Научная статья на тему 'TO’QIMACHILIK SANOATI OQOVA SUVINING TARKIBINI URGANISH VA TOZALASH USULI'

TO’QIMACHILIK SANOATI OQOVA SUVINING TARKIBINI URGANISH VA TOZALASH USULI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
xom ashyo / yopiq zanjirli tizim / to’qimachilik sanoat / membrana / ultrafiltrasiya / nanofiltrasiya / filtr / mikroorganizm / sirti faol moddalar / organik va mineral (textile industry / membrane / ultrafiltration / nanofiltration / filter / microorganism / surfactants / organic and mineral).

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Buta Oralovich Xushvaktov, Jabbor Ergashyevich Utaganov

NF qurilmalari ishlatilish vaqtida membrana yuzasida ish jarayonida to’plangan cho’kmalar, shuningdek teskari osmosdan kimyoviy yuvish yordamida ketkaziladi. Texnologik rejada, ultrafiltrasiya qurilmalari nanofiltrasiya qurilmalaridan tubdan farq qiladi. Shunday qilib, ultrafiltrasiyali membranalar ishlatilish vaqtida membrana yuzasidan iflosliklarni olib tashlash MF filtrlaridagi kabi teskari oqim bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ba’zi holatlarda MF, UV reaktivlarsiz yetarlicha istiqbollidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TO’QIMACHILIK SANOATI OQOVA SUVINING TARKIBINI URGANISH VA TOZALASH USULI»

TO'QIMACHILIK SANOATI OQOVA SUVINING TARKIBINI URGANISH

VA TOZALASH USULI

Buta Oralovich Xushvaktov

Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand Davlat Arxitektura Qurilish Universiteti katta o'qituvchi b.khushvaktov@samdaqi .edu.uz Jabbor Ergashyevich Utaganov Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o'qituvchisi

Annotasiya: NF qurilmalari ishlatilish vaqtida membrana yuzasida ish jarayonida to'plangan cho'kmalar, shuningdek teskari osmosdan kimyoviy yuvish yordamida ketkaziladi. Texnologik rejada, ultrafiltrasiya qurilmalari nanofiltrasiya qurilmalaridan tubdan farq qiladi. Shunday qilib, ultrafiltrasiyali membranalar ishlatilish vaqtida membrana yuzasidan iflosliklarni olib tashlash MF filtrlaridagi kabi teskari oqim bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ba'zi holatlarda MF, UV reaktivlarsiz yetarlicha istiqbollidir.

Annotation: During the operation of NF installations, sediments accumulated during operation on the membrane surface, as well as during reverse osmosis, are removed using chemical flushes. Technologically, ultrafiltration plants are fundamentally different from nanofiltration plants. Thus, during the operation of ultrafiltration membranes, the removal of impurities from the membrane surface is carried out by reverse current, as in MF filters. Therefore, non-reactive MF, UV is quite promising in some cases.

Kalit so'zlar: xom ashyo, yopiq zanjirli tizim, to'qimachilik sanoat, membrana, ultrafiltrasiya, nanofiltrasiya, filtr, mikroorganizm, sirti faol moddalar, organik va mineral (textile industry, membrane, ultrafiltration, nanofiltration, filter, microorganism, surfactants, organic and mineral).

Sanoat korxonalari ichida eng ko'p suv talab qiladigan korxonalaridan biri bu kimyo sanoatidir. Shunday qilib, masalan kimyo sanoat korxonalari bir tonna ammiak ishlab chiqarishga taxminan 1000 m3, bir tonna sintetik kauchukga esa 2000 m3 suv sarflanadi.

To'qimachilik sanoatida suv iste'moli me'yorlari ishlab chiqariladigan gazlamalarning har bir tonnasi uchun taxminan 150-250 m3 ni tashkil qiladi. Energetika, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati va boshqa shu kabilar ham juda ko'p suv talab qiladigan hisoblanadi. Korxonalarda suv iste'molining o'rtacha ko'rsatkichlari quyidagicha: 80-90 % ishlab chiqarish suv ta'minoti tizimiga yetkazib beriladigan suvning ulushi (texnik sifat) va 10-20 % xo'jalik-ichimlik va yong'inga

qarshi suv ta'minoti tizimlariga yetkazib beriladigan suvning ulushini tashkil qiladi. Shuningdek ayrim sanoat korxonalariga, ishlab chiqarish maqsadlari uchun beriladigan suvlar yumshatilishi talab etiladi. [1, 4, 19]

Sanoat korxonasining suv iste'moli hajmini aniqlash uchun mavjud me'yoriy bazani baholab, shuni ta'kidlash kerakki, u korxonaning turli tarkibli bo'limlari tomonidan texnik suvlarni qayta ishlatish imkoniyatini hisobga olmaydi. Shunga qaramay, suv xo'jaligi tizimlarini ishlatish bo'yicha to'plangan tajriba ushbu muammoni turli xil hal qilish imkoniyatini ko'rsatadi [1].

Shuning uchun barcha turdagi sanoat korxonalarning talablaridan kelib chiqib suvlarni tozalashda hosil bo'lgan cho'kma va shlamlarni qo'llab uning oqova suvlarini tozalashda ishlatish maqsadga muvofiq, chiqindisiz texnologiya va ixcham qurilmalarni qo'llash hamda atrof-muhit ifloslanishining olidini olishda amaliy yordam beradi deb hisoblaymiz [1, 5, 6, 8, 9, 10].

Tashlanadigan suvlarning tozalash inshootlarini loyihalashda sanoat oqova suvlarining tarkibi va xossalarini hisobga olish kerak. Ishlov beriladigan sanoat oqova suvlarini quyidagi guruhlariga ajratish mumkin:

Ifloslaydigan moddalarning xossasi bo'yicha - asosan mineral aralashmalar bilan ifloslangan (mineral o'g'itlar, kislotalar, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish zavodlari, mashinasozlik korxonalari va boshqalar); asosan organik aralashmalar bilan ifloslanish (plastmassa, kauchuk, kimyo ishlab chiqarish korxonalari, mikrobiologiya sanoati va boshqalar); mineral va organik aralashmalar bilan ifloslanish (neft-kimyo, to'qimachilik sanoati korxonalari, organik sintez mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodlari) [1, 10, 22].

Ifloslaydigan moddalar ulushi bo'yicha - ulushi 1-5 mg/l; ulushi 500-5000 mg/l; 5000-30000 mg/l; ulushi 30000 mg/l dan yuqori.

Agressivlik darajasi bo'yicha - kuchsiz agressivli (kuchsiz kislotali rN=6-6,5 va kuchsish ishqorli rN=8-9); kuchli agressivli (kuchli kislotali rN<6 va kuchli ishqorli rN>9); agressiv bo'lmagan (rN=6,5-8) [1, 14].

Odatda, sanoat oqova suvlari birikmasining tarkibi (va mahalliy texnologik oqimlar) juda murakkab. Kengaytirilgan baholashga ko'ra, ko'pchilik sanoat korxonalarining o'ziga xos ifloslantiruvchi moddalariga quyidagilarni kiritish mumkin: og'ir metall birikmalari (xrom, mis, nikel, temir va boshqalar); kanserogen moddalar (vinilxlorid, benzidin, naftilamin va boshqalar.); fenollar (fenolli birikmalar, anilin izomerlari va boshqalar); sirti faol moddalar (anion-faolli, kation faolli, neionogenli); neft mahsulotlari (mineral moylovchi moylar, yoqilg'i tarkibi va boshqalar); kislotalar (mineralli - sulfat, azotli, xlorid, organikli - uksusli, sutli va boshqalar); ishqorlar (o'yuvchi natriy va kaliy, soda, ammiak va boshqalar); oksidlovchi (vodorod peroksid, faol xlor, xrompik va boshqalar); qaytaruvchi

(bisulfat va sulfid natriy, temir birikmalari va boshqalar); organik erituvchilar (spirtlar, efirlar, aseton va boshqalar) [1, 22].

Muayyan ifloslantiruvchi moddalar orasida bir guruh mezonlar mavjud. Mezonlar shkalasiga ko'ra [1], og'ir metall ionlari inson organizmiga ta'siri bo'yicha birinchi o'rinni egallaydi, atrof-muhitning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, kimyoviy o'g'itlar, radioaktiv chiqindilar va shovqin ta'siri kabi omillarni ancha ortda qoldiradi.

Sanoat korxonalarining samarasiz ishlov berilgan texnologik oqova suvlari natijasida tabiiy suvning sifati uni organoleptik xossalarining o'zgarishi, tirik organizmlar uchun o'tkir va surunkali toksiklikning namoyon bo'lishi, o'z-o'zini tozalash jarayonlarining buzilishi va suv havzalarining sanitariya holatining yomonlashishi ko'zatiladi [1].

Suvli texnologik oqimlarning ifloslanish darajasini baholashda va ulardagi zararli moddalarning ruxsat etilgan ulushini asoslashda, turli maqsadlar uchun ishlatiladigan suv sifatiga mos keladigan o'ziga xos va mezonli tarkibiy qismlarining ta'sirini hisobga olish kerak.

Oxirgi yillarda to'qimachilik sanoat korxonalarining oqova suvini tozalashning membranali usullari, sanoatni texnologik jarayonlarida mustahkam o'rinni egallaydi. Oxirgi yillarda membrana texnologiyasining ahamiyati, birinchi navbatda, sanoat va ekologiyani ajratib turadigan texnologik uslub sifatida hammasidan ko'proq keskin oshdi.

Bunday texnologik jarayonlar orasida birinchilaridan biri, agar birinchi bo'lmasa ham, modda va materiallarni qayta ishlov berishda membrana va uning birlashgan jarayonlari bo'ladi. Membrana texnologiyasi raqobatchilar bo'lmagan joylar ham mavjud. Ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish va yangi suv iste'molini kamaytirishning istiqbolli yo'nalishiga, texnologik maqsadlar va qo'shimcha ishlab chiqarishlar uchun oqova suvlarni qayta ishlatish va tozalash kiradi [1, 2, 4].

Natijada, ularni ishlab chiqarishda qayta ishlatish maqsadida, oqova suvlarni mahalliy tozalash inshootlarida tozalash, biologik tozalash, ixcham qurilmalarda tozalash hamda koagulyantlarni qo'llab tozalashga nisbatan sanitar me'yorlar talablariga mos bo'lguncha ularni to'liq tozalash ko'pincha arzonga tushadi [1, 2, 3, 7, 9, 10, 12, 13, 14, 15, 16, 18, 22].

Membranali texnologiya va texnik jarayonlarini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardir: mashinasozlik, avtomobilsozlik, sellyuloza-qog'oz, yengil va oziq-ovqat sanoati, kommunal xizmatlar va xalq xo'jaligining boshqa sohalaridan qimmatbaho birikmalarni ajratishda oqova suvlarni tozalashning membranali jarayonlari; organik chiqindilarni qayta ishlov berish jarayonida biogazni tanlab chiqarish, neftni qayta ishlov berishda chiqadigan gazlarni, tabiiy gaz va gaz kondensatidan qimmatbaho neft mahsulotlarini olishning ekologik xavfsiz va

resurslarni tejash jarayonlari; ikkilamchi oziq-ovqat xom ashyosini sut, pishloq va tvorag zaráobidan, makkajo'xori va kartoshka kraxmalidan, soya va boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan qimmatbaho birikmalarni ajratishda qayta ishlash, oziq-ovqat moylaridan fosfolipid va metallarni tozalash; elektrokimyoviy generatorlar uchun kation o'tkazuvchi polimeг membгanalaгi; ixcham yuqoгi sezgiг boshqarish tizimi va qurilmalari uchun membranali sensorlar va biosensorlari; suvlarni bakteriologik nazorat qilish uchun membranali jarayonlar, qon zardobini tahlil qilish, plazmaferez va qonni kisloгod bilan ta'minlash uchun asboblaг; tuгli xil vositalaráan kimyoviy mahsulotlarni ajratib olish va ulushlash uchun suyuq membranalar yordamida tanlangan massani uzatish jarayonlari (membranali ekstraksiya, pertraksiya, kuryerli mexanizm); membrana katolizatorlarini va membrana katalitik reaktorlarini ishlab chiqarishning ilmiy asoslari, birikmalarni ajratish va ulushlash uchun membrana tizimlarining o'tkazuvchanligi va nuqsonliligini o^ganish usullaгi [1, 3, 7, 12, 13, 14, 1З, 16, 18].

Atmosferaga oqova suv va chiqindilarni tashlamasdan minimal energiya sarfi bilan mahsulot ishlab chiqarish uchun chiqindisiz jarayonlar uchun membrana reaktorlari; har xil tabiatli funksional guruhlarga (aromatli poliamidoimidlar, poligeteгoaгilenlaг va boshqalaг) ega bo'lgan ternik va kimyoviy chidamli membгana hosil qiluvchi polimerlarning ilmiy asoslangan yangi sinflarini olish; mikro, ultra va nanofiltrasiya, pervaporpsiya va gazni ajratish uchun sopol va tuzilishi yuqori haroratga chidamli, kimyoviy chidamli va tanlangan yuqori membranalarni yo'nalishli loyihalash tamoyillaгi; asfalt-mumli dispersiyadan iborat ishlatilgan motor moylaгini ajratishda barnembranali jaгayonlaгni qo'llash [1, 3, 7, 12, 13, 14, 15, 16, 18].

Membranani ajratish jarayonlarida ishlatiladigan yaгim o'tkazuvchan membranalarga quyiladigan asosiy talablar quyidagichadir: yuqori ajratish qobiliyati (tanlash); yuqoгi solishtiгma unumdoriik (o'tkazuvchanlik); bo'linadigan tizimlaming muhit ta'siriga kimyoviy chidamligi; ishlash vaqtida tavsiflaming o'zgaгmasligi; membгanalarni o'matish, tashish va saqlash holatlariga mos keladigan yetariicha mexanik mustahkamligi; tannarxi pastligi.

Shu bilan birga, membrana usulining kamchiliklari mavjud, ajratishning ishchi yuzasi yaqinida bo'linadigan mahsulotlarni to'planishidir Ushbu hodisa ulushli polyarizasiya deb ataladi, bu ajratilgan birikmalarning chegara qatlamiga kirib borishini, o'tkazuvchanligini va tanlanuvchanligini kamaytiradi, shuningdek membranalarning ishlash muddatini qisqartiradi.

To'qimachilik sanoat koгxonalaгining oqova suvlaridagi eгigan va muallaq modda^ miqdoгini ko'pligi muammodiг.

Oqova suvlarni tozalashdagi xarajatlarning oshishi korxonalarda ularni qayta ishlashning ilg'oг texnologiyalaгini joriy etishga alohida e'tiboг beгishga qaratiladi.

lI

Organik moddalar yoki tuzlarni o'z ichiga olgan oqova suvlar bilan ishlashda baromembran usullaridan foydalanish tavsiya etiladi [1, 2, 11, 17, 20, 21].

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Осадчий, Ю.П. Ультрафильтрация отработанных трансмиссионных масел текстильного оборудования // Ю.П.Осадчий, В.А.Масленников, А.В.Маркелов / Технология текстильной промышленности. Иваново. 2013. №5. - С.126-129.

2. Jo'rayev, O., Xushvaktov, B., & Norullayev, A. (2024). TO'QIMACHILIK KORXONASI OQOVA SUVINI TOZALASHDA MEMBRANALARNI QO'LLASH. Interpretation and researches, (8 (30)).

3. Oralovich, B., & Namazovich, M. (2023). XROM (III) DAN IBORAT SANOAT OQOVA SUVLARINI TOZALASH. " Science Shine" International scientific journal, 7(1).

4. Xushvaqtov, B. O. (2023). YER OSTI QATTIQ SUVLARINI YUMSHATISH USULLARINING TAHLILI. GOLDEN BRAIN, 1 (2), 334-337.

5. Xushvaqtov, B. O. (2023). OQOVA SUVLARNI TOZALASHDA HOSIL BO 'LADIGAN CHO'KMALARGA ISHLOV BERISH. Innovative Development in Educational Activities, 2 (4), 24-27.

6. Sabirova, D., & Xushvaktov, B. (2024). SANOAT CHIQINDILARIDAN QAYTA FOYDALANISH USULLARI TAHLILI. Interpretation and researches, 2(5 (27)).

7. Xushvaktov, B., Mirzayev, M., & Zokirov, M. R. (2023). FLOKULYANTLARNI QO'LLAB CHINNI ISHLAB CHIQARISH KORXONASINING OQOVA SUVLARINI TOZALASH. Interpretation and researches, 1(18).

8. Xushvaktov, B. O., Mirzayev, M. N., G'ofurov, N. A., & Mirzabekova, U. A. (2023). SANOAT OQOVA SUVLARINI SHLAMLAR YORDAMIDA TOZALASH. Innovative Development in Educational Activities, 2(18), 202-206.

9. Xushvaktov, B. O. (2023). YAKKA TARTIBDA JOYLASHGAN KICHIK AHOLI HUDUDINING OQOVA SUVINI TOZALASH. Innovative Development in Educational Activities, 2(24), 396-400.

10. Mirzayev, M. N., & Xushvaktov, B. O. (2024). BIOLOGIK TOZALASHDA IXCHAM QURILMANI QO'LLAB SHAHAR OQOVA SUVINI TOZALASH. Innovative Development in Educational Activities, 3(2), 157-161.

11. Jo'rayev, O. J., Xushvaktov, B. O., & Norullayev, A. (2024). TO'QIMACHILIK SANOATI OQOVA SUVLARINI TOZALASH USULLARI TAHLILI. Interpretation and researches.

12. Oralovich, B., & Zokirov, M. R. (2023). KOAGULYANT VA FLOKULYANTLARDAN FOYDALANIB CHINNI ZAVODI OQOVA SUVLARINI TOZALASH. Interpretation and researches, 7(17).

13. Xushvaqtov, B., Mirzayev, M., & Asadullayev, F. (2023). SANOAT KORXONASI OQOVA SUVLARINI XROM (III) DAN TOZALASH. Interpretation and researches, 1(8).

14. Xushvaktov, B. O., & G'ofurov, N. A. (2023). SANOAT OQOVA SUVLARINI XROM (III) DAN TOZALASHDA pH MUHITINING TA'SIRI. Innovative Development in Educational Activities, 2(15), 86-90.

15. СУЮНОВ, Ж., & ХУШВАКТОВ, Б. (2020). Сут Заводининг Окова Сувларини Коагулянтлар Ёрдамида Тозалаш. ECLSS Online 2020b, 157.

16. Boboyeva, G. S., & Xushvaktov, B. O. (2024). SUT VA SUT MAHSULOTLARIGA ISHLOV BERISH KORXONASI OQOVA SUVINI TOZALASH. Innovative Development in Educational Activities, 3(3), 36-41.

17. Axmedova, F., Xushvaktov, B., & Mirzabekova, U. (2024). TO'QIMACHILIK SANOATI SUV ISTE'MOLINING YOPIQ ZANJIRLI TIZIMI. Interpretation and researches, (9 (31)).

18. Xushvaktov, B. (2023). AVTO PARK OQOVA SUVLARINI FLOKULYANTLAR YORDAMIDA TOZALASH. Interpretation and researches, 1(16).

19. Mirzayev, M., Xushvaktov, B., & Mirzabekova, U. (2024). YER OSTI QATTIQ SUVL ARIGA IXCHAM QURILMA YORDAMIDA ISHLOV BERISH. Interpretation and researches.

20. Boboyeva, G., & Xushvaktov, B. (2024). TO'QIMACHILIK KORXONASI OQOVA SUVINI TOZALASHDA MEMBRANA TURINI TANLASH. " Science Shine" International scientific journal.

21. Xushvaktov, B. O., Fayziyev, B. R., & G'Ofurov, N. A. (2024). MEMBRANALARNI QO'LLAB ISHLAB CHIQARISH OQOVA SUVINI TOZALASH. Interpretation and researches, 2(14), 49-55.

22. Xushvaktov, B. O., Fayziyev, B. R., G'Ofurov, N. A., & Tursumurotovich, N. F. (2024). SANOAT OQOVA SUVLARINI OG'IR METALLARDAN TOZALASH. Interpretation and researches, 2(15), 94-101.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.