TURKCHA MAROSIM NOMLARI VA ULARNING TARJIMASIGA DOIR
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-230-237
DSc. Xayrulla HAMIDOV
TDSHU dotsenti, Toshkent, O'zbekiston Tel: 90 960 06 23;
E-mail: hamidovx@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada turk jamiyatining mustahkam ma 'naviy ustunlaridan biri bo'lgan marosimlar, ularning jamiyat hayotida tutgan o'rni va ahamiyati, ularning tarjimasi xususida so Z boradi.
Kalit so'zlar: marosimlar, etnografiya, tilshunoslik, "Devonu lug'ot-it turk", turkiy qavmlar.
Аннотация. В данной статье речь идет о ритуалах, обрядах, которые являются сильными духовными столпами турецкого общества, их роли и значении в жизни общества, а также об их переводе.
Ключевые слова: обряды, этнография, языкознание, «Девону Лугот-ит Тюрк», тюркские народы.
Abstract. This article deals with rituals, rituals, which are strong spiritual pillars of Turkish society, their role and significance in the life of society, as well as their translation.
Key words: rituals, ethnography, linguistics, "Devonu Lugot-it Türk", Turkich peoples.
Har Turkcha marosim (tören1) nomlari turk xalqining tarixi qadar qadimiydir. Zero, marosimlar har qanday jamiyatning mustahkam ma'naviy ustunlaridan biri bo'lib, ularni ilmiy o'rganish nafaqat jamiyatshunoslik yoki etnografiya sohalari, balki tilshunoslik va tarjimashunoslikning ham vazifasi hisoblanadi va ular jiddiy tadqiqot obyekti bo'lishi mumkin.
Marosimlar (törenler) bir tomondan jamiyatning mavqei, xalqning dini, tarixi va madaniyati, ikkinchi tomondan esa iqtisodiy ahvolini o'zida namoyon qiladi. Marosimlar turli millatlar va inson jamiyatlarining diniy e'tiqodlari, madaniy saviyalari, urf-odatlariga ko'ra farqliliklar namoyon
1 Tören - marosim, tadbir, tantana.
230
etadi. Bu yerda jamiyatdagi ma'naviy qadriyatlarning ta'siri haqida ham so'z yuritish kerak bo'ladi.
Ushbu maqolada turkcha marosim nomlaridan bir nechtasi (janoza (cenaze, yog), mavlud (mevlit), osh (a§, yemek), to'y (dügün)ning etimologiyasi, ma'no xususiyatlari va ularning tarjimasi masalalariga e'tibor qaratilib, muxtasar xulosalar beriladi. Maqola uchun manba sifatida o'zbek [1] va turk [2] tillarining izohli lug'atlari, shuningdek taniqli o'zbek adibi Odil Yoqubovning "Adolat manzili" romani [3] va uning turkcha tarjimasi [4] olindi.
Islomdan oldingi davrlarda janoza marosimi turklarda yog (yog) yoki yug (yug) deb nomlangan. Bu so'z Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'ot-it turk" asarida "o'lik ko'milgandan keyin uch yoki yetti kun ichida beriladigan taom", yoglamak (yoglamak) esa «vafot etgan kishini yodlab, aholiga taom tarqatish» ma'nolarini bersa-da, so'zlarning tagida "taom tanovul qilish" an'anasi bo'lgan janoza ma'rakalarining umumiy nomi sifatida qo'llanilganligi ma'lum. Bu marosimning markaziy nuqtasi bo'lgan "taom tanovul qilish" an'anasi esa islomiyatdan ilgarigi amallarning bir ko'rinishi sifatida namoyon bo'ladi.
Turk tilida janoza marosimlarining nomlanishi barcha turkiy xalqlarda bo'lgani kabi umumiydir. Arab tilidan turkiy tillarga o'zlashgan janoza cenaze so'zining ma'nosi hozirgi zamon turk tilidagi lug'atlarda quyidagicha berilgan: 1. kafanlanib, tobutga qo'yilgan, ko'mish uchun tayyorlangan inson jasadi. 2. janoza marosimi.
Islom dini qabul qilingandan keyin esa undan oldingi davr an'ana va e'tiqodlarining asosiy qismi islomiy xarakter kasb etib davom etgan [5,465]. Yug (yug) marosimlarining asosiy maqsadi marhum xotirasini yod qilib, osh berish edi. Shu bilan birga bunday marosimlar marhum xotirasi uchun qilingan tomosha (namoyish)larni ham o'z ichiga olgan. Qolaversa, yig'i, yuzni yulish, sochni qirqish, ot choptirish kabi qator urf-odatlar ham yug (yug) marosimlarining tarkibiy qismi hisoblangan.
Janoza so'zi asosida turk tilida bir necha so'z birikmasi yasalgan. Cenaze alayi - mayitni ko'tarish marosimi, janozani tamosha kiluvchi olomon: "Onu bu kadar candan alki§layan Istanbul, iki gün sonra gok derin bir üzüntüyle cenaze alayini izledi"- Uni bunchalik chin yurakdan olqishlagan Istanbul ikki kundan keyin musibat ichida janoza olomonini
tomosha qilib turar edi. Cenaze merasimi (janoza marosimi) va uning sinonimi bo'lgan cenaze töreni (janoza marosimi) birikmalarining ma'nosi: "janoza namozidan keyin qabristongacha bo'ladigan diniy marosim". Bir cenaze töreni igin §ehitlige ilk defa gidiyordu - Janoza marosimi uchun shahidlar qabristoniga ilk bor ketayotgan edi. Cenaze namazi - janoza namozi: mayit dafn qilinishidan oldin musalla toshi ustiga qo'yilgan tobut qarshisida o'qiladigan namoz.
Umuman, turkiy xalqlarda belgilangan kunlarda aholiga osh berish (taom tortish) an'anasining islomdan oldingi davrga tegishli marosim bo'lganligini ta'kidlash joiz. Ta'kidlash joizki, "osh" (turkcha - a§) asl forscha so'zdir. Turk, o'zbek va boshqa bir qator tillarda "osh" so'zi issiq ovqat, taom ma'nosida qo'llaniladi. 1. Issiq ovqat. ugra osh, xo'rda osh. Sovchilarni yaxshi so'zlar va quyuq-suyuq oshlar bilan jo'natib, kelishilgan holda javob beradi (7). 2. Barcha turdagi ovqatlar. Oshing halol bo'lsa, ko'chada ich! Maqol. Elga bersang oshingni, erlar silar boshingni. maqol. Jon bo'lsa, jahon topilar, osh bo'lsa, uchinchi topilar (Maqol). 3. Palov. to'y va boshqa tadbirlarda katta qozonda pishiriladigan go'sht, sabzavot, guruchli taom. 4 etn. Marosim, ziyofat nomi o'zbekcha: qora osh, qiz oshi, xotin oshi, arvoh oshi, maslahat oshi. Yoshini yashab, oshini oshagan. Yerga oshatsang - osh bitar, oshatmasang - tosh bitar. maqol. Tabarruk qo'lingiz bilan [oshdan] bitta oshatingiz! [7]. Turkcha misollar: Erken kalktim i§ime - §eker kattim a§ima; Bugday misira: "A§ ol, ke§ ol, hamur i§ine kari§ma " demi§; Avrat vardir, arpadan a§ eder; avrat vardir, bulguru ke§ eder va b.
Osh (yog) berish marosimi hozirgi paytda qozoq, qirg'iz, qrim tatarlari, qumiq, avar, no'g'ay va ozarbayjonlarda ham bo'lgan an'analardan hisoblanadi. Osh berishdan maqsad, turlari deyarli bir-biriga o'xshash taomlar, beriladigan kunlar, asosan, janozadan keyin uchinchi kun, yettinchi, yigirmanchi, qirqinchi, ellik ikkinchi kun, yil oshi ham bir-biriga juda o'xshab ketadiki, bu ham turkiy xalqlar orasida islomdan oldingi davrlarda e'tiqod mushtarakligi va ularning hozirgacha davom etib kelayotganligidan dalolat beradi. "Turkiy qavmlardan bo'lgan qumuqlarda motam uyi egasi "o'lik oshi" beradi. Cherkeslarda marhum dafn qilingunga qadar uy egalari taom tanovul qilishmaydi, faqat janozadan keyin to'rt kun un va yog'dan luqum pishirishadi. No'g'aylarda yettinchi
kun yog' qizdirilib, is chiqariladi va taom pishiriladi. Qirq va ellik ikkinchi kunlar marosim o'tkaziladi. Bundan tashqari, payshanba va juma oqshomlari beriladigan taomlarning hidi marhum ruhi uchun zarur ekanligiga e'tiqod qilinadi" [6,148]. Ko'rinib turibdiki, turkiy qavmlarning bu mavzuda o'xshash jihatlari talaygina. Masalan, o'zbek xalqining bu borada boshqa turkiy xalqlardan ko'proq qadriyatlari bor.
Yuqorida bildirilgan fikrimizni badiiy asardan olingan parcha vositasida asoslashga harakat qilamiz. O'zbek adibi Odil Yoqubovning "Adolat manzili" romanida shunday bir jumla kechadi. Asar qahramoni Suyun burgutning dafn marosimi tasvirlangan jumlada o'zbek xalqining urf-odatlari, dafn marosimi bilan bog'liq an'analari aniq aks etgan: "Suyun burgutni yerga berib bo'lgach... dafn marosimining uchinchi kuni elga qora osh berildi" [3,170]. Turkcha tarjimasi: «Defin merasiminin uçuncu gunu halka yemek verildi» [4,209]. Parcha va uning turcha tarjimasida bizning diqqatimizni tortgan jihat 'dafn marosimining uchinchi kuni elga berilgan 'qora osh 'dir. Tarjimon ushbu birikmaga unchalik e'tibor bermagan va uni qisqagina qilib 'yemek verildi ', ya'ni 'taom tortildi ' deb berib qo'ya qolgan. Holbuki, adib o'z asarida o'tgan asrning 80-yillarida chet qishloqlarda marhum dafn etilgandan so'ng marosimning uchinchi kuni elga berilgan 'qora osh 'ni ta'kidlagan. Bu gapda "qora osh" deganda oshning rangi emas, o'sha "qora kun"da berilgani uchun aytilishi tushunilmog'i kerak.
"Adolat manzili" romanida ba'zi frazeologik o'xshatishlar qo'llanganki, ulardan ham o'zbek xalqida o'lim bilan bog'liq ba'zi urflarni anglab olish qiyin emas. Masalan, romandagi 'To'rt xonali katta uy, uy emas, qasr, go'yo suv quyganday, go'yo o'lik chiqqan xonadonday jimjit" [3,6] gapidagi 'go 'yo o 'lik chiqqan xonadonday jimjit' metaforik birikmasi orqali o'zbek xalqida oila boshiga tushgan musibat, uni insonlarning qanday qabul qilishlari obrazi tarzda berilgan. Mazkur o'xshatishli ibora turk tiliga 'cenaze çikmi§ gibi sessiz' deb muvaffaqiyatli o'girilgan: 'Dört odali koca ev, ev degil bir saray yavrusuydu, ama sanki su basmi§, cenaze çikmi§ gibi sessizdi" [4,7]. Xuddi shu romanda motam kuni, o'zbek urf-odatlari aks etgan yana bir jumlaga duch kelamiz: 'Yo'q, bu odatda uloqdan jo'r qiyqiriq bilan qaytadigan uloqchilar to'dasi emas, motam sukunatiga cho'mgan ulkan olomon edi' [3,8]. Unda qo'llanilgan 'motam
sukunatiga cho'mgan ulkan olomon ' metaforik birikmasi 'sassiz-sadosiz, jimjit ketayotgan yuzlab otliq kishi' demakdir. Ushbu birikmani tarjimon turkchaga 'matem sessizligine burunmuç koca bir kalabalik deb o'girib, asliyatga yaqin ish tutgan. Gapning tarjimasi esa quyidagicha: 'Hayir, bu genelde oldugu gibi uzaktan naralar atarak gelen musabakacilarin çikardigi bir toz bulutu degil, matem sessizligine burunmuç koca bir kalabalikti'[4,9]. Ta'kidlash kerakki, gapning birinchi qismida tarjimon bir oz erkin harakat qilgan. 'uloqdan jo 'r qiyqiriq bilan qaytadigan uloqchilar to'dasf birikmasi 'uzaktan naralar atarak gelen musabakacilarin çikardigi bir toz bulutu' (o'zbekchaga so'zma-so'z tarjimasi 'uzoqdan na 'ralar tortib kelayotgan musobaqachilar chiqargan chang buluti') deb tarjima qilinib, unda asl matndagi mazmun xiralashgan.
Asl nusxadan yana bir misol: Bibisora egniga ko'k kiyib bir yil aza tutdi, keyin bir yildayoq qarib, munkayib qolgan qaynona, qaynotasi bilan rozi-rizolashib, xo'jalik markaziga ko'chib o'tdi' [3,9]. Jumla turkcha tarjimada 'Daha sonra Bibisara matem elbiselerine burunup yas tutmu§, bir yil kadar sonra yaçli kaynana ve kaynatasiyla helalleçip kolhoz merkezine goçup gitmiçti' [4,10] deb berilgan. Asliyatdagi 'ko'k kiymoq' metaforik birikmasining ma'nosi 'aza tutmoq'dir. Bu birikma tarjimada 'matem elbiselerine burunup yas tutmak deya ancha kengaytirib berilgan va buni ijobiy baholash mumkin.
Turkcha marosim nomlaridan yana biri mavlud (mevlid) hisoblanadi. Ushbu so'z dunyoning ko'p tillari, jumladan turk tiliga arab tilidan o'zlashgan va u 1. Inson tug'ilgan joy; 2. Tug'ilish, dunyoga kelmoq; 3. Tug'ilish vaqti ma'nolarini bildiradi Bundan tashqari, keyinchalik «Hazrati Muhammadning tug'ilishini haqida hikoya qiluvchi nazmiy asar» ma'nosini ham ifodalagan [9]. Qolaversa, bu asarlar o'qilgan marosimlar ham vaqt o'tishi bilan mavlud (mevlid) deb nomlangan. Asosan, diniy-didatik mohiyatga ega bo'lgan mavludlar masnaviy shaklida yozilgan va mavzularning mushtarak bo'lganligi ma'lum: Sesi de çok güzelmi§, haftada bir defa koyün kadinlarina mevlit okurdu (M.§.Esendal) [2,1555]. Tarjimasi: Ovozi ham juda shirali ekan, haftasiga bir marta qishloq ayollariga mavlud o 'qir edi.
Mavlud o'zbeklarda ham, turklarda ham bir xil bo'lgan. Inson vafot etgandan keyin uning yaqinlari ma'lum kunlar yoki oylarda mavlud
o'qishgan. Ayniqsa, turklarda janoza marosimlari doirasida mavlud o'qish an'anasi keng tarqalgan. Turklarda mavlud va uning tarixi borasida Turkiyaning G'oziantep universiteti prof. Fuzuliy Bayot tadqiqot olib borgan [10]. Uning ta'kidlashicha, turklarning islomdan ilgarigi davrlarda hayot kechirish tarzlari, urf-odatlari ana'anaviy tus olib, islom dini qabul qilinganidan keyin ham saqlab qolingan. Bunday urf-odatlardan islomiy qonun-qoidalarga mos kelmaganlari vaqt o'tishi bilan o'zgarib borgan bo'lsa, ba'zilari islomiy mazmun-mohiyat kasb etgan holda davom etgan, ba'zilari esa tamoman yo'qolib ketgan. Bunday taraqqiyot o'zgarishlari turklar islom dinini qabul qilganlaridan keyin yoyilgan keng hududlar va bu hududlardagi ijtimoiy va iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar ta'siri ostida turkiy qavmlar orasida farqli shakllarda amalga oshib borgan.
Ölümün yedinci akgaminda ölenin yakinlari komgulara, dost ve akrabalara akgam yemegi verirler. Evde, sevabi ölenin ruhuna bagiglanmak üzere Kur'an ve mevlit okunur. Mevlit, §air Süleyman Qelebi'nin yazdigi dini bir manzumedir. Allah'a dua ile baglar. Peygamberin dogumu ve hayatindaki mucizelerle devam eder. Mirac (göge yükselig) mucizesiyle bitirilir. Eserin asli daha uzundur.
Ölümün elli ikinci akgami ölenin yakinlari komgulara, dost ve akrabalara daha fazla kiginin katildigi akgam yemegi verirler.
So'z borayotgan madaniy o'zgarishlar ko'proq turklar turmushida, ayniqsa, ma'rakalar (janoza va undan keyingi marosimlarining o'tkazilishi)da kuzatiladi. Islomdan ilgarigi davrdagi janoza marosimlari islom dini qabul qilinganidan keyin turli turk qavmlari orasida farqli shakllar olib o'zgarib borgan. Bunday farqli o'zgarishlardan biri Onado'lida janoza marosimlarida islomdan ilgarigi urflarning islom diniga moslashgan shakl va mazmun kasb etganligini birgina Mavlud o'qish marosimi misolida ham ko'rish mumkin. Mavlud o'qish marosimidagi ba'zi an'analar va ularning o'tkazilishi sanasi, kunlariga islom dini qabul qilinishidan oldingi an'analar ta'sir etganligi ma'lum. Ana shu nuqtai nazardan janoza mavludlari Onado'li hududlarida islomdan ilgarigi davrdagi janoza marosimlarining islom dini qoidalariga moslashganligini ko'rish mumkin.
Turk tilidagi dügün so'zi quyidagi ma'nolarni anglatadi. 1. Uylanish munosabati bilan o'tkaziladigan marosim, tantana, o'yin-kulgi. Bir gün,
araba ile Merdivenkôyu 'nde bir kôy dugunune gidilecekti [8, 52]. Ustelik teyzem de kôçkte dugun hazirliklarina ba§lami§ [8, 60]. 2. Cunnat to'yi (sunnet dugunu). Dugun so'zi ishtirok etgan, urf-odat va marosimlar bilan bog'liq so'z va birikmalar ham bor. Ular sirasiga dugunsu (1. to 'y egasi, 2. to 'yga aytuvchi odam; 3. to 'y marosimi qatnashchilari), dugunsuba§i (to 'y boshlovchisi, rais), dugun alayi (to'yga ishtirok etayotganlarning musiqa asboblari jo'rligida va olomon bo'lib yurishi), dugun çorbasi (to'y sho'rvasi, ya'ni go'sht, un, qatiq qo'shilib, ustiga qizitilgan yog' quyilib to'yda tortiladigan sho'rva turi), dugun dernek (uylanish munosabati bilan o'tkaziladigan tantana, o'yin-kulgu), dugun evi (to'yxona, baxt uyi), dugun hamami ("to'y hammomi", ya'ni to'ydan bir kun oldin kelin va yaqinlarining yegulik, musiqa, o 'yin va tomoshalar bilan ko 'ngilxushlik qilib yuvinib, tozalanish), dugun pilavi (to'y palovi; to'y oshi), dugun salonu (to'yxona), dugun yahnisi (past olovda serpiyoz qilib pishirilgan sersuyak qo 'y go 'shtidan kam suvli taom) kabi so'z va birikmalar kiradi.
Turk tilida dugun so'zi ishtirok etgan maqol, matal va iboralar ham talaygina: dugun bayram etmek (juda xursand bo'lmoq, bayram qilmoq), dugun degil, bayram degil eniçtem beni niye ôptu (ko'rsatilgan iltifotning sirli bir sababi bor demak), dugun dernek hep bir ôrnek (biror hodisa yoki ishning bir-biriga o'xshashligi), (birinin) dugununde kalburla (elekle) su taçimak (bir yordam evaziga bo'ydoq bir kishiga katta yordam berish va'dasi sifatida qo'llanadi), Kambersiz dugun olmaz (bir jamiyatda yoki bir ishga aralashishga juda qiziquvchi kishilarga yarim kesatiq, yarim hazil sifatida aytiladi); dugun pilaviyle dost agirlamak ("to'y oshi bilan mehmon kutmoq", ya'ni birovning hisobidan birovni mehmon qilmoq).
Turklarda bir necha yuz yillik tarixga ega bo'lgan yana bir urf-odat, an'ana bor: nikoh to'yidan bir kun oldin ayollar bo'lg'usi kelinning qo'llariga, barmoqlariga xina qo'yishadi (kina yakmak - xina yoqmoq degani, qo'lga, barmoqlarga xina qo'ymoq degani bo'ladi). Ushbu an'ana kina gecesi (xina kechasi) deb nom olgan.. O'sha kecha kelin uyida o'tkaziladigan qiz bazmi kina gecesi (so'zma-so'z: xina kechasi) deb nomlangan. O'tgan asrning 60-70 yillarida O'zbekistonning ba'zi janubiy tumanlarida ham xina kechasi bazmi o'tkazilib, kelinning o'rtoqlari, yosh juvonlar kelinning qo'llariga xina qo'yishib, o'yin kulgi, xushchaqchaqlik qilishgan. Bunday kechalar xinovandon deb nomlangan.
Xulosa qilib aytganda, jamiyatning mustahkam ma'naviy ustunlaridan bin va xalqining tarixi qadar qadimiy sanalgan turkcha marosim nomlari semantikasini o'rganish nafaqat turkiyshunoslikning tarkibiy qismi, balki tarjimashunoslik uchun ham boy material bera oladi. Bundan tashqari, turkcha marosim nomlari kelajakda yoziladigan dissertatsiyalar uchun qiziqarli mavzu, manba va ob'ekti bo'ladi, deb o'ylaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
[1] - O'zbek tilining izohli lug'ati, 1-2- jildlar, M., «Russkiy yaztik», 1981.
[2] - Turkfe Sozluk, TDK, 9. Baski, 1.-2. Ciltler, Ankara, 1998.
[3] - Yoqubov Odil, Tanglangan asarlar. To'rt jildlik, 1-jild. Adolat manzili, roman. - Toshkent: Sharq, 2005. - 178 b. www.ziyouz.com kutubxonasi.
[4] - Yakuboglu Adil, Adalet Menzili (feviren: D.Ahsen Batur). - Istanbul, Selenge Yayinlari, 2005. - 213 s.
[5] - inan Abdulkadir, Makaleler ve incelemeler. - Ankara, 1987.
[6] - Bayat Fuzuli, Turklerde Cenaze Torenleri Baglaminda Mevlit Okuma Gelenegi, Sosyal Bilimler dergisi, Sayi: 19, 2008, S.147-150.
[7] - Qodiriy A. O'tgan kunlar, S.Azimov tahriri ostida (So'zboshi I.Sultonniki) -Toshkent: O'zdavnashr, 1958. - 378 b.
[8] - Guntekin R.N. Qaliku§u. inkilap Kitabevi, 38. Baski. -istanbul, 1995.
[9] - Devellioglu, Ferit, Osmanlica-Turkfe Ansiklopedik Lugat, Ankara, 1993.
[10] - Bayat Fuzuli, Turklerde Cenaze Torenleri Baglaminda Mevlit Okuma Gelenegi, Sosyal Bilimler dergisi, Sayi: 19, 2008, S.147-155.