Научная статья на тему 'TOG’ KULTI TUSHUNCHASINING ORONIMIYADA VOQELANISHI'

TOG’ KULTI TUSHUNCHASINING ORONIMIYADA VOQELANISHI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oronim / oronimiya / orografik obyekt / togʻ / kulti / ilohiylik / sig’inish / balandlik / choʻqqi / tepa.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Begimov Odil Toʻxtamishovich

Insonlar qadim zamonlardan togʻlarni muqaddas, ilohiy kuch-qudratga ega deb tushunishgan va ularga sigʻinib kelganlar. Bu hodisa orografik obyektlarni nomlanishida ham oʻz aksini topgan. Maqolada tog’ kulti tushunchasi atroflicha yoritilgan va uning orografik obyektlarning nomlanishida motivlanishi Janubiy Oʻzbekiston materiallari asosida tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOG’ KULTI TUSHUNCHASINING ORONIMIYADA VOQELANISHI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

TOG' KULTI TUSHUNCHASINING ORONIMIYADA VOQELANISHI Begimov Odil To'xtamishovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.10819992

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 05th March 2024 Accepted: 14th March 2024 Online: 15th March 2024

KEYWORDS Oronim, oronimiya, orografik obyekt, tog', kulti, ilohiylik, sig'inish, balandlik, cho'qqi, tepa.

Insonlar qadim zamonlardan tog'larni muqaddas, ilohiy kuch-qudratga ega deb tushunishgan va ularga sig'inib kelganlar. Bu hodisa orografik obyektlarni nomlanishida ham o'z aksini topgan. Maqolada tog' kulti tushunchasi atroflicha yoritilgan va uning orografik obyektlarning nomlanishida motivlanishi Janubiy O'zbekiston materiallari asosida tadqiq etilgan.

KIRISH

Tarixiy moddiy va yozma manbalardan ma'lumki, insonlar qadim zamonlardan, ya'ni diniy tasavvurlar paydo bo'lgan davrlardan boshlab, tog'larni ham muqaddas, ilohiy kuch-qudratga ega deb tushunishgan va ularga sig'inib kelganlar. Bu hodisa, tog'li hududlarda yashagan xalqlarda, ayniqsa, keng tarqalgan. Shu sababli tog'larni ilohiylashtirish, ya'ni tog' kulbti oronimlarda ham o'z aksini topgan.

Qadimgi yozma manbalarda tog' ruhiga sig'inish haqidagi ma'lumotlarni uchratish mumkin. Ularda aytilishicha, dehqonchilik va ko'chmanchi-chorvachilik bilan shug'ullangan xalqlar tomonidan turli marosimlar Tangriga yaqin bo'lish uchun yer yuzasidan baland bo'lgan joylarda o'tkazilgan. Tog'li xalqlar og'zaki ijodida tog', bir tomondan, xudo yoki ezgulik farishtalarining makoni sifatida tasvirlansa, ikkinchi tomondan, yovuz ruhlar bilan bog'liq joy sifatida tasvirlangan.

Rus xalq kosmogoniyasida Xorus - bu osmonni, yerni va "narigi dunyoni" bog'laydigan farishta. Bir afsonaga ko'ra, Xudo va shayton suyuqlik shaklida bo'lgan yerni ikki tomondan siqib quritmoqchi bo'lganlarida, tog'lar paydo bo'lganmish. Boshqa afsonaga ko'ra, tog'lar Xudo tomonidan qilingan xato yoki iblisning hiylalari natijasidir; Arxangil Mixailning iblis hukmronlik qilgan joylardagi kurashining natijasi; slavyan xalqlari e'tiqodiga ko'ra, tog'lar Masihning shogirdlari, uning irodasiga zid ravishda, uning ortidan osmonga ko'tarilishga harakat qilganda va jazolashga shaylanganlarida tog'lar pado bo'lib qolgan[4, 520-521].

TADQIQOTNING METODOLOGIK ASOSLARI VA USULLARI

Tadqiqot metodologiyasi tilshunoslikda kuzatilgan tarixiylik va ijtimoiylik tendentsiyaga, ma'lum bir tarixiy jarayondagi barcha hodisalar tarixiy va ijtimoiy shartlar va hodisalardan ajratmasdan talqin qilishga asoslanadi.

Tadqiqotning ilmiy-nazariy bazasini zamonaviy tilshunoslikning onomosologiya sohasida qo'llaniladigan ilmiy fikrlarni tahlil qilish usullari tashkil etadi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Shuningdek,onomastik tadqiqotlarda mavjud umumiylik va xususiylik, mohiyat va hodisa, shakl va mazmun bilan uyg'unlashgan dialektik qonuniyatlarga asoslanadi. Asosiy tadqiqot usuli sifatida materiallarni tasniflash, tavsiflash, tuzilish va shakllanishiga ko'ra tahlil qilish, til faktlarini solishtirishdan foydalanilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Tog' (shuningdek, tepalik, balandlik va boshqalar) - bu yer bilan osmonni bir-biriga bog'laydigan, tog' haqidagi tasavvurlarni ikkilantirib ko'rsatadigan, ya'ni bir tomondan ezgulikni o'zida aks ettiruvchi ilohiy kuchlar, ikkinchi tomondan esa, yovuzlikni o'zida aks ettiruvchi jinlar, iblislar kabi yovuz kuchlar sifatida belgilanadi. Tog'ning osmon bilan aloqasini ifodalovchi tushunchalar lug'atlarda (tog' - "balandlik, yuksaklik", tog' - "koinot, samoviy makon") va ilohiy marosimlarda o'z aksini topadi.

Qadimgi xalqlarda "narigi dunyo" tushunchasi tog' tushunchasi bilan bog'langan (yuksaklikka chiqish - "o'lish"; o'liklar saltanati - bu oltin tog'lar qad rostlagan o'lka; jannat -yuksak tog'larda yoki tog'larning narigi tomonida bo'lgan afsonaviy joy). Aytish mumkinki, bu tushunchalar va tasavvurlar hozir ham uchraydi.

Tog' - yovuz ruhlar yashaydigan joy. Taqirtog' - Jodugarlar suhbati kuni uchun an'anaviy joy. Slavyanlarda maxsus tog' jinlari, tog' hukumdorlarini ifodalovchi tushunchalar nisbatan kam uchraydi. Ularda gornoy - bu g'orlarda yashaydigan nopok ruh (Ural), krasnolyudki - tog' rudalarini qo'riqlaydigan jinslar(Polbsha), zagorkini - tog' farishtalari (Bolgariya)[4,520-521].

Umuman olganda, tog'ning mifologik funktsiyalari xilma-xil. Tog' yer shari qiyofasi taransformatsiyasining eng keng tarqalgan ko'rinishi sifatida namoyon bo'ladi. Tog' ko'pincha dunyo obrazi, koinotning barcha asosiy elementlari va parametrlari aks ettirilgan olam modeli sifatida qabul qilinadi. Tog' dunyoning markazida - uning o'qi o'tadigan joyda joylashgan. Dunyo o'qining yuqoriga qarab (tog' cho'qqisi orqali) davom etishi Shimoliy qutb yulduzining holatini va pastga qarab davom etishi pastki dunyoga, yer osti dunyosiga kirish joyini bildiradi. Tog'ning poydevori "erning kindigiga" to'g'ri keladi. Dunyo (yoki olam) tog'ining surati, ayniqsa, mifologik urf-odatlar rivojlangan joylarda, dunyo daraxtining obrazi, garchi ularning aralash qo'llanishiga ko'plab misollari mavjud bo'lsa-da, biroz kengroq bo'lishi yoki umuman mavjud bo'lmasligi mumkin: Tog'dagi yoki Tog' yaqinidagi, O'rmon yoki Bog' bilan qoplangan tog'. (taqqoslang: barcha Nefrit tog'laridagi xitoy ma'budasi Sivan-muning boqiy bog'i, unda boqiylik timsoli shaftoli daraxti bo'lgan); ko'pincha tog'lar va daraxt (o'rmon) tushunchalari umumiy ildiz so'zlari bilan ifodalanadi (qad. rus. gora - "o'rmon, tog'"; o'rta pruss. garian -"daraxt")[8, 311-315].

Insonlar tasavvurida dunyo tog'i uch pog'onadan iborat bo'lgan. Uning yuqori pog'onasida xudo, tog'ning o'lim saltanati hukum suradigan quyi qismida, ya'ni tog' etagida yovuz ruhlar, yer ustida esa odamzod yashaydi. Kam hollarda miflarda Dunyo tog'ining yuqori va quyi qismlari batafsil tasvirlangan, ayrim hollarda koinot va quyi dunyo tasviri bir-biriga juda yaqin keladi. Dunyo tog'ining nisbatan qadimgi klassik tipi hind mifologiyasi va kosmografiyasida tasvirlangan yuksak Meru tog'i hisoblanadi. U Shimoliy qutb yulduzi ostidagi yerning markazida joylashgan va dunyo okeanlari bilan o'ralgan. Uning uchta - oltin, kumish va temir cho'qqisida Braxma, Vishna va Shiva yoki (boshqa variantiga ko'ra) yaxlit panteon tashkil etuvchi 33 ta xudo yashaydi; quyi qismida - asur podsholigi hukum suradi. Meru atrofini o'rab turgan to'rt tog'ning har birida ulkan daraxt mavjud (ular orasida - ashvatta va pippala dunyo

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

daraxti sifatida tasvirlanadi), bu dunyoning mos tomonlarini bildiradi; Vasuki iloni Meruni o'rab turadi.

Meru timsolida O'rta Osiyo urf-odatlaridagi Dunyo tog'i va bir qator Oltoy xalqlari (Sumer, Sumur, Sumbur va boshqalar) orasida ko'pincha yer sharining o'rtasida joylashgan va osmon bilan yerni bog'lab turuvchi temir ustun (ba'zan temir tog') sifatida tasvirlangan [8, 311-315].

Fanga ma'lum eng qadimgi yozma manba hisoblangan "Avesto"da ham tog' kulbti bilan bog'liq ma'lumotlarni ko'rish mumkin. Jumladan, asarning Yasna 10-hot, 11-bandida keltirilgan tog' nomlari va ularga tegishli ta'riflarda tog'larni ulug'lash va ilohiylashtirish mazmuni singdirilgan: "Shunda bir sinalgan pokiza qush seni chor atrofga - Upoyiriy saina tog'i cho'qqilariga; Starusara tog'i balandliklariga; Kusrupata tog'i etaklariga; Viysh pasa tog'i atrofi va Spiyta guna tog'i yon-bag'riga yoyib yuboradi. ...Senga, ey mardlik sohibi, yaratguvchi Mazdaning o'zi Alburz tog'ida hunar o'rgatdi [1, 54].

Kitobda oronimlar haqida keltirilgan quyidagi izohlarda tog'larning nomlanishida qush nomlari ilohiylik timsoli sifatida naoyon bo'ladi: Upoyiriy saina - ma'nosi "lochin" (shohin) yoxud semurg'dan kuchli. Kitobning 12-bo'lim, 9-bandida aytilishicha, Aparsin Alburzdan keyingi eng ulug' tog' hisoblanadi. Aytish mumkinki, Upoyiriy saina (Aparsin) Hindikush tog'ining Boxtar qismi, ya'ni Bobotog' (Ko'hi Bobo) silsilasidir. Bobotog'ning balandligi besh ming to'rt yuz tuqson metr bo'lib, uning haybatli toshlari va cho'qqilarini hamisha qor qoplagan. "Zamyad yasht" ning 3-bandida Upoyiriy saina tog'idan oldin qo'llanilgan "iyshkata" iborasini tadqiqotchilar "xarsang tosh" deb tarjima qilganlar [1,325].

Kusrupata - ma'nosi "Osti neshab". Yasnaning 10-hot, 11-bandida keltirilishicha, muqaddas havm giyohi o'sadigan tog'lardan biri. "Dormustar" kitobida yozilishicha, Kusrupata G'urband tog'ining silsilasidir [1, 325].

Viysh pisa - ma'nosi hamma yoqda yoxud aylanma, girdogird. Muqaddas havm giyohi o'sadigan tog'larning biri. "Dormustatar" kitobida yozilishicha, bu so'zning ma'nosi "o'tar joy" va Hindikush tog'i halqalaridan biridir [1,325].

Spiyta guna - ma'nosi "oq tusli". Muqaddas havm giyohi o'sadigan tog'lardan biri. "Dormustatar" kitobining guvohlik berishicha, Spiyta guna Hindikush tog'i silsilasidir [1,325]. Shuningdek, asarda Xoro (xudolar maskani bo'lgan muqaddas tog'), Erzifiya (afsonaviy tog'), Hshatrasuqa (afsonaviy tog' dovoni) oronimlarini uchratish mumkin [1,345].

Undan tashqari, kitobda Xara oronimi ham keltirilgan bo'lib, u zamin kurrasini ihota qilgan afsonaviy tog' silsilasi ekanligi izohda ko'rsatilgan. Xar-Barazayti atamasining tarjimasi "Yuksak xara"dir. Keyinchalik bu atama Shimoliy Eron va Qofqoz hududidagi Alfurz tog'lariga nisbat berildi. Yuksak Xara yoxud Xarati haqidagi tushunchalar zamirida ehtimol Pomir-Hindikush tog'lari haqidagi tasavvur yotgandir[1,347].

Shunisi diqqatga sazovorki, asarning Huvarno qasidasi (19-yasht, Zamyad yasht) bevosita tog'lar madhiga bag'ishlangan. Xususan, u quyidagi bag'ishlovlar bilan boshlanadi: "Shod bo'lsin Ahura Mazda... Mazda bunyod aylagan Ushidarno tog'lariga, Mazda bunyod aylagan qavaylik saxovatpesha Huvaroga, Mazda in'om aylagan qo'l yetmas Huvarnoga shodliklar, duo-yu olqishlar, shon-u sharaflar bo'lsin" [1, 215].

Tog'lar haqida keltirilgan ma'lumotlardan bilish mumkinki, o'sha qadim zamonlarda ham insonlar tog'larni ko'rinishi, shakli, balandlik belgilariga ko'ra farqlagan holda, ularni abadiylik ramzi sifatida muqaddas bilganlar va ularga sig'inganlar.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Rus geografik adabiyotlarida Tyanbshan oronimi XVIII asrlarga kelib uchray boshlagan, fakat XIX asr ikkinchi yarmiga kelib, keng tarqalangan. Ichki Osiyoning turkiy aholisi bu tog'ni qadimdan «Olatou» yoki Olatoo va ko'pgina holda Tangritog' - "yuksak tog'" deb atashgan. Uning bosh cho'qqisining nomi Xontangri - «osmon shoxi» bilan qiyoslab ko'raylik. Shuning uchun tan olish lozimki, uning Xitoycha Tyanbshan shakli asli (original) emas, balki turkiy Tangritog' nomining kalbkasi hisoblanadi [7, 37].

Janubiy O'zbekiston oroob'ektlarini nomlanishida ham kulbt tushunchasining motivlanishini kuzatish mumkin. Mahalliy xalqlar tog'larni muqaddas bilib, ularni o'z tillari doirasida "buyuk", "yuksak", "qudratli" kabi tushunchalarni ifodalovchi so'zlar bilan atashgan. Bunday so'zlar tarkibli oronimlarning bir komponenti bo'lib kelib, tog'larni ilohiyligi, muqaddasligiga ishora qiladi.

Kult tushunchasi mavjud bo'lgan oronimlar sirasiga asqar komponentli nomlarni kiritish mumkin. O'zbek adabiy tilida asqar so'zi apelbyativ sifatida qo'llanilmaydi. U faqat kishi ismlari (Asqar, Asqarali, Asqarjon, Asqarboy) va orografik ob'ekt nomlari tarkibida saqlanib qolgan. Xalq nutqida Asqartog'day bo'y bersin; Asqartog'day gerdaymoq; Asqartog'day tilay, qirday (farzand) bersin iboralari bor. Xalq og'zaki ijodining mahsuli bo'lgan «Oysuluv», «Orzigul», «Alpomish», «Balogardon», «Murodxon» kabi dostonlarda Asqar tog' atamasi ko'p takrorlanadi. Shuningdek, xalq dostonlarida tog' aqsasi birikmasi tog' cho'qqisi, tog'ning baland nuqtalari ma'nosida qo'llanganligini ko'rish mumkin. Namanganning Yangiqo'rg'on, Qirg'izistonning Yangiyo'l tumanlari o'zbeklari nutqida tog' asqasi (tog' usti, tog'ning ba-land joyi) birikmasi mavjud. Asqar, asqa tarixan o'zakdosh so'z[6,18].

Asqar umumturkiy tillarga xos bo'lgan so'z bo'lib, qoraqalpoq tilida — balandlik, cho'qqi, yuqori, yuksaklik [3, 54]; qozoq tilida — juda baland tog', o'tib bo'lmas tog', ko'chma ma'noda tayanch, suyanchiq [2, 45]; qirg'iz tilida — o'tib, oshib bo'lmas, yuksak qoyali tog' [9, 74] tushunchalarini anglatadi. Shuningdek, qoraqalpoq, qozoq, qirg'iz tillarida asqar tau, asqar tau, askar too, asqar tash birikmalari mavjud bo'lib, ular juda baland, usti doimo qor bilan qoplanuvchi tog', eng yuksak tog' ma'nosini anglatadi. Mug'ul tilida asga~aska — tosh uyumi, toshni uyib qilingan balandlik [5,145]. O'tmishda bunday tosh uyumlari muqaddas sanalgan. asqa//asqar so'zlari tog' kulbtini o'zida saqlab qol-gan bo'lib, u buyuklik, yuksaklik(ya'ni, Tangriga yaqinlik), abadiylik timsoli tushunchalarini o'zida namoyon etadi.

Asqartog' birikmasidagi asqar so'zining ulkan, yuksak, yuqori, juda baland ma'nolari, o'z navbatida, kishi ismlari va boshqa turdagi joy nomla-riga ham o'tgan. Umuman olganda, hozirgi shakli asqar bo'lgan bu so'z dastlab, yer relbfining balandligi, yuksakligini ifodalovchi orografik xarakterdagi atama bo'lgan. Keyinchalik, u tog', cho'qqi va boshqa turdagi balandliklarni ifodalovchi indikatorlarga qo'shilib, balandlik belgisini kuchaytiruvchi aniqlovchi sifatida qo'llana boshlangan. Xalq og'zaki ijodida uchraydigan Asqar tog' obrazi aniq bir tog' nomi bo'lmay, balki baland, yuksak, muqaddas tog'larning umumlashgan obrazi hisoblanadi. Shuningdek, sharq xalq ertaklarida uchraydigan Ko'hi Qof obrazi haqida ham shunday fikrlarni aytish mumkin. Ko'hi Qof — o'zbek ertak, doston va boshqa xalq og'zaki ijod namunalarida uchraydigan afsonaviy tog' nomi. Rivoyatlarga ko'ra, Ko'hi Qof dunyoning bir chetida bo'lib, unga eng jasoratli pahlavonlar yetib bora olishgan. Ilohiy tasavvurlarga ko'ra, parilar yashaydigan Iram bog'i ham shu yerda. U yerda Semurg' va Anko qushi yashaydi. Go'ro'g'li, Anaz singari xalq qahramonlari Balo tog'idan o'tib, devlarni yengib, Ko'hi Qofga yetib borganlar.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Ertaklarda qahramonlarning jasurligi, botirligi, irodasi va sadoqatini sinash uchun podshoh yoki malika tomonidan Ko'hi Qof tog'iga borish sharti qo'yilgan. Eron mifologiyasiga ko'ra, Ko'hi Qof — Semurg' makoni. Shuningdek, Ko'hi Qof Kavkaz tog'larining ramziy tasavvuri, degan tushuncha ham mavjud. «Gap desang qop-qop, Ish desang Ko'hi Qofdan top» degan o'zbek xalq maqolida Ko'hi Qofning haddan ziyod olisda ekanligiga ishora qilingan. Ko'hi Qof oronimi tuzilishiga ko'ra fors-tojikcha izofali birikma shaklida bo'lib, Qof tog'i ma'nosini beradi. Birikma tarkibida aniqlovchi vazifasida kelgan qof so'zi etimologik jihatdan qadimgi eroniy tillarga tegishli "kaufa"(tog') so'ziga borib taqalib, u fonetik taraqqiyot davomida kauf~kaf~kuf~kuh shaklini olgan. Demak, qof qadimgi eroniy tillarga tegishli kaf~kof so'zining o'zbekchalashtirilgan shakli bo'lib, u orografik ob'ekt(tog')ning buyukligi, yuksakligi bilan bir qatorda ilohiyligini ham ifodalab kelgan.

Shunday qilib, Janubiy O'zbekiston oronimiyasida asqar komponentidan tashkil topgan quyidagi nomlarni uchratish mumkin.

Asqartepa — Yakkabog' tumanidagi tepa. Baland, yuksak, tevarak-atrofidagi balandliklardan ancha yuqori bo'lgan tepa.

Asqarcho'qqi — Yakkabog' tumanidagi cho'qqi. Boshqalariga nisbatan baland bo'lgan cho'qqi.

Asqarshiram — Dehqonobod tumandagi balandlik (Oqbosh). Shu tipdagi boshqa balandliklardan farq qilib, ajralib turuvchi yuksak do'nglik (shiram). Shiram — shevada bir tomoni tik jarlik bo'lib, boshqa tomonlari yassiroq yoki qiyalik bo'lgan cho'ziq balandlik. Bu termin faqat dehqonobodlik tog'liklar nutqida bor [6,19].

Asqarqir — Yakkabog' tumanidagi qir (Qayrag'och). Tevarak-atrofdagi boshqa shu tipdagi balandlik (qir)lardan yuksakligi jihatidai ajralib turadigan qir.

Mazmunida ilohiylashtirish, muqaddaslashtirish tushunchasi singdirilgan oronimlardan yana biri Bobotog' hisoblanadi. Bu Denov, Sho'rchi, Sariosiyo tumanlarining sharqidagi tog' nomi bo'lib, u keyinchalik Sariosiyo(Xufar), Sho'rchi(Oqtumshuq) tumanlariga qarashli qishloq nomlariga o'tgan. Qishloq nomi tog' nomi asosida yuzaga kelgan, ya'ni oronimdan oykonim vujudga kelgan. Bobo — katta, ulkan, buyuk, ulug', muqaddas. Bobotog' — katta, ulug', muqaddas tog'(qiyoslang: Pomir qadimgi turkiy tilda Tangritog' deb nomlangan. Bu tog' kulbti bilan bog'liq [6,36]. Umuman olganda, bobo so'zi o'zbek tilida o'ziga xos qo'llanish xususiyatlariga ega. O'zbek tilining izohli lug'atida bu to'g'rida quyidagi ma'lumotlarni o'qish mumkin: Bobo [f. ota; buva; oqsoqol] 1. Otaning yoki onaning otasi(nabiraga nisbatan). 2. (faqat ko'plik shaklida) O'tmishda yashab o'tgan qarindosh kishilar, ajdodlar. 3. Hurmat yuzasidan qariyalar nomiga qo'shib ishlatiladi(Xoji bobo). 4. Aziz-avliyolar nomiga qo'shib ishlatiladi(Shayx Zayniddin bobo, Zangi bobo). 5. tar. O'tmishda Buxoroning katta dahalarini nazorat qiluvchi bosh mirshab unvoni. 6. folbk. Oqsoqol, otaxon. Kambag'allar Tog'ayni bobo ko'targan edi. U kambag'allarga bosh bo'lib turgan edi. "Rustamxon". 7. Bobo(erkaklar ismi) [10, 291-292].

Bobo so'zi dehqon so'ziga qo'shilib, bobodehqon shaklida ham qo'llaniladi. Bu holda so'z, birinchidan, dehqonchilik kasbining ustasi, mohir, tajribali keksa dehqon tushunchalarini ifodalasa, ikkinchidan, O'rta Osiyo xalqlari orasidagi rivoyatga ko'ra, dehqonchilik homiysi, piri tushunchasini ifodalab keladi[10,292]. Shuningdek, bu so'z tog' so'zi bilan qo'shilib, bobotog'

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

shaklida apellyativ sifatida qadimiy va ulug' tog' ma'nosida qo'llaniladi. Gujum maddasidek qo'llaring qadoq, Biroq bobotog'dek qaddi tik, mardsan. Mirtemir, Asarlar[10,292].

Yakkabog' tumani hududiga qarashli Masxara (cho'qqi) nomida ham tog' kulbti tushunchasining motivlanishish hodisasini kuzatish mumkin. Bu nom tarixiy tuzilishiga ko'ra mas+xara shaklidagi qo'shma so'z. Nom tarkibidagi ikkala so'z ham kelib chiqishiga ko'ra qadimgi eroniy tillarga tegishli lug'aviy birliklar hisoblanadi. Nomning birinchi komponenti bo'lib kelgan mas so'zi "tog', balandlik" ma'nolariga ega.

Fikrimizcha, oronimning ikkinchi komponenti bo'lib kelgan xara so'zi nisbatan qadimiy hisoblanishi ham mumkin. Bu fikrni ma'lum bir jihatdan "Avesto" kitobida keltirilgan Xara oronimi ham tasdiqlaganday bo'ladi. U asarda zamin kurrasini ihota qilgan afsonaviy tog' silsilasi sifatida ko'rsatilgan. Demak, bu nomga asos bo'lgan xara so'zi zamirida "muqaddas tog', tosh" tushunchasi yotadi. Shuningdek, asarda "xar-barazayti" atamasi ham keltirilgan bo'lib, u "yuksak xara" ma'nosida tarjima qilingan[1, 347]. Demak, Masxara - "baland tog', yuksak cho'qqi" ma'nolarini kasb etadi. Bu nom zamirida "yuksaklik, ulug'vorlik" ma'nolari orqali ilohiylik, muqaddaslik tuyg'ulari singdirilgan. XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Janubiy O'zbekiston oroob'ektlarini nomlanishida ham kulbt tushunchasining o'ziga xos tarzda motivlanishini kuzatish mumkin. Mahalliy xalqlar tog'larni muqaddas bilib, ularni o'z tillari doirasida "buyuk", "yuksak", "qudratli" kabi tushunchalarni ifodalovchi so'zlar bilan nomlashgan. Bunday so'zlar tarkibli oronimlarning bir komponenti bo'lib kelib, tog'larning ilohiyligi, muqaddasligiga ishora qiladi.

References:

1. Avesto (Tarixiy-adabiy yodgorlik). Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2001. -B. 184.

2. Kazaxsko russkiy slovarb. Alma-Ata, 1954. -C. 471.

3. Karakalpaksko-russkiy slovarb. M., 1958. -C. 892.

4. Levkievskaya Ye. Ye. Gora. // Slavyanskie drevnosti. T.1. M., 1995, s. 520-521.

5. Mongolbsko-russkiy slovarb. M., 1957. -C. 715.

6. Nafasov T. O'zbekiston toponimiyalarining izohli lug'ati . -T.: O'qituvchi, 1988.-290 b.

7. Nikonov V.A. Zametki po oronimii Kirgizii. - V sb.: Onomastika Sredney Azii. Moskva, 1978. str. 86-105.

8. Toporov V. N. Gora. Mifbi narodov mira. T. 1. M., 1991. -C. 311-315.

9. Yudaxin K.K. Kirgizisko-russkiy slovarb. M., 1965. -S. 973.

10. O'zbek tilining izohli lug'ati. A. Madvaliev tahriri ostida(2006-2008). Ziyouz.com kutubxonasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.