Научная статья на тему 'TOMCHILATIB SUG‘ORISH TIZIMIDA HOVUZ TINDIRGICHINING SAMARALI ISHLATISH USULLARI'

TOMCHILATIB SUG‘ORISH TIZIMIDA HOVUZ TINDIRGICHINING SAMARALI ISHLATISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
580
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tomchilatib / shag‘al qum shag‘al / sug‘orish / optimal / suv / filtr / resurs / tindirgich / xovuz / tejamkorlik. / drip / gravel sand gravel / irrigation / optimal / water / filter / resource / sedative / pool / conservation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ishanov, J. X.

Hozirgi kunda, suv tanqisligi tobora ortib borayotgan bir vaqtda, suv resurslarni tejashni davirning o‘zi taqozo qilmoqda. Maqolada tomchilatib sug‘orish tizimi suv tindirgichining suv olish manbasiga, o‘rnatilgan shag‘al qum shag‘al filtr va xovuz (tindirgichning) optimal turini tanlash, suv loyqalgini kamaytirish hamda tindirgichni va filtr tizimini ishlatish davomiyligini oshirish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF EFFICIENT USE OF POOL DRINKER IN DROP IRRIGATION SYSTEM

Today, when water scarcity is increasing, it is time to conserve water resources. In the article, the drip irrigation system depends on the source of the sump water intake, the choice of the optimal type of installed gravel-sand-gravel filter and pool (sump), reducing the turbidity of the water and increasing the duration of the sump and filter use. system.

Текст научной работы на тему «TOMCHILATIB SUG‘ORISH TIZIMIDA HOVUZ TINDIRGICHINING SAMARALI ISHLATISH USULLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

TOMCHILATIB SUG'ORISH TIZIMIDA HOVUZ TINDIRGICHINING SAMARALI ISHLATISH USULLARI

J. X. Ishanov

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti doktoranti

Javlon_Ishanov@mail .ru

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda, suv tanqisligi tobora ortib borayotgan bir vaqtda, suv resurslarni tejashni davirning o 'zi taqozo qilmoqda. Maqolada tomchilatib sug 'orish tizimi suv tindirgichining suv olish manbasiga, o'rnatilgan shag'al qum shag'al filtr va xovuz (tindirgichning) optimal turini tanlash, suv loyqalgini kamaytirish hamda tindirgichni va filtr tizimini ishlatish davomiyligini oshirish.

Kalit so 'zlari: tomchilatib, shag 'al qum shag 'al, sug 'orish, optimal, suv, filtr, resurs, tindirgich, xovuz, tejamkorlik.

ABSTRACT

Today, when water scarcity is increasing, it is time to conserve water resources. In the article, the drip irrigation system depends on the source of the sump water intake, the choice of the optimal type of installed gravel-sand-gravel filter and pool (sump), reducing the turbidity of the water and increasing the duration of the sump and filter use. system.

Keywords: drip, gravel sand gravel, irrigation, optimal, water, filter, resource, sedative, pool, conservation.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasining sug'oriladigan yer maydoni 4,0 million 300 gektarni tashkil qiladi. Mamlaktimiz sub-arid mintaqa bo'lganligi sababli, qishloq xo'jalik maxsulotlarini sug'ormasdan turib yuuqori hosil olish mumkin emas. Shu sababli undan oqilona foydalanish, sohaga innovasion texnologiyalarni keng tatbiq etish ayni zaruratdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabrdagi "Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan texnaologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 4919-sonli qarori qabul qilingan.

ADABYOTLAR TAHLILI VA METODOLGIYA

Keng qo'llanilayotgan egatlab sug'orishda o'simlikka keragidan ortiq suv beriladi va dala bo'ylab sug'orishga berilgan suv bir tekisda taqsimlanmaydi. Xamda

sug'orish davomiy olib borilmasligi oqibatida o'simlik chanqab stress holatiga

206

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

tushadi va o'z quvvatini ko'proq o'simlik o'zni saqlab qolishga sarflaydi. Egatlab sug'orishda o'simlik uchun berilgan mineral o'g'itlarning malum bir qismi suvga qo'shilib oqib chiqib ketadi va yerga singib begona o'tlarning rivojlanishiga olib keladi. Suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik O'zbekistonda sug'orima dehqonchilik orqali yetishtradigan mahsulotlarrning barqaror rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan bosh sabablardan biridir.

Bozor iktisodiyotiga o'tish jarayoni mamlakatimiz qishloq xo'jaligida suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, ekinlardan yuqori xosil yetishtirish maqsadida tuproq unumdorligini saqlash va orttirib borish, dexqonchilik madaniyatini yanada yuksaltirish uchun istiqbolli tomchilatib sug'orish usullarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda keng joriy etishni taqozo etmoqda[2].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tomchilatib sug'orish tizimini asosiy elementlaridan biri bo'lgan hovuz (tindirgich).

Hovuz-tindirgich- oqar suv tarkibidagi loyqa oqiziqlarni ushlab qolish (suvni tindirish) hamda sug'orish uchun zarur bo'ladigan suv zaxirasini saqlash uchun mo'ljalangan inshoot. Bu inshootga irrigatsiya tarmog'i ya'ni kanallardan suvni oladi va suvdagi loyqa tindiriladi, tindirilgan suvni nasos qurulmasi orqali tomchilatib sug'orish filtir qurilmasiga yuboradi [3].

Amudaryo yuqori qismi Tojikiston va O'zbekistonning Avg'oniston bilan chegarasida oqadi, uzunligi 2540 km havzaninig maydoni qariyb 465 ming km2, shundan 227,3 ming km2 suv to'playdigan tog'li qismiga to'g'ri keladi, Amudaryo Afg'onistonda Hindukush tog'larining shimoliy yonbag'ridan 4950 m baladlikdagi muzlikdan boshlanadi. Amudaryoning asosiy suv rejimi uning yuqori, tog'li qismida shakllanadi. Bu joyda Amudaryo tor, ba'zan chuqur va nishabi katta o'zanda oqadi. O'zan o'rta hisobda har bir km ga 4 m dan (ayrim joylarda esa 10 m dan ham ko'p) pasayib boradi. Shu tufayli daryo juda tez oqadi, oqimning tezligi 4—6 m3/s.Amudaryo daryosidan suv olib qishloq xo'jaligi extiyojlari uchun ishlatadigan viloyatlar Surxnadaryo, Qashqadaryo, Buxaro, Xorazim va Qoraqolpog'iston Respublikasi xisoblanadi. Malumki, Amudaryo daryosining suv loyqa suv xisoblanib, bu daryodan suv oladigan kanalarning loyqaligi juda yuqori bo'lganligi uchun kanl lar tez loyqa o'tiradi, shuning uchun fermerlarimiz tomchilatib sug'orish tizimini qo'lashga juda ko'p muammolarga duch kelishgan va keshmoqda.

Yuqoridagilarni inobotga olib suv olish manbasidan, tindirgichga kelayotgan suvning tarkibidagi loyqalar ekin maydonini sug'orish mavsumida tindirgichni m'alum bir xajmini to'ldiradi, loyqalarni tindirgichga kelayotgan hajmini kamaytirish

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

maqsadida suv olish manbasining bosh qisimida suv loyqasini kamaytrish uchun, suv olish manbasning ya'niy kanal yoki ariqning bosh qismida shag'al qum shag'al filtiri urnatib xamda o'rnatilgan filtirga ariq yoki kanaldan oqib kelayotgan suvning tezligi suvni tozalanish jarayonida sekinlashadi va natijada suv olish manbasi loyqaga to'la boshlaydi, loyqani butun suv olish manbasiga cho'ktirmasdan shag'al qum shag'al filtirning ol'd qismida suv olish manbaiga moslashtirib xovuz (tindirgich) qlinib suv olish manbaida to'planayotgan loyqa shu xovuzga to'planadi. Shag'al qum shag' filtiri va filtirning ol'd qismiga hovuz (tindirgich) o'rnatiladigan bo'lsa, suvning loyqasini asosiy qismini to'sib qolish imkonini yaratadi va suv olish manbasidan kelayotgan loyqaning asosiy qismi to'sib qolinidai xamda tindirgichga loyqa to'planish kamayadi.Amudaryo daryosidan suv olayotgan yuqoridgi viloyatlar va Qoraqalpog'iston Respulikasida amalyotd ko'rdiki, loyqa suvning loyqalik darajasini kamaytrish maqsadida ikkita xovuz (tindirgich) kavlanmoqda. Bu tindirgilarning vazifasi shundan iboratki, brinchi xovuz (tindirgich) manbadan oqib kelayotgan loyqa suvning loyqalik darajasini tindirib ikkinchi xovuz (tindirgich) ga o'tkazadi bu xovuzda xam birinchi xovuzda to'liq tinmagan loyqalar ikkinchi xovuzda tindiriladi va tomchilatib sug'orish filtiriga nasos qurulmasi orqali so'rib olinib qumli filtrga uzatadi. Yuqoridagi shag'al qum shag'al filtrini suv olish manbaining bosh qismida o'rnatadigan bo'lsak, tomchilatib sug'orish texnologiyasi uchun loyqa suvning loyqasni tindirish maqsadida ikkita tindirgich qurilayotgan bo'lsa shag'al qum shag'al filtiri o'rnatilgandan so'ning bitta xovuz qurush imkoniyati yaratilishmumkin.Xovuz (tindirgich)ni 4 hil turi mavjud bo'lib bula quydagicha:

1. beton yoki temir- biton qoplamali ko'rsatkichi 0,08

2. geomembran qoplamali (qalinligi >1mm) ko'rsatkichi 0,05

3. bir mavsumli plyonka bilan qoplangan ko'rsatkichi 0,02

4. qoplamasiz ko'rsatkichi 0,01 [3]. Natijada o'rnatilayotgan tomchilatib

sug'orish texnologiyasi xovuz

(tindirgich)vigitatsiya davri tugagandan keyin qo'l kuchi yordamida tozalab tundirgichni foydalanish muddatni uzaytrish imkonini beradi. Hamdaloyqa kamaygandan so'ng, tomchilatib sug'orish tizimini nasos qurulmasining chiqish qisimi bilan magistral quvur orasida joylashgan filtor qurilmasi ishlash muddati uzaytiriladi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, shag'al qum shag'al konstruksiyamizni o'rnatgandan so'ng, bitta hovuz kavlash imkoniyatti yaratilsa ikkinchi xovuzga sarflanayotgan xarajatlar tejaladi. Agar hovuz (tindirgich) sonin kamaytirolmagan taqdirda ham, hovuz (tindirgich)ga kelayotgan loyqa kamaytrish imokinin beradi xamda ekispoltatsiya davrida hovuzni xajmi saqlab qolish imkoniyati yaratiladi.

LUara/i nyM ujct ra/i cpu/TbmpuHUHZ ta i^opuâaH KypUHUUJU.

LUara/j k, y m lu a ra/i <pu/Tt*mpuHUHS öQü/iciMci KypUHUUJU.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabrdagi "Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 4919-sonli qarori.

2. Mirziyoyev Sh.M raisligida 16 sentabr kuni suv xo'jaligida tejamkor texnalogiyalarni joriy etish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarni amalga oshrish chora-tadbirlari to'g'risida. Yangi O'zbekiston gazeta № 178 (178), 2020 y 17 sentabr.

3. Mamatov S.A. Tomchilatib sug'orish tizimi; Toshkent-2012 yil

4. Raximov Sh.J., Qarshiev R.J. Suv Xo'jaligida tejamkor sug'orish texnalogiyalarni joriy qilish. Toshkent- 2021 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.