Научная статья на тему 'TURISTIK MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH JARAYONIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OPTIMALLASHTIRISH MASALALARINI MODELLASHTIRISH'

TURISTIK MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH JARAYONIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OPTIMALLASHTIRISH MASALALARINI MODELLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / raqamlashtirish / turizmni raqamlashtirish / turizm sektori uchun raqamli texnologiyalar / modellashtirish / digital technologies for the digital economy / digitization / tourism digitization / tourism sector / modeling

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Hamdamov Amriddin Hamdam O‘G‘Li

Maqolada raqamli iqtisodiyotning dunyoda turizm sohasining rivojlanishiga ta’sir qilish xususiyati va mexanizmlari ochib berilgan. Turizm sohasida raqamlashtirish bo‘yicha tadqiqotlarning dolzarbligi bir necha omillar bilan belgilanadi. Birinchidan, aynan turizm sohasida raqamli integratsiya resurslaridan foydalanish yaqqol namoyon bo‘lmoqda: bu raqamlashtirish jarayonining mohiyatini tushunishni osonlashtiradi. Ikkinchidan, aynan eng yangi texnologik yutuqlardan foydalanish samaradorligi turizm kompaniyalarining raqobatbardoshligini belgilaydi va shu nuqtai nazardan raqamli texnologiyalarning ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sirini o‘rganish juda katta amaliy ahamiyatga ega

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODELING OF OPTIMIZATION PROBLEMS OF TOURIST PRODUCT PRODUCTION PROCESS BASED ON DIGITAL TECHNOLOGIES

The article reveals the nature and mechanisms by which the digital economy affects the development of the tourism industry in the world. The relevance of research on digitization in the field of Tourism is determined by several factors. First of all, it is in the tourism sector that the use of digital technologies is clearly manifested: it makes it easier to understand the essence of the digitization process. Secondly, it is the effectiveness of using the latest technological advances that determines the competitiveness of tourism companies, and from this point of view, the study of the impact of digital technologies on production processes in this area is of great practical importance

Текст научной работы на тему «TURISTIK MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH JARAYONIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OPTIMALLASHTIRISH MASALALARINI MODELLASHTIRISH»

TURISTIK MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH JARAYONIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OPTIMALLASHTIRISH MASALALARINI MODELLASHTIRISH

Hamdamov Amriddin Hamdam o'g'li

"Ipakyo 'li " turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti

adonis29051992@gmail.com

Annotatsiya: Maqolada raqamli iqtisodiyotning dunyoda turizm sohasining rivojlanishiga ta'siг qilish xususiyati va mexanizmlari ochib berilgan. Tuгizm sohasida гaqamlashtiгish bo'yicha tadqiqotlaming dolzaгbligi biг necha omШaг bilan belgilanadi. Birinchidan, aynan tuгizm sohasida raqamli integratsiya гesuгslaгidan foydalanish yaqqol namoyon bo'lmoqda: bu гaqamlashtiгish jarayonining mohiyatini tushunishni osonlashtiгadi. Ikkinchidan, aynan eng yangi texnologik yutuqlaráan foydalanish samaradoriigi tuгizm kompaniyalaгining гaqobatbaгdoshligini belgilaydi va shu nuqtai nazaráan raqamli texnologiyalaming ushbu sohadagi ishlab chiqarish jaгayonlaгiga ta'siгini o'гganish juda katta amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, turizmni raqamlashtirish, turizm sektori uchun raqamli texnologiyalar, modellashtirish.

МОДЕЛИРОВАНИЕ ЗАДАЧ ОПТИМИЗАЦИИ ПРОЦЕССА ПРОИЗВОДСТВА ТУРИСТИЧЕСКОЙ ПРОДУКЦИИ НА ОСНОВЕ

ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

Хамдамов Амриддин Хамдам угли

Докторант Международного университета туризма и культурного наследия

«Шелковый путь»

adonis29051992@gmail. com

Аннотация: В статье раскрыты особенности и механизмы влияния цифровой экономики на развитие туризмой отрасли в мире. Актуальность исследований в области цифровизации туризма определяется несколькими факторами. Во-первых, именно в сфере туризма наглядно проявляется использование цифровых технологий: это облегчает понимание сути процесса оцифровки. Во-вторых, именно эффективность использования новейших технологических достижений определяет конкурентоспособность туризмых компаний, и в этом контексте изучение влияния цифровых технологий на

производственные процессы в этой области имеет огромное практическое значение.

Ключевые слова: цифровая экономика, оцифровка, оцифровка туризма, цифровые технологии для туризмого сектора, моделирование.

MODELING OF OPTIMIZATION PROBLEMS OF TOURIST PRODUCT PRODUCTION PROCESS BASED ON DIGITAL TECHNOLOGIES

Khamdamov Amriddin Khamdam ugli

Doctoral student of "Silk Road" International University of Tourism and Cultural

Heritage

adonis29051992@gmail.com

Abstract: The article reveals the nature and mechanisms by which the digital economy affects the development of the tourism industry in the world. The relevance of research on digitization in the field of Tourism is determined by several factors. First of all, it is in the tourism sector that the use of digital technologies is clearly manifested: it makes it easier to understand the essence of the digitization process. Secondly, it is the effectiveness of using the latest technological advances that determines the competitiveness of tourism companies, and from this point of view, the study of the impact of digital technologies on production processes in this area is of great practical importance.

Keywords: digital technologies for the digital economy, digitization, tourism digitization, tourism sector, modeling.

KIRISH

Xalqaro turizm sohasi 2020-yilgacha jahon iqtisodiyotida eng tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan va eng daromadli biznes turi hisoblanib, jahon yalpi ichki mahsulotining 10,4 %, har 1/10 ish o'rni, jahon eksportining 30 %i, jahon xo'jaligi yalpi investitsiyalaridagi ulushi 7 %ni, soliq tushumlarining 5 %ni, jahondagi iste'molchilik xarajatlarining 11 %ga va eng asosiy jihati esa har 16 ta yangi yaratilayotgan ish o'rnining bittasi aynan turizm sohasining hissasiga to'g'ri kelgan. 2020-2021-yillar mobaynida davom etgan COVID-19 pandemiyasi jahon mamlakatlari turistik sektorida chuqur inqiroz yuz berishiga olib keldi. 2019-yilda xalqaro turistlar soni 1,5 mlrd. kishini tashkil etgan bo'lsa, 2020 yilda esa bu ko'rsatkich 381 mln. kishiga teng bo'lib, 4 barobarga ya'ni 74 % ga qisqargan. Qolaversa, turizm sektori daromadi yil davomida 1,3 trln. AQSH dollariga, sektordagi ish joylari esa 100 mingdan 200 minggacha qisqardi. Shu bilan birga, 2021- 2022-yillarda bu qisqarish sur'atlarining pasayganligini ham ko'rish mumkin. Mavjud

so'nggi rasmiy ma'lumotlarga asoslanib, 2023-yilda pandemiyagacha bo'lgan darajaning 88 %ini tashkil etdi, bunda 1,3 mlrdga yaqin xalqaro sayyohlar tashrif buyurildi [1].

2020-yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4699-son Qarori va 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni, 2023-yil 24-maydagi "Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-162-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi [2].

ADABIYOTLAR TAHLILI

Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasini rivojlantirishga oid adabiyotlarda turizm infratuzilmasini takomillashtirish va rivojlantirish borasida, xorijlik yetakchi olimlardan Dmitrios Buhalis "raqamli turizmni elektron turizm, smart turizm atamalari bilan bir xil ekanini ta'kidlab, elektron turizm bu tashkilotlarga turizm, sayohat, mehmondo'stlik va umumiy ovqatlanish sohalaridagi samaradorlikni oshirishga imkon beradigan barcha jarayon va xizmat zanjirlarini raqamlashtirishdir" [4] deb ta'riflagan bo'lsa, А^ш-гай esa raqamli turizmni muzeylar, qishloq joylari, hayvonot bog'lari va tematik bog'lar kabi turli yo'nalishlarda qo'llanilish afzalliklariga e'tibor qaratishgan [5]. Rossiyalik olimlardan N.Morozova va M.Morozovlarning fikricha "Turizmda raqamli texnologiyalar — zamonaviy turizm sanoatida yangi elektron texnologiyalarning joriy etilishi turistik biznesning bozor amaliyotida istalgan turmahsulotni yaratish va sotish texnologiyasini, transport vositalarini erishish va turistlarni joylashtirish imkoniyatlari haqida malumotlarni taqdim etish, joylarni tez bronlashtirish va rezervlashni ta'minlash, hamda turistik xizmatlarni (chiptalar, hisoblar va yo'nalish bo'yicha ko'rsatmalar kabi hujjatlarni parallel rasmiylashtirish, hisob-kitob va ma'lumotnomali axborotlar bilan ta'minlash va boshqalar) taqdim etishda qo'shimcha vazifalarni yechishni avtomatlashtirishni ta'minlaydigan tizimlarni yaratishdan iborat" [6], L.A.Rodigin va E.L.Rodiginlarning "Turizmda internet texnologiyalari va mehmondo'stlik" nomli o'quv qo'llanmasida Internet va protokollarni yaratish haqida to'liq ma'lumot berganlar. Bu qo'llanmada biz Internetni yaratishda mavjud bo'lgan ma'lumotlarni olishimiz mumkin standart manbalarni manzillash tizimini ishlab chiqish (URL - Yagona Resurs Locator) va ma'lumot almashish qoidalari - TCP (Transmission Control Protokol) protokollari va IP (Internet Protokol), odatda birgalikda ishlatiladi va ma'lum TCP/IP nomi bilan qo'llaniladi [7] deb o'z ilmiy izlanishlarida ham turizmga oid hamda uni rivojlantirish muammolari bo'yicha keng ko'lamli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirib, uning

nazariyasini boyitish va zamonaviy amaliyotini shakllantirishga munosib hissa qo'shgan.

O'zbekistonda turizm sohasi rivojlantirish masalalari bo'yicha, I.S.Tuxliyev, A.A.Eshtayev, B.SH.Safarov, M.T.Aliyeva kabi iqtisodchi olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Shuningdek, O.Q. Xurramovning "Turizm rivojiga taaluqli barcha sohalarda innovatsion ma'lumot olish manbalarini joriy qilish va ularni jadal takomillashtirish raqamli makonni shakllantirib, undan samarali foydalanish nafaqat mahalliy sayohatchilar, balki xorijiy sayyohlar uchun ham muhim omillardan biri sanaladi" [8], A.N.Norchayev esa "Xizmat ko'rsatishda raqamli iqtisodiyot-yangi ishlab chiqiladigan yoki joriy qilinishi lozim bo'ladigan jarayon emas, bu turizmda innovatsion texnologiyalarni turistlarning kundalik hayotiga joriy etish orqali mavjud xizmatlarni yangicha ko'rinishga o'tkazish" [9], degan fikrlari ayniqsa hozirda asosiy masalaga yechim sifatida ko'rish mumkin.

METODOLOGIYA

Ushbu maqola har bir ilmiy izlanish kabi olimlarning fikrlari va mulohazalarini tahlil etishni o'z ichiga olib asosiy maqsadga erishish uchun ilmiy abstraksiyalash, induksiya, deduksiya, tizimli yondashish, qiyosiy tahlil kabi usullardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ayni paytda qaysi sohaga nazar tashlamaylik, "raqamli" so'ziga duch kelamiz va bugungi kun talabi xam shunday muxitni yaratishga undamoqda. Turizm sohasini rivojlantirish uchun uning faoliyatiga eng so'ngi rusumdagi texnik-uskunalarni, dasturiy ta'minot maxsulotlarni joriy qilish, ishchi-xodimlar uchun qulay shart-sharoit yaratib berish, inson faoliyatida raqamli texnologiyalarning imkoniyat darajasidan samarali foydalanish, raqobatbardoshlikka mos holda xizmat ko'rsatuvchi korxonani yaratmasak, har qancha urinmaylik turizm biznesidan foyda olaolmaymiz.

Turizm faoliyatida raqamli texnologiyalar rivojini to'rtta asosiy bosqich bo'yicha to'laroq tushunish mumkin(l-jadval):

1-jadval

Turizmni raqamli texnologiyalar orqali raqamlashuv bosqichlari1

1-bosqich 2-bosqich 3-bosqich 4-bosqich

1990-2000 yillar 2000-2010 yillar 2010-2020 yillar 2020-2030 yillar

Mobil telefonlar Smart telefonlar Mobil ilovalar Kengaytirilgan va

Elektron kassalar Kompyuter grafikasi Ijtimoiy tarmoqlar virtual reallik

Moliyaviy dasturiy dasturlari QR-kod Bulutli texnologiya

ta'minot Onlayn bron qilish Face ID Blokchayn

Elektron pochta tizimlari Zoom platformasi Buyumlar interneti

Internet Elektron pochta orqali Elektron tijorat Big Data

Ofis dasturiy ta'minot marketing Raqamli bank Sun'iy intellekt

Videokonferensiyalar Raqamli marketing Raqamli 3D printer

Veb-saytlar transformatsiya Raqamli analitika

(Booking.com,Expedi

a.com)

Destinatsion kartalar

Turizmda axborot texnologiyalarining tarqalishi bir qancha qo'shimcha ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va siyosiy omillarga bog'liq. Axborot texnologiyalarining yakka o'zi turizm xizmatlarining "yangi kombinatsiyalari"ni yarata olmaydi, albatta texnologiyalarning bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy, institutsional, siyosiy va madaniy omillar bilan qo'shilishigina tovar va xizmatlar, metod va bozorlarning yangi kombinatsiyalarini yaratilishiga olib kelishi mumkin. Telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish va interfeyslar shunga ko'maklashadiki, axborot tizimlaridan bevosita sayohatchini foydalana oladi. Agar tizim to'g'ri qo'llanilayotgan bo'lsa, axborot texnologiyalari xizmatning yuqori sifatini ta'minlaydi, shunday qilib, mijozlarning talabi to'laroq qondiriladi. Lekin yuksak texnologiya bilan zarur darajadagi shaxsiy e'tibor o'rtasida muayyan muvozanatni saqlab turish talab etiladi.

Turizm sohasida rivojlangan davlatlarning xizmatlari va mahsulotlarini ishlab chiqarishda muammolar sferasining vaqtni tejash bosqichidan o'tib, rivojlanishning keyingi bosqichlariga qadam qo'yishgan.

2022-yilda turizmni rivojlantirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalangan mamlakatlarda iqtisodiyot va turizm sanoatining raqamli turizm sanoatida o'sish va rivojlanish ko'rsatkichlari taqqoslangan.

1 Muallifning ashxsiy ishlanmasi

2-jadval

Xorij davlatlarining raqamli o'sish statistikasi [11]

Davlat nomi Raqamli iqtisodiyotning o'sishi Turizmni raqamlashtirish

(%) darajasini o'sishi (%)

Janubiy Koreya 8,2 42,0

Yaponiya 7,8 20,0

Shveytsariya 7,8 12,0

Xitoy 6,5 33,0

AQSH 6,4 25,0

Shvetsiya 6,2 50,0

Kanada 5,1 14,0

Fransiya 4,8 12,0

Buyuk Britaniya 4,1 15,0

Braziliya 4,1 22,0

Germaniya 3,6 22,0

Belgiya 3,5 25,0

Jahon amaliyotida korxonalarning samaradorligini baholashda raqamli texnologiyalar asosida boshqaruvini tashkil qilish turizm sanoatida ham muhim hisoblanadi. Bu korxonalarning boshqaruv organlari ishining ajralmas qismi bo'lib, buning asosida quyidagilarga erishish mumkin:

- raqamli texnologiyalarning rivojlanish yo'nalishi korxonaning biznes maqsadlari va vazifalariga mos kelishligini ta'minlashi;

- (raqamli texnologiyalardan korxonaning barcha faoliyatida, shuningdek boshqaruv jarayonlarida samarali foydalanish tufayli foyda ko'rishi;

- raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali boshqaruv va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi risklarni pasaytirishda boshqaruv jarayonlarini ta'minlashga;

- korxonaning barcha xarakatlar faoliyatida axborotlar almashinuvining tezlashishini;

- korxona faoliyati bilan bog'liq bo'lgan barcha hisob-kitob va hisobotlar yuritilishining avtomatlashishi, aniqlanishligi va shaffofligini ta'minlashi;

- korxonaning barcha faoliyatida komplayens - nazorat tizimi talablari darajasida ishlashga va bunday sharoitda inson omilining kamayishini va korrupsiyaning oldini olishga va uni kamaytirishga xizmat qiladi;

Rivojlangan davlatlar turistik mahsulotlarini ishlab chiqarishda rivojlanishning intellektual bosqichlariga qadam qo'yishgan. Bunga esa sohaviy raqamlashtirishsiz erishib bo'lmaydi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va turizm sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

"Raqamli 0'zbekiston-2030" strategiyasi hozirgi global rivojlanish mexanizmlarini inobatga olib, bajarilishi zarur bo'lgan talablar asosida raqamlashtirilgan, zamonaviy kompleks tizimni shakllantirishni maqsad qiladi [3].

Zamonaviy ishlab chiqarish parametrlarini baholashda xorij tajribasiga tayanish asosiy manbalardan biridir. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyot sektorlarida raqamli texnologiyalarning qo'llanilishi haqida fikr yuritganimizda, uning nafaqat turizm sohasida balki iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida samaradorlik ko'rsatkichlarini axborort sifatida qabul qilish muhimdir.

Mamlakatimizda turizm sohasini raqamlashtirishni eng asosiy amalga oshirish mexanizmlaridan biri intellektual qurilmalar bilan ta'minlashdir. Turistik mahsulotlar

ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladigan raqamli intellektual qurilmalarni P(n) = (Pi,

P2,..., Pn ) bilan belgilaymiz. Bu qurilmalar sohada muayyan bir vazifani bajarish uchun mo'ljallangan bo'lsin. ct - bir dona Pt - qurilmani harid qilish miqdori (so'm) va har bir i - qurilmaning ma'lum konfiguratsiyasi darajasi (sifati, aniqligi, yaroqlilik muddati, elektr iste'moli va quvvatlanish usuli, dasturiy ta'minoti, foydalanish qo'llanmasining tushunarlilik darajasi va boshqalar) mavjud bo'lib, ularni mos ravishda ai bilan belgilaymiz. Bu kattalik uchun 0 < at < 1 munosabat o'rinli. Chunki qurilmaning texnik-xarakteristik pasporti bo'yicha barcha turli ko'rsatkichlarini 100 ballik shkalada tahlil etilganda mos keluvchi ko'rsatkichlar o'rtachasini (Aow) hisoblab, a i = A o'rt (i) / 100 tenglikdan a i ni aniqlash mumkin. Harid qilish sarfi (mahsulot narxi) ning qurilma konfiguratsiyasi darajasiga nisbati qurilmalarni faqat konfiguratsiyasi darajasiga nisbatan optimal tanlovini rejalashtirish funksiyasini o'zgarmas koeffitsentlarini tashkil etadi, ya'ni i -indeksga mos keluvchi p koeffitsiyent qo'yidagicha aniqlanadi:

Pi = 7, i = 1,-,n. (1)

ui

Pt -qurilmadan harid qilishlar sonini xt bilan belgilasak, u holda qurilmalar optimal tanlovini konfiguratsiyasi darajasiga nisbatan rejalashtirish (maqsad) funksiyasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

F(P, X) = PiXi + P2X2 + ... + PnXn = X PiXi ^ min (2)

Mamlakat turistik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi xo'jaliklar uchun P(n) to'plamdan kamida P [dona] miqdorda xarid qilish ehtiyoji bor va buning uchun ko'pi bilan C [so'm] miqdorda sarmoya rejalashtirilgan bo'lsin. Ushbu holatda quyidagi cheklanishlar tizimi o'rinli bo'ladi:

x1 + x2+... +xn > P c± Xi + C2 X2 + - + Cnxn< C (3)

Xi > 0, ci > 0, i = 1, n

Agar joriy holat bo'yicha (6) cheklanishlar tizimi va (5) maqsad funksiyasining minimum qiymatlanishi nazarda tutilganda (maksimum masalasi maqsadga muvofiq emas), optimal tanlov (4) nisbatning eng kichik qiymatiga bevosita bog'liq bo'lib, (6) ning 2-sharti o'z ma'nosida ahamiyatga ega bo'lmay qoladi. Bu esa bir xil vazifalangan turli qurilmalarning optimal tanlovini amalga oshirish jarayonini faqat narxlar va konfiguratsiya darajasi bilan tashkil etib bo'lmasligini isbotlaydi. Yuqoridagi tahlillar shuni anglatadiki, mazkur optimallashtirish jarayonida rejalashtirilgan kapitalni qisqartirish emas balki undan optimal foydalashish, jarayonda boshqa resurslarning optimal taqsimotini hisoblash asosida tanlovning maksimum samaradorligiga erishish asosiy maqsad bo'lib qoladi. Shundan kelib chiqib raqamli qurilmalar bilan bog'liq resurslar cheklanish tizimini qurish zaruriyati paydo bo'ladi. Bu cheklanishlar tizimini qurishda quyidagi jadvaldan foydalanamiz (3-jadval).

3-jadval

Raqamli qurilmalar uchun resurs taqsimoti2

Resurs nomi 1 dona qurilma uchun resurs taqsimoti Resurslar zahirasi

Pi P2 Pn

1-resurs bii bi2 bin Bi

2-resurs b21 b22 b2n B2

r-resurs bri br 2 brn Br

Resurs taqsimoti bo'yicha cheklanish tizimi quyidagi ko'rinishda bo'ladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

f YH=iXibu <Bi

Yu7l=l Xi b2i < B2

......................................(4)

YJ]L=1xibri <Br <Xi> 0, b i> 0, i = 1, n; y = 1, r

Muammoning aniqlanish mazmuniga mos ravishda maqsad funksiyani quyidagicha yozish mumkin:

F (a, x) = a 1 .x 1 + a2 x2 + ... + an xn. (5)

Demak, X = ( xi, x2,..., xn ) to'plamning (6)+(7) ni qanoatlantiruvchi elementlarini shunday tanlash kerakki, natijada (8) funksiya eng katta qiymatga erishsin, ya'ni quyidagi shart bajarilsin:

2 Muallifning shaxsiy ishlanmasi

n

F (a, x) = X a iXi ^ max i

Turistik mahsulotlarni xizmat ko'rsatish jarayonlariga raqamli qurilmalarni joriy etishda optimal tanlov masalasini tuzishda quyidagi xulosalar olindi.

Turistik mintaqalar kesimida raqamli qurilmalar ta'minotida optimal tanlovni mahsulot narxi va konfiguratsiyasi darajasiga nisbatan rejalashtirib bo'lmaydi;

Raqamli qurilmalar ta'minotining optimal tanlov masalasi hamjoyli bo'lishligi, qurilmalar uchun resurs taqsimotini rejalashtirishni talab etadi;

Cheklanishlar tizimi xarakteristikasidan qurilmalar uchun resurs taqsimotida resurs turini va zahirasini shakllantirish eng ahamiyatli omil ekanligi kelib chiqadi.

Zamonaviy turizm mahsulotlarini ishlab chiqarish parametrlarini baholashda xorij tajribasiga tayanish asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyot sektorlarida raqamli texnologiyalarning qo'llanilishi haqida so'z ketganda, uning nafaqat turizm sohasi, balki, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida samaradorlik ko'rsatkichlarini axborot sifatida qabul qilish mumkin. Chunki raqamli texnologiyalar iqtisodiyot tarmoqlarining barchasining kompleks rivoji uchun birday xizmat qiladi va umum rivojlanish holatini belgilab beradi. Shu maqsadda iqtisodiy o'sish darajasini raqamli texnologiyalar bilan bog'laganda, ko'plab jahonning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari, tadqiqot institutlarining tadqiqot ishlarida iqtisodiyotning ma'lum sektori faqat shu sektorga tegishli natijalar tahlili bilan cheklanib qolmagan.

Mamlakatimiz turizm sohasini rivojlantirish maqsadida raqamli texnologiyalar bazasida turistik mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlariga qo'llaniladigan dasturiy ta'minot masalasini yechish talab etiladi. Bunda sohaviy dasturiy ta'minot ikki xorijiy va mahalliy dasturiy vositalar jamlanmasidan iborat bo'ladi.

Xorijiy ishlab chiqilgan dasturiy vositalarni turizm sohasiga joriy etish uchun s

ta xorij kompaniyalari chakana savdo tizimida R1, R2, ..., Rt miqdorda, t ta mahalliy ishlab chiqaruvchilar shu tizimda Rs+1, Rs+2, Rs+t miqdorda taklif etsin. Bu yerda har bir R i (i=1, s+t) yaxlit dasturiy ta'minot kompleksi hisoblanadi. Mamlakatimiz

turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish punktlari soni g ta bo'lib, ulardagi talab miqdori mos ravishda Ai, A2, ..., Ag ga teng bo'lsin.

Dasturiy ta'minotchi korxona (Ri) dan turistik mahsulot ishlab chiqaruvchisi (Ay ) ga bir komplekt dasturiy ta'minotni olib kelish harajatini by bilan belgilaymiz. Bizda dasturiy ta'minot sifatida turistik hududlarni elektron xaritasini tuzish bo'lsin.

Turistik mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonining dasturiy ta'minotini eng kam harajatli tashkil etishni optimal rejalashtirish talab etilsin.

Birinchi navbatda turistik hududlarning elektron xaritaga bo'lgan talab darajasi

o'rganiladi. Shunday qilib, Ai, A2, ..., Ag parametrlari qiymatlanadi. Taklif darajasi o'rganiladi va Ri (i=1, s+ t) parametrlar qiymatlanadi.

O'rganish natijasida bu yerda 3 ta holat kuzatilishi mumkin, ya'ni takliflar soni talab sonidan ko'p, teng yoki kam. 1- va 3-holatlar sodir bo'lish ehtimolligi ham mavjud. Chunki talab aniqlansada, dasturiy ta'minotchi tomonidan kiritilgan munosib deb bilgan taklif unga mos kelmasligi, yoki bo'lmasa, talab miqdoriga mos taklif miqdori ham narx o'zgarishiga sabab bo'lishi mumkin. Shundan so'ng, 2-holat bo'yicha reja jadvali quyidagicha bo'ladi (4-jadval).

4-jadval

Talab va taklif bo'yicha reja jadvali3

\Talab Taklif \ Ai A2 Ag g X* j

Ri x 11 X 12 X 1g g Xxu }=1

C11 C12 C1g

R2 X 12 X 22 X 2g g } = 1

C21 C22 C2g

Rs X s 1 X s 2 X sg g Xxsj } = 1

Cs 1 Cs2 Csg

Rs+i X s + 1,1 X s+1,2 X s+1,g g X Xs+!j j=l

Cs+1,1 Cs +1,2 Cs +1,g

Rs+t X s+t,1 X t+s,2 X t+s,g g X Xs+t,j j=l

Cs+t,1 Cs+t,2 Cs+t,g

s+t i s+t i=l s+t i=i s+t Xxig i=l S+t g Xr< = I-4; i J'

Turistik mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishni rivojlantirishda sohaning dasturiy vositalar bilan ta'minlanishi bo'yicha asosiy masala harajatni imkoni boricha qisqartirishdir. Buni esa quyidagi ifoda bilan yozish mumkin:

3 Muallif ishlanmasi

(I)

Xn ""I I

X21 I X22I

22

Xsl 1 Xc2 +

s2

.. +x1g — ^ . . +X2g — R2

. . +Xsg — Rs

XS+t,1 + XS + t,2 + . . . IXS + t,g — ^S + t

Xij > 0, i — 1, s + t; j — 1, g

g s + t

F (X, C) — ^ Xy Ci; ^ min

j=1 i=1

Bu yerda xij eX, cij e C, i=1,..., s + t, j=1,...,g Taklif (I) va taklif (II) bo'yicha cheklanishlar tizimi:

X11 + %21+. . . IXS + t,1

(II)

*12 1 ^22 + . . . IXS + t,2 — ^2

— 4

Xij > 0, i — 1, s + t; j — 1, g

Bu masalani yechishda biz dasturiy ta'minotni talab (ehtiyoj) va taklif (zahira)lar asosida optimallashtirish hamda uning modeliga ko'ra transport masalasini yechishga keltiriladi.

Turistik xududning turmahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayoniga sezilarli ta'sir etishi kutilayotgan istiqboldagi omillar, binobarin raqamli texnologiyalar tarkibidagi dasturiy ta'minot omiliga e'tibor qaratamiz. Boshqa dasturiy tizimlarning ahamiyatlilik darajasini yuqoriligini inkor etmagan holda, bu omilni tashkil etuvchilaridan biri - geoaxborot tizimlaridir.

Geografik Axborot tizimlari (GAT) - bu avtomatlashtirilgan tizimlar, ularning funksiyalari fazoviy vaqt ma'lumotlarini yig'ish, saqlab turish, birlashtirish, tahlil qilish va grafikli talqin qilish, shuningdek GATda taqdim qilingan ob'ektlar haqidagi o'ziga xos ma'lumot hisoblanadi. Bu geoaxborot tizimlar orqali ma'lum bir hududning elektron xaritasini yaratish va 3D modellashtirish ham mumkin.

Rivojlangan davlatlarning ichki bozorlarida dastlab xorijiy GAT ishlanmalari uzoq vaqt davomida taqdim etilgan, ammo ularning yuqori narxlari, shuningdek ular bilan ishlashni biladigan yetarli sondagi mutaxassislarning etishmasligi tufayli, ulardan foydalanishda ma'lum qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Bu holat ishlab chiqarish jarayonlarining optimal dasturiy ta'minot masalasini yechish zaruriyatini keltirib chiqargan. Bundan ko'rinadiki, har bir rivojlanayotgan mamlakat bu bosqichdan o'tishini hisobga olinsa, demak bu masala dolzarbligicha qolaveradi.

Hozirda ko'pgina dasturiy ta'minot kompaniyalari dunyo bozoriga o'z mahsulotlarini taqdim etmoqda. Jumladan, xalqaro "GEOMIR" muhandislik markazi keng ko'lamli vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan har xil turdagi dasturlarni

sotadi, o'rnatadi va xizmat ko'rsatadi. Bu dasturiy ta'minoti bo'yicha elektron dala xaritalarini yaratish, dala maydonlarining haqiqiy chegaralari va maydonlarini aniqlash, hosil yig'ish bo'yicha statistik ma'lumotlarni yuritish va boshqa ko'plab qishloq xo'jaligi uchun imkoniyatlarni taklif etadi. Shu kabi boshqa kompaniyalar ham o'z mahsulotlarini jahon bozorida kelishilgan narxlarda baholaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Raqamli iqtisodiyotning zamonaviy turizm sohasiga raqamli texnologiyalarini joriy etilishi bilan ulkan o'zgarishlarga ega bo'ladi. Har qanday firmani turizm bozorida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilmasdan muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishi amaliyotda mumkin emasligi yaqqol isbotini topmoqda.

Turizm faoliyatida raqamli texnologiyalarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha joriy etish mumkin:

- yangi turizm mahsulotlarini ishlab chiqish;

- turizm bozorining yangi segmentini yaratish;

- mavjud turizm mahsulotlarini takomillashtirish;

- turizm resurslardan maksimal foydalanish imkoniyati;

- mijozlar bilan ishlashda yangi texnologiyalardan foydalanish;

- turizm korxonalari boshqaruvida yangi texnika va texnologiyalardan foydalanish.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, raqamli texnologiyalar milliy turizm korxonalarimiz o'rtasida raqobatbardoshlikni oshirish, iqtiqbolda korxona ishchi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish va dasturiy-texnik vositalarga qilinayotgan harajatlarni kamaytirish, turistik korxona mijozlariga zamonaviy raqamli xizmatlarini taklif etish va mavjudlarini o'z mijozlari talablari asosida takomillashtirish, mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatish, hamda turli moddiy ko'rinishdagi rag'batlantirishlarni amalga oshirishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi. Shu boisdan milliy turizm sohasini istiqbolda raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. https://www.unwto. World Tourism Barometer and Statistical Annex

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4699-son Qarori

3. «Raqamli O'zbekiston -2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6079-son Farmoni. 2020 yil 5 oktabr

4. Buhalis, D. (2003): eTourism: Information technology for strategic tourism management, Pearson (Financial Times/Prentice Hall), London ISBN 0582357403.

5. Durrant A, Golembewski M, Kirk D, Benford S, Fischer J, Rowland D, McAuley D (2011) Automics: souvenir generating photo ware for theme parks. In: Proceedings of the 2011 annual conference on Human factors in computing systems. ACM, New York, pp 1767-1776

6. Н.Морозова, М.Морозов, Информационное обеспечение туризма. Учебник. Москва, КноРус,2016 год.стр.7

7. Л.А.Родигин., Е.Л.Родигин, Интернет-технологии в туризме и гостеприимстве. Лекции: учеб. пособие / РМАТ.М: Советский спорт. 2014.208 стр.

8. O.Q. Xurramov., O'zbekistonda raqamli turizmni rivojlantirish imkoniyatlari., "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. 3/2022, may-iyun (№ 00059). DOI: https://doi.org/10.55439/EIT/vol 10 iss3/a

9. A. Norchayev. Turizmda raqamli innovatsion texnologiyalarni joriy qilish yo'nalishlari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" Ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2020 yil

10. Mualliflar ishlanmasi

11. Raqamli rivojlanish indeksi (DESI) va https://infocom.uz sayti ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.