Научная статья на тему 'TOYLOQ SHEVALARINING RANG -BARANGLIGI'

TOYLOQ SHEVALARINING RANG -BARANGLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
683
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Toyloq / Yastepa / Jumabozor / Navzandak / sheva / qarluq / qipchoq / yangi so‘z / adabiy til / lahja / ibora / tojik tili / til boyligi. / Toylok / Yastepa / Jumabozor / Navzandak / dialect / Qarluq / Kipchak / new word / literary language / dialect / phrase / Tajik language / language wealth.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — G. Ahatova

Ushbu maqola Samarqand viloyati Toyloq tumanida joylashgan Navzandak, Yastepa va Jumabozor nomlari bilan ataluvchi hamda yonma-yon joylashgan qishloq shevalarining rang-barang jihatlarini ochib beradi va bunday rango-ranglikni ilm ahliga havola etadi. Jumladan, mazkur qishloqlardagi shevalarning o‘ziga xosliklari-yu o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatish uchun turli namunalar keltirib o‘tiladi. Ya’ni shevalar o‘rganilishi natijasida adabiy tilda mavjud bo‘lmagan va omma uchun yangi bo‘lgan so‘zlar maqolaning mazmunini ochishda qo‘llanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE VARIETY OF TOYLOQ DIALECTS

This article reveals the various aspects of the village dialects located in Toyloq district of Samarkand region, named after Navzandak, Yastepa and Jumabozor and located next to each other, and conveys such diversity to scholars. In particular, various examples are cited to show the peculiarities and similarities and differences of the dialects of these villages. That is, as a result of the study of dialects, words that do not exist in the literary language and are new to the public were used to reveal the content of the article.

Текст научной работы на тему «TOYLOQ SHEVALARINING RANG -BARANGLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TOYLOQ SHEVALARINING RANG -BARANGLIGI Gulchehra Qurbonboyevna Ahatova

Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 28-maktabning ona tili va adabiyot o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7069854

Annotatsiya. Ushbu maqola Samarqand viloyati Toyloq tumanida joylashgan Navzandak, Yastepa va Jumabozor nomlari bilan ataluvchi hamda yonma-yon joylashgan qishloq shevalarining rang-barang jihatlarini ochib beradi va bunday rango-ranglikni ilm ahliga havola etadi. Jumladan, mazkur qishloqlardagi shevalarning o'ziga xosliklari-yu o'xshash va farqli tomonlarini ko'rsatish uchun turli namunalar keltirib o 'tiladi. Ya'ni shevalar o'rganilishi natijasida adabiy tilda mavjud bo'lmagan va omma uchun yangi bo'lgan so'zlar maqolaning mazmunini ochishda qo'llanilgan.

Kalit so'zlar: Toyloq, Yastepa, Jumabozor, Navzandak, sheva, qarluq, qipchoq, yangi so'z, adabiy til, lahja, ibora, tojik tili, til boyligi.

РАЗНООБРАЗИЕ ДИАЛЕКТОВ ТОЙЛОК

Аннотация. В данной статье раскрываются различные аспекты говоров села, расположенного в Тойлокском районе Самаркандской области, названного в честь Навзандака, Ястепа и Джумабозора и расположенного рядом друг с другом, и доносится такое разнообразие до ученых. В частности, приводятся различные примеры, показывающие особенности, сходства и различия диалектов этих деревень. То есть в результате изучения диалектов для раскрытия содержания статьи были использованы слова, не существующие в литературном языке и являющиеся новыми для публики.

Ключевые слова: Тойлок, Ястепа, Джумабозор, Навзандак, диалект, карлук, кыпчак, новое слово, литературный язык, диалект, словосочетание, таджикский язык, языковое богатство.

THE VARIETY OF TOYLOQ DIALECTS

Abstract. This article reveals the various aspects of the village dialects located in Toyloq district of Samarkand region, named after Navzandak, Yastepa and Jumabozor and located next to each other, and conveys such diversity to scholars. In particular, various examples are cited to show the peculiarities and similarities and differences of the dialects of these villages. That is, as a result of the study of dialects, words that do not exist in the literary language and are new to the public were used to reveal the content of the article.

Keywords: Toylok, Yastepa, Jumabozor, Navzandak, dialect, Qarluq, Kipchak, new word, literary language, dialect, phrase, Tajik language, language wealth.

KIRISH

Shevalardagi so'zlar til boyligining asosiy birligidir. Shuning uchun ham sheva va lahjalar xalq hayotining ko'zgusi, tarixini o'zida aks ettiradi. Shevalar - xalq tafakkurining, moddiy-ma'naviy hayotining ifodasi. Shevadagi so'zlar amaliy talab, ehtiyoj natijasida tilda paydo bo'ladi. Til muhit boyligi, uning taraqqiyoti, rivoji esa xalq ist'emolidagi so'zlar bilan, leksimalar bilan ularning miqdori bilan o'lchanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Har qanday millat tilining boyishi undagi sheva va lahjalarga borib taqaladi. Shevalardagi yangi-yangi so'zlarning kelib chiqishi esa obyektiv borliqning kishi ongida aks etishi bilan bog'liq. Borliqdagi narsa, voqeylik, belgi, harakat-holat kabilarning ongimizda aks etishining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ifodasi sifatida so'z yuzaga keladi. so'z xalq ijodining mahsuli bo'lgani uchun shu til egalarining diqqat- e'tiborida bo'ladi. Vaqt o'tishi, zamon o'tishi bilan so'zlar ko'payib, boyib boraveradi. Biz quyida ana shunday zamonlar osha so'z boyligiga ega bo'lgan "Toyloq" shevalarining rang-barangligi bilan tanishamiz.

Toyloq — bu Samarqand viloyatidagi tuman nomi . "Toyloq" tumanida 20 dan ortiq qishloq bo'lib, bu qishloqlarning har biri alohida-alohida shevaga, urf -odatga, o'ziga xos madaniyatga va tarixga ega. "Toyloq" tumanida qishloqlar ko'p bo'lganligi uchun biz bu maqolada "Toyloq"dagi uchta qishloq: "Yastepa", "Navzandak" va "Jumabozor" qishloqlari shevalariga qaratmoqchimiz.

TADQIQOT NATIJALARI

Shu o'rinda quydagi ma'lumotni aytib o'tish maqsadga muofiq bo'ladi deb o'yladik. Qadim zamonlardan xalqimiz tojik xalqi bilan yonma-yon yashab kelgan. "Toyloq" tumanida ham tojik xalqi ko'pchilikni tashkil etadi. Xususan, "Toyloq" shaharchasida, asosan, tojiklar istiqomat qiladi va bu tilda ham aks etganligini ko'ramiz. Biz e'tiborimizni qaratgan "Navzandak" qishlog'ining nomi ham tojikcha "nav"-yangi va "zandak"-kelinchak so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, bu nom bilan bog'liq quyidagi rivoyat ham xalq orasida yuradi. Aytishlaricha, milloddan avvalgi davrlarda Makedoniyalik Zulqarnayn degan shoh Samarqand yerlarini kezib yurganda, bir go'zal qizni sevib qolar va unga uylanar ekan. Ammo shoh harbiy yurishlarini davom ettirish uchun jo'nab ketar chog'i qizni o'z qishlog'ida qoldirar ekan. Shu-shu bu qishloq "Navzandak" ya'ni yangi kelinchak deb ataladigan bo'libdi.

"Yastepa" va "Jumabozor" qishloqlarining nomlari esa o'zbekcha nomlangan bo'lib, "Yastepa"- yassi tepaliklardan iborat qishloq, "Jumabozor"- juma kunlari bozor bo'ladigan qishloq bo'lganligi uchun shunday nomlangan. Bu uch qishloqning shevalarining bir-biriga o'xshash tomonlari bilan birga tubdan farq qiladigan tomonlari ham ko'p. "Jumabozor", "Yastepa", "Navzandak" qishloqlari bir-biriga yaqin, yonma-yon qishloqlar bo'lishiga qaramay, "Jumabozor" qarluq shevasiga yaqin bo'lsa, "Yastepa" bilan "Navzandak" shevalari qipchoq shevasiga kiradi. Biz buni quyidagi misollardan ham bilishimiz mumkin.

Jumabozor Yastepa Navzandak adabiy til

Man-san men-sen men-sen men-sen

Aya biyi ena ona

Mo'chcha qimisqa qimisqa chumoli

Sarafta sarafta sarafta haftalik oziq-ovqat

Burchak kunjak irga burchak, chet joy

To'ppi happak do'ppi to'p, koptok

Azgina jichcha gittak ozroq, kamroq

Kurushka cho'lpak kurushka choykash

Igna iyna iyna igna

Ip jiP jiP iP

Ko'ynak kuylak kuylak ko'ylak

Tugun bo'xcha bo'xcha tuguncha

Galpisi galpisi galpisi do'lma

O'tirish o'tirish gashtak gap

Go'shanga chimillig' chimillig' go'shanga

Garang taytuv naynuv bema'ni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Tayloq tumanidagi bu 3 qishloq aholisi nutqida fe'l so'z turkumiga oid so'zlarda, ayniqsa, shevalardagi farqlar yaqqol seziladi. Masalan, "Jumabozor" shevasida "bor"- buyruq fe'lidagi "r" tovushi umuman ishlatilmaydi (Bugun bizanikka bo—Bugun bzlarnikiga bor). Bor so'zi modal so'z bo'lganda ham xuddi shunday "r" tovushi tushib qoladi (Manda kitob bo -menda kitob bor). "Yastepa" va "Navzandak" shevalarida esa "bor" fe'li to'liq talaffuz qilinadi. "yo'q" modal so'zini ham jumabozorliklar "q" tovushisiz talaffuz qilsa, yastepalik va navzandakliklar to'liq talaffuz qiladi. Ammo "kel"-- buyruq fe'lini uchala qishloq aholisi ham birdek "ke" (Yastepa va Navzandak "ki") deb, "bo'l"—fe'lini "bo'"(Yastepa va Navzandak "bu") deb, "qil"—buyruq fe'lini "qi" deb, "l" tovushini tushirgan holda talaffuz etadi.

Jumabozor, Yastepa, Navzandak aholisi shevalarining kuzatilishi natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, bu qishloq shevalaridagi farqlarning katta qismini ulardagi qo'shimchalar tashkil etar ekan. Masalan, o'xshatish-qiyoslqsh qo'shimchasi -dek, --day Jumabozorda -dey (guldey qiz—guldek qiz), Yastepada -lay(gullay qiz), Navzandakda -ley (gulley qiz) tarzida aytiladi. Ko'plik qo'shimchasi -lar Jumabozor shevasida -la(kitobla—kitoblar) deb, Yastepa va Navzandak shevasida esa -lar (kitoblar) deb aytiladi. Quyida shunday qo'shimchalarning so'zlarga qanday qo'shilib kelishini kuzatamiz:

Jumabozor Yastepa Navzandak adabiy til

Bolla bachalar bachchalar bola-lar

Kellimi kellima kelima kel-di-mi?

Qannoqsan qannaysan qanniysan qanday-san?

Shundoq shunnay shitib shu-n- day

Kelopti kelyapti kelayapti kel-yapti

MUHOKAMA

Yuqoridagi misollardan farqli ravishda, --ning qo'shimchasi uchala qishloqda ham bir xil -ni (ukamni - ukamning), --da qo'sgimchasi esa uchalasida ham -ga (uyda emas uyga) deb talaffuz qilinadi.

Biz yuqorida ko'proq "Yastepa", "Navzandak", "Jumabozor" qishloqlaridagi shevalarning o'zaro farqlarini ko'rib chiqdik. Endi bu uchala qishloq shevalaridagi umumiy bo'lgan tomonlarga, ya'ni so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlariga e'tiborimizni qaratmoqchimiz. Birinchi bo'lib bu uchala qishloq shevasidagi sinonimlarni birlashtirdik: Ona so'zining sinonimlari—aya, biyi, oyi, opa, ena, ona.

Chelak so'zining ma'nodoshlari—paqir, satil, chelak.

Yanga—Checha, yanga, kelinoyi, yangamullo.

Oyoq to'pi—koptok, do'ppi, miyach, happak, to'p.

Chorsi—qars, qarsi, oq ro'mol.

Ertak—matal, cho'pchak, to'qima.

Bichak—burrak, pichak.

Kalta nimcha—kamzulcha, kaltacha, qismacha.

Choykash--cho'lpak, kurushka, choykash.

Likopcha—tarelka, tovoqcha, tarilka.

sho'rva-- sho'rbo, piyavo.

Ozgina—qittay, gittakkina, azgina.

Bir bo'lak—bir burda, bir tuyur.

_Ayron—chakki, qatiq, ayron._

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yostiq—lula,yassiq, bolish.

Bola—bachcha, bala.

Katta ona (otaning yoki onaning onasi)—katina, ena, oppog' ona, ona, qarina.

Katta ota(otaning yoki onaning otasi)—katota, ota, bobo, oppog' ota, qariota.

Ayollarning yozlik poyabzali—shippak, tapich, tapishka.

Erkaklarning poyabzali—batinka, patinka.

Qishlik poyabzal—bo'tik, etik, sapok.

Soch to'g'nog'ich—jajin, zakolka, qistirg'ich.

Paypoq—jo'lob, jo'lobi, naski.

Bu qishloq shevalarida zamon qo'shimchalarining ham har xillligini ko'rishimiz mumkin. Masalan, o'tgan zamon qo'shimchasi -"di" Yastepa va Navzandak shevasida -"li" tarzida aytiladi(keldi—kelli, bildi—billi, qildi—qilli kabi). Jumabozor shevasida esa adabiy til me'yoriga mos aytiladi.

Hozirgi zamon qo'shimchasi -"yapti" Yastepa shevasida -"ayapti", Navzandak shevasida -"jopti", Jumabozor shevasida esa -"opti" tarzida aytiladi(Kelyapti—kelayapti—kebjopti— kelopti kabi).

Bu qishloq shevalarida quydagicha so'zlarda ham o'ziga xoslikni ko'rishimiz mumkin:

Navzandak Adabiy til

sarson sarsuzan

qohma jiyak

tag'in yana

buvo bobo

birn burun(inson a'zosi)

burni (egalik qo'shimchasi qo'shilgandagi holati) javluk butunlay

ul o'g'il

qara qora(rang)

jalpoq yalpoq

Biz endi bu 3 qishloq shevalaridagi olmoshlarning ishlatilishini ko'rsatib o'tmoqchimiz. Jumabozor, Yastepa va Navzandak shevalarida olmoshlar nihoyatda ko'p qo'llaniladi ammo adabiy tildan ancha farq qilgan holda talaffuz qilinadi.

Jumabozor Sasan Qohma Yana Bobo Burun Bunni Javlik Ug'il Qaro Yalpog'

Yastepa sarson qohma tag'in bovo birin binni binni javlik ul qara jalpoq

Jumabozor Yastepa Navzandak Adabiy til

Eqqa- beqqa aqa-baqa aqa-baqa u yoqqa-bu yoqqa

Shunnoq qilib shitib sho'tib shunday qilib

Sheqqa shiga sherga shu yerga

Hamma yoq hama joq hama jer hamma joy

Bunnoq bitib bunay bunday

Man-san min-sin min-sin men-sen

Sanla sila sila senlar (kishilik olmoshlarining

birlikdagi ikkinchi shaxsga ko'plik qo'shimchasi qo'shilgandagi shakli)

So'ng so'g'in so'g'in shundan so'ng

XULOSA

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Xulosa qilib aytganda, Toyloq shevalari nihoyatda rang -barang. Biz yuqorida hali Tayloq qishloqlaridan faqat 3 tasininggina shevasiga e'tiborimizni qaratdik. Bu 3 qishloq:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"Yastepa", "Navzandak", "Jumabozor" bir-biriga yonma- yon joylashgan qishloqlar bo'lib, aholisi qadimdan yonma -yon qo'ni- qo'shni bo'lib yashashgan. Bu yaqinlik tilga ham ko'chgan. Shuning uchun shevadagi ko'plab so'zlar aynan bir xil. Va ayni paytda esa bu qishloq shevalari orasidagi juda katta tafovvutni ham ko'rishimiz mumkin.Xususan oladigan bo'lsak, "Navzandak" va "Yastepa" shevalari qipchoq shevasida bo'lsa, "Jumabozor" shevasi qarluq lahjasiga yaqin turishini yuqoridagi misollar bilan ko'rib chiqdik.

Tilimizdagi har bir shevaga xos so'z, har bir ibora tilimizning beqiyos boyligidir. Shuning uchun ham biz yurtimizning har qanday chekka qishloqlaridagi so'z va iboralarni bir inju kabi asrab, avaylab ona tilimizning cheksiz ummoniga olib kelib qo'shishimiz, tilimizning boyligiga shu yo'l bilan yana boylik qo'shishimiz lozim.

REFERENCES

1. Aytmuradov A., Tyurkskiye etnonimm, Nukus, 1986; Hasan Ato Abushiy, Turkiy qavmlar tarixi, T, 1995.

2. Doniyorov X.. O'zbek xalqining shajara va shevalari. T.; 1968; Etnonim, M.; 1970;

3. Yeremeyev D.Ye.. Etnonim tyurok, M.; 1971;

4. Shaniyazov K., Etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda, T.; 1974;

5. https://www.wikiwand.com

6. https://uz.wikipedia.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.