Научная статья на тему 'TIL TASVIRIY VOSITALARINING NUTQ MADANIYATIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI'

TIL TASVIRIY VOSITALARINING NUTQ MADANIYATIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
9
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’zbek tili / emotsional-ekspressivlik / metafora / metonimiya / sinekdoxa / tabu / evfemizm / frazeologizm / maqollar / metal va hikmatli so’zlar. / uzbek language / emotional expressiveness / metaphor / metonymic / synecdoche / taboo / euoremism / cacophysis / phraseology / proverb / sayings and wise words

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Babaxanova, Dilarom Axmatxanovna

Ishda o’zbek tilida emotsional-ekspressivlikni hosil qilishda metafora, metonimiya, sinekdoxaning kuchli vositalar ekanligi ko’rsatilgan. Ulardan o’rinli foydalanish mazmunni kuchaytirishi, nutqni ta’sirchan qilishi misollar asosida ifodalangan. Bundan tashqari, so’zlarni ko’chma ma’nolarda qo’llash orqali ham nutqda emotsional-ekspressivlik hosil qilinishi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF LANGUAGE IMAGERY IN SPEECH CULTURE

Strong importance metaphor, metonymic and synecdoche in the production of emotional expressiveness in Uzbek language is demonstrated. Also. The usage of those necessarily can raise the meaning and making the speech sensitive are described. Apart from that, it is also highlighted that utilization of words in a portable meaning may work in the creation of emotional expressiveness.

Текст научной работы на тему «TIL TASVIRIY VOSITALARINING NUTQ MADANIYATIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

TIL TASVIRIY VOSITALARINING NUTQ MADANIYATIDAGI O'RNI VA

Ishda o'zbek tilida emotsional-ekspressivlikni hosil qilishda metafora, metonimiya, sinekdoxaning kuchli vositalar ekanligi ko'rsatilgan. Ulardan o'rinli foydalanish mazmunni kuchaytirishi, nutqni ta'sirchan qilishi misollar asosida ifodalangan.

Bundan tashqari, so'zlarni ko'chma ma'nolarda qo'llash orqali ham nutqda emotsional-ekspressivlik hosil qilinishi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: o'zbek tili, emotsional-ekspressivlik, metafora, metonimiya, sinekdoxa, tabu, evfemizm, frazeologizm, maqollar, metal va hikmatli so'zlar.

МЕСТО И ЗНАЧЕНИЕ ЯЗЫКОВОГО ОБРАЗА В РЕЧЕВОЙ КУЛЬТУРЕ

Бабаханова Диларом Ахматхановна,

Наманганский государственный университет, Кафедра узбекского языкознание Доцент, кандидат филологических наук

АННОТАЦИЯ

Статья посвящена вопросам образования эмоционально-экспрессивности речи, путём применения метафор, метонимий, синекдох, Умелое использование этих средств придаёт речи чувственность, усиливает содержательность речи, В статье освещены вопросы придачи речи путём переносного значения слов и образования эмоционально-экспрессивности,

Ключевые слова: узбекский язык, эмоционально-экспрессивность, метафора, метонимия, синекдоха, табу, эвфемизм, фразеологизм, пословица, поговорка, афоризм.

THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF LANGUAGE IMAGERY IN SPEECH

AHAMIYATI

Babaxanova Dilarom Axmatxanovna

Namangan davlat universiteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

ANNOTATSIYA

CULTURE Babakhonova Dilarom Akhmatkhanovna

Candidate of Phiolological Science, professor Namangan State University

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ABSTRACT

Strong importance metaphor, metonymic and synecdoche in the production of emotional expressiveness in Uzbek language is demonstrated. Also. The usage of those necessarily can raise the meaning and making the speech sensitive are described.

Apart from that, it is also highlighted that utilization of words in a portable meaning may work in the creation of emotional expressiveness.

Key words: uzbek language, emotional expressiveness, metaphor, metonymic, synecdoche, taboo, euoremism, cacophysis, phraseology, proverb, sayings and wise words

KIRISH (Introduction)

O'zbek tilida emotsional-ekspressivlikni hosil qilishda metafora, metonimiya, sinekdoxa kuchli uslubiy vositalardandir. Undan o'rinli foydalanish mazmunni kuchaytiradi, nutqning ta'sirini orttiradi, nutqqa jo'shqinlik baxsh etadi.O'zbek tilida so'zni ko'chma ma'noda qo'llash orqali ham emotsiohal-ekspressivlik hosil qilish mumkin. . So'zlovchi fikr ifodalash jarayonida narsa va hodisalarning turli xususiyat va belgilarini bo'rttirish, tinglovchida yanada aniqroq, ta'sirliroq tushuncha hosil qilish, shu bilan unda emotsional tuyg'u uyg'otish maqsadida so'zni ko'chma ma'noda qo'llaydi. Bunda predmet, jonivor va hodisalarga xos bo'lgan xususiyat - belginiing isondagi shunga o'xshash belgi-xususiyatga, harakatga qiyoslaydi. Shunday qilib, ko'chma ma'noda ishlatilgan so'z uslubiy bo'yoq oladi va tinglovchida fikr obyekti haqida aniq tasavvur hosil qiladi. Masalan: toshyurak, «Lola»da ovqatlandik kabi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI (Literature review)

Mavzu yuzasidan Shomaqsudov A. va boshqalar tomonidan 1983-yilda yaratilgan "O'zbek tili stilistikasi", akademik Y.Gartning asarlari, Konstantin Fedinning "Til haqida munozara" kabi asarlari ahamiyatli sanaladi.

O'zbek tilshunosligida tilning tasviriy vositalariga oid bir qator ilmiy ishlar yaratilgan, maqolalar yozilgan. Bu borada doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari ham himoya qilingan. Jumladan, R.Qo'ng'urov, I.Qo'chqortoyev, B. O'rinboyev., M. Mukarramov, E. Qilichev, A.Shomaqsudov va boshqalarning ilmiy maqolalari, monografiya va risolalari nutqning ifodali va gta'sirli bo'lishida tasviriy vositalarning o'rni masalasi tahlil qilingan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI (Research Methodology). Mazkur maqolada diaxron tahlil, qiyosiy tahlil, semantik tahlil, stilistik tahlil metodlaridan foydalanildi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

TAHLIL VA NATIJALAR (Analysis and results)

Metafora [1,23] (gr.metafora) narsava hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikka asoslanib, so'zni ko'chma ma'noda ishlatishdir. O'zbek tiliga oid barcha manbalarda polisemantik so'zlar ham metafora usuli bilan ko'chish deb talqin qilinadi. Lekin polisemantik so'zlarda ma'no ko'chishi sezilmas holga kelib qolgan bo'ladi va ularning har biri nominatsiya vazifasini bajaradi. Shu sababli ularni metaforalar sirasiga qo'shish to'g'ri emas. Metafora ma'lum so'zning nutqda gap tarkibida boshqa ma'no uchun vaqtincha xizmat qilishidir! Olmos qilich dastimda (A.U.), O'zbekiston oq oltin diyori (Gaz.)

Kumush choyshab yopib dala, qir

Qor qo'ynida uxlab yotadi.

Ufqlarga qizil xol tashlab

Zar soch tarab quyosh botadi. (U.)

Metaforalar nutqni obrazli qiladi, kishida emotsiya, estetik zavq uyg'otadi, obraz yaratishga xizmat qiladi, ona tilimizning inson faoliyati tabiat hodisalarining eng nozik nuqtalarigacha bo'lgan barcha tomonini nafis ifoda eta olishga qodir bo'lgan rango-rang serjilo vositalari mavjudligini ong-shuurimizda ravshan namoyon etadi.

Metonimiya (gr. metonumia) narsa va hodisalarni boshqa nom bilan atash demakdir. Metonimiyada mantiqan o'zaro bog'langan ikki so'zdan birining vazifasi ikkinchisiga yuklanadi, so'zning ko'chma ma'nosi esa tushunchalar o'rtasidagi munosabatga asoslanadi. Masalan: Navoiyni o'qidim, zal kuladi. «Nargiz»da ovqatlandim (Og'z.so'zl.) kabi.

Metonimiya badiiy tasvir vositalaridan bo'lib, so'zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda keng qo'llanadi, nutqiy ixchamlik, fikriy lo'ndalik, musiqiylik, tasviriy kuchachaytirish uchun xizmat qiladi, poeziyada asarga ko'tarinki ruh bag'ishlaydi. Misollar: bir stakan ichdim (suv), birkosani tushirdim (ovqat), «G'ayrat»da tushaman (bekat), Hofizni o'qidim (to'plam, bayoz), paxtazorda zangori kema suzadi, shahar oyoqqa turdi, zal jim bo'ldi kabilar.

Sinekdoxa (gr. sinekdoha) metaforaning bir turi bo'lib, predmetning miqdori tushunchasi bilan bog'liq. So'zlovchi o'z nutqining ta'sirini kuchaytirish, fikrni bo'rttirish, tinglovchida fikr obyektiga nisbatan kuchli munosabat tug'dirish maqsadida butun o'rnida qism yoki aksincha, ko'plik o'rnida birlik yoki aksincha ma'no anglatuvchi so'z yoki shaklni qo'llaydi. Masalan: tirnoqqa zor, tuyoq oldim. Boshda gul undirdi. Uyda kim bor? (hovlida deyilmoqchi.) Ey, mard dehqon, bugun hosiling taqdiri hal bo'layotir.

Ko'rinadiki, sinekdoxa kuchli uslubiy vositadir.Undan o'rinli foydalanish mazmunni kuchaytiradi, nutqning ta'sirini orttiradi, nutqqa jo'shqinlik baxsh etadi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Emotsional - ekspressiv leksika nutq vazifaviy uslublarining shakllanishida ta'sir etadi hamda nutqda ta'sirchanlikni yuzaga keltiradi..

1. Umumiste'moldagi odam, uy, daraxt, yaxshi, oq, qora, men, sen, yur, ber kabi so'zlar uslubiy neytral so'zlar bo'lib, barcha nutq uslublarida ishlatilaveradi.

2. Bir qator so'zlar leksik - semantik jihatdan ayrim olinganda ham yo salbiy, yo ijobiy jilo bera oladi: chehra, jamol, ruxsor- ijobiy; bet, aft, bashara, turq-salbiy; bosh-neytral, kalla-salbiy[2,7] kabi.

Bundan tashqari, ayrim so'zlar guruhi badiiy uslubga xos bo'lsa, (sabo, oraz, chehra, jamol, qalb, tabassum, tamanno, tasanno kabi), ayrimlari ko'tarinkilikni ifodalaydi va tantanali nutqqa xos bo'ladi. (navqiron, istiqbol, mag'rur, muqaddas, muhtasham, muazzam, azim, ajabtovur, hayratomuz, kabi.)

Salbiy munosabat bildiruvchi so'zlar qatoriga siyosiy-publitsistikada ishlatiladigan qora guruh, iblis devori, irqchilar, bosqinchilar, soxtalashtiruvchilar kabi so'z va iboralar ham kiradi. Ularni nutqda qo'llash orqali xalq, vatan dushmanlariga, bosqinchi to'da va boshqalarga g'azab, nafrat hissi kuchaytiriladi.

Evfemizmlar (yun. euphemismos < eu - yaxshi ] phemi -gapiraman)yumshoq, yoqimli, madaniy so'z-iboralardir. Ular, ko'pincha, aytish noqulay bo'lgan so'z (iboralar) o'rnida qo'llanadi va bu bilan fikr obyektiga ham, tinglovchiga ham hurmat-ehtirom ifoda etiladi: ikki qat. og'ir oyoq, yukli; ko'z yordi, qulog'i og'ir, ko'zi ojiz, to'laroq, (semiz o'rnida), o'rtog'im (erim, xotinim o'rnida), chuchuk til (duduq) kabi.

Evfemizmlar nutqni go'zal, ifodani ravon, vaziyatni qulay, tinglovchini shod qiladi, kishining madaniyat darajasini ko'rsatadi.

Tabular ham evfemizmning bir turidir.Tabular insonlarning yovuz kuchlar haqidagi afsonaviy latifa to'qimalari, shuningdek o'rinsiz vahimalari tufayli yuzaga kelgan.Masalan, «bo'ri» o'rnida qashqir, «qizamiq» o'rnida gul; «chayon» o'rnida eshak, otiyo'q deb ishlatilishi kabi.

Ijobiy munosabat ifodalovchi so'zlar ham, ma'no e'tibori bilan evfemizmlarga yaqin turadi.Gap tarkibida ularning bo'yog'i aynan bo'lmasa ham, bir xil sinonimdir, lekin farqi shundaki, evfemik so'z bir nomni boshqa nom bilan ataydi.

Kakofemizmlar vulgar so'zlarning bir turidir.Lekin ular frazeologik ibora ekanligi bilan ajralib turadi.

Frazeologizmlar ma'lum bir so'zning nominativ ma'nosini uslubiy-ekspressiv bo'yoq, salbiy yoki ijobiy munosabat, ko'tarinki ruh, mag'rurlik yoki achinish ottenkalari bilan ifodalaydi. Ular uslubiy-ekspressivlik jihatdan sinonimlar bilan bir qatorda, tasviriy-obrazlilik jihatdan ulardan ustun turadi.

Frazeologizmlar barcha nutq uslublariga uchraydi. Masalan, o'qqa tutmoq kabilar harbiy sohaga, haqing ketmaydi, qo'ling dard ko'rmasin, misi chiqdi, tuyog'ini

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

shiqillatdi, loy bo'ldi, paytavasi chiqdi, o'mbaloq oshdi kabilar so'zlashuv uslubiga; qo'l ko'tarmoq, ovozga qo'ymoq, qo'l qo'ymoq, imzo chekmoq kabilar rasmiy nutqqa xosdir.

Frazeologizmlarda ham sinonimiya, antonimiya hodisalari mavjud: tepa sochi tikka bo'ldi-osmonga sachradi, og'zi qulog'ida-boshi osmonga yetgan, hafsalasi pir bo'ldi-tarvuzi qo'ltig'idan tushdi, boshi g'ovladi-miyasi vang' bo'ldi (sinonimiya), to'g'ri yo'lga soldi-yo'ldan ozdirdi, tepa sochi tikka bo'ldi - boshi osmonga yetdi, dili ochildi-ta'bi xira bo'ldi, oralaridan qil o'tmaydi - oralaridan mushuk o'tgan (antonimiya).

Ko'p ma'nolilik frazeologizmlarda ham uchraydi: ovozi o'chdi:1) jim bo'ldi (gapirmadi), 2) kelmay qo'ydi, 3) harakatdan to'xtadi kabi [3,22].

Frazeologizmlar nutqni ifodali qiladi, fikrni obrazli va bo'rttirib ifoda etadi, obrazlar xarakterini chizishda, tinglovchiga salbiy yoki ijobiy ta'sir etishda, nutq ta'sirchanligini oshirishda, nutq obyektini muayyan paytdagi ahamiyatini ta'kidlashda so'zlovchiga keng imkoniyatlar yaratadi. Shuning uchun ham badiiy nutqda, xalq og'zaki ijodida, jonli so'zlashuvda ulardan keng foydalaniladi.

Obrazlilik darajasi jihatdan ham sinonimik frazeologizmlar farq qiladi: boshiga yetmoq-boshini yemoq, og'zi qulog'ida-boshi osmonga yetdi kabilarning keyingisida ma'no kuchliroq, obrazliroqdir.

Frazeologizmlar ixchamlik va lo'ndalik uchun ham xizmat qiladi. Bir frazeologik butunlik ifodalagan mazmunni boshqa hech bir ibora, gap bilan berish mumkin emas. Biroq rasmiy ish uslubida qo'llanuvchi ayrim frazeologik butunliklar nominativ vazifa bajarishi monosemantik xarakterga ega bo'lgani sababli, ularning sinonimini qo'llash- «tarjima» qilish mumkin: imzo chekmoq - imzolamoq, qo'l ko'tarmoq-tasdiqlamoq // rozi bo'lmoq kabi. Bunday frazeologik birikmalarda uslubiy bo'yoq bo'lmaydi, yoki bo'lsa ham juda kuchsiz.

Hazil-mutoyibalar metafora va metonimiyalarga o'xshaydi va maxsus leksik vositasi yo'q: istalgan so'z, ibora, gap nutq sharoitiga ko'ra hazil uchun xizmat qilishi mumkin.

Ma'lumki, kulgi uzoq umr, vaqtichog'lik, salomatlik va mehnat unumdorligi garovidir. Shuning uchun xalqimiz uzoq o'tmishdan hazil va askiyaga ahamiyat berib kelgan. Qayerda askiya, nafis hazil bo'lsa, o'sha yerda kulgu, xursandchilik, ruhiy tetiklik, jismoniy bardamlik, dillarning ravshanligi, ishning unumi, og'irlikning yengillashuvi va ulkan ishga ishtiyoq, g'alabaga ishonch bor. Shuning uchun bo'lsa kerakkim, qayerda, qaysi kasb orasiga kirmang, jozibador askiyalar, ko'ngilochar hazil-mutoyibalarni eshitmay qolmaymiz.

Ulug' kishilar, rahbar xodimlarning hazili g'oyat katta tarbiya-ta'sir kuchiga ega.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Hazil - mutoyibalar yumoristik hamda chandish shaklida bo'lishi mumkin. Bu turlar badiiy adabiyot va xalq og'zaki ijodida ham mavjud.

Har qanday hazil uslubiy rangdorlik, ekspressiya bilan bog'liq bo'lgan biror maqsad (samimiylik, vaziyatni yumshatish, yengil tanqid, yengil kulgi va boshqalar) ni nazarda tutadi. Masalan: Muxbir janoblari, bu savolga siz javob bering! (Umumiy kulgu, chapaklar, (I.S.) Zuhraning so'zini Marasul tanqid va kulgini nazarda tutib takrorlaydi: Tulki xotinsiz!(A.Q.)

«O'rtoqlik hazillari», «Yangi yil hazillari» va boshqalar ham kishida zavq-shavq uyg'otadi, ayrim zafarlarga chorlaydi, so'zlovchining xolis orzu-istagini ifoda etadi.

Hayotda shundayki, ayrim kishilar oddiy munosabatlarda ham maqol, matal va hikmatli so'zlardan, ayrimlari esa she'rlardan, ayrimlari tantanavor so'zlardan ko'p foydalanadi. Badiiy va publitsistik uslubda ham xuddi shunday holni ko'ramiz. Bunda yozuvchilar o'z nutqlarini obrazli, shirali qilish bilan birga personajlarga nutqiy xarakteristika berishni ham ko'zda tutadilar. A.Qodiriy, Oybek, G'.G'ulom, A.Qahhor asarlarida maqol, matal va hikmatli so'zlar ko'p uchraydi. Yolg'iz otning yo'rg'asidan chiqarmi chang (G'.G'.) Lekin ularni buzib, noto'g'riishlatish («sichqonga don qayda, qassobga jon» deganlaridek) asrlar davomida yaratilgan xalq boyligiga e'tiborsizlik bilan qarash oqibatidir.

XULOSA VA TAKLIFLAR (Conclusion/Recommendations)

Demak, til tasviriy vositalarining nutq madaniyatidagi o'rni va ahamiyati juda katta. O'zbek tilida nutqni to'g'ri, aniq, ta'sirchan, ifodali va mazmunli bayon qilishda metafora, metonimiya, sinekdoxa, so'zni kochma ma'noda qo'llash muhim o'rin tutadi. Ular nutq mazmunini kuchaytirib, uni tinglovchiga tushinarli holda yetkazishda kuchli uslubiy vositalardan hisoblanadi. Shuningdek, maqol-matal va hikmatli so'zlar bayon qilinayotgan fikrning gultoji bo'lib, so'zlovchining nutqini o'tkir va ta'sirli qiladi, badiiy ko'rkini oshiradi. Ularda chuqur mazmun, falsafiy mushohadaga boy xulosalari, asr-asrlarga teppa-teng daxldor bo'lgan qimmatbaho fikr xazinalari gavdalanadi.

Maqollar, matal va hikmatli so'zlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga aloqador bo'lib, ularni o'z o'rnida ishlatmoq darkor.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Abdullayev A. O'zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi. - Toshkent: Fan, 1983.

2. Numonov T., Saidova M., Boboxonova D. Maqol va hikmatlar ona tilimiz duru javohirlaridir. - Namangan, 2003.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

3. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining qisqascha frazeologik lug'ati. -Toshkent: Fan, 1964.

4. Babakhanova, D. (2023). The Use of Verb Forms in Speech Styles. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(5), 707-713. Retrieved from: https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=dXYpKns AAAAJ&authuser=2&citation for view=dXYpKnsAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC

5. Babakhonova, D. A. (2019). The Functional Styles of Speech. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(9), 142149. Retrieved from: https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=dXYpKns AAAAJ&authuser=2&citation for view=dXYpKnsAAAAJ:qjMakFHDy7sC

6. Babaxanova, D. A. (2019). Formation of Styles of the Uzbek Language. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(12), 163-169. Retrieved from: https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=dXYpKns AAAAJ&authuser=2&citation for view=dXYpKnsAAAAJ:u-x6o8ySG0sC

7. Babaxanova, D. A., & Sobirova, M. Y. (2019). About the History of Speech Culture and Art of Oratory. ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (80), 275-277. Retrieved from: https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=dXYpKns AAAAJ&authuser=2&citation for view=dXYpKnsAAAAJ:u5HHmVD uO8C

8. Babaxanova, D. A., Qozoqova, N. A., Tajibayeva, D. E., (2023), Expression of Subtext in Literary Text. Texas Journal of Philology, Culture and History, Vol 18, 85-88. Retrieved from: https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=dXYpKns AAAAJ&sortby=pubdate&citation for view=dXYpKnsAAAAJ:Y0pCki6q DkC

9. Babaxanova, D. (2023), Erkin Vohidovning So'z Qo'llash Mahorati. Scienceweb Academic Papers Collection, (125-127) Retrieved from: https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=dXYpKns AAAAJ&sortby=pubdate&citation for view=dXYpKnsAAAAJ: YsMSGLbcyi4C

10. Babaxanova, D. (2023), Frazeologizmlarda Emotsional-Ekspressivlikning Ifodalanishi. Scienceweb Academic Papers Collection, (128-129) Retrieved from: https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=dXYpKns AAAAJ&sortby=pubdate&citation for view=dXYpKnsAAAAJ: W7OEmFMy 1HY C

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.