Научная статья на тему 'TRANSFORMATSIYA HODISASINING O‘RGANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR'

TRANSFORMATSIYA HODISASINING O‘RGANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lingvistik / nazariya / hodisa / sintaktik transformatsiya / transforma / derevatsiya / transpozitsiya / transformatsion grammatika / tub struktura / tayanch struktura / hosila struktura / E.Sepir / L.Blumfild

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Eshboyeva Oysanam Soxatmurotovna

Ushbu maqolada sintaktik transformatsiya hodisasining lingvistik mohiyati va transformatsiya nazariyasining tilshunoslikdagi tavsifi borasida nazariy fikrlar keltirilgan. Transformatsiyaning derevatsiya, transpozitsiya kabi hodisalardan farqli va o‘xshash xususiyatlarini ayrim tilshunoslar turlicha belgilaydilar. Maqolada mana shu hodisaning o‘ziga xos lingvistik xususiyatlarini birlashtirib turuvchi umumiy ma’noni topish va transformatsiyaning lingvistik tabiatini chuqurroq bilib olish kabilar vazifa qilib olingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям , автор научной работы — Eshboyeva Oysanam Soxatmurotovna

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TRANSFORMATSIYA HODISASINING O‘RGANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

TRANSFORMATSIYA HODISASINING O'RGANILISHIGA DOIR AYRIM

MULOHAZALAR

Eshboyeva Oysanam Soxatmurotovna

O'qituvchi, mustaqil tadqiqotchi, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand, O 'zbekiston E-mail: [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada sintaktik transformatsiya hodisasining lingvistik mohiyati va transformatsiya nazariyasining tilshunoslikdagi tavsifi borasida nazariy fikrlar keltirilgan. Transformatsiyaning derevatsiya, transpozitsiya kabi hodisalardan farqli va o'xshash xususiyatlarini ayrim tilshunoslar turlicha belgilaydilar. Maqolada mana shu hodisaning o'ziga xos lingvistik xususiyatlarini birlashtirib turuvchi umumiy ma'noni topish va transformatsiyaning lingvistik tabiatini chuqurroq bilib olish kabilar vazifa qilib olingan

Kalit so'zlar: Lingvistik, nazariya, hodisa, sintaktik transformatsiya, transforma, derevatsiya, transpozitsiya, transformatsion grammatika, tub struktura, tayanch struktura, hosila struktura, E.Sepir, L.Blumfild, N.Xomskiy, Z.Xarris.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.13387546

Аннотация: В данной статье представлены теоретические представления о языковой сущности явления синтаксической трансформации и описание теории трансформации в языкознании. Некоторые лингвисты определяют разные и схожие особенности трансформации таких явлений, как деривация и транспозиция. Задача статьи - найти общий смысл, объединяющий специфические языковые особенности данного явления, и узнать больше о языковой природе трансформации.

Ключевые слова: лингвистика, теория, феномен, синтаксическая трансформация, трансформация, деривация, транспозиция, трансформационная грамматика, корневая структура, базовая структура, производная структура, Э. Сепир, Л. Блумфилд, Н. Хомский, З. Харрис.

Annotation: This article presents theoretical ideas about the linguistic essence of the phenomenon of syntactic transformation and the description of the theory of transformation in linguistics. Some linguists define different and similar features of transformation from phenomena such as derivation and transposition. The task of the article is to find a common meaning that unites the specific linguistic features of this phenomenon and to learn more about the linguistic nature of the transformation.

Key words: Linguistic, theory, phenomenon, syntactic transformation, transform, derivation, transposition, transformational grammar, root structure, base structure, derived structure, E. Sepir, L. Bloomfield, N. Chomsky, Z. Harris.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Transformatsiya nazariyasining lingvistik xususiyatlari va uni tadqiq qilish jahon olimlari tomonidan atroflicha o'rganilgan. Xususan, Z.Xarris [9], N.Xomskiy [10], R.B.Liz, E.V.Severtyan, L.S.Barxudarov, Apresyan [1], S.K.Shaumyan, P.A.Soboleva, V.S.Xrakovskiy, V.N.Koduxov, Y.V.Paducheva, Yu.S.Stepanov, V.G.Admoni, L.N.Zasorina, Y.S.Kubryakova, hamda S.Samarenkinalarning tadqiqotlarida ushbu masalaga ma'lum darajada e'tibor qaratilganligini kuzatamiz.

Dastavval, transformatsiya nazariyasining lingvistik mohiyati haqida to'xtalib o'tamiz.

Transformatsiya so'zi bir holatdan boshqa bir holatga aylantirishni anglatadi. Bu so'z turli sohalarda termin bo'lib xizmat qiladi. Masalan: elektronikada o'zgaruvchan elektr toki kuchlanishida ko'tarilish yoki pasayishni ifodalaydi [7, B. 603]. Tilshunoslikda transformatsiya deb tilga xos tub, markaziy qurilmani til qonun-qoidalari asosida o'zgartirib, ikkilamchi qurilma hosil qilish usuliga aytiladi [3, B. 94].

Transformatsiya - lingvistik komponentlar yoki birliklarning o'zgarishidir. Sintaktik birlik elementlarining eng asosiy o'zgarishlari ularni qayta tartibga solish, almashtirish, qo'shish, qisqartirish va o'chirish orqali sodir bo'ladi. Sintaktik yondashuvning transformatsion tahlili o'tgan asrning 60-yillarida struktur tilshunoslik dunyosida mashhur bo'ldi. Tahlilning transformatsion yondashuvining asosi tilning sintaktik tizimini bir nechta quyi tizimlarga bo'linishi mumkin, bunda asl matn yadro tizimi, qolganlari esa uning hosilalari hisoblanadi [6, B. 47].

Transformatsiya nazariyasining o'ziga xos xususiyatlari jahon olimlarining turli tadqiqotlarida o'rganilgan. Xususan, transformatsiya usuli analitik tuzilmalarning maxsus tizimi sifatida birinchilardan bo'lib Z. Xarris tomonidan fanga kiritilgan. Ingliz tilidagi o'zgarishlarning dastlabki ro'yxati uning "Diskurs tahlili" asarida tasvirlangan. Shu bilan birga uning shogirdi N.Xomskiy transformatsiyalar va ularning lingvistik tahlilidagi o'rnini o'rganishga qiziqib, jahon tilshunosligida transformatsiya nazariyasini ishlab chiqishdi. Uning fikricha, til faktlarini anglash uchun grammatika yaratish kerak va buning uchun avvalo:

1. Hodisalarning aniqlangan miqdori grammatikasini;

2. Bevosita ishtirokchilar garammatikasini;

3.Har ikkisi zamirida transformatsiya qoidalariga asoslangan holda hosilalash grammatikasini (transformatsiya grammatikasini) yaratish lozim [10, B. 81].

N. Xomskiy g'oyalari jahon tilshunosligida tan olingan bo'lib, endilikda tilshunoslar matnni turli-tuman segmentlarga ajratish bilangina cheklanib qolmasdan, balki matnni turli-tuman transformatsiyalar natijasida o'rganish zarurligi ayon bo'lib qoldi [10, B. 18]. Transformatsion tahlil metodi muammolariga bag'ishlab yirik konferensiyalarning o'tkazilishi ham buning yaqqol isbotidir.

V.S.Xrakovskiy transformatsiya deganda, tilda muayyan mazmuniy holatning u yoki bu tarzda ifodalanishini ta'kidlaydi [11, B. 63]. Bunday vaziyatda, albatta, asos gap bilan hosila gap o'rtasida ma'no mushtarakligi saqlanishi haqida fikr bildiradi.

L.S. Barxudarov gap modellari xususida fikr yuritar ekan gapning transformatsion modellari haqida ham ma'lumotlar beradi. Olimning fikricha, transformatsion model sintaktik sathda asos konstruksiyalar va ularni ma'lum bir qoidalar yordamida o'zgartirib, ya'ni qayta

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

tuzib, hosil qilinadigan konstruksiyalar (transformalar) orasidagi munosabatni belgilashga xizmat qiladi. Ushbu asarda ikki sodda gapning transformatsiyalanishini aks ettiruvchi misollar keltiriladi, ammo bunday transformatsiyalanishning mexanizmi tasvirlanmaganligini kuzatamiz.

Ushbu asarda L.S. Barxudarov tomonidan yaratilgan ko'plab g'oyalar biz uchun ahamiyatli bo'lib, olim biror sintaktik vazifada, so'z bilan bir qatorda, sintaktik konstruksiya ham kelishini aytib, sintaktik konstruksiya birikma yoki gapga teng ekanligini bir qancha misollar bilan ta'kidlaydi. Umuman olganda, bevosita ishtirokchilar nazariyasi asosida yozilgan va sintaktik vazifada birdan ortiq so'zning kelishi keng bayon qilingan ushbu asar chuqur o'rganishimiz va yoritishimizga munosib.

Boshqa til darajasidagi birliklarni tahlil qilish va sintaktik modellarni tadqiq qilishda transformatsion yondashuvdan foydalanish V.N.Koduxovning "Umumiy tilshunoslik" darsligida qayd etilgan. Olimning ushbu asari orqali "Umumiy tilshunoslik" darsligida transformatsion metodikadan sintaktik modellarni o'rganishda, shuningdek til sathlarining boshqa birliklarini tahlil qilishda foydalanish mumkin [6, B. 95 ].

Transformatsion matn tahlili, asosan, sinonimiyaning an'anaviy masalalarini, birinchi navbatda, sintaktik masalalarni qamrab oladi. Y.V. Paducheva o'zining "Sintaksis semantikasi haqida" asarida Apresyan tomonidan berilgan sintaktik sinonimiya ta'rifini taklif qiladi: "Sintaktik sinonimiya gapning muhim leksemalarining mazmunini o'zgartirmaydigan, faqat grammatik shakllarini o'zgartiruvchi transformatsiya bilan beriladi.

Strukturaviy tilshunoslik matn birliklarini o'zgartirish texnikasidan tizimli ravishda foydalanadi, lingvistik elementlarning potensial xususiyatlarini aniqlaydi.

Y.V. Paduchevaning "Sintaksis semantikasi haqida"gi asari transformatsion tahlil usuli yordamida rus grammatikasini o'rganishga bag'ishlangan. Bu usul gap mazmunini tasvirlashda qo'llaniladi va sinonimlar o'rniga turli sinonimik almashtirishlar, o'zgarishlar kiritiladi. O'ta murakkab tahlil usuli bilan yozilgan ushbu asarda gapga teng konstruksiyaning yaxlitligicha boshqa bir ko'rinishga transformatsiyasi bayon qilingan. Y.V. Paducheva sintaktik konstruksiyalar doira- sida yo'l qo'yiladigan leksik almashtirishlarni ham transformatsiyaning ko'rinishi deb qaraydi. Ushbu asarda biz uchun muhim fikrlardan biri shundaki, sintaktik transformatsiya har bir tilda o'ziga xos belgi xususiyatga ega bo'lishi ta'kidlanadi.

Yu.S.Stepanov transformatsiyani o'z ilmiy ish obyektidan kelib chiqib, predikatning ismga va ismning predikatga almashtirilishini tushunadi, so'z yasalishi jarayoniga bog'lab ta'riflaydi [7, B. 92.].

Shunday qilib, tilning sinxron holatidagi dinamik xususiyatini o'rganishga intilish tilshunoslikda ikki asosiy yo'nalishni vujudga keltirdi: ulardan biri transformatsion yaratuvchi grammatika bo'lsa, ikkinchisi psixolingvistika.

Tilning dinamik xususiyatini o'rganishga asoslangan transformatsion yaratuvchi grammatikaning asoschisi yuqorida aytganimizdek, Z.Xarris va N.Xomskiylar sanaladi. Ular o'zi yaratgan grammatikani ma'lum bir tildagi gaplarning yaratuvchi kibernetik qurilmasi deb hisoblaydi [10, B. 105.]

R.B. Lizning "Transformatsiya nima?" nomli asarida ham ushbu olimlar haqida fikrlar keltirilgan. Z. Xarrisning nazariyasiga ko'ra, transformatsiya oddiygina ikki turdagi jumlalar

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o'rtasidagi munosabat bo'lib, ko'pincha ikkala jumla uchun umumiy bo'lgan tushunchalarni o'z ichiga oladi. Biroq, odatda, N.Xomskiy asarida transformatsiya deb ataladigan narsa butunlay boshqacha tushunchadir. Umuman olganda, N. Xomskiy transformatsiyasi - bu gapning generativ grammatikasi ichidagi grammatik qoidaning ma'lum bir turi: bu qoida elementlarni qayta tartibga solish, qo'shish yoki ellipsis hodisalari orqali boshqa daraxtlardan ma'lum turdagi daraxtlarini ishlab chiqarish uchun foydalanishga xizmat qiladi.

Darhaqiqat, transformatsiya qoidasini quyidagi uchta elementning tartiblangan birligi sifatida ko'rib chiqish mumkinligini ta'kidlaydi:

1) hosila daraxti;

2) ma'lum bir tahlil yoki daraxtning oxirgi filialining bo'limi;

3) elementar transformatsiya.

S.K.Shaumyan va P.A.Soboleva tilshunos olim N.Xomskiyning transformatsion nazariyasi haqida so'z yuritganlarida quyidagilarni qayd etadilar: "...Transformatsiya - bu A va V komplekslari o'rtasida invariant munosabatni aniqlash demakdir. Bunda V A ning hosilasidir. A kompleksi operand bo'lsa, V transforma sanaladi" [12, B. 209].

N.Xomskiyning fikricha, til muayyan qoidalarga amal qiluvchi ijodiy faoliyat sanaladi. Shuning uchun lingvistik nazariyaning bosh vazifasi so'zlovchilar nutqiy faoliyatini boshqarib turuvchi mexanizmni, grammatikani izohlashdan iborat bo'lishi kerak. Lekin N.Xomskiyning transformatsion grammatikasi qanchalik e'tiborga molik bo'lishiga qaramasdan, yadroviy birliklarni belgilashning aniq mexanizmining yo'qligi, kontekstdan uzib olingan gaplarni o'rganishning sub'ektivligi uning ojiz tomonini ko'rsatadi. N. Xomskiy kontsepsiyasidagi ana shu ojiz tomonlarni S.K.Shaumyan va P.A.Soboleva tomonidan ishlab chiqilgan applikativ model bartaraf qilishga imkon berdi. Bu modelning xarakterli belgisi deduktivlik sanaladi [12, B. 32].

Agar N.Xomskiy transformatsion qoidalarni empirik materiallarni tahlil qilish asosida aniqlasa, S.K.Shaumyan esa miqdor jihatidan juda cheklangan komponent va qoidalar asosida ish ko'radi. Uning g'oyalari yuqori darajadagi mavhumlashtirish xarakteriga ega ekanligi bilan ajralib turadi.

Applikativ modelda ikki tayanch ob'ekt ("narsa" va "gap") va bir qoida (applikatsiya qoidasi) e'tirof etiladi. Asos va ikkilamchi ob'ektlarga applikatsiya qoidasining qo'llanilishi yangi-yangi murakkab hosila ob'ektlarning paydo bo'lishiga olib keladi . Boshqacha aytganda, applikativ modelda kichik til yoxud nutq birliklaridan katta birliklar shakllanishi nazarda tutiladi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda shuni ham aytish kerakki, transformatsion metoddan applikativ usul farq qiladi. Transformatsiya transformalar o'rtasida ma'no mushtarakligiga asoslansa, applikativ usulda ma'no mushtarakligi saqlanmaydi. Bu xususda yuqorida qisman aytib o'tilgan edi. Applikativ usulda asos gapning sintaktik strukturasi kengayishi barobarida, uning semantik mohiyati ham ortib boradi. Zero, applikatsiya deganda, berilgan ob'ektga nimaningdir qo'shilishi, tirkalishi tushuniladi. Shu bois mazkur usul o'ta dinamik xarakterlidir.

Dinamik xarakter transformatsiyaga ham xosdir.

L.N.Zasorina transformatsiyaning til hodisalariga statik nuqtai nazardan yondashuvchi an'anaviy tahlil metodlaridan farqi va ustunligi uning mazkur hodisalarga protsessual, dinamik

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

nuqtai nazardan yondashuvchi ekanligini alohida ta'kidlaydi [13, B. 28].

Ravshanki, transformatsion metod tilshunoslikka distributiv tahlil va BI (bevosita ishtirokchilar) metodining ba'zi nuqsonlarini to'ldirish maqsadida kirib keldi. Bu haqida N.Xomskiyning ustozi Z.S.Xerris quyidagilarni qayd etadi: "Transformatsion tahlil bevosita ishtirokchilar tahlilining ayrim murakkabliklarini bartaraf etadi va buning natijasida grammatik tahlilning yangi bosqichi yuzaga keladi. Transformatsion tahlil ko'proq til strukturasining algebraik usulini taqozo etadi [10, B. 36.]".

Shunday qilib, applikativ model natijasi sintaktik derivatsiyani taqozo etadi. Ana shu jihatdan, ya'ni asos gap bilan hosila o'rtasida ma'no mushtarakligi saqlanmasligi jihatidan applikativ usulda shakllangan derivatsiya transformatsiyadan farq qiladi.

Ko'pchilik adabiyotlarda transformatsiya deganda, sintaktik birliklarning strukturasidagi dinamik sharoit tushunilsa, derivatsiya deganda (bundan sintaktik derivatsiya istisno) birlamchi leksik birliklardan ikkilamchi leksik birliklarning hosil qilinishi tushuniladi. Shuning uchun bu hodisalarning birinchisi sintaktik sath doirasida, ikkinchisi esa leksik va morfemik sath oralig'ida, to'g'rirog'i, so'z yasalishi doirasida o'rganiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Апресян Ю.Д. Идеи и методы современной структурной лингвистики. -Москва: Просвещение, 1966. -332 с.

2. Блумфилд Л. Язык. - М.: Прогресс, 1968. - 608 с.

3. Bushuy T, Safarov Sh. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. Toshkent: "Fan" nashriyoti. 2007. 278 s.

4. Филлмор Ч.Дж. Об организации семантической информации в словаре // Новое в зарубежной лингвистике. - Вьга. 14,-Проблемм и методм лексикографии. - М.: Прогресс, 1983.-С. 23-60.

5. Кодухов В. Н. Обшие языкознание. — М.: «Висшая школа», 1974, 240.

6. Степанов Ю.С. Основы общего языкознания. - Москва: Просвешение, 1975.- 271 с. Степанов Ю.С. Имена. Предикаты. Предложения(Семиологическая грамматика). - Москва: Наука, 1981.- 360 с.

Шаумян С.К. и Соболева П.Я. Аппликативная порождающая модель и исчесления информации в русском языке. - Москва: Наука, 1963.- 125 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.