipotermiya holatida -3 ° S gacha bo'lgan haroratda saqlanadi. Porey piyozning sovuq haroratga moslashish bosqichi +5-10°S da sodir bo'ladi. O'sishi uchun qulay harorat + 18-20°S hisoblanib, gullar +25°S da ochiladi [2].
Yevropa bozorida porey piyozga bo'lgan eng katta talab uzun (kamida 15 sm) va qalin (kamida 3 sm) oqargan soxta poyali o'simliklar hisoblanadi [5]. Rossiyada mavjud bo'lgan standartga (GOST 522-89) ko'ra, soxta poya diametri kamida 15 mm bo'lgan o'simliklar tavarbop hisoblanadi. Germaniyada porey piyoz mahsulotlari diametriga ko'ra 3 guruhga bo'linadi: 1-sinf - diametri 30 mm dan ortiq, 2-sinf - 25-
30 mm, 3-sinf - 15-25 mm [4]. Finlyandiyada - 2 guruhga: 1-sinf - diametri kamida 25 mm, oqartirilgan qismning uzunligi kamida 12 sm, 2-sinf - diametri kamida 15 mm [6]. Soxta poyaning diametri bo'yicha porey piyoz uchun UNECE standarti: ertapishar navlar uchun minimal diametr kamida 8 mm, o'rtapishar navlar uchun kamida 10 mm bo'lishi kerak.
Biroq, porey piyozi O'zbekistonda, xususan, Farg'ona vodiysi tuproq-iqlim sharoitida keng tarqalmagan bo'lib, bunga sabab rayonlashtirilgan navlarning yetishmasligi hamda yetishtirish texnologiyasini ilmiy asoslanmaganligidir. Shu sababli, respublikada porey piyozi o'simligi xorjiy seleksiya manbalarini o'rganish va ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.
Tadqiqot uslubi. Tadiqot ishida porey piyozi o'simligini "Vesta" va "Elefant MS" navlari o'simligi, bargi va soxta poya hosilli xizmat qilgan. Dala tajribalarda porey piyozini navlarining morfobiologik xususiyatlaridan kelib chiqib, dala tajribalari 45 kunlik ko'chatlari 70x5, 70x10, 70x15 (nazorat), 70x20, 50+20/2x5, 50+20/2x 10, 50+20/2x15 va 50+20/2x20 sm ekish sxemalarida o'rganildi.
Porey piyozi navlari Tadqiqotlar 4 ta qaytariqli, 2 qatorli, egatlar uzunligi 5,15 m, hisobli maydon 5,6 m2 hisoblanib, har bir namunada 20 dona o'simliklarda olib borildi. Dala tajribalari «Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o'tkazish metodikasi» (Azimov B.J., Azimov B.B., 2002), «Metodika polevogo opita v ovoshevodstve i baxchevodstve» (Belik V.F., 1992) va «Metodicheskiye ukazaniya po izucheniyu kolleksii luka i chesnoka» (Kazakova A.A., Borisenkova L.S., 1986) uslubiy qo'llanmalari asosida olib borildi, tadqiqot natijalarining statistik tahlili «Excel 2010» va «Statistica 7.0 for Windows» kompyuter dasturida, 0,95% ishonchlilik oralig'i bilan «Metodika polevogo opita» (Dospexov B.A., 1985) dispersion usuli bo'yicha hisoblandi.
Tadqiqot natijasi. Turli ekish sexmalarida 2021-2023 yillar bo'yicha o'rtacha porey piyozning "Vesta" va "Elefant MS" navlari o'simligi balandligi aniqlash ko'rsatdiki, nazorat 70x15 sm ekish sxemasida (mos ravishda) 107,9 va 102,5 sm ni tashkil qilib, "Vesta" va "Elefant MS" navlarini 70x15 sm (nazorat) ekish sxemasiga nisbatan 50+20/2x15 sm ekish sxemasida o'simliklar balandligi 5,7 va 3,7 sm baland
shakllanganligi aniqlandi (mos ravishda 113,6 va 106,2 sm). Aksincha, nazorat 70x15 sm ekish sxemasiga nisbatan "Vesta" navida 50+20/2x5 sm ekish sxemasida -35,6 sm hamda "Elefant MS" navida 70x10 sm ekish sxemasida - 20,2 sm ga kichik o'simlik balandligi bo'lganligi ma'lum bo'ldi (1-jadval).
Porey piyozi navlarini turli ekish sxemalarida joylashtirib yetishtirishda tupdagi barglar soni "Vesta" navida 70x15 sm (nazorat), 70x20 sm, 50+20/2x15 sm va 50+20/2x20 sm sxemalarida - 13 dona, 70x10 sm sxemada - 11 dona, 70x5 sm, 50+20/2x10 sm sxemalarda - 10 dona hamda 50+20/2x5 sm sxemada - 9 dona, shuningdek, "Elefant MS" navida 70x15 sm (nazorat), 50+20/2x15 sm va 50+20/2x20 sm sxemalarda - 13 dona, 70x20 sm, 50+20/2x5 sm va 50+20/2x10 sm sxemalarda - 12 dona, 70x10 sm sxemada - 11 dona hamda 70x5 sm sxemada -10 dona barglar shakllanganligi aniqlandi.
Turli ekish sxemalarida porey piyoz navlarida barg uzunligi ko^satkichlari 2021-2023 yillar bo'yicha tahlil qilinganda, nazorat 70x15 sm ekish sxemasida "Vesta" navi - 85,2 sm hamda "Elefant MS" navida - 78,9 sm bo'lib, 70x15 sm (nazorat) nisbatan ushbu porey piyozi navlarining barcha ekish sxemalarda kichik bo'lganligi aniqlandi.
Turli ekish sxemalarida porey piyozning "Vesta" va "Elefant MS" navlari barglari eni 2021-2023 yillar bo'yicha aniqlanganda, 70x15 sm (nazorat) ekish sxemasida (mos ravishda) 4,3 va 4,8 sm bo'lib, nazorat ekish sxemasiga nisbatan "Vesta" navini 70x20 sm (5,2 sm), 50+20/2x15 sm (5,2 sm) va 50+20/2x20 sm (5,0 sm) sxemalarida - 0,9-0,7 sm hamda "Elefant MS" navini 50+20/2x15 sm (5,3 sm), 70x20 sm (5,1 sm) va 50+20/2x20 sm (5,1 sm) sxemalarida - 0,5-0,3 sm katta barg eni shakllanganligi aniqlandi. Aksincha, porey piyozining "Vesta" va "Elefant MS" navlarini boshqa ekish sxemalarida barg eni 70x15 sm (nazorat) ekish sxemasiga nisbatan 0,3-1,2 sm oralig'ida kichik bo'lganligi ma'lum bo'ldi.
1-jadval
Turli ekish muddatlarida porey piyoz navlarining o'simlik, barg va soxta
poya o'lchamlari (2021-2023 yy.)
Ekish cxeMalar O' simlik balandligi, sm Bir tupdagi barglar soni, dona Barg o' lchami (uzunligi x eni), sm Barg sathi Soxta poya o' lchami (uzunligi x diametri), sm Bir dona o' simlik vazni, g Barglar vazni, g Soxta poya vazni, g
S CA a,n o d ir ib <N S ,a d dptu ir ib bir gektarda, ming m2
"Vesta" navi
70x5 sm 75,1 10 59,7x3,5 207,8 2077,2 59,3 15,4x3,2 286,0 128, 4 157,6
70x10 sm 79,4 11 62,1x4,0 246,0 2705,5 38,7 17,3x3,7 296,7 129, 6 167,0
70x15 sm (nazorat) 107,9 13 85,2x4,3 364,1 4753,3 45,3 22,7x4,0 354,0 145, 7 208,3
70x20 sm 84,5 13 64,4x5,2 337,9 4420,8 31,6 20,1x3,9 328,6 133, 7 195,0
50+20/2x5 sm 72,3 9 54,7x3,6 198,6 1789,5 102,2 17,7x3,6 263,5 137, 4 126,1
50+20/2x10 sm 78,0 10 58,5x3,9 225,9 2271,4 64,9 19,5x3,8 360,5 192, 3 168,2
50+20/2x15 sm 113,6 13 85,5x5,2 442,1 5762,0 109,7 28,1x4,2 399,4 129, 3 270,2
50+20/2x20 sm 101,6 13 76,2x5,0 384,0 5016,7 71,7 25,4x3,9 414,8 203, 6 211,2
EKMF05 2,6 0,3 2,0x0,1 8,8 119,6 1,9 0,6x0,1 9,5 4,1 5,6
Sx% 2,9 2,8 2,9x3,2 2,9 3,3 2,9 2,9x2,8 2,8 2,8 3,0
"Elefant MS" navi
70x5 sm 90,9 10 76,1x3,6 276,6 2762,1 78,9 14,7x3,2 315,1 136, 0 179,1
70x10 sm 82,3 11 65,3x4,3 282,9 3105,8 44,4 17,0x3,7 320,1 131, 9 188,2
70x15 sm (nazorat) 102,5 13 78,9x4,8 375,8 4903,2 46,7 23,6x4,0 352,4 142, 2 210,2
70x20 sm 95,5 12 76,6x5,1 391,1 4701,5 33,6 18,9x3,9 294,2 110, 5 183,7
50+20/2x5 sm 85,2 12 67,0x3,8 256,7 3084,5 176,2 18,2x3,6 260,5 137, 4 123,2
50+20/2x10 sm 88,8 12 68,5x4,5 306,2 3688,3 105,4 20,3x3,8 358,3 192, 166,1
3
50+20/2x15 sm 106,2 13 76,7x5,3 406,2 5274,2 100,5 29,5x4,2 405,5 129, 3 276,2
50+20/2x20 sm 89,3 13 62,8x5,1 320,0 4146,6 59,2 26,5x3,9 419,3 203, 6 215,7
EKMF05 2,3 0,2 1,5x0,1 9,5 119,4 3,1 0,6x0,1 8,5 4,4 4,9
Sx% 2,5 1,6 2,2x2,5 3,6 3,0 3,8 2,8x2,3 2,5 2,9 2,6
Porey piyozning "Vesta" va "Elefant MS" navlarini 70x15 sm (nazorat) ekish sxemasida yetishtirilganda bir dona barg sathi (mos ravishda) 364,1 va 375,8 sm2 ni tashkil qilib, unga nisbatan "Vesta" navini 50+20/2x15 va 50+20/2x20 sm sxemalarida - 78,0 va 19,9 sm2 hamda "Elefant MS" navini 50+20/2x15 va 70x20 sm sxemalarida - 30,4 va 15,3 sm2 ga katta barg sathi shakllanganligi aniqlandi. Aksincha, eng kichik bir dona barg sathi "Vesta" navini 70x20 sm, 70x10 sm, 50+20/2x10 sm, 70x5 sm va 50+20/2x5 sm sxemalarida (mos ravishda) -26,2; 118,1; 138,2; 156,3 va 165,5 sm2 hamda "Elefant MS" navini 50+20/2x20 sm, 50+20/2x10 sm, 70x10 sm, 70x5 sm va 50+20/2x5 sm sxemalarda - 55,8; 69,6; 92,9; 99,2 va 119,1 sm2 ga kichik barg sathini namoyon qildi.
2021-2023 yillarda porey piyoz navlarini yetishtirishda maqbul ekish sxemasini aniqlashda bir tupdagi barg sathi 70x15 sm (nazorat) ekish sxemasida "Vesta" va "Elefant MS" navlari 4753,3 va 4903,2 sm2 ni tashkil qildi. Bir tupdagi eng barg sathi "Vesta" navida 50+20/2x15 sm (5762,0 sm2) va 50+20/2x20 sm (5016,7 sm2) sxemalarda namoyon qilib, 70x15 sm (nazorat) sxemasiga nisbatan (mos ravishda) 1008,7 va 263,4 sm2 katta bo'lganligi aniqlandi. "Elefant MS" navidagi bir tupdagi eng yirik barg sathi 50+20/2x15 sm (5274,2 sm2) sxemada bo'lib, 70x15 sm (nazorat) ekish sxemasiga nisbatan 371,0 sm2 katta barg sathi shakllanganligi aniqlandi.
Eng kichik bir tupdagi barg sathi "Vesta" navini 70x20 sm, 70x10 sm, 50+20/2x10 sm, 70x5 sm va 50+20/2x5 sm sxemalarida (mos ravishda) 332,5; 2047,8; 2481,9; 2676,1 va 2963,8 sm2 hamda "Elefant MS" navini 70x20 sm, 50+20/2x20 sm, 50+20/2x10 sm, 70x10 sm, 50+20/2x5 sm va 70x5 sm sxemalarda
(mos ravishda) 201,7; 756,6; 1214,9; 1797,4; 1818,7 va 2141,1 sm2 kichik bo'lganligi aniqlandi.
Bir gektardagi eng katta barg sathi 2021-2023 yillar bo'yicha 70x15 sm (nazorat) ekish sxemasiga (45,3 va 46,7 ming m2) nisbatan porey piyozini "Vesta" navida 50+20/2x15 sm (109,7 ming m2) hamda "Elefant MS" navida 50+20/2x5 sm (176,2 ming m2) sxemalarida shakllanganligi aniqlandi. Aksincha, "Vesta" (31,6 ming m2) va "Elefant MS" (33,6 ming m2) navlarini 70x10 va 70x20 sm sxemalarida 70x15 sm (nazorat) ekish sxemasiga nisbatan (mos ravishda) - 6,6-13,7 va 2,3-13,1 ming m2 kichik barg sathiga ega bo'lganligi aniqlandi.
2021-2023 yillar bo'yicha eng uzun soxta poya "Vesta" va "Elefant MS" navlarida 50+20/2x15 va 50+20/2x20 sm sxemalarida (mos ravishda) - 28,1-25,4 sm va 29,5-26,5 sm shakllangan bo'lsa, aksincha, kichik soxta poyani "Vesta" va "Elefant MS" navlarida 70x5 sm sxemasida (mos ravishda) - 15,4 va 14,7 sm bo'lganligi aniqlandi. shuningdek, eng keng diametrli soxta poya "Vesta" va "Elefant MS" navlarida 50+20/2x15 sm sxemasida - 4,2 sm shakllangan bo'lsa, aksincha, kichik diametrli soxta poya "Vesta" va "Elefant MS" navlarida 70x5 sm sxemasida -3,2 sm bo'lganligi aniqlandi.
Turli ekish sxemalarida porey piyozning "Vesta" va "Elefant MS" navlari o'simlik vazni nazorat 70x15 sm ekish sxemasida (mos ravishda) 354,0 va 352,4 g bo'lib, unga nisbatan 50+20/2x20 va 50+20/2x15 sm sxemalarda yetishtirilgan "Vesta" navi - 60,8 va 45,4 g, "Elefant MS" navi - 66,9 va 53,1 g og'ir o'simlik vaznini namoyon qildi. Aksincha, "Vesta" navini 70x5 va 50+20/2x5 sm sxemalarda
- 68,0 va 90,5 g, "Elefant MS" navrini 70x20 va 50+20/2x5 sm sxemalarda - 58,2 va 91,9 g kichik o'simlik vazniga ega bo'lganligi aniqlandi.
O'rganilgan turli ekish sxemalarda porey piyozning "Vesta" va "Elefant MS" navlari bir tupdagi barglar vazni nazorat 70x15 sm ekish sxemasida (mos ravishda) 145,7 va g bo'lib, nazorat ekish sxemasiga nisbatan 50+20/2x20 va 50+20/2x10 sm sxemalarida yetishtirilganda "Vesta" navi - 57,9 va 46,6 g hamda "Elefant MS" navi
- 61,4 va 50,1 g og'ir barglar vaziniga ega ekanligi aniqlandi. Biroq, 70x15 sm (nazorat) ekish sxemasiga nisbatan "Vesta" navini 50+20/2x5 sm, 70x20 sm, 70x10
sm, 50+20/2x15 sm va 70x5 sm sxemalari (mos ravishda: 8,3; 12,0; 16,1; 16,4 va 17,3 g) hamda "Elefant MS" navini 50+20/2x5 sm, 70x5 sm, 70x10 sm, 50+20/2x15 sm va 70x20 sm sxemalari (mos ravishda: 4,8; 6,2; 10,3; 12,9 va 31,7 g) kichik barg vazni shakllanganligi ma'lum bo'ldi.
1-jadvaldagi ma'lumotlarga ko'ra, eng og'ir soxta poya vazni porey piyozning "Vesta" va "Elefant MS" navlarini 50+20/2x15 sm ekish sxemasida (mos ravishda: 270,2 va 276,2 g) shakllanib, nazorat 70x15 sm ekish sxemasiga nisbatan - 61,9 va 66,0 g og'ir bo'lganligi aniqlandi. Aksincha, nazorat 70x15 sm ekish sxemasiga nisbatan "Vesta" navida - 13,3-82,2 g hamda "Elefant MS" navida - 22,0-87,0 g yengil soxta poya vazni 70x10 sm, 70x20 sm, 70x5 sm, 50+20/2x10 sm va 50+20/2x5 sm sxemalari namoyon qilganligi ma'lum bo'ldi.
Turli ekish sxemalarida porey piyozning "Vesta" va "Elefant MS" navlarini 2021 yildagi umumiy hosildorlik nazorat 70x15 sm sxemasida (mos ravishda) 33,8 va 31,6 t/ga ni namoyon qilib, maydon birligidan nazorat (70x15 sm) nisbatan "Vesta" navini 50+20/2x5 sm, 50+20/2x10 sm, 50+20/2x15 sm, 70x5 sm, 50+20/2x20 sm va 70x10 sm sxemalarda (mos ravishda) - 115,8; 67,9; 41,2; 33,4; 25,8 va 1,9 tonna, shuningdek, ushbu ekish sxemalarida "Elefant MS" navida (mos ravishda) - 115,7; 67,4; 51,4; 45,0; 29,7 va 6,6 tonnaga yuqori umumiy hosildorlikni namoyon qilganligi aniqlandi. Aksincha, 70x20 sm ekish sxemasida maydon birligidan eng kam umumiy hosildorlikni "Vesta" (19,4 t/ga) va "Elefant MS" (21,4 t/ga) navlarida bo'lganligi ma'lum bo'ldi (2-jadval).
Maydon birligidan 2022 yildagi eng yuqori umumiy hosildorlik "Vesta" va "Elefant MS" navlarini 50+20/2x5 va 50+20/2x10 sm ekish sxemalarida yetishtirilganda (mos ravishda) - 148,6-106,9 hamda 145,6-107,6 t bo'lib, 70x15 sm (nazorat) nisbatan - 115,2-73,5 hamda 111,0-73,0 t/ga yuqori umumiy hosildorlikni namoyon qildi. Aksincha, maydon birligidan eng kam umumiy hosildorlik 70x20 sm ekish sxemasida ekinligi aniqlandi (65,0 va 60,1 t/ga).
Eng yuqori umumiy hosildorlik 70x15 sm (nazorat) nisbatan (33,9 va 34,5 t/ga) "Vesta" va "Elefant MS" navlarini 2023 yilda 50+20/2x5 va 50+20/2x10 sm ekish sxemalarida yetishtirilganda (mos ravishda) - 153,4-100,4 hamda 153,8-100,6 t/ga
aniqlandi. Aksincha, eng kam umumiy hosildorlik 70x20 sm ekish sxemasi namoyon qildi (65,0 va 60,1 t/ga).
2-jadval
Turli ekish sxemalarida porey piyoz navlarining umumiy va soxta poya
hosildorligi (2021-2023 yy.)
Nav namunalar nomi Umumiy hosildorlik, t/ga Umumiy hosildagi barg va soxta poya ulushi, % Soxta poya hosili, t/ga Tovarbop hosildagi soxta poya diametri bo'yicha taqsimlanishi, %
barg soxta poya nisbat <10 mm 1120 mm 2130 mm 3140 mm >40 mm
"Vesta" navi
70x5 sm 81,7 44,6 55,4 2,2:1,8 45,0 25,8 32,5 41,7
70x10 sm 42,4 43,4 56,6 2,3:1,7 23,9 10,5 40,9 48,6
70x15 sm (nazorat) 33,7 41,1 58,8 2,4:1,6 19,8 40,2 50,5 9,3
70x20 sm 23,5 39,7 60,4 2,5:1,5 13,9 51,9 48,1
50+20/2x5 sm 150,6 52,1 47,9 1,9:2,1 72,1 15,7 38,5 40,2 5,6
50+20/2x10 sm 103,0 53,3 46,7 1,9:2,1 48,1 34,3 45,4 20,3
50+20/2x15 sm 76,1 32,3 67,7 2,5:1,5 51,5 27,7 51,8 20,5
50+20/2x20 sm 59,3 49,1 50,9 2,0:2,0 30,2 53,8 46,2
EKMF05 2,7 - - - 1,4 - - - - -
Sx% 3,8 - - - 3,6 - - - - -
"Elefant MS" navi
70x5 sm 90,0 43,1 56,9 2,2:1,8 51,2 20,5 28,9 50,6
70x10 sm 45,7 41,1 58,9 2,3:1,7 26,9 12,2 45,5 42,3
70x15 sm (nazorat) 33,6 40,4 59,5 2,5:1,5 20,0 38,3 48,8 12,9
70x20 sm 21,0 37,5 62,4 2,7:1,4 13,1 45,5 54,5
50+20/2x5 sm 148,9 52,7 47,3 1,9:2,1 70,4 12,3 32,8 34,1 20,8
50+20/2x10 sm 102,4 53,7 46,3 1,8:2,2 47,4 20,5 42,8 36,7
50+20/2x15 sm 77,2 31,8 68,2 2,5:1,5 52,6 16,3 55,5 28,2
50+20/2x20 sm 59,9 48,6 51,5 2,1:1,9 30,8 43,5 51,4 5,1
EKMF05 2,0 - - - 1,0 - - - - -
Sx% 2,8 - - - 2,6 - - - - -
Turli ekish sxemalarida porey piyozning "Vesta" va "Elefant MS" navlarini 2021-2023 yillar bo'yicha yuqori umumiy hosildorlik nazorat 70x15 sm (33,7 va 33,6 t/ga) ekish sxemasiga nisbatan 50+20/2x5 va 50+20/2x10 sm ekish sxemalarida yetishtirilganda (mos ravishda) - 150,6-103,0 hamda 148,9-102,4 t/ga bo'lib, aksincha, eng kam umumiy hosildorlik 70x20 sm ekish sxemasida aniqlandi (23,5 va 21,0 t/ga). Shuningdek, nazorat 70x15 sm sxemasiga nisbatan "Vesta" navida 50+20/2x15 sm, 70x5 sm, 50+20/2x20 sm va 70x10 sm sxemalari (mos ravishda) -42,4; 48,0; 25,6 va 8,7 /ga hamda "Elefant MS" navida esa - 56,4; 43,6; 26,3 va 12,1 t/ga kam umumiy hosildorlikka ega bo'lganligi ma'lum bo'ldi.
Umumiy hosildorlikdagi barg va soxta poya ulushida eng ko'p soxta poya ulushi "Vesta" va "Elefant MS" navlarini 50+20/2x15 sm va 70x20 sm ekish sxemalarida yetishtirilganda aniqlandi (mos ravishda: 67,7-60,4 va 68,2-62,4 %). Eng kam soxta poya ulushi umumiy hosildorlikda "Vesta" va "Elefant MS" navlarini 50+20/2x5 sm va 50+20/2x10 sm sxemalari namoyon qilganligi ma'lum bo'ldi (47,9-46,7 va 47,346,3 %).
Turli ekish sxemalarida porey piyozning "Vesta" va "Elefant MS" navlarini maydon birligidan 2021 yilda eng yuqori soxta poya hosildorlik 70x15 sm (nazorat) sxemasiga nisbatan (18,8 va 17,5 t/ga) 50+20/2x5 sm (71,8 va 69,5 t/ga) hamda 50+20/2x15 sm (52,6 va 54,2 t/ga) ekish sxemalari namoyon qilib, 34,0-30,3 % ga
kam soxta poya hosildorligi 7Qx2Q sm ekish sxemasida aniqlandi (mos ravishda 12,4 va 12,2 t/ga).
2-jadvaldag ma'lumotlarga ko'ra, 2Q22 yilda maydon birligidan eng yuqori sota poya hosildorligi porey piyozning "Vesta" va "Elefant MS" navlarida 7Qx15 sm (nazorat) sxemasiga nisbatan (20,2 va 21,4 t/ga) 5Q+2Q/2x5 sm (74,6 va 71,5 t/ga) hamda 5Q+2Q/2x15 sm (50,6 va 51,0 t/ga) ekish sxemalari namoyon qilib, 30,2-38,3 % ga kam soxta poya hosildorligi 7Qx2Q sm ekish sxemasida aniqlandi (mos ravishda
6.1 va 8,2 t/ga).
Turli ekish sxemalarida porey piyozning "Vesta" va "Elefant MS" navlarini maydon birligidan 2Q23 yilda eng yuqori soxta poya hosildorlik 7Qx15 sm (nazorat) sxemasiga nisbatan (20,5 va 21,1 t/ga) 5Q+2Q/2x5 sm (69,8 va 70,1 t/ga) hamda 5Q+2Q/2x15 sm (51,1 va 52,7 t/ga) ekish sxemalari namoyon qilib, 25,4-34,1 % ga kam soxta poya hosildorligi 7Qx2Q sm ekish sxemasida aniqlandi (mos ravishda
5.2 va 6,2 t/ga).
2Q21-2Q23 yillar bo'yicha o'rtacha soxta poya hosildorligi tahlil qilinganda, turli ekish sxemalarida porey piyozning "Vesta" va "Elefant MS" navlarida eng yuqori soxta poya hosildorlik 7Qx15 sm (nazorat) sxemasiga nisbatan (19,8 va 20,0 t/ga) 5Q+2Q/2x5 sm (72,1 va 70,4 t/ga) hamda 5Q+2Q/2x15 sm (51,5 va 52,6 t/ga) ekish sxemalari namoyon qilib, 29,8-34,5 % ga kam soxta poya hosildorligi 7Qx2Q sm ekish sxemasida aniqlandi (mos ravishda 5,9 va 6,9 t/ga).
O^ganilayotgan turli ekish sxemalaridagi porey piyozining "Vesta" va "Elefant MS" navlarini soxta poya diametri bo'yicha soxta poya hosilini taqsimlanishi tahlil qilinganda, nazorat 7Qx15 sm ekish sxemasi hamda boshqa ekish sxemalariga nisbatan 5Q+2Q/2x15 sm ekish sxemasida "Vesta" navida 20,5 % yoki 10,6 t/ga, shuningdek, "Elefant MS" navida 28,2 % yoki 14,8 t/ga >4Q mm diametrli soxta poyalar shakllanganligi aniqlandi. Shuningdek, "Vesta" navida 21-30 mm diametrli -14,3 t/ga (27,7 %) va 31-40 mm diametrli - 26,7 t/ga (51,8 %) hamda "Elefant MS" navida 21-30 mm diametrli - 8,6 t/ga (16,3 %) va 31-40 mm diametrli - 29,2 t/ga (55,5 % %) soxta poya hosilini shakllanganligi ma'lum bo'ldi.
Xulosa. Porey piyozini 45-kunlik ko'chatlarini erta bahorda yetishtirishda 50+20/2x15 sm ekish sxemasi eshni tavsiya qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Авдеенка С.С., Митченко Т.П., Огнев В.В. Овощеводство (учебное пособие). - Персиановский: ДонГАУ, 2008. - 119 с.
2. Андреев Ю.М. Овощеводство (учебник). - Москва: Академия, 2003. - С. 121-123.
3. Пивоваров В.Ф., Лебедева А.Т. Выращивание семян на приусадебном участке. - Москва: Колос, 1995. - С. 282-283.
4. Папонов А.Н. Овощи - источник здоровья (монография). - Пермь: ФГОУ ВПО Пермская ГСХА, 2007. - 155 с.
5. Круг Г. Овощеводства (учебник). - Москва: Издание ФГУ «Госсорткомиссия», 2010. - 572 с.
6. Weier U., Scharpf H.C. Die Stickstoffdungung von Porree. // Gemuse, 1990. - № 2. - P. 84-86.