Научная статья на тему 'Tilshunoslikda nutqning nervolingivistik tahlili'

Tilshunoslikda nutqning nervolingivistik tahlili Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
98
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nevrologiya / nevrolingivistika / psixolingvistika / nutq agnoziyasi va apraksiya / dizartriya / aleksiya va agrafiya / tilshunoslik / neyroanatomiya / nevrologiya / neyropsixologiya / falsafa / psixologiya / psixiatriya va nutq terapiyasi. / neurology / neurolinguistics / psycholinguistics / agnosia and apraxia of speech / dysarthria / alexia and agraphia / linguistics / neuroanatomy / neurology / neuropsychology / philosophy / psychology / psychiatry and speech therapy

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulchexraxon Azimova

Jahonda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlardan ko‘rishimiz mumkinki, tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo‘limi bilan uzviy aloqada bo‘lib samarali natijalarga erishib kelmoqda. So’nggi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining oralig’ida neyrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmog’i vujudga keldi. Nutqiy axborot jarayoni, ya’ni kishilarning o‘zaro nutq yordamida bir-biriga axborot berish va bir-biridan axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o‘rganish obyekti sanaladi. Xususan, bu jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari tomonidan keng o‘rganilgan. Tilshunoslik kishilarning asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til va uning bevosita aloqa-aralashuv jarayonida voqelanuvchi nutqni ajratgan holda, ichki tuzilish, tuzilish birliklari, bu tuzilish birliklarining nutqiy jarayonda turli-tuman voqelanishi, «ichki tuzilish»dan «tashqi tuzilish»ga o‘tishning asosiy bosqichlari va yuqoridagi ikki tuzilishning o‘zaro munosabatlari kabi qator masalalarni atroflicha o‘rgandi va bugungi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Neurolinguistic analysis of speech in linguistics

From scientific research carried out in the world, we see that linguistics is in close contact with the neurological department of medicine and achieves effective results. Recently, a new field of science has emerged between psychology, neurology and linguistics, called neurolinguistics. The speech information process, that is, the process of transmitting information to each other and receiving information from each other through mutual speech, is considered the object of study of a number of sciences. In particular, this process is widely studied by the sciences of linguistics and psychology. Linguistics separates the language, which is the main means of communication between people, and the speech that arises in the process of direct communication-interaction, the internal structure, structural units, various occurrences of these structural units in the speech process, the transition from "internal structure" to "external structure" A number of issues have been studied , such as the main stages and the relationship of the two above structures, and this is considered one of the topical issues today

Текст научной работы на тему «Tilshunoslikda nutqning nervolingivistik tahlili»

M

Gulchexraxon Azimova 1

1 TILSHUNOSLIKDA НЕЙРОЛИНГВИ- NEUROLINGUISTIC

| NUTQNING СТИЧЕСКИЙ ANALYSIS

NERVOLINGIVISTIK АНАЛИЗ РЕЧИ В OF SPEECH IN

TAHLILI ЛИНГВИСТИКЕ LINGUISTICS

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Annotatsiya

Jahonda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlardan ko'rishimiz mumkinki, tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo'limi bilan uzviy aloqada bo'lib samarali natijalarga erishib kelmoqda. So'nggi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining oralig'ida neyrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmog'i vujudga keldi. Nutqiy axborot jarayoni, ya'ni kishilarning o'zaro nutq yordamida bir-biriga axborot berish va bir-biridan axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o'rganish obyekti sanaladi. Xususan, bu jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari tomonidan keng o'rganilgan. Tilshunoslik kishilarning asosiy aloqa vositasi bo'lgan til va uning bevosita aloqa-aralashuv jarayonida voqelanuvchi nutqni ajratgan holda, ichki tuzilish, tuzilish birliklari, bu tuzilish birliklarining nutqiy jarayonda turli-tuman voqelanishi, «ichki tuzilish»dan «tashqi tuzilish»ga o'tishning asosiy bosqichlari va yuqoridagi ikki tuzilishning o'zaro munosabatlari kabi qator masalalarni atroflicha o'rgandi va bugungi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Abstract

From scientific research carried out in the world, we see that linguistics is in close contact with the neurological department of medicine and achieves effective results. Recently, a new field of science has emerged between psychology, neurology and linguistics, called neurolinguistics. The speech information process, that is, the process of transmitting information to each other and receiving information from each other through mutual speech, is considered the object of study of a number of sciences. In particular, this process is widely studied by the sciences of linguistics and psychology. Linguistics separates the language, which is the main means of communication between people, and the speech that arises in the process of direct communication-interaction, the internal structure, structural units, various occurrences of these structural units in the speech process, the transition from "internal structure" to "external structure" A number of issues have been studied , such as the main stages and the relationship of the two above structures, and this is considered one of the topical issues today.

И

Annotation

Лз научных исследовании, проводимых в мире, мы видим, что лингвистика находится в тесном контакте с неврологическим отделением медицины и достигает эффективных результатов. В последнее время между психологией, неврологией и лингвистикой возникла новая область науки, называемая нейролингвистикой. Речевой информационный процесс, то есть процесс передачи информации друг другу и получения информации друг от друга посредством взаимной речи, считается объектом изучения ряда наук. В частности, этот процесс широко изучается науками языкознания и психологии. Языкознание разделяет язык, являющийся основным средством общения людей, и речь, возникающую в процессе непосредственного общения-взаимодействия, внутреннюю структуру, структурные единицы, различные вхождения этих структурных единиц в речевой процесс, переход от «внутренней структуры» на «внешнюю структуру» изучен ряд вопросов, таких как основные этапы и взаимоотношения двух вышеуказанных структур, и это считается одним из актуальных вопросов на сегодняшний день.

nevrologiya, nevrolingivistika, psixolingvistika, nutq agnoziyasi va apraksiya, dizartriya, aleksiya va agrafiya, tilshunoslik, neyroanatomiya, nevrologiya, neyropsixologiya, falsafa, psixologiya, psixiatriya va nutq terapiyasi.

neurology, neurolinguistics, psycholinguistics, agnosia and apraxia of speech, dysarthria, alexia and agraphia, linguistics, neuroanatomy, neurology, neuropsychology, philosophy, psychology, psychiatry and speech therapy.

неврология, нейролингвистика, психолингвистика, агнозия и апраксия речи, дизартрия, алексия и аграфия, лингвистика, нейроанатомия, неврология, нейропсихология, философия, психология, психиатрия и логопедия.

rAlfraganus Universiteti

N;

'eyrolingvistika yuqoridagi holatlarni aniqlash bilan, bemorlarni samarali davolash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Lingvistika va tibbiyotning qo'lga kiritgan yangi-yangi yutuqlari neyrolingvistikaning tekshirish usullarini takomillashtirib boradi. Hozirgi kunda neyrolingvistika psixolingvistika, neyropsixologiya, neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika kabi oraliq fanlar g'oyalari va metodlaridan barakali oziqlanmoqda. Shunday qilib, neyrolingvistika insonning olamni belgilashtirish tabiatini kompleks ravishda o'rganishning bir tarmog'i sifatida rivojlanib bormoqda.

Shu kunga qadar nutqning neyrolingvistik tahliliga bag'ishlangan ilk tadqiqotlar mavjud bo'lsa ham, lekin uning hali ochilmagan qirralari ko'p. Bu esa tanlangan mavzuning hozirgi o'zbek tilshunosligi uchun naqadar dolzarb ekanligini ko'rsatadi.

Neyrolingvistika neyron va lingvistika so'zlarining o'zaro birikuvidan, qo'shilishidan hosil bo'lib, inson miyasidagi nerv hujayralarining-neyronlarning nutqni-so'zlarni hosil qilishdagi vazifasini o'rganadi. Neyron nerv (asab) sistemasining asosiy qismi, tarkibiy elementi sifatida til va nutq birliklarini yaratishda faol xizmat qiladi. Shunga ko'ra neyrolingvistika inson nerv sistemasi bilan aloqa quroli-til orasidagi uzviy, doimiy, zaruriy munosabatni yoritadi.

Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo'limi bilan ham uzviy aloqada. So'nggi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining oralig'ida neyrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmog'i vujudga keldi [4, 25]. Bu fan nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli ekanligi, miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta'siri masalalarini o'rganadi. Sodda qilib aytganda, neyrolingvistikaning o'rganish obyektlaridan biri afaziya, ikkinchisi neyrolingvistik dasturlash (NLP)dir.

Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutqiy faoliyatning buzilishi masalasi bobokalonlarimiz Ibn Sino, Beruniy asarlarida qayd etilgan va bu kasalni davolashga e'tibor bergan bo'lsalar ham, lekin u alohida fan tarmog'i sifatida shakllana olmadi. Miya zararlanishining nutqqa ta'siri muammosi izchil ravishda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o'rganildi. Neyropsixologiya va u bilan bog'liq bo'lgan neyrolingvistika maxsus fan sifatida yaqindagina - o'tgan asrning yetmishinchi yillarida shakllandi. Bu fanning vujudga kelishida A. A. Leontev, A. R. Luriya, E. S. Beyn, R. M. Boskis, E. N. Venarskaya, O. S. Vinogradova, N. A. Eysler singari olimlarning xizmati kattadir. Neyrolingvistika fani bo'yicha to'liq ma'lumot beruvchi ilk kitob A. R. Luriya tomonidan yozildi [1, 10].

Nutqiy axborot jarayoni, ya'ni kishilarning o'zaro nutq yordamida bir-biriga axborot berish va bir-biridan axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o'rganish obyekti sanaladi. Xususan, bu jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari tomonidan o'rganilgan.Tilshunoslik kishilarning asosiy aloqa vositasi bo'lgan til va uning bevosita aloqa-aralashuv jarayonida voqelanuvchi nutqni ajratgan holda, ichki tuzilish, tuzilish birliklari, bu tuzilish birliklarining nutqiy jarayonda turli-tuman voqelanishi, "ichki tuzilish"dan "tashqi tuzilish"ga o'tishning asosiy bosqichlari va yuqoridagi ikki tuzilishning o'zaro munosabatlari kabi qator masalalarni atroflicha o'rgandi [2, 13].

Hozirda til va nazariya zamonaviy fanlarga oid metodologik muammolarning markazidan joy olgan, chunki umumlashtirilgan bilimlar tizimidan iborat bo'lgan va bilimni uyushtiruvchi boshlang'ich bosqich sifatida chiqadigan nazariya tilda shakllanadi, bu esa bilish jarayonida tilga alohida o'rin beradi va shu bilan til haqidagi fan oldida yangi ilmiy ufqlarni ochadi. "Neyrolingvistika" tushunchasini tushunish uchun uning har bir qismiga aniqlik kiritish kerak. Bir tomondan, "nevrologiya - bu normal va patologik sharoitlarda asab tizimining tuzilishi va funksiyasini o'rganadigan biomedikal fan"; boshqa tomondan tilshunoslik til haqidagi fan sifatida tushuniladi. Ular birgalikda bitta yangi fanni yaratdilar. Neyrolingvistika: "nevrologiya va lingvistikaning kesishmasida paydo bo'lgan va til tizimini til xatti-harakatlarining miya substratiga nisbatan o'rganadigan ilm". Boshqacha qilib aytganda, neyrolinvistika har bir insonning miyasi nutq va aloqani qanday ishlab chiqarishi va bajarishini tushunishga harakat qiladi. Buning uchun nevrologik va neyrofiziologik nazariya lingvistik nazariya bilan birlashtirilgandir.

Miya shikastlangandan keyin nutq va muloqotni o'rganish neyrolinvistikada eng keng tarqalgan tadqiqot mavzusidir, ammo, so'nggi yillarda, lingvistik xulq-atvor buzilishlarining

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Alfraganus Universiteti^lF^

fazalik shakllari neyrolingvistika uchun ham qiziqish uygotmoqda: nutq agnoziyasi va apraksiya, dizartriya, aleksiya va agrafiya. Bir nechta fan neyrolingvistikaga yordam beradi, uni yangilaydi, unga asoslar va yangi g'oyalarni beradi. Neyrolinvistikaning transdissiplinarligi natijasida u tilshunoslikning eng faol va zamonaviy tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Bir tomondan, tilshunoslik, neyroanatomiya, nevrologiya, neyropsixologiya, falsafa, psixologiya, psixiatriya va nutq terapiyasi kabi fanlar mavjud bo'lib, ular neyrolinvistika bilan ko'proq bogTiqdir. Boshqa tomondan, neyrobiologiya, antropologiya, kimyo, kognitiv fan, sun'iy intellekt kabi nazariyalar, usullar, malumotlar orqali neyrologiyaga hissa qo'shadigan fanlar mavjud.

Aytish kerakki, neyrolingvistika va psixolingvistika turli xil fanlar. Ikkalasi ham tilni va uning aql bilan aloqasini o'rganadi, ammo neyrologlar miyaning rolini ko'proq o'rganib chiqadilar.

Neyrolinvistika quyidagi savollarga javob beradi:

1. Har xil miya jarohatlaridan so'ng til va muloqotda qanday o'zgarishlar ro'y beradi?

2. Evolyutsiya davomida muloqot qilish qobiliyati va tildan foydalanish qobiliyati qanday rivojlandi? Bir vaqtning o'zida miya qanday rivojlandi?

3. Bolalar qanday qilib muloqot qilishni va tildan foydalanishni o'rganadilar? Tilni egallash va miya rivojlanishi o'rtasidagi bogliqlik qanday?

4. Til va aloqa bilan bogliq bo'lgan miya jarayonlarini qanday kuzatish va tushuntirish kerak?

5. Ushbu til hodisasini aniqlashtirish uchun aloqa jarayonining tushuntirish modellari qanday yaratiladi?

Yuqorida aytib o'tganimizdek, miya shikastlangandan keyin til va aloqa haqida o'rganish neyrolinvistikaning eng keng tarqalgan tadqiqot mavzularidan biridir. Miya shikastlangandan keyin nutqni yo'qotish afaziya deb ataladi. Afaziya sabablari har xil bo'lishi mumkin, masalan, yurak xurujlari (miyada qon tomirlarining tiqilib qolishi), qon ketishi (qon tomirlari yorilishi), miya shikastlanishi va boshqalar [4, 9].

Bunday jarohatlar nutqni tushunish va ishlab chiqarishdagi o'zgarishlarning sabablari hisoblanadi. Ushbu o'zgarishlar o'rganilganda, nutq jarayoni bilan bog liq tizimlar qanday ishlashini va bu jarayonda qaysi miya tuzilmalari ishtirok etishini tushunish mumkin. Biroq, bunday murakkab bilim mahoratini o'rganish, yani tilni o'rganish muammoli, chunki natijalar har xil va ishonchsiz bo'lishi mumkin. Nutq va xotira o'rtasidagi bogTiqlik neyrolingvistlarni ham qiziqtiradi. Inson borliqni ongida aks ettiradi. Aks ettirish sezgi organlari yordamida amalga oshiriladi. Sezgi organlari esa tashqi olam haqida muayyan axborotlarni miyaga uzatadi. Miya esa bu axborotlarni umumlashtiradi. Ko'rinadiki, obyektiv olamni aks ettirish jarayoni markaziy nerv sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi.

Nerv sistemasi odatda ikki guruhdagi nerv sistemalarini o'z ichiga oladi:

1) markaziy nerv sistemasi 2) chegara nerv sistemasi. Borliq haqida axborot beruvchi nutq va uni tushunish chegara nerv sistemalari markazga qarab yo'nalishi orqali amalga oshiriladi. Chegara nerv sistemalari markaziy nerv sistemalariga obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning muayyan belgilari haqidagi ma'lumotni beradi. Shuning uchun ham chegara nerv sistemasiga aloqador a'zolarni tahlil qiluvchilar (analizatorlar) deb yuritiladi. Ular ko'rish, eshitish, ta'm-maza a'zolari sanaladi. Har bir analizatorda ikki turdagi nerv strukturasi ajratiladi.

1) axborotni, mazkur sezgi organidan bosh miya pardasiga eltuvchi struktura;

2) borliq predmetlariga yo'naltiruvchi struktura (miyaning bilish zonasi).

Uchinchi sath sifatida murakkab anatomik tuzilishga ega bo'lgan til pardasi zonasi ajraladi. Bu zonada miyaning turli analizatorlaridan kelgan belgilar kompleksi birlashtiriladi va natijada sezgi hissiyotidan til umumlashmasiga o'tish imkoniyati tug'iladi [5, 35]. Nutq hosil qilish, til xulqi aks harakat: markazdan chegaraga tomon harakat orqali yuzaga chiqadi. Miya analizatorlari qoplangan zonada shakllangan nutqiy dastur nutq praksizi zonasida konkretlashadi. Nutq organlari (shuningdek yozma nutqni yuzaga chiqaruvchi sistema) ishtirokida proeksiya harakat sistemasi yordamida yuzaga chiqadi. Miyaning praksiyali sistemasidan (sensor yoki harakatlanuvchi) farqli ravishda gnostikpraksik parda va pardali analizatorlarni yopish zonasi funksional assimmetriya bilan xarakterlanadi: til sistemasi va nutq orqali ifodalangan tafakkur esa uning yarimshari bilan bog'langan. Inson miyasi murakkab funksional sistema bo'lib, eng

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

jp^Alfraganus Universitet

kamida uchta asosiy blok ishtirokida muttasil faoliyat ko'rsatadi (1-rasm).

Yuqorida keltirilgan bloklarning zararlanishi ularning bir me'yordagi vazifasiga salbiy ta'sir qiladi. Birinchi blokka mansub apparatlarning zararlanishi psixik faoliyatni tanlash, selektiv imkoniyatini cheklaydi. Ikkinchi blok apparatlarining zararlanishi axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash qobiliyatini yo'qotadi. Uchinchi blokning zararlanishi esa programmalashtirish, barqaror ravishda boshqarish va nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi.

Ko'rinadiki, miyadagi har qanday zararlanish inson faoliyatining ma'lum qismiga salbiy ta'sir qiladi. Sensor proyeksiya sistemasining zararlanishi eshitish va ko'rish organining kuchsizlanishiga olib keladi. Buning natijasida og'zaki va yozma nutqni qabul qilish imkoniyati pasayadi. Nutqiy agnoziya holatida bemor ko'rish va eshitish qobiliyatini yaxshi saqlagan holda, ona tilining tovush "qiyofasi"ni (nutqiy eshitish agnoziyasi) yoki yozma nutqda harf ko'rinishini "nutqiy ko'rish agnoziyasi" unutadi. Bunday vaqtda bemor gapirish yoki yozishi mumkin. Nutqiy eshitish agnoziyasiga uchragan bemor o'qishi, nutqiy ko'rish agnoziyasiga uchragan bemor esa og'zaki nutqini tushuntirishi mumkin [6,8].

Nutqiy apraksiya ro'y berganda esa buning teskari holatiga duch kelinadi. Bunday vaqtda bemorning nutq organlari harakati va yozish harakati buziladi, tovush va so'zlarni talaffuz qila olmaydi va yoza olmaydi. Lekin atrofdagi odamlar nutqini tushunish, yozuvlarini o'qish qobiliyati saqlanib qoladi.

Analizatorlar yopqichlarining parda zonasi zararlanganda, afaziya holati kuchayadi. Bu vaqtda har qanday nutqiy faoliyat: eshitish, ko'rish faoliyati ham, talaffuz qilish, o'qish faoliyati ham so'nadi. Agar zararlanish manbayi o'rtacha bo'lsa bemorning so'zda tovushni farqlash qobiliyati yo'qoladi. Fonetik jihatdan yaqin bo'lgan so'zlarni aralashtirib yuboradi. Ba'zan afaziya holatida eshitgan yoki o'qigan narsalarning ma'nosini tushunmagan holda mexanik ravishda takrorlashi mumkin.

Neyrolingvistika uchun ikki til va ko'p til egalarining (poliglotlarning) miyasi zararlanishi katta material beradi. Bu vaqtda bemor bir tilni ma'lum darajada saqlagan holda, ikkinchi tilni butunlay unutish yoki bir necha tillarning elementlarini aralashtirib yuborishidir.

Neyrolingvistika yuqoridagi holatlarni aniqlash bilan, bemorlarni samarali davolash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Lingvistika va tibbiyotning qo'lga kiritgan yangi-yangi yutuqlari neyrolingvistikaning tekshirish usullarini takomillashtirib boradi. Hozirgi kunda neyrolingvistika psixolingvistika, neyropsixologiya, neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika kabi oraliq fanlar g'oyalari va metodlaridan barakali oziqlanmoqda. Shunday qilib, neyrolingvistika insonning olamni belgilashtirish tabiatini kompleks ravishda o'rganishning bir tarmog'i sifatida rivojlanib bormoqda [7, 10].

rm

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Neyrolingvistik dasturlashni bizning tilimizga tarjima qilsak nervlar til va dasturlash degan so'zlar kelib chiqadi. Yoki tushunarli tilda aytadigan bo'lsak, insonni til va so'zlar yordamida dasturlash degan manoni beradi. Bugungi kunda gipnozchilar va manipulyatsiya texnikalarini o'rgangan kishilar neyrolingvistik dasturlashdan foydalanib o'z maqsadlariga yetmoqdalar.

Quyida neyrolingvistik dasturlashning bir necha texnikalari bilan tanishamiz.

Bu texnika NLDning asosi deyish ham mumkin. Chunki uning yordamida insonga xohlagancha ta sir ko'rsatish imkoniyati bor va siz uning o'zini tutishini boshqara olasiz. Bu texnika gipnoz qilishning ham asosidir. Boshqa kishini boshqarish uchun oldin unga moslashish kerak. Moslashish uchun siz suhbatdoshingizning harakatlari ritmiga kirishingiz kerak. Bu uning holati, ko'z qarashi, gavdani ushlashi, qo'llarining holati, oyoqlarining holati, nafas olish ritmi va boshqalar bo'lishi mumkin. Lekin bunda uning kayfiyatiga kira olish eng asosiy ahamiyatga ega. Nafas olish ritmiga moslashish katta natijalar beradi.

Suhbatdoshingizning nafas olishini kuzatasiz va u nafas olganda jim turasiz, u nafas chiqarayotgan paytda esa gapirasiz. Natijada uning quyi ongida sizning gaplaringiz xuddi u tomonidan aytilayotganday taassurot qoldiradi. Aytaylik, suhbatdoshingizning jahli chiqyapti va dam solingan sharga o'xshab, shishib turibdi. Sizning maqsadingiz - uni jahldan tushirish. Bu holda siz ham o'z psixikangizni tezlashtirasiz va xuddi jahl qilgandagiday fiziologik holatga kirasiz. Bu sizning suhbatdoshingizga moslashishingiz bo'ladi. Shu holatda u bilan suhbatni davom ettirasiz va suhbat davomida asta-sekin o'z psixikangizni tormozlay borasiz.

Siz tinch holatga o'tganingizda suhbatdoshingiz ham tinchlanib qolganligini ko'rasiz. Agar suhbatdoshingiz jiddiy yuz ko'rinishiga ega bo'lsa siz ham jiddiylashing va bir oz o'tgandan keyin jilmaya boshlaysiz. Suhbatdoshingiz ham sizga ergashib jilmaya boshlaydi. Bu usul bilan har qanday odamda o'zingiz xohlagan har qanday kayfiyatni paydo qiladi. Eng asosiysi, dastlab suhbatdoshingizning kayfiyatini o'zingizda nusxalay olishingizdir.

Masalan, kichkina jiyanim unga berilgan buyruqlarning hammasini teskarisini qilishni yaxshi ko'radi. Shuning uchun uni uxlatish juda qiyin ish. Unga "uxla" deyishlari bilan uning uyqusi o'chib ketadi. Shunday paytda men u bilan gaplasha boshlayman va uning nafas olishi bilan o'zimnikini sinxronlashtiraman.

Ozroq gaplashganimizdan keyin men asta nafas olishimni sekinlashtira boshlayman va shu vaqtda so'zlash tempim ham sekinlasha boradi. Biroz boshqa mavzularda gapirgandan keyin gapni orasida esnab, uyqum kelganligini aytaman. Shunda u ham esnay boshlaydi. Men tormozlanishda davom ettiraman va salgina vaqt o'tgandan keyin u uxlab qoladi. Shunday qilib bolani uxlatish jarayoni 4-5 daqiqadan ko'p vaqt olmaydi.

Bu texnikani qo'llay olsangiz hamisha oshig'ingiz olchi bo'lishi tayin. Uning asosiy maqsadi suhbatdoshingizga biror narsani tanlash ixtiyorini berishingizdadir. Lekin bu tanlov - soxta tanlovdir. Siz taklif qilayotgan variantlar ichidan u faqat sizga kerakli bittasinigina tanlay olsin yoki ikkita variant ham bir xil natija berishi ko'zda tutilsin. Masalan, suhbatdoshingiz biror hujjatga imzo qo'yishi kerak. Siz undan - Bunga imzo qo'yishga rozimisiz? - deb so'rasangiz u albatta rad qiladi va bunday qilmasligi uchun mingta bahona topa oladi. Siz unga - Peroli ruchkada imzo chekasizmi yoki sharikli ruchkadami? - deb tanlash imkoniyatini berasiz. Endi u imzo chekish-chekmaslik haqida emas, balki qaysi ruchkada imzo chekish haqida o'ylay boshlaydi. Siz o'z mahsulotingizni birovga o'tkazmoqchisiz, lekin mijozning uni olish niyati yo'q. Siz undan qaysi ranglisini o'rab berishingiz kerakligini so'raysiz.

Bu mijozning olaman-olmayman fikrini qaysi ranglisini olamanga o'zgartirib yuboradi. Bunday soxta tanlov variantlarini sharoitdan kelib chiqib xohlaganingizcha o'ylab topishingiz mumkin. Mazkur usullarni tadbirkorlar, savdogarlar ko'p qo'llashadi.

Axborotni izlash, topish, to'plash, qayta ishlash, saqlash va tarqatish bilan bog'liq bo'lgan nojo'ya xatti-harakt tufayli kelib chiqadigan ruhiy kasalliklarga qarshi ma'naviy immunitetni mustahkamlashning zamonaviy usullaridan biri neyrolingvistik dasturlashdir. Neyrolingvistik dasturlashga oid dastlabki ilmiy ish hisobotlari o'tgan asrning 70-yillarida paydo bo'lgan. Amerika olimlaridan Jon Grinder va Richard Bendlerlar neyrolingvistik dasturlash asoschilari hisoblanadilar.

XULOSA

Shunday qilib, neyrolingvistika miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta'siri masalalarini o'rganadi. Sodda qilib aytganda, neyrolingvistikaning o'rganish obyektlaridan biri afaziya, ikkinchisi neyrolingvistik dasturlash (NLP) dir. Maqolada inson miyasining asosiy uchta faoliyat bloklari keng tushuntirib o'tilgan. Ulardan birinchisi pardaning tetiklanishini ta'minlaydi va tanlash, selektiv faoliyat shaklining uzoq amalga oshirish imkoniyatini beradi. Boshqasi axborotni olish, qayta ishlash va saqlashni ta'minlaydi. Uchinchisi esa faoliyatni programmalashtirish, boshqarish va nazorat qilish vazifasini bajaradi.

Neyrolingvistika uchun ikki til va ko'p til egalarining (poliglotlarning) miyasi zararlanishi katta material beradi. Bu vaqtda bemor bir tilni ma'lum darajada saqlagan holda, ikkinchi tilni butunlay unutish yoki bir necha tillarning elementlarini aralashtirib yuborishi mumkin. Neyrolingvistika yuqoridagi holatlarni aniqlash bilan, bemorlarni samarali davolash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Lingvistika va tibbiyotning qo'lga kiritgan yangi-yangi yutuqlari neyrolingvistikaning tekshirish usullarini takomillashtirib boradi.

Adabiyotlar:

1. Azimova I. O'zbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy pertseptsiyasining psi-xolingvistik tadqiqi. Filol.fan.nomz...dis.-Toshkent, 2008.

2. Бегматов Э., Жиянова Н. Нут^ маданияти асослари. - Т.: Фан, 2006.

3. Bruner Dj. Ontogenez rechevix aktov//Psixolingvistika. - M.,1984.

4. Kamolova N. Nutqning nervolingivistik tahlili. Mag. Dissertatsiya, Andijon 2021. 82 b.

5. Hakimov M. O'zbek tilida matnning pragmatik talqini: Filol. fan. d-ri ...diss. -Toshkent, 2001.

6. Guasch, M., Ferre, P., & Haro, J. (2017). Pupil dilation is sensitive to the cognate status of words: Further evidence for non-selectivity in bilingual lexical access. Bilingualism: Language and Cognition, 20(1), 49-54.

7. Halberstadt, L., Kroff, J. R. V., & Dussias, P. E. (2018). Grammatical gender processing in L2 speakers of Spanish. Journal of Second Language Studies, 1(1), 5-30.

8. Haro, J., Demestre, J., Boada, R., & Ferr' e, P. (2017). ERP and behavioral effects of semantic ambiguity in a lexical decision task. Journal of Neurolinguistics, 44, 190202.

9. Alicia Luque, Kara Morgan-Short. The relationship between cognitive control and second language proficiency. Journal of Neurolinguistics, Volume 57, February 2021, 100956. https://doi.org/10.1016/j.jneuroling.2020.100956.

10. Luyao Chen, Chenyang Gao, Zhongshan Li, Emiliano Zaccarella, Angela D. Friederici, Liping Feng. Frontotemporal effective connectivity revealed a language-general syntactic network for Mandarin Chinese. Journal of Neurolinguistics, Volume 66, May 2023, 101127. https://doi.org/10.1016/j.jneuroling.2023.101127

Е1Я

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.