SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
"TUNIS XOTIN-QIZLAR MILLIY ITTIFOQI" TASHKILOTI ARAB DUNYOSIDAGI NODAVLAT TASHKILOT SIFATIDA
Sanobar Rozimbay qizi Nurumbetova
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq sivilizatsiyasi va tarixi fakulteti Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi 2-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada arab mintaqasidagi eng yoshi katta va eng faol xotin-qizlar tashkiloti hisoblanuvchi Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqi, uning vujudga kelishi, faoliyati, asosiy vazifalari hamda gender tenglik uchun olib borayotgan harakatlari va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlari haqida ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqi nodavlat tashkiloti, Sotsialistik Dastur, Kongress, Markaziy Qo'mita, Ittifoq Raisi
Hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va jamoatchilikning nazarida nodavlat tashkilotlarining mashhurligi ortib borayotgani turli sohalarni, jumladan, ta'lim, sog'liqni saqlash, gender masalasi, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqalarni qamrab olishining kengligi bilan bog'liq. Arab mintaqasidagi eng mashhur va eng qadimgi xotin-qizlar tashkilotlaridan biri Tunis Respublikasida joylashgan Tunis xotin-qizlari milliy ittifoqidir.
1956-yilda yanvar oyida mustaqillik e'lon qilingandan so'ng, mamlakatda birinchi xotin-qizlar nodavlat tashkiloti - Tunis xotin-qizlari milliy ittifoqi tashkil etilgan. Uning shtab-kvartirasi Tunis shahrida joylashgan. Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqi Sotsialistik Dastur partiyasi bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqi, asosan, o'rta tabaqa va burjua ziyolilari vakillaridan iborat. Oliy organ - Kongress. Ittifoqning 20 yillik faoliyati davomida, ya'ni 1958, 1960, 1962, 1966 va 1973 -yillarda beshta qurultoy o'tkazilgan.
Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqi raisi hozirgi vaqtda - Fathiya Msali. Ijroiya
1
byurosi Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqining ijro etuvchi organi bo'lib, amalda Ittifoqning butun faoliyatini belgilaydi. Byuro o'z a'zolari orasidan bosh kotib, g'aznachi va har xil turdagi qo'mitalar faoliyati uchun mas'ul shaxslarni tayinlaydi.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqining vazifasi - bu "xotin-qizlarning madaniy, ijtimoiy va siyosiy yuksalishi, yoshlarning farovonligi va himoyasi, bolalar manfaatlarini himoya qilish".1
Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqi mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga musulmon xotin-qizlami jalb qilish uchun katta sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda. U mitinglar va namoyishlar, seminarlar va konferensiyalar tashkil qiladi. 1957-yil 1-yanvarda Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqi a'zolari Dastur rahbarlari bilan birgalikda oila va nikoh to'g'risidagi yangi kodeksning qabul qilinishiga bag'ishlangan katta miting uyushtirdilar. 1960-yilda Ittifoq tashabbusi bilan xotin-qizlar Bizertadan chet el qo'shinlarini evakuatsiya qilishni talab qilgan ommaviy namoyishda qatnashdilar. Jazoir xalqining milliy ozodlik kurashi davrida tunislik xotin-qizlar kurashayotgan Jazoirga va o'z vatanlaridagi jazoirlik qochqinlarga har tomonlama yordam ko'rsatdilar. Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqi barcha saylov kompaniyalarida faol ishtirok etadi, xotin-qizlar o'rtasida ularning ovoz berishda kengroq ishtirok etishiga qaratilgan ma'rifiy ishlarni olib boradi. U deputat xotin-qizlar ishiga rahbarlik qiladi, ular uchun doimiy ravishda seminarlar, maslahat suhbatlari tashkil etadi.
Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqi keksa va yolg'iz ayollarga, ko'p bolali onalarga, talabalarga moddiy yordam beradi, tabiiy ofatlar paytida yordamga keladi. 1986-yilgacha Tunis xotin-qizlari milliy ittifoqi mamlakatdagi yagona nodavlat xotin-qizlar tashkiloti bo'lib qoldi. Faqat 1989-yildan keyin mamlakatda boshqa xotin-qizlar tashkilotlari paydo bo'la boshladi, masalan, 1992-yilda Tunislik onalar uyushmasi tashkil etildi yoki 1989-yilda Tunis demokrat xotin-qizlar uyushmasiga asos solindi. Bu borada Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqini mamlakatdagi eng qadimgi va eng nufuzli xotin-qizlar tashkiloti deb ta'riflash mumkin. Bugungi kunda Ittifoq tarkibi 180 000
"5
a'zoni o'z ichiga oladi.
Ittifoqning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:
■ xotin-qizlarning mavqeini yaxshilash va ularga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish ustida ish olib borish;
■ hayotning barcha sohalarida (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqalar) xotin-qizlarning mavqeini oshirish;
■ xotin-qizlarni bilim olishga rag'batlantirish ishlarini olib borish, maktabni tashlab ketgan xotin-qizlarni o'qishni davom ettirishga ko'ndirish bo'yicha tushuntirish ishlarini tashkil etish;
■ savodsizlikni yo'q qilish istagi;
1 Ворончанина Н.И. Культурные преобразования в современном Тунисе. Москва, 1978. С.86
2 Ворончанина Н.И. Культурные преобразования в современном Тунисе. Москва, 1978. С.86
3 Direction de L'Union Nationale de la femme tunisienne // http://www.unft.org.tn/fr/structures/direction.html
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022—5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id—22257
■ qashshoqlikka barham berish va yangi ish o'rinlarini yaratishga qaratilgan kompaniyalarni olib borish;
■ xotin-qizlarning yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishini osonlashtirish;
■ xotin-qizlarning mamlakat va jamiyat hayotiga to'liq integratsiyalashuvi strategiyasini yaratish, shuningdek, dunyoda tinchlikni mustahkamlash.4 Hozirgi vaqtda Ittifoqning faoliyat doirasi tunislik xotin-qizlar hayotining deyarli
barcha sohalarini qamrab oladi, ammo Tashkilot shu bilan to'xtashni rejalashtirmaydi va kelajak uchun bir qator vazifalarni o'z oldiga qo'yadi. Bunday vazifalarga quyidagilar kiradi: kasb-hunarga tayyorlash dasturini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, xotin-qizlarning yangi ish o'rinlariga ega bo'lish imkoniyatlarini yaratish, shahar hududi va qishloq joylarda bolalar bog'chalari qurish dasturini ilgari surish, xotin-qizlar huquqlari va ularning jamiyatdagi rolini ro'yobga chiqarish bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlarini faol olib borish, milliy va xalqaro darajadagi hamkorlik munosabatlari tarmog'ini kengaytirish.
Ittifoq Tunisda xotin-qizlar huquqlarini kengaytirish sohasidagi o'z faoliyati uchun bir necha bor mukofotlangan. Eng yuqori mukofot YUNESKO mukofotidir. Shunday qilib, 1994-yilda Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqi Tunisdagi xotin-qizlar o'rtasida savodsizlikka qarshi kurash sohasidagi faoliyati uchun ushbu tashkilotning eng yuqori mukofotiga sazovor bo'ldi.
Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqining eng yuqori hokimiyati Kongressdir. U Markaziy Qo'mitani, o'z navbatida Ijroiya byurosini va Ittifoq Prezidentini saylaydi. Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqining barcha mansabdor shaxslari, raisdan tashqari, ixtiyoriy asosda ishlaydi. Ijroiya byurosi rais va 14 kishidan iborat.
Tunis xotin-qizlari milliy ittifoqi tuzilishi
г 1
Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqi
Kongress
4 Мягкова М.И. Эволюция женского движения в Республике Тунис (1956-2010 гг.), Москва, 2012. С.143
Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 743
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Markaziy Qo'mita mamlakatning turli mintaqalari vakillaridan saylangan 80 nafar a'zodan iborat. Ushbu organning vazifalariga Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqi faoliyati dasturini, shuningdek, Ijroiya byurosi tomonidan ko'rib chiqish uchun taqdim etilgan boshqa mavzularni muhokama qilish kiradi. Joylarda Ittifoqning butun mamlakat bo'ylab 28 ta vakolatxonasi mavjud.
Ittifoq doirasida 17 ta tarmoq xotin-qizlar uyushmalari ham mavjud: Yozuvchi xotin-qizlar ittifoqi, yurist xotin-qizlar ittifoqi, tibbiy va ijtimoiy xodimlar ittifoqi, o'qituvchilar ittifoqi, davlat xizmatchilari ittifoqi va boshqalar. Bunday ittifoqlar xotin-qizlar va professional guruhlar va Tunis xotin-qizlar milliy ittifoqi o'rtasidagi hamkorlikni shakllantirishga hissa qo'shadi hamda shu bilan o'z ta'sir doirasini kengaytirish orqali ko'p sonli xotin-qizlarni tashkilot ishiga jalb qiladi. O'z navbatida, Ittifoq mamlakatdagi hukmron tuzumga mutlaq sodiqlik siyosatini olib boradi, buni so'nggi voqealar, ya'ni 2009-yil 25-oktabrda bo'lib o'tgan prezident saylovlari misolida ko'rish mumkin.
Prezidentlik saylovoldi tashviqoti paytida Ben Ali saylovchilarning, birinchi navbatda xotin-qizlarning qo'llab-quvvatlashidan umid qilgan. 2009-yil 13-avgustda Tunis xotin-qizlari milliy kunini rasmiy nishonlash kunida Prezident Ben Ali Tunis xotin-qizlari milliy ittifoqi raisi Aziza Htiri nomiga yo'llagan tabrik maktubida "Tunis xotin-qizlari - zamonaviylik va taraqqiyot tashuvchisi" ekanligini ta'kidlagan.5
REFERENCES
1. Ворончанина Н.И. Культурные преобразования в современном Тунисе. Москва, 1978.
2. Мягкова М.И. Эволюция женского движения в Республике Тунис (1956-2010 гг.), Москва, 2012.
3. Direction de L'Union Nationale de la femme tunisienne // http : //www.unft .org.tn/fr/structures/direction.html
4. President Ben Ali: Always in the hearts of Tunisians abroad, 15 October 2009 // http : //www.benaIi.tn/en/content/campaign-abroad
5 "Tunisian women are a vector of modernity and progress" says President Ben Ali, 12 August 2009 // http://www.tunisiaonlinenews.com/?p=23110