Научная статья на тему 'TILNING ILMIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI'

TILNING ILMIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
233
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilmiy-falsafiy / til / kommunikatsiya / lingvistik / interaktiv / interpretatsion / dekonstruktiv / fenomen / ontologik va epistemologik / falsafiy-germenevtik. / scientific-philosophical / language / communication / linguistic / interactive / interpretative / deconstructive / phenomenon / ontological and epistemological / philosophical-hermeneutic.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xudayberganov, Ravshonbek Xudaybergan O‘G‘Li

Mazkur maqolada tilning ilmiy-falsafiy jihatlari yoritilgan bo‘lib, unda kommunikativ jarayonlar kontekstida tushunish va tushuntirish munosabatlarining ekstralingvistik omillarini, kundalik aloqa muammolarini uning ilmiy va ijtimoiy sohalarida o‘zaro ta’sirlarni o‘rganishni taqozo etadi. Shuningdek, tilning falsafiy xususiyatlarining asosiy vazifalaridan biri bu o‘z-o‘zini anglash imkoniyatining umumiy shartlarini aniqlashtirishdir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, til va kommunikatsiyada qonunlar, sabablar, hodisalar, xossalar, munosabatlar avvaldan tilning ma’nolari bilan aniqlanishi, shu bois til va kommunikatsiyaning talqin qilish va ma’noni qayta tuzish holatlariga alohida e’tibor berish uning ilmiy-falsafiy tushunishda muhim omil ekanligi tahlil qililgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC-PHILOSOPHICAL CHARACTERISTICS OF LANGUAGE

This article describes the scientific and philosophical aspects of language, which requires the study of extralinguistic factors of understanding and explanatory relations in the context of communicative processes, the problems of everyday communication and interactions in its scientific and social spheres. Also, one of the main tasks of the philosophical features of language is to clarify the general conditions for the possibility of self-realization. From this point of view, laws, causes, events, properties, relations in language and communication are determined by the meanings of the language, therefore, paying special attention to the cases of interpretation and reconstruction of the meaning of language and communication is important in its scientific-philosophical understanding. it is analyzed that it is an important factor.

Текст научной работы на тему «TILNING ILMIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI»

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

TILNING ILMIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI

Xudayberganov Ravshonbek Xudaybergan o'g'li

Toshkent davlat transport universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi professori v.b., f.f.d (DSc) E-mail: paradigma777@bk.ru

Mazkur maqolada tilning ilmiy-falsafiy jihatlari yoritilgan bo'lib, unda kommunikativ jarayonlar kontekstida tushunish va tushuntirish munosabatlarining ekstralingvistik omillarini, kundalik aloqa muammolarini uning ilmiy va ijtimoiy sohalarida o 'zaro ta 'sirlarni o 'rganishni taqozo etadi. Shuningdek, tilning falsafiy xususiyatlarining asosiy vazifalaridan biri bu o'z-o'zini anglash imkoniyatining umumiy shartlarini aniqlashtirishdir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, til va kommunikatsiyada qonunlar, sabablar, hodisalar, xossalar, munosabatlar avvaldan tilning ma'nolari bilan aniqlanishi, shu bois til va kommunikatsiyaning talqin qilish va ma'noni qayta tuzish holatlariga alohida e'tibor berish uning ilmiy-falsafiy tushunishda muhim omil ekanligi tahlil qililgan.

Kalit so'zlar: ilmiy-falsafiy, til, kommunikatsiya, lingvistik, interaktiv, interpretatsion, dekonstruktiv, fenomen, ontologik va epistemologik, falsafiy-germenevtik.

This article describes the scientific and philosophical aspects of language, which requires the study of extralinguistic factors of understanding and explanatory relations in the context of communicative processes, the problems of everyday communication and interactions in its scientific and social spheres. Also, one of the main tasks of the philosophical features of language is to clarify the general conditions for the possibility of self-realization. From this point of view, laws, causes, events, properties, relations in language and communication are determined by the meanings of the language, therefore, paying special attention to the cases of interpretation and reconstruction of the meaning of language and communication is important in its scientific-philosophical understanding. it is analyzed that it is an important factor.

Key words: scientific-philosophical, language, communication, linguistic, interactive, interpretative, deconstructive, phenomenon, ontological and epistemological, philosophical-hermeneutic.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

KIRISH

XX asrda til falsafasining shakllanishi tilning tabiatiga bo'lgan qiziqishni uyg'otadi, turli qarashlar ular orasida raqobatni kuchaytiradi. Biroq an'anaviy ontologiya va bilish nazariyasida empirik va ratsionallik paradigmalaridan farqli o'laroq, tilning yangi modellari umumiy tezisni birlashtirdi, bu tezisga ko'ra, ongning borliqqa munosabati til orqalidir. Til ong va borliqning barcha strukturalari ichiga kirib ketadi1.

Bizningcha, tashqi dunyoning mavjudligini tildan ajrata bilish kerak, shuningdek, tilni ongdan ham ajratish lozim. Biroq inson tomonidan tashqi dunyoni anglab etish til bilan shu darajada mustahkam bog'langanki, ayrim faylasuflarning ong va borliqni tildan ajratib olishga intilishlari - bu g'ayri tabiiy akt va buni amalga oshirish mohiyatan mumkin emas. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, olamda hodisalar, xossalar va munosabatlarning mavjudligi hech kimni shubha solmaydi. Biroq, ular til tomonidan yasaladi va tilning konstruksiyalari bo'ladi. Til olamni anglangan holda konstruksiya qilish vositasi bo'lib qoladi.

Yangi davrda esa tilning tabiiy-ilmiy imkoniyatlari empirik g'oyalar, ya'ni tajriba va amaliy faoliyat asosida tadqiq etilgan. Til falsafasi doirasidagi maxsus tadqiqotlar asosan Gerder, Gumboldt, Grimm, Lipps kabi olimlar tomonidan lingvistik va ekzistensial nuqtai-nazardan olib borilgan2 . Oqibatda esa tilni o'rganuvchi maxsus to'rtta yo'nalish shakllangan. Bular fenomenologiya, analitika, germenevtika va postmodernizmdir. Mazkur yo'nalishlarning shakllanishi bevosita hududiy va milliy xususiyatlarga borib taqaladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Angliya, AQSH va skandinaviya mamlakatlarida til, mantiq va fan xususiyatlarini o'rganuvchi tahliliy falsafa ustuvorlik qilmoqda. Falsafiy an'analar kuchli bo'lgan Germaniyada fenomenologiya va germenevtika keng yoyilgan. Fransiya va AQSHda esa, boshqa mamlakatlarga nisbatan postmodernizm tarafdorlari ko'pchilikni tashkil qiladi.

Quyida mazkur yo'nalishlarni qisqacha tahlil etamiz.

• Fenomenologiya bu til to'g'risidagi intensional aktlar, ya'ni maqsadli voqea-hodisalar kechinmasi, ko'rinishidir. Fenomen grekcha so'z bo'lib, "ko'rinayotgan, bilinayotgan" degan ma'noni bildiradi. Bu erda inson ongi va uning hissiy tajribasi hamda anglash jarayonida ko'ringan, bilingan holat nazarda tutiladi. Fenomen - bu his qilish, sezish, xayol, tasavvur va fikr. Fenomenologiya esa, anglash haqidagi ta'limot bo'lib, fenomenlar va ularning ma'nolarini tadqiq etadi.

1 Каранг: Липкин А. И. (ред.) Философия науки. — ЭКСМО, 2007. — 608 с

2 Философия языка. Редактор-составитель Дж. Р. Серл. -М.: Едиториал УРСС, 2004. - 208 с.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Bu yo'nalishda til va ong munosabatiga alohida e'tibor qaratiladi. Unga ko'ra til ongga berilgan fenomenlarning alohida fenomenologik jihatdan «tozalash» qurilmasidir. Zero, inson til va tafakkur vositasida real voqelikni chuqur tushunish va o'z-o'zini anglash holatining mustaqilligini anglab etadi. Mazkur ta'limotga ko'ra «eydos», ya'ni miyada muhrlangan tabiiy obraz til vositasida reallashadi.

Fenomenologiyaning rivojlanishi E.Gusserl faoliyati bilan bog'liq, shuningdek rus faylasuflari G.G.SHpet va A.F.Losevlarning ham fenomenologiyaning keyingi taraqqiyotiga qo'shgan xissasi e'tiborga loyiq. Mazkur olimlarlarning fikricha, inson hayoti ranglar, xushbo'yliklar, turfa tasavvur va tuyg'ular bilan boy bo'lib, fan, g'oyalar, tushuncha va mantiq darajasiga etganda kambag'al, quruq va mavhum bo'lib qoladi. Nega shunday bo'ladi, degan savolga fenomenologlar, - bunga sabab o'z ongimizni yaxshi bilmasligimizda, deb javob beradi.

Fenomenologlar fikricha, falsafa bilan shug'ullanuvchi boshqa yo'nalish vakillari ong masalasiga yetarli e'tibor berishmaydi va oqibatda, falsafa haqida tasavvur va hayot ma'nosining ildizi ham mavhumligicha qoladi. E.Gusserl bu mavxumlikni bartaraf etish o'z ijodida ong tahlilida intensionallik, eydos, noema, noezis, retensiya, protensiya kabi tushunchalarni qo'llaydi. Xususan, u fenomenologiyani intensional aktlar kechinmasini ifodalovchi sof ong haqidagi fandir3, deydi.

Intensionallikda ongning predmetli mazmuni aynanlashadi, ya'ni hodisa o'zining ob'ektivlik mazmunini ongga "murojaat" qilganda topadi. Intensionalliksiz ong hech narsadir. Intensionallik akti orqali belgidan tushunchaga, tushunchadan mushohadaga, mushohadadan tasavvurga, tasavvurdan ob'ektga qarab boriladi. Gusserl intensionallikning ikki - aniq va noaniq turlarini farqlaydi. Aniq intensionallik - bu kechinmalar, noaniq intensionallik bu - predmet haqida bilganlarimizdir4, deydi u. Aytish joizki, bu ikki holat dialektik munosabatda bo'lgandagina intensionallik akti faol bo'ladi, aks holda, bilimlar rivoji kuzatilmaydi. Gusserl "Mantiqiy tadqiqotlar" asarida "noema" tushunchasini qo'llaydi, noema bu -idrokning ma'no birligi, fikrdir. Noematik intensionallik predmetning sifatiy xususiyatlarni belgilaydi. Shuningdek, mazkur asarda Gusserl inson xotirasining ikki xususiyati - retensiya va protensiya haqida ham to'xtalib o'tadi. Retensiya- bu bo'sh xotira, ya'ni "sof ong" holatidagi ilk xotira. Protensiya esa, "ochiq ong", ya'ni qabullashga tayyor turgan xotiradir 5 . Umuman olganda, E.Gusserl ijodi fenomenologiyaning mustahkam asosini yaratdi. Gusserl fenomenologiyasining

3 Гуссерль Э. Собрание сочинений. Том 1. -М.: 1994. -С. 165

4 Уша жойда, -С. 172

5 Гуссерль Э. Логические исследование. -М.: 1998. -С. 296

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

asosiy xususiyati shunda ediki, u sof metodologik va gnoseologik uslublarni ong va fikrlash jarayonida qo'llab, tajribadan o'tkazdi.

• Analitik (tahliliy) falsafada esa fenomenologiyadan farqli ravishda tilning o'zigagina e'tibor qaratiladi. U mantiq va tilning batafsil tahlili bilan shug'ullanadi. Shuning uchun ham bu yo'nalish tarafdorlari izlanishlarida til to'g'risida anchagina qimmatli manbalar yig'ilgan. Mazkur maktab vakillari (B.Rassel, G.Frege) XX asrda falsafaning xuddi matematika kabi boshi berk, chigal yo'lga kirib qolganini va bu chigalliklardan faqat til va mantiq vositasi bilan xalos bo'lish mumkinligini qat'iy ta'kidlaydi. Shu bilan birga, tahliliy falsafa vakillari falsafaning xiralashib, noaniq bilim bo'lib borayotganini va uni aniqlashtirish, tushunarli bo'lishini ta'minlash zarurligini e'tirof etishadi.

Analitik falsafada til to'g'risidagi mantiqiy-falsafiy asarlar (traktatlar) keltirib o'tilishi bilan bir qatorda til imkoniyatlarini to'g'ri baholashda uning qo'llanishida aniqlik va ilmiylikka rioya qilish talab qilinadi. Shu ma'noda, analitik falsafa vakillari falsafiy muammolarni til doirasida hal qilishga harakat qilganlar. Bu yo'nalish tarafdorlari tilni tadqiq etishda tahliliy usullarga alohida e'tibor qaratadilar. Bu usullar o'z navbatida reduksion va noreduksion guruhlarga bo'linadi. Ular hozirda ham tilshunoslikda keng qo'llanilmoqda. Masalan, shu yo'nalishning asoschilaridan hisoblangan ingliz faylasufi B.Rassel mazkur usullarga asoslanib, mantiq tili bilan tajriba va fan tili o'rtasidagi hamohanglikni ko'rsatib bergan. Shuningdek, Rassel formalizatsiya usulini oddiy tilda so'zlarni ifoda qilishda qo'llash mumkinligini inkor qiladi

Falsafaning tushunarliligi individual miyadagi xususiy tasavvurlar emas, balki, til bilan bog'liq. Fikr va sezgilardan farqli ravishda tashqi dunyoning tilli ifodasi haqiqatga yaqindir. Ularning fikricha, bu shunday tilki, u hammaga birdek tushunarli va ahamiyatli. Masalan, "Men atirgulning atrini tuyayapman" va "Ko'chada qattiq shamol bo'layapti" Faqat ikkinchi gapgina hamma uchun tushunarli va ahamiyatli bo'la oladi. Demak, mazkur maktab vakillari fikricha, hozirgi zamon falsafasining ob'ekti ham faqat yuqorida keltirilganidek, til bilan ifodalanadigan va ayni paytda, barcha uchun tushunarli va ahamiyatli bo'lgan masalalar bo'lishi lozim.

• Germenevtik yondashuvga ko'ra til bu borliqning mustaqil qismi hisoblanadi. Unga ko'ra tajribaning shakllanish mexanizmi ham tilda "joylashgan"dir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, til insonning dunyoga bo'lgan munosabatini ifodalaydi. Chunonchi, til yordamida inson voqelikni nazariy bilibgina qolmay, uni hayotiy-amaliy "sinovdan" o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shu ma'noda, uchlik: dunyoning mohiyati - til - yashashga amal qilinadi. Voqelikni anglash bir qancha

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

vositalar - imo-ishora, belgi, simvollar orqali kechadi. Bunday belgilar ichida til hayotda eng ko'p muomalada bo'lgan vositadir.

Hozirgi zamon falsafasini to'la bayon etish uchun postmodernizmga alohida to'xtalishimiz lozim. Postmodernizm tarafdorlari ham o'z qarashlarida tilni falsafiylashtirishga harakat qiladilar. Postmodernizmni aksariyat kishilar g'ayrioddiy, ajib falsafa deyishadi, uning tarafdorlari kundan-kunga oshib bormoqda. Yo'nalishning yirik vakillari sifatida fransuz faylasuflari Jak Derrida, Jan Lioterlarni qayd etish mumkin, AQSHda ham mazkur ta'limot tarafdorlari talaygina. "Postmodern" so'zi moderndan so'ng degan ma'noni bildiradi. Fransuzchada "modern" zamonaviy degani. Postmodern, avvalo, yangi davr falsafasiga qarshi yo'naltirilgan falsafadir 6 . Postmodernchilarning fikricha, fenomenologiya, germenevtika va tahliliy falsafa mohiyatan yangi davr falsafiy g'oyalarini inkor etmaydi. Ular insonni cheklab qo'yuvchi "totalitar" tizimdan voz kechishga tayyor, xususan, ularning fikricha qat'iy mantiqiy tizimlar, tugal xulosalar, har qanday barqarorlikni izlash, nufuzli shaxslar yonida ta'zim qilish, hokimiyat strukturalari, shu o'rinda fan va texnika uzviyligini ta'minlashga intilish, insonlar o'rtasida doimiy kelishuvchanlikni mustahkamlashga urinish, eskirib qolgan madaniy va axloqiy g'oyalarga sig'inish kabilar har qanday "taz'yiqlar"ni zaiflashtirishga harakat qiladilar.

Xullas, analitik falsafa vakillari tilning ilmiy xususiyatiga e'tibor qaratgan bo'lsa, postmodernizmda tilning ilmiy-falsafiy mazmun-mohiyati bilan bir qatorda uning estetik xususiyatiga ham alohida e'tibor qaratilgan. Masalan, postmodernizmda tildagi ba'zi bilib bo'lmaslik hodisasi, «belgilanuvchidan qolgan qoldiq qiziqtiradi, bu esa «belgilovchi sub'ektning tiliga» xos bo'lgan ziddiyatdan holi bo'lishiga olib keladi. Unga ko'ra biluvchi sub'ekt gnoseologik faoliyatning markazi sifatida «dunyoga yuz ochib», unga singib ketadi. Natijada reallik poyonsiz yagona «matn» sifatida namoyon bo'ladi, u o'zida metaformalarni, illyuziyalarni, sitatalarni mujassam etadi. Bu esa til muammosini falsafiy jihatdan tahlil qilish yo'llarining ko'pligiga, u haqidagi haqiqat va qadriyatlarni talqin qilishda ko'p variantlilikka olib keladi.

REFERENCES

1. Qarang: Lipkin A. I. (red.) Filosofiya nauki. — EKSMO, 2007. — 608 s

2. Философский язык. Редактор-композитор Dj. Р. Сирл. - М.: Едиториал УРСС, 2004. - 208 с.

6 Лингвопоэтика русской литературы эпохи постмодерна. — СПб.: Изд-во С.-Петерб. ун -та, 2007. —410 с.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

3. Gusserl E. Sobranie sochineniy. Tom 1. -M.: 1994. -S. 165

4. O'sha joyda, -S. 172

5. Gusserl E. Logicheskie issledovanie. -M.: 1998. -S. 296

6. Лингвопоэтика русской литературы эпохи постмодерна. — СПб.: Изд-во С.-Петерб. ун-та, 2007. — 410 с.

7. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

8. Ramatov, J., Baratov, R., Jurabayev, N., Umarova, R., & Mamajanova, G. (2022, June). Evolution of railway construction development in Uzbekistan: Past and prospects. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030011). AIP Publishing LLC.

9. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). PROBLEMS OF INFLUENCE OF ISLAM ON CONSCIOUSNESS TRANSFORMATION. Academic research in educational sciences, 3(10), 591-597.

10. Baratov, R., Nuriddinov, S., Tokhtaboev, E., & Achilova, G. (2022, June). " One belt-one road" initiative-as a modern transport logistics. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030058). AIP Publishing LLC.

11. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА КАДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

12. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.