Научная статья на тему 'TRANSFORMATORLAR VA ULARNING ISHLASH PRINSIPI'

TRANSFORMATORLAR VA ULARNING ISHLASH PRINSIPI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
12249
922
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektr va magnetizm / transformator / texnik talablar / fizik kattaliklar / asbobning shartli belgisi. / electricity and magnetism / transformer / technical requirements / physical quantities / device symbol.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — S. Hamidova, S. Bekniyozov, D. Kamalova

Ushbu maqolada transformator, uning turlari va ishlash prinsipi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSFORMERS AND PRINCIPLE OF THEIR WORK

This article provides information about the transformer, its types and the principle of operation.

Текст научной работы на тему «TRANSFORMATORLAR VA ULARNING ISHLASH PRINSIPI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TRANSFORMATORLAR VA ULARNING ISHLASH PRINSIPI

Hamidova Sarvinoz

Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi talabasi, Navoiy davlat pedagogika instituti

Bekniyozov Sarvar

Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi talabasi, Navoiy davlat pedagogika instituti Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), dots. D.I.Kamalova

https://doiorg/10.5281/zenodo. 7440976

Annotatsiya. Ushbu maqolada transformator, uning turlari va ishlash prinsipi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: elektr va magnetizm, transformator, texnik talablar, fizik kattaliklar, asbobning shartli belgisi.

ТРАНСФОРМАТОРЫ И ПРИНЦИП ИХ РАБОТЫ

Аннотация. В данной статье представлена информация о трансформаторе, его видах и принципе работы.

Ключевые слова: электричество и магнетизм, трансформатор, технические требования, физические величины, условный знак устройства.

TRANSFORMERS AND PRINCIPLE OF THEIR WORK

Abstract. This article provides information about the transformer, its types and the principle of operation.

Keywords: electricity and magnetism, transformer, technical requirements, physical quantities, device symbol.

Turmushda foydalaniladigan jihozlarning hammasi ham ayni bir 220 V kuchlanishga mo'ljallangan emas. Bu elektr asboblaridan foydalanish uchun kuchlanishni o'zgartirish kerak bo'ladi. Bunday vazifani odatdan transformatorlar bajaradi. O'zgaruvchan kuchlanishni o'zgartirib beruvchi qurilmaga transformator deyiladi. Transformator umumiy po'lat o'zakka kiydirilgan ikkita izolyatsiyalangan sim cho'lg'amli g'altakdan iborat (1-rasm).

1-rasm

G'alataklarni birini birlamchi cho'lg'am, ikkinchisini ikkilamchi cho'lg'am deyiladi. Birlamchi cho'lg'am yuzasida hosil bo'lgan magnit oqimi ikkilamchi cho'lg'amda ham hosil bo'lishi uchun o'zaklar odatda magnit singdiruvchanligi yuqori bo'lgan ferromagnit materiallardan tayyorlanadi. Bu ferromagnit o'zaklarda aylanma Fuko toklari hosil bo'lib, o'zak qizib ketmasligi uchun o'zak bir - biri bilan ajratilgan plastinalar shaklida tayyorlanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Birlamchi cho'lg'amdagi o'ramlar soni N1s kuchlanish U1s tok kuchi I1 bo'lsa, ikkilamchi cho'lg'amda esa o'ramlar soni N2, kuchlanish U2, tok kuchi I2 bo'ladi.

Cho'lg'amlardagi kuchlanishlar nisbati mos holda o'ramlar soni nisbatiga teng bo'lib, bu nisbatga transformatsiya koeffitsiyenti deyiladi.

_ _ N-l k~Ü¡~Ñ¡

Transformatorlar uchun k koeffitsiyent muhim ahamiyatga ega. Kuchlanishni qancha o'zgartirish kerakligiga qarab k ning qiymati tanlanadi. Ayniqsa transformatsiya koeffitsiyentining birdan katta yoki kichik bo'lishiga q arab transformator kuchaytiruvchi yoki pasaytiruvchi bo'lishi mumkin.

Agar k>1 bo'lsa, u holda U2<U1 bo'lib, bunday transformator pasaytiruvchi hisoblanadi.

Agar k=1 bo'lsa, u holda U2=U1 bo'lib, bunday transformatorda o'zgarish bo'lmaydi.

Agar k<1 bo'lsa, u holda U2>U1 bo'lib, bunday transformator kuchaytiruvchi hisoblanadi.

Transformatorning foydali ish koeffitsiyenti. Transformator ikkilamchi cho'lg'amidagi quvvatning birlamchi cho'lg'amdagi quvvatga nisbatiga transformatorning ish rejimidagi quvvati deyiladi.

= P2 = № q ~ Pj ~ \1\J1

Odatda transformatorning foydali ish koeffitsiyenti 100% ga juda yaqin bo'lib, u q=98-99,5% oraliqda bo'ladi.

Transformator kuchlanishni necha marta oshirib bersa, tok kuchini shuncha marta kamaytiradi. Cho'lg'amlarning qizishini hisobga olmaganda ikkala cho'lg'amdagi quvvat deyarki bir xil bo'ladi.

Transformatorning ikkilamchi cho'lg'ami iste'molchiga ulanmagan holda ishlashiga transformatorning salt ishlashi deyiladi. Transformatorning salt ishlash rejimida energiya isrofi faqat birlamchi cho'lg'amda sodir bo'ladi, ya'ni bu rejimda faqat birlamchi cho'lg'amda qizish kuzatiladi.

Transformator yordamida elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish:

Transformatorlardan o'zgaruvchan tokni o'zgartirish uchun foydalanishdan tashqari o'zgaruvchan toklarni uzoq masofalarga uzatib berishda ham foydalaniladi. Elektr energiyasini ular ishlab chiqiladigan GES, IES va AESlaridan uzoq masofalarga - yuzlab, minglab kilometrlarda joylashgan aholi punktlariga, zavod, fabrika va boshqa iste'molchilarga isrofsiz yetkazib berish katta ahamiyatga ega. Elektr energiyasini uzoq masofalarga imkon qadar yo'qotishlarsiz, isrof qilmasdan uzatish kerak bo'ladi, ya'ni tok uzatuvchi liniya simlaridagi isrof bo'ladigan elektr energiyasi mumkin qadar kamaytirilishi talab etiladi. Buning uchun Joul-Lens qonuni Q = I2RAt ga ko'ra liniyadagi tok kuchi iloji boricha kamaytiriladi.

Agar ikkilamchi cho'lg'amdagi kuchlanish n marta oshirils a (yoki undagi tok kuchi n marta kamaytirilsa), elektr energiyasini uzatuvchi liniya simlaridagi energiya isrofi n2 marta kamayadi.

Agar elektr energiyasini uzatuvchi liniya simlaridagi energiya isrofi n marta kamaygan bo'lsa, ikkilamchi cho'lg'amdagi kuchlanish Vñ marta oshirilgan (yoki undagi tok kuchi Vñ marta kamaytirilgan) bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Ismatullayev P., Qodirova Sh., G'oziyev G'. "Elektr o'lchashlar va o'lchash asboblari". Toshkent. "Sharq". 2007.

2. Turabova L.X. "Fizik asboblar, ularning turlari va ishlash prinsipi" mavzusining elektron o'quv uslubiy majmuasini yaratish metodikasi mavzusidagi dissertatsiya ishi. Navoiy. 2022.

3. Камалова Д.И., Камолов И.Р., Турабова Л.Х. «Физик асбоблар, уларнинг турлари ва ишлаш принципи» электрон укув кулланмаси. Узбекистон Республикаси Адлия вазирлиги хузуридаги Интеллектуал мулк агентлиги. №DGU 10305. 03.03.2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.