Научная статья на тему 'TURIZMNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI VA TASNIFI'

TURIZMNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI VA TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
211
30
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TURIZM / INVESTITSIYALAR / TURIZMDA INNOVATSIYA

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Komolov A.X.

Mazkur maqolada hozirgi kunda turizm shunday o‘ziga xos xususiyatga egaki, uning rivojlanishi va taraqqiy etishi boshqa iqtisodiy sohalarning ham rivojlanishiga olib keladi. Maqolada turizmni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va tasnifi bo’yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотр
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC CONTENT AND CLASSIFICATION OF INVESTMENTS IN THE INNOVATIVE DEVELOPMENT OF TOURISM

In this article, today tourism has such a unique feature that its development and progress leads to the development of other economic sectors. In the article, scientific proposals and recommendations on the economic content and classification of investments in the innovative development of tourism have been developed.

Текст научной работы на тему «TURIZMNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI VA TASNIFI»

Komolov A.X.

Samarqand viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi davlat muassasasi bo'lim boshlig'i

TURIZMNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDA

INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI VA TASNIFI

Annotatsiya: Mazkur maqolada hozirgi kunda turizm shunday o'ziga xos xususiyatga egaki, uning rivojlanishi va taraqqiy etishi boshqa iqtisodiy sohalarning ham rivojlanishiga olib keladi. Maqolada turizmni innovatsion rivojlantirishda investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va tasnifi bo'yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Turizm, marketing, investitsiyalar, turizmda innovatsiya.

Komolov A.Kh.

Samarkand region Tourism and cultural heritage the head of the department of the state institution of the general administration

ECONOMIC CONTENT AND CLASSIFICATION OF INVESTMENTS IN THE INNOVATIVE DEVELOPMENT OF TOURISM

Abstract: In this article, today tourism has such a unique feature that its development and progress leads to the development of other economic sectors. In the article, scientific proposals and recommendations on the economic content and classification of investments in the innovative development of tourism have been developed.

Key words: Tourism, marketing, investments, innovation in tourism.

Investision jarayonlar rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti uchun, xususan yuksalishga yuz tutgan, rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olishga intilayotgan mamlakatimiz uchun ham ustuvor ahamiyatga ega hamda o'ta dolzarb hisoblanadi. Iqtisodiy o'sish sur'atlari va investisiyalar o'rtasidagi chambarchas bog'liqlikni hisobga olgan holda, O'zbekiston Respublikasida investision muhitni yaxshilash, investisiyalar hajmini kengaytirishga qaratilgan investision siyosat olib borishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. O'zbekistonda iqtisodiy o'sish sur'atlarini jadallashtirish va yalpi ichki mahsulot hajmini ko'paytirish maqsadida 2019 yilda xorijiy sarmoyachilar bilan xamkorlikda 24, 8 mlrd. dollarlik 243 ta loyiha ishlab chiqilgan va ularni amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan5.

Investisiyalarning nazariy va amaliy muammolarini hal etish nafaqat moddiy ishlab chiqarish, balki nomoddiy soha, jumladan turizmni rivojlantirish

5 O'zbekiston Respublikasi Investitsilar va tashqi savdo vazirligi ma'lumotlari.

uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki turizm sohasi milliy iqtisodiyot, uning alohida mintaqalarida boy tarixiy-madaniy salohiyatdan unumli foydalanishning muhim omili, ularning ijobiy samarasini bir necha barobar ko'paytiruvchi multiplikator hisoblanadi. Lekin turizm sohasini jadal rivojlantirishning dolzarb muammolarini muvaffaqiyatli hal etishda avvalo transport, ijtimoiy va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi, rekreasion xududlarda xizmat ko'rsatish, yo'l bo'ylari infratuzilmasi ob'ektlarini rivojlantirish zarur. Miqdor va sifat jihatidan tez rivojlantirish davlat makroiqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylangan turizm ko'pdan-ko'p yangi turistik ob'ektlarni yaratishni, mavjud ob'ektlarni modernizasiyalashni, yangi texnika va uskunalar bilan jihozlashni, turistik bozor va iste'molchilar talabidan kelib chiqqan holda yangi turmahsulot va qo'shimcha xizmat turlari bilan boyitishni taqozo etadi. Tabiiyki, bularning barchasi katta moliyaviy xarajatlarni, salmoqli investisiyalarni talab etadi. Soha mutaxassislari fikricha, turizmdan tushgan bevosita va bilvosita daromadlar sohani jadal rivojlantirishning muhim dastaklaridan biriga aylantiradi.

Mutaxassislarning turizmni rivojlantirishga yo'naltirilgan investisiyalarning qisqa muddatda o'zini qoplashi to'g'risidagi fikriga qo'shimcha ravishda shuni ta'kidlash lozimki, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda moliyaviy resurslar taqchilligi kuzatilayotgan O'zbekiston amaliyotida ularning mazkur xulosasimuhim ahamiyat kasb etadi. Turizm sohasini investisiyalash deganda, avvalambor sohaga foyda olish maqsadida mamlakat ichkarisida yoki mamlakat tashqarisida bo'lishidan qat'iy nazar (bir yil yoki undan ortiqroq muddatda) uzoq muddatli kapital shaklida moliyaviy resurslarni sarflash hisoblanadi.

Turizmning hozirgi holatini baholashda, shuni alohida qayd etish lozimki, O'zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanish darajasi xorijiy turistlarning ehtiyojlarini to'liq qondirish imkoniyatiga ega emas. Infratuzilma etarlicha rivojlanmagan sharoitda turistlar oqimini va shunga mos ravishda valyuta tushumini ko'paytirish imkoni bo'lmaydi. Bundan kelib chiqqan holda, infratuzilmaning holati turizmning rivojlanishini ta'minlash bilan birga, mamlakat xalqaro turistik nufuzi va imijini ham shakllantirishga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

Mamlakatimizda mavjud turistik resurslardan foydalanishda investisiyalarning o'rni, turistik resurslarga bevosita investisiyalarni keng ko'lamda to'g'ridan-to'g'ri jalb etish va foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari deyarli o'rganilmagan. Bular, o'z navbatida, turizmni innovasion rivojlantirishda investisiyalarning rolini ochib berish va iqtisodiy samaradorligini oshirish strategiyasiga bag'ishlangan mavzuni tadqiq qilishga asos bo'ldi. Yana bir muhim jihati shundan iboratkai, yuqorida qayd etilgan mualliflarning ilmyi ishlarida "innovasion faoliyatning moliyaviy ta'minoti" tushunchasining izohi va mualliflik talqinlarini keltirib o'tilmagan. Kengaytirilgan ishlab chiqarishga moliyaviy hamda nomoliyaviy sarflar jarayoni

iqtisodiyotga doir adabiyotlarda va qonunchilikda "investisiyalash" tushunchasi bilan bog'lanadi.

Innovasion loyihalarni investisiyalash tizimi innovasion dastur va loyihalarni, ilmiy tadqiqot va tajribaviy ishlanmalarni yaratish hamda amaliyotga tadbiq etish, ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiyalarni takomillashtirish, mamlakat yoki uning muayyan ma'muriy hududlarida innovasion faollikni oshirishga ko'maklashuvchi innovasion infratuzilmani shakllantirishga mo'ljallangan moliyalashtirishning manbalari, usullari va shakllarini o'z ichiga oladi.

O'zbekistonda investision muhitning yaxshilanishiga, investisiya jarayonlarining sezilarli darajada faollashuviga erishildi. 2019 yilda mulkchilik shakllari bo'yicha asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar 189924, 3 mlrd. so'mni tashkil etgan. Shundan, 35614, 5 mlrd. so'm davlat sektoriga, 154309, 8 mlrd. so'm nodavlat sektoriga to'g'ri keladi. 2019 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar tarkibi respublika byudjetiga 7, 6 foizni, suv ta'minoti va kanalizasiya tizimlarini rivojlantirish jag'armasi 0, 9 foizni, korxona va aholiga 29, 3 foizni, bank kreditlari va boshqa qarz mablag'lariga 13, 1 foizni, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar va kreditlariga 19, 6 foizni, respublika kafolati ostidagi kreditlar 14, 7 foizni, boshqa xorijiy investisiya va kreditlar 11, 4 foizni, tiklanish va taraqqiyotga 3, 4 foizni tashkil etgan6. Shuni ham ta'kidlash joizki, O'zbekiston hududida turizm infratuzilmasi bir tekisda taqsimlanmagan. Toshkent shahri va viloyatida respublika turizm salohiyatining 40 foizi to'plangan. To'rt viloyat (Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm) va Toshkent shahri yirik infratuzilma salohiyatiga ega. Turizmni rivojlantirish uchun mavjud turistik resurslardan samarali foydalanishni ta'minlash bilan birga, har bir viloyatning turizm infratuzilmasini talab darajasida rivojlantirish muhimdir. Bularning barchasi yirik moliyaviy xarajatlarni, ya'ni investisiyalarni amalga oshirishni taqozo qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi turizm to'g'risidagi qonuni. -T.; O'zbekiston, Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma'qullangan.

2. Кварталнов В. А. Международный туризм. Учебник. - М.: ФиС, 2007. -235

3. Vahobov A. va boshq. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. - T.: —Sharqll, 2005.

4. Alieva M. T., Salimova B. X. Mehmonxona menejmenti. - T.: Moliya 2005,

5. Бутуров И. Н. Маркетинг и менеджмент иностранного туризма. - М.: Финансы и статистика, 2003,

6. Rahimbayev A. O Turizm nazariya va amaliyoti, ; -T.;O'zbekiston 2017-yil.

6 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari. [Elektron resurs]. - Kirish yo'li: https://www.stat.uz /uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.