Научная статья на тему 'TIL LEKSIK SISTEMASINING KOGNITIV ASPEKTI'

TIL LEKSIK SISTEMASINING KOGNITIV ASPEKTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
216
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kognitiv tilshunoslik / konseptuallashtirish / freym / leksikografik tasvirlar / insayt / cognitive linguistics / conceptualization / frame / lexicographic images / insight

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umarova Obida Avazxonovna

Maqola kognitiv paradigma, kognitivlik til kategoriyalar, tillarni chog‘ishtirib o‘rganish muammolari, leksikografik tavsiflar va ularning berilishiga asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COGNITIVE ASPECT OF LANGUAGE LEXICAL SYSTEM

The article is based on the cognitive paradigm, cognitive language categories, problems of comparative language learning, lexicographic descriptions and their presentation.

Текст научной работы на тему «TIL LEKSIK SISTEMASINING KOGNITIV ASPEKTI»

TIL LEKSIK SISTEMASINING KOGNITIV ASPEKTI Umarova Obida Avazxonovna

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Fransuz filologiyasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6610971

Annotatsiya. Maqola kognitiv paradigma, kognitivlik til kategoriyalar, tillarni chog'ishtirib o'rganish muammolari, leksikografik tavsiflar va ularning berilishiga asoslangan.

Kalit so'zlar: kognitiv tilshunoslik, konseptuallashtirish, freym, leksikografik tasvirlar,

insayt

КОГНИТИВНЫЙ АСПЕКТ ЛЕКСИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ ЯЗЫКА

Аннотация. Статья основана на когнитивной парадигме, когнитивных языковых категориях, проблемах сравнительного изучения языков, лексикографических описаниях и их представлении.

Ключевые слова: когнитивная лингвистика, концептуализация, фрейм, лексикографические образы, инсайт.

COGNITIVE ASPECT OF LANGUAGE LEXICAL SYSTEM

Abstract. The article is based on the cognitive paradigm, cognitive language categories, problems of comparative language learning, lexicographic descriptions and their presentation.

Keywords: cognitive linguistics, conceptualization, frame, lexicographic images, insight

KIRISH

Til birliklarini yoki til tizimining bo'laklarini qiyoslash har bir alohida tilning kategoriyalarini chuqurroq va to'laroq anglab yetishga yordam berayotgani sababli, tillarni qiyosiy o'rganish muammosi hozirgi lingvistikaning diqqat markazida turadi.

Lingvistik tadqiqotlarni kognitiv tilshunoslik nuqtai nazardan amalga oshirilishi va yangi tahlil bosqichiga o'tishi keyingi davrda tillarni chog'ishtirib o'rganish muammolarini boshqa rakursda ko'rib chiqishga imkon beradi. Tilshunos V.G.Gak shuni ta'kidlaydiki,"shu paytga qadar tillar turli bosqichlarining ayrim faktlari solishtirilar va to'plangan material asosida ma'lum umumlashtirishlar qilinar edi. Ammo, qiyoslash ob'ektlari, turli daraja kategoriyalari u yoki bu darajada o'rganilganligiga qaramay, lingvistik adabiyotda tillar o'xshashliklarining va farqlarining universal turlarini aniqlashga yetarli e'tibor berilmas edi. Faqat endi til sohasida tadqiqotlarni ancha tizimlashtirib va keng qamrovli tadqiqotla r o'tkazish mumkin bo'lib qoldi"1

Tillarni qiyoslashda funksional-kognitiv yondashuv va funksional-semantik tahlil qo'llaniladi, buning sababi shuki, unda bir tomondan olamning va fikrlash jarayonlarining, boshqa tomondan, til kategoriyalari tarkibida universallikning va ideoetnik holatlarning o'zaro birikuvi natijasida tillarning o'ziga xosligi yoki umumiyligi yaqqol ko'rinadi.

Insonning harakatlanish jarayonini dinamik hodisa sifatida tasavvur qilishga imkon beradigan va bu dinamik holatni lingvistik jihatdan ifodalay oladigan kognitiv yondashuv juda muhim va zarurdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Kognitiv fan inson miyasini va uning bir necha yo'nalishlar bo'yicha ishini o'rganish bilan bog'liq barcha fanlarni: fikrlashning formal qoidalarini o'rganish bilan shug'ullanadigan

Актуальные проблемы учебной лексикографии. -М., 1977.

mantiqiy yo'nalishni, fikrlash aktlarining asosida bo'lgan mexanizmlar va jarayonlar bilan shug'ullanadigan neyrofiziolok yo'nalishni, diqqat markazida til va tafakkurning o'zaro bog'liqligi muammosi turgan ruhiy faoliyatni uning real empirik ko'rinishlaridagi barcha shakllarini o'rganishga asoslangan psixologik yo'nalishni birlashtirdi 2

Kognitiv yo'nalish fanda an'anaviy tarzda falsafa va psixologiya doiralarida mavjud edi. Tashqi olamni bilish, idrok qilish, kognitsiya masalalari antik davrdan buyon falsafaning tadqiqot predmeti bo'lgan. Hozirgi vaqtda kognitsiya fanlararo fan bo'lib, u operativ tafakkur, olamni bilish jarayonlari bilan bog'liq va insonning ayrim jihatlarini talqin qilish uchun turli fanlarni (falsafa, psixologiya, lingvistika, mantiq, antropologiya, neyrofiziologiya, kibernetika) birlashtiradi. Ongning tabiatini, strukturasini va ishlashini o'rganishning fanlararo tajribasi sifatida paydo bo'lgan kognitiv fan zamonaviy lingvistikada o'z davomini topdi, unda u «bilish haqidagi, kishilarning olamni idrok qilish va tushunib qilingan ko'rinishda to'plangan va ma'lum ma'lumotlar tizimiga keltirilgan, bizning ongimizda qandaydir tarzda ko'rsatilgan predmetli bilish faoliyati natijalari va mental yoki kognitiv jarayonlarning asosini tashkil qiladi» deb ta'riflaydi mashhur tilshunos I.S.Kubryakova.3

Kognitiv lingvistika funksionalizm doiralarida yangi yo'nalishning paydo bo'lishini nishonlayapti, u barcha til jarayonlarini insonning bilish faoliyati bilan, olamni kategoriyalash va konseptuallashtirish aktlari bilan bog'lash imkonini beradi. Konseptuallashtirish-inson bilish faoliyatining eng muhim jarayonlaridan biridir, u olinayotgan ma'lumotlarni tushunchaviy tasniflashdan va kishilik tajribasining qandaydir minimal birliklarni ularning mazmuniy ko'rinishida ajratishdan iborat. Konseptuallashtirish til birliklarining u yoki bu jihatdan o'xshashligini namoyon qiluvchi yoki aynan bir xil deb xarakterlanuvchi yirik razryadlarini birlashtirishga yo'naltirilgan kategoriyalash bilan uzviy bog'langan.4Kategoriyalash va konseptuallashtirish voqelikni bilish natijalarini ularni turli hajmdagi konseptlar bilan bog'liq ma'lum kategoriyalarga taqsimlash orqali tartibga solinishini ta'minlaydi. Bu jarayon natijalari kishi ongida verbal vositalar, ya'ni leksikalashtirish orqali mustahkamlanadi.Olamning lisoniy manzarasi, bir tomondan, tildan tashqari voqelik munosabatlarini aks ettirish bilan bog'liq, boshqa tomondan, so'zlovchi tomonidan olamni idrok qilishning natijalarini mujassamlantiradi.

Olam manzarasi - bu borliqning yaxlit, global obrazi bo'lib, u insonning barcha ma'naviy faolligi, uning olam bilan barcha aloqalari - predmetli-amaliy faoliyati, mushohadasi, olamni aqliy tushunib yetishi va dunyoni his etishining asosida yotadi. Olam manzarasi inson konsepsiyasining, uning hayotining o'ziga xosligini ifodalovchi markaziy tushunchadan iborat.

TADQIQOT NATIJALARI

Konseptual manzara dinamik xarakterga ega. Barcha tillarga universal bo'lgan tushunchaviy kategoriyalar uning asosini tashkil etadi. Olamni voqeiy-dinamik tasavvur qilish amalga oshadigan asosiy universaliyalarga: zamon, makon, hayot, miqdor, harakat, holat, belgi

2Апресян Ю.Д. Лексическая семантика: Синонимические средства языка. -М.: Наука, 1974. -Зббс.

3 Апресян Ю.Д. Формальная модель языка и представление лексикографических знаний // Вопросы языкознания. -1990. -№6, -С.123-140.

4Kognitiv atamalarning qisqacha 1996, 93

va hokazolarni kiritish mumkin. Sanab o'tilgan universal kategoriyalar til kategoriyalarining asosini tashkil etadi5.

Kognitiv paradigmada «ssenariylar», «freymlar», «prototiplar», «geshtalt-strukturalar» deb ataluvchi, insonning nutq-fikrlash faoliyatida bilimlar faollashuvining yo'nalishi va shakllarini namoyon qiluvchi klassifikatorlar azaldan markaziy rol o'ynaydi. Bunday tushunishda leksemaga o'z ma'nosi bilan olam haqidagi bilimlar strukturasiga kiruvchi - aslida til mazmuni va ifodalanayotgan voqelik o'rtasida vositachi bo'lgan prototiplarni, freymlarni olamga namoyon qilish qobiliyati xosdir6

Leksikografik tavsiflar bilan "anglanadigan" fikrlashga oid kartinkalar, sxemalar, freymlar va ssenariylar bilimlarni tasavvur qilish strukturasiga kiradi. Ularga «insayt» -«mohiyatga kirib borish» kabi mental hodisalarni qo'shish mumkin. Bu predmetning tuzilishi, dizayni va funksional mo'ljallanganligi haqidagi ma'lumotlarni beruvchi semalardir: qaychi (ikkita doirasimon ruchkalar o'rtasida vint bilan birlashtirilgan ikkita tig'dan tashkil topgan qirqish instrumenti), zontik (yomg'ir yoki quyoshdan himoyalanish uchun moslama: uzun ruchkaga birlashtirilgan buklanuvchi spitsaga tortilgan dumaloq mato parchasi).

Bulardan tashqari, bilim haqidagi tasavvurlar strukturasiga idrokning har qanday his-tuyg'uli komponentlaridan mahrum bo'lgan obrazli, makonli komponentlar tushunchalari ham kiradi; ular sof mantiqiy ta'riflar bilan koddan chiqariladi: or-nomus, obro'-e'tibor, shon-sharaf (shaxsning hurmat va iftixorga loyiq ma'naviy va axloqiy prinsiplari; yaxshi, dog' tushmagan nom, pok nom), vijdon (atrofdagi odamlar, jamiyat oldidagi o'z fe'l-atovri uchun ma'naviy javobgarlik hissi) va h.k.

Insaytlarni eng primitiv denotatlar deb xarakterlash mumkin, ularning tuzilishi har qanday kishiga erta bolaligidan ma'lum va batafsil izohga umuman muhtoj emas. Insaytni barpo qiluvchi semalar predmetning tuzilishi, dizayni va funksional mo'ljallanganligi haqidagi ma'lumotlarni uzatadilar7

Kognitivtilshunoslik barcha til jarayonlarini insonning bilish faoliyati bilan, olamni kategoriyalash va konseptuallashtirish bilan bog'lash imkonini beradi. Konseptuallashtirish -inson bilish faoliyatining eng muhim jarayonlaridan biri bo'lib, o'ziga kelayotgan ma'lumotlarning tushunchaviy tasnifidan iborat. U inson tajribasining qandaydir minimal birliklarini ideal mazmuniy ko'rinishda ajratishga yo'naltirilgan. Konseptuallashtirish jarayoni birliklarning u yoki bu jihatdan o'xshashligini namoyon qiluvchi yoki aynan bir xil deb xarakterlanuvchi ancha yirik razryadlarini birlashtirishga yo'naltirilgan kategoriyalash bilan uzviy bog'langan8Materialni ko'rib chiqishga funksional yondashuv til elementlari nutqda qanday ishlashini, harakat qilishini ochib berishga imkon beradi. Agar tizimli-struktur yondashuv ob'ektning tuzilishi haqidagi savolga javob bersa, funksional yondashuv ushbu ob'ektning vazifasi qanday, degan savolga javob qaytarish imkonini beradi.

Funksional tasvirlash tilni «shakldan mazmunga» emas, balki «mazmundan shaklga», «vazifadan til vositalariga» yo'nalishida tadqiq qiladi. Til materialini tasvirlashning bunday

5 Арутюнова Н.Д. Проблемы синтаксиса и семантика в работах Ч.Филлмора // Вопросы языкознания, -1973. -№1. -С. 117-124.

6 Арутюнова Н.Д. Коммуникативная функция и значение слова // Филологические науки, -1973 а, -№3. -С.42-54.

7Бабушкин А.П. Фразеологические концепты // Когнитивная лингвистика. -Тамбов, 1998. -ч.2 -С.36-38.

8Kubryakovavab. Kognitivatamalarningqisqachalug'ati 1996, 93

prinsipi butunlay qonuniydir, chunki so'zlovchining ongida vujudga keladigan fikr yo'lini -tushunchadan uni ifodalash vositalariga tomon aks ettiradi. Fikrni shakllantirish jarayonida so'zlovchi har doim o'zi ifodalamoqchi bo'lgan fikrdan ma'lum ma'lumotni ifodalash uchun ishlatiladigan rasmiy vositalar tomon boradi9

MUHOKAMA

Kognitiv vazifa insonning idroki va fikrlash faoliyati orqali tashqi olamning hodisalari tilda qanday aks etishi bilan bog'liq, ya'ni ushbu vazifa sub'ekt bilimining va ijtimoiy tajribaning to'planishini shart qilib qo'yadi. O'z bilimini boshqaga berib, individ o'zini bo shqa individdan va olamdan ajratadi, bu tafakkurning kommunikativ kelib chiqishini izohlaydi. Kognitivlik tilning leksik tizimini inson tafakkuri idrokining prizmasi orqali boshqacha tushuntirib, yangi rakursda taqdim qilish imkonini beradi. Bilimlarni qayta ishlash va saqlash, til sohiblarining tajribasini konseptuallashtirish bilan bog'liq bo'lgan bilimlarni inson boshida tashkil qilish jarayonlarini aks ettiruvchi lug'at tarkibi insonning ichki leksikoniga kirib boradi (Gafarova, Kildibekova 1998, 40).

Kognitivlik til kategoriyalarining mazmunini, ularning iyerarxik tuzilishini yangicha talqin qilish imkonini beradi, chunki insonning bilish faoliyatiga suyangan bilimlarning barcha tiplarini tizimlashtirishni nazarda tutadi. Kognitivlik nuqtai nazaridan til birliklari inson tajribasining tilda qayd qilingan ma'lum qatlamlarining in'ikosi deb baholanadi. Shu munosabat bilan tahlil paytida kategoriyalarning har biri bilimlarning qanday strukturasini qayd qilganini, bilimlarni qisqartirishda va kengaytirishda qanday rol o'ynashini, nutq akti ishtirokchilarining ma'lum intensiyasini (niyatini) turli darajada tafsiflashni va amalga oshirishni aniqlash lozim.

Kognitiv yondashuv tilning leksik tizimi va grammatikaning tilning ikkita asosiy bo'g'ini sifatidagi o'zaro bog'liqlik masalasiga yangicha qarashga imkon beradi, chunki leksik mazmunlarda lug'at darajasidaham, grammatika darajasida ham asosiy konseptlar sifatida keladigan universal-tushunchaviy kategoriyalar aniqlanadi10

Kognitiv yondashuv ham grammatik sohadagi, ham leksik sohadagi lingvistik hodisalarning tahlilida qo'llanilishi mumkin. Kognitivlikka tayanib so'z turkumlari so'zlarning alohida sinflari, masalan, fe'llar so'z hosil qiluvchi jarayonlar funksional-semantik kategoriyalar tahlil qilinadi va h.k.11 Masalan, ko'p qatlamli struktura bilan xarakterlanadigan temporallik kategoriyasi insonning voqealarni vaqt markaziga joylashtirish bo'yicha kognitiv faoliyatiga asoslanadi. Vaqtning harakati haqidagi tasavvur voqealar, vaziyatlar bilan bevosita bog'lan gan.

Vaqt kuzatilmaydi va inson ongida voqealar orqali qayd qilinib, tilda voqeaviy-taqsimlash vazifasini bajaradi. So'zlovchi voqealarning tutashishini o'zi tanlagan ma'lum hisoblash nuqtasidan vaqt o'qiga o'tkazadi. Temporallikning kognitiv modellari vaqt munosabatlarining keng spektrini o'z ichiga olgan inson tajribasining turli jihatlarini qamrab oladi.

Kognitiv yondashuv so'z turkumlarining umum kategorial ma'nosini yangicha talqin qilish imkonini beradi. Misol uchun, sifatni so'zlarning belgisi sifatida o'rganish fikrlarning turli sohalariga, olamni uni bilish jarayonida anglash prinsiplariga murojaat qilmasdan o'rganish

9Балли Ш. Общая лингвистика и вопросы французского языка. -М., 1955

10Бодуэн де Куртене И.А. Избранные труды по общему языкознанию. -М., 1963. -T.II. -400c.

пБойко Б.Л. Формы существования языка и текста // Методысопоставительного изучения языков. -М.:

Наука, 1988. -С.71-76.

mumkin emas. Odatda, sifatlar ob'ektlarning alohida belgilarini, xususiyatlarini nomlaydi, deb hisoblanadi. Ammo tilda juda ko'p sifatlar ko'zga tashlanadi-ki, ularning mazmuni butun vaziyatni, voqealarni tasvirlash orqali aniqlanadi.

Kognitiv semantikaning eng muhim vazifasi bir ma'nodan boshqa ma'noga o'tish turlarini yoki usullarini tasvirlashdan iboratdir; bu turli til hamda turli leksik, so'z yasash, grammatik ma'nolar materiali asosida bajariladi.

Kognitivizm uchun eng muhimi tilni, eng avvalo, bir tomondan, nutq va fikrlash faoliyati o'rtasidagi bog'lovchi zveno sifatida, ikkinchi tomondan, tilning ishlashi tomonidan esa, kognitiv mexanizm sifatida qarash hisoblanadi.

Tilning leksik tizimini o'rganishda kognitiv yondashuvning ahamiyatini qayta baholash qiyin. Kognitiv yondashuvningsharofati bilan til birliklarining semantikasini global konseptlar asosida tilning lug'at tarkibini tizimlashtirishdan iborat bo'lgan butunlay boshqa jihatdan tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo'lindi. Bunday keng ko'lamdagi ilmiy paradigma bo'lgan kognitiv lingvistika doirasida, tilni tushunish va ishlatish masalalari bilan shug'ullanuvchi, odatiy semantikadan muammolarning qo'yilishi va ularni hal qilish metodlari bilan farq qiluvchi alohida bo'lim - kognitivsemantika ajralib chiqadi. Insoniyat tomonidan to'planayotgan til va bilimlarning o'zaro munosabatlari muammosi kognitiv semantika masalasini tilshunoslikning til bilish vositasi sifatidagi hamda til va tafakkur o'rtasidagi o'zaro munosabatlar muammolariga tegishli an'anaviy mavzularini yangicha tushunishga imkon beruvchi tadqiqotlarning birinchi esheloniga olib chiqadi.12

Kognitiv lingvistikaning muammoliligi uning asosiy toifalariga, ya'ni toifalashtirish va kontseptualizatsiya, kontseptsiya, ramka, konseptosfera, gestalt, prototip va boshqalarga qaratilgan. Kognitiv tilshunoslikning asosiy oqimida olib borilgan har qanday lingvistik ish kognitiv tilshunoslik bilan bog'liq bo'lgan nomlangan toifalarni e'tiborsiz qoldirolmaydi.

XULOSA

Shunday qilib, tilning kognitiv asoslarini ko'rib chiqib, biz shunday xulosaga keldikki, faqat lingvistik bilim asoslarini tavsiflash, uni o'zlashtirish va lingvistik imkoniyatlardan foydalanish usullarini tushuntirishga ko'p qirrali va kompleks yondashuv bilan, muammolarni hal qilishga umid qilish kerak. biz aniqladik. Til hodisalarini kompleks o'rganishga bunday yondashuvni har bir holatda birlashtiruvchi bo'g'in va shu bilan birga asosiy, asosiy omil inson va uning qobiliyatlari va ehtiyojlari ekanligi bilan izohlash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Актуальные проблемы учебной лексикографии. -М., 1977.

2. Апресян Ю.Д. Лексическая семантика: Синонимические средства языка. -

М.: Наука, 1974. -Зббс

3. Бабушкин А.П. Фразеологические концепты // Когнитивная лингвистика. -

Тамбов, 1998. -ч.2 -С.36-38..

4. Бойко Б.Л. Формы существования языка и текста //

Методысопоставительного изучения языков. -М.: Наука, 1988. -С.71-76.

5. Балли Ш. Общая лингвистика и вопросы французского языка. -М., 1955

12Бабушкин А.П. Фразеологические концепты // Когнитивная лингвистика. -Тамбов, 1998. -ч.2 -С.36-38.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.