Научная статья на тему 'TOVUSH HODISALARI BO’LIMI MAVZULARINI ZAMONAVIY USULLARDA O’TISH'

TOVUSH HODISALARI BO’LIMI MAVZULARINI ZAMONAVIY USULLARDA O’TISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

150
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fizika / optika / tovush / tovush hodisalari / energiya / physics / optics / sound / sound field / energy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Adizjon Alijonovich Isroilov, Ilhom Ibragimovich Tilovov

Bu maqolada fizika fanining tovush hodisalari bo’limini o’quvchilarga yetkazishda qo’llash mumkin bo’lgan ta’lim metodlari keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTEMPORARY THEMES OF THE VOICE EVENTS DEPARTMENT

In this state, some methods of training have been developed, which can be used to complete the study of the physical characteristics of children.

Текст научной работы на тему «TOVUSH HODISALARI BO’LIMI MAVZULARINI ZAMONAVIY USULLARDA O’TISH»

TOVUSH HODISALARI BO'LIMI MAVZULARINI ZAMONAVIY

USULLARDA O'TISH

Adizjon Alijonovich Isroilov

Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qtuvchisi isroilov. adiz@gmail .com

Ilhom Ibragimovich Tilovov

Chirchiq davlat pedagogika instituti magistiranti ilhomtilovov4492@gmail.com

Bu maqolada fizika fanining tovush hodisalari bo'limini o'quvchilarga yetkazishda qo'llash mumkin bo'lgan ta'lim metodlari keltirilgan .

Kalit so'zlar: fizika, optika, tovush, tovush hodisalari, energiya

CONTEMPORARY THEMES OF THE VOICE EVENTS DEPARTMENT

In this state, some methods of training have been developed, which can be used to complete the study of the physical characteristics of children. Keywords: physics, optics, sound, sound field, energy.

Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan isloxotlar ta'lim soxasi o'z aksini yaqqol namoyon qilmoqda. O'tgan asrning dars o'tish texnologiyalari o'rnini zamonaviy dars o'tish texnologiyalari egallamoqda. Shu jumladan maktablarda dars o'tish jarayoniga ilg'or pedagogig texnologiyalar kirib kelmoqda va dars jarayonining samaradorligiga o'z tasirini ko'rsatmoqda.

Ta'lim samaradorligini ,sifatini va jozibadorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari va ilg'or zamonaviy metodlarni qo'llagan holda dars o'tish bugungi kunning eng muhim talabidir. Maktab darslarida o'tiladigan optika va tovush hodisalari bo'limlarini yanada takomillashtirib o'tish bugungi kunning yaqqol talabidir

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

March, 2022

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktab darsliklarida tovush hodisalari bo'limi deyarli yoritilmagan darslikda berilgan ma'lumotlarni dars o'tish jarayonida yanada boyitib to'ldirgan holatda o'quvchiga yetkazish zarur.Dars jarayonining qiziqarli o'tishida esa turli pedagogig metodlar deyarli keltirilmagan. Bir necha pedagogig texologiyalarni dars o'tish jarayonida qo'lladik. Olingan natijalarni taxlil qilindi va ular nazariy asos sifatida qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dars o'tish jarayoniga qo'llanadigan zamonaviy metodlar quyida birin ketin keltiramiz.

"Didaktik o'yin" - (10 minut)

1) Tovush qanday hosil boladi?

2) Tovushning tezligi haroratga bog'liqmi, muhitgacha?

3) Gazlarda tovush qanday tarqaladi?

4) Suyuqliklarda tovush qanday tarqaladi?

5) Qattiq jismlarda tovush qanday tarqaladi?

6) Birinchi bolib tovushning tarqalishini kim aniqlagan?

Javob:

1. Tovush chiqarayotgan jism galma-galdan havoning siqilishini va siyraklashishini vujudga keltirishi orqali vujudga keladi.

2. Albatta, tovushning tezligi havoning haroratiga bogliq (misollar keltiriladi).

3. Havo yoki suvda katta tezlik bilan ketayotgan jism uni aylanib o'tayotgan oqimni yorib, muhitda davriy ravishda zichlashish va siyraklashish hosil qiladi. Natijada tovush tolqinlari hosil boladi.

4. Tovush bo'ylama va ko'ndalang to'lqinlar ko'rinishida tarqaladi.

Zarralarning tebranishi to'lqinlarning tarqalish chiziqlari bo'ylab sodir boladigan tolqinlar bo'ylama to'lqinlar deyiladi.

2-rasm.

5. Qattiq jismlarda bo'ylama tolqinlardan tashqari ko'ndalang tolqinlar ham yuzaga keladi, bunda muhitning zarralari to'lqinning tarqalish yo'nalishiga perpendikulyar yo'nalishda tebranadi. Masalan, torni uning yo'nalishiga perpendikulyar chertib, biz to'lqinni gitaraning strunasi yoki tor bo'ylab yugurishga majbur qilamiz.

6. Qadimgi yunon faylasufi va enцiklopedist olimi Aristotel kuzatishlariga asoslanib, tovushning tabiatini to'g'ri tushintirib bergan.

7. Yang mavzu mustahkamlanib, uyga vazifa beriladi, o^quvchilar baholanadi.

"Klaster" va "Didaktik o'yin" metodikasi

• "Klaster" metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo'lib, u ta'lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o'ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq ob'ektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning talim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga hizmat qiladi.

• Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg'ulotlarda ushbu metod guruh a'zolari tomonidan bildirilayotgan g'oyalarning majmui tarzida nomoyon bo'ladi.

• Bu esa guruhning har bir a'zosi tomonidan ilgari surilayotgan g'oyalarni uyg'unlashtirish hamda ular o'rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.

March, 2022

470

• 1-bosqich. Nimaniki o'ylagan bo'lsangiz, shuni qog'ozga yozing. Fikringizni sifati to'g'risida o'ylab o'tirmay, ularni shunchaki yozib boring.

• 2-bosqich. YOzuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e'tibor bermang.

• 3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga etmaguncha, yozishdan to'xtamang. Agar malum muddat biror-bir g'oyani o'ylay olmasangiz, u holda qog'ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g'oya tyg'ilgunga qadar davom ettiring.

• 4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko'proq yangi g'oyalarni ilgari surish hamda mazkur g'oyalar o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikni ko'rsatishga harakat qiling. Foyalar yig'indisining sifati va ular o'rtasidagi aloqalarni ko'rsatishni cheklamang.

• Masalan: «Tovush» so'zini bir necha tarmoqlarga ajratish mumkin.

O'qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda va kelgusi darslarida quyidagi pedagogik texnologiyalar tarkibiga kiradigan o'qitish metodlaridan

foydalanishi mumkin

Pedagogik texnologiyalarning nomi va ularning turlari Yetakchi oqitish metodi Mazkur metodga boysinuvchi oqitish metodlari

Didaktik oyin texnologiyasi:

Konferensiya O'yin metodi Og' zaki bayon, ko' rgazmali, mantiqiy, muammoliizlanish, mustaqil ishlash o' z-o' zini na-zorat qilish metodlari.

Taqdimot O'yin metodi Ko' rgazmali, og' zaki bayon, mantiqiy, muammoliizlanish, mustaqil ishlash metodlari.

Ijodiy o'yin O'yin va muammoli-izlanish metodi Og' zaki bayon, tahlil, qiyoslash, umumlashtirish, dalillash, o'z-o'zini nazorat qilish metodlari.

O'yin mashqlar O'yin metodi Tahlil, qiyoslash, umumlashtirish, dalillash, og' zaki bayon, o'z-o'zini nazorat qilish metodlari.

® ©

March, 20221 Multidisciplinary Scientific Journal

©

o1

471

Hamkorlikda oqitish texnologiyasi:

Komandada o' qitish metodi Mustaqil ishlash metodi Og' zaki bayon, hamkorlikda ishlash, ko' rgazmali, tahlil, qiyoslash, umumlashtirish, dalillash, o'z-o'zini nazorat qilish metodlari.

Mustaqil ishlash metodi Og' zaki bayon, ko' rgazmali, hamkorlikda ishlash, tahlil, qiyoslash, umumlashtirish, o' z-o'zini nazorat qilish metodlari.

Kichik guruhlarda o' qitish metodi Og' zaki bayon, mustaqil ishlash metodi Ko' rgazmali, hamkorlikda ishlash, mantiqiy o' z-o'zini nazorat qilish metodlari.

XULOSA

Talim tizimida olib borilayotgan yangi o'zgarishlar va isloxotlar natijasida dars o'tish jarayoni yanada oson va sodda bo'ladi. Dars davomida sinf o'quvchilarini darsga to'liq jalb etish bilan o'qituvchi o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishadi. O'quvchilar og'zaki savollar amaliy topshiriqlarni mustaqil bajaradilar, bilganlarini boshqa o'quvchilarga yetkaza olish, erkin fikrlashga o'rganadilar va fizika faniga bo'lgan qiziqishlari yanada ortadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli farmoni.

2. Eshchanov B.Kh., Arzikulov Z.K., Using Information Technology in the Teaching of Atomic Physics and maths in Higher Educational Institutions International Journal Of Scientific & Technology Research Volume 9, Issue 02, February 2020. - pp. 6319- 6323. Aviable to: http: //www.ijstr. org/final-print/feb2020/Using-Information-Technology-In-The-Teaching-Of-Atomic-Physics and maths-In-Higher-Educational-Institutions.pdf

3. Isroilov, A. A. (2021). FIZIKA FANIDAN MUSTAQIL TA'LIM OLISHDA ELEKTIRON DASTURIY TANIMOTLARNING O'RNI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 769-775

4. Isroilov, A. A. (2021). FIZIKA FANIDAN MUSTAQIL TA'LIM OLISHDA WEB-SAHIFALARDAN FOYDALANISH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(5), 555-559.

March, 2022

472

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.