Научная статья на тему 'TIL FANLARINI O‘QITISHDA SАMАRАLI METODLАRDАN FOYDALANISHNIN GAHAMIYATI'

TIL FANLARINI O‘QITISHDA SАMАRАLI METODLАRDАN FOYDALANISHNIN GAHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Metod / samaradorlik / kommunikatsiya / leksika / o’qitish / ko’nikma / malaka. / Method / efficiency / communication / vocabulary / training / skill / competence.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Begimov Odil Tuxtamishovich

Ma’lumki,til fanlarini o‘qitishda yaxshi natija beradigan metodlar eng maqbul va taʼsirchan bo‘ladi, shuning uchun ham ular hozirgi davrda yetarli darajada dolzarb hisoblanadi. Ishimizning asosiy maqsadi til fanlarini o‘qitish mashg‘ulotlarida kommunikativ munosabatning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladigan zamonaviy metodlarning ahamiyatini ko‘rsatishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF USING EFFECTIVE METHODS IN LANGUAGE TEACHING

It is known that methods that give good results in teaching language sciences are the most optimal and effective, therefore, at the moment they are considered quite relevant. The main goal of our work is to show the importance of modern methods that serve to ensure the effectiveness ofthe communicative attitude in language training.

Текст научной работы на тему «TIL FANLARINI O‘QITISHDA SАMАRАLI METODLАRDАN FOYDALANISHNIN GAHAMIYATI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

THE IMPORTANCE OF USING EFFECTIVE METHODS IN LANGUAGE TEACHING Begimov Odil Tukhtamishovich

Head of the Department of Uzbek Language and Literature of Karshi Institute of Engineering and Economics, doctor of philological sciences https://doi.org/10.5281/zenodo.10963745

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th April 2024 Accepted: 11th April 2024 Online: 12th April 2024

KEYWORDS Method, efficiency,

communication, vocabulary, training, skill, competence.

It is known that methods that give good results in teaching language sciences are the most optimal and effective, therefore, at the moment they are considered quite relevant. The main goal of our work is to show the importance of modern methods that serve to ensure the effectiveness of the communicative attitude in language training.

TIL FANLARINI O'QITISHDA SAMARALI METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Begimov Odil Tuxtamishovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya

fanlari doktori begimovodil@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10963745

ARTICLE INFO

Received: 06th April 2024 Accepted: 11th April 2024 Online: 12th April 2024

KEYWORDS Metod, samaradorlik,

kommunikatsiya, leksika,

o'qitish, ko'nikma, malaka.

ABSTRACT

Ma'lumki, til fanlarini o'qitishdayaxshi natija beradigan metodlar eng maqbul va ta'sirchan bo'ladi, shuning uchun ham ular hozirgi davrda yetarli darajada dolzarb hisoblanadi. Ishimizning asosiy maqsadi til fanlarini o'qitish mashg'ulotlarida kommunikativ munosabatning samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladigan zamonaviy metodlarning ahamiyatini ko'rsatishdan iborat.

KIRISH

Ma'lumki, til fanlarini o'qitishning amaliy ehtiyojlari ta'limning u yoki bu metodlari ustunligini aniqlab beradi. Tajribalarning ko'rsatishicha, hozirgi vaqtda tillarni o'qitishda quyidagi metodlarga ustunlik berilmoqda:

1. Strukturaviy-orientirlovchi metod. Bu metod talaffuz, leksik materiallarni tanlash, nutqni grammatik jihatdan to'g'ri ifodalash malakalarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'ladi.

2. Kommunikativ-orintirlovchi metod. Bu metod aniq bir tilda fikrni adekvat tarzda ifodalash ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'ladi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Badiiy asarlarda tashqi nutqning chegarasi odatda qo'shtirnoq bilan aniq belgilab qo'yilgan bo'ladi. Bunda kommunikativ metodning ustun darajada qo'llanilishi nihoyatda mantiqli va asosli namoyon bo'ladi, chunki kommunikativ funktsiyaning yetakchilik rolini inkor etib bo'lmaydi.

Ishimizning asosiy maqsadi til fanlarini o'qitish mashg'ulotlarida kommunikativ munosabatning samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladigan zamonaviy metodlarning ahamiyatini ko'rsatishdan iborat. Shu bilan bog'liq ravishda shuni ta'kidlash o'rinliki, yaxshi natija beradigan metodlar eng maqbul va ta'sirchan bo'ladi, shuning uchun ham ular hozirgi davrda yetarli darajada dolzarb hisoblanadi.

TADQIQOTNING METODOLOGIK ASOSLARI VA USULLARI

Tadqiqot metodologiyasi til fanlarini o'qitishda amal qiladigan zamonaviylik tendentsiyasiga asoslanadi, ya'ni o'qitishning zamonaviy, samara beruvchi turi va usullarini qo'llagan holda ta'lim berishga asoslanadi.

Tadqiqotning ilmiy-nazariy bazasini zamonaviy ta'lim nazariyasi va amaliyotida qo'llaniladigan ilmiy fikrlarni tahlil qilish usullari tashkil etadi. Shuningdek, lingvistik tadqiqot sohasida amal qiladigan jamoaviylik va xususiylik, mohiyat va hodisa, shakl va mazmun bilan uyg'unlashgan dialektik qonuniyatlarga asoslanadi.

Asosiy tadqiqot usuli sifatida analiz va sintez, tuzilish va shakllanishiga ko'ra tahlil qilish, til faktlarini solishtirishdan foydalanilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Biz ko'pincha kommunikativlikni ta'lim oluvchilarga ko'rsatadigan ta'sirining samarasi nuqtayi nazaridan o'qitishni optimallashtirish ma'nosida tushunamiz. Kommunikativlik lotincha "comminicatio" - "munosabat qilish, o'zaro bir-birini tushunishga asoslangan ikki yoki undan ortiq individlar o'rtasidagi aloqa" ma'nosini beradi. Shubhasiz, kommunikativ ta'limning barcha metodlari asosida har qanday tilda aloqa o'rnatish, munosabatning eng samarali shaklini topish tushunchasi yotadi.Bu hodisa hatto munosabat ishtirokchilarining fikri va harakatlari bir-birlariga tushunarli bo'lgan o'z ona tilisini o'rganishda ham qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Chet tilini o'rganishda bu masala yanada qiyin kechadi, chunki ta'lim oluvchilar hamisha ham bir-birlarini tushunavermaydilar.

Kommunikativ-orientirlovchi metodning asosiy tamoyili nutqiy faoliyat hisoblanadi. Munosabat ishtirokchilari chet tili yordamida hamkorlikdagi faoliyatning real va noreal topshiriqlarini bajarishni o'rganishlari lozim. Bunda ta'lim metodik usullar (techniques) va mashqlar (exercises) yordamida reallashtiriladigan topshiriqlar (activities) orqali amalga oshiriladi. Bunday holda o'quvchilar munosabatining noan'anaviy metodi namunasi sifatida quyidagi topshiriq turlarini keltirish mumkin: 1) communication games (kommunikativ o'yinlar); 2) communicative stimulations in role-plays and problem-solving (rolli o'yinlarda va muammolarni hal qilishda kommunikativ stimullar); 3) socialization (ijtimoilashuv, ya'ni erkin muloqat).

Hozirgi kunda kommunikativ-orientirlovchi topshiriqlarni bajarishning uch tarkibli (three-phase frame-work) shakli keng tarqalmoqda. Amalda har qanday topshiriq uch bosqichda bajarilishi mumkin: 1) pre-activity (tayyorlovchi); 2) while-activity (bajaruvchi); 3) post-activity (yakunlovchi).

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Tajribalarning ko'rsatishicha, faoliyat jarayonida shaxsning faol va erkin ishtirok etishi uchun qulay sharoit yaratish talab etiladi. Bunday shart-sharoitlar natijasi quyidagilarda o'z ifodasini topadi:

- talabalar muloqat jarayonida o'zlarining fikr va mulohazalarini erkin ifodalash imkoniyatiga ega bo'ladilar;

- guruh tarzida amalga oshiriladigan muloqatlarining har bir ishtirokchisi boshqalarining diqqat markazida bo'ladi;

- har bir shaxsning o'ziga xos nutqi lisoniy bilimning eng muhim namoyishiga aylanadi;

- o'zaro qarama-qarshi, mantiqqa to'g'ri kelmaydigan, ammo o'quvchilarning faolligi, mustaqil pozitsiyasini ko'rsatadigan hatto noto'g'ri mulohazalar ham rag'batlantirib boriladi;

- muloqat ishtirokchilari tanqiddan, xato qilganliklari uchun taqib va jazolanishdan o'zlarini havfziz sezadilar;

- lisoniy materiallardan foydalanish individual nutqiy mazmunga oid topshiriqlarga bo'ysundiriladi;

- lisoniy material so'zlovchining nutq mazmuni imkoniyatlariga mos keladi;

- nutqiy munosabat baho bermaslik, tanqid qilmaslik (o'zaro qayg'urish va boshqalarning qayg'usini tushunish) asosida quriladi.

Bunda nutqiy xatoliklarga yo'l qo'yilishini nafaqat mumkin deb, balki me'yoriy holat deb hisoblash maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki, so'zlashuv grammatikasida yozma nutq grammatikasiga qaraganda ma'lum bir og'ishlarga yo'l qo'yiladi.

Shuningdek, noan'anaviy metodlarni amalga oshirishda o'quvchilarning axborot kompetentsiyasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. U quyidagi komponentlarni o'z ichiga oladi: 1) axborot "freymlari" (frames); 2) bilimning murakkablashuvi (schemata); 3) dunyoning lisoniy qiyofasi; 4) bilimning kelib chiqishi (background knowledge); 5) umumiy saviya (general knowledge).

O'quvchining darsda muloqatga aralashmasdan turishini, ko'pincha, u suhbatlashish predmetini bilmaydi, u muhokama qilinayotgan muammoga shaxsan aloqador emas, leksika bilan grammatikani o'rgangan bo'lsa ham, munosabatga kirishishning imkoniyati bo'lgan usullari bilan tanish emas degan izohlar bilan tushintirishga harakat qilinadi.

Tajribalar shuni ko'rsatadiki, chet tili darslarida kommunikativ muloqatning noan'anaviy metodlarini qo'llash uchun darsni kommunikativ tarzda tashkil etishning o'ziga xos farqlovchi jihatlarini bilish talab etiladi. Uni amalga oshirish uchun predmet, maqsad va o'quvchilarning muloqat shakllarini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy ta'limni komputer texnologiyalari majmuasini o'z ichiga oluvchi, bir vaqtning o'zida grafika, matn, video, fotografiya, animatsiya, tovush effekti, yuqorisifatli ovoz jurligini ta'minlaydigan, ya'ni bugungi kunda ma'lum bo'lgan barcha shakllarni o'zida mujassamlashtirgan, bir nechta axborot muhitida foydalanish imkoniyatini beradigan multimedia texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu yerda biz ikki asosiy ustunlikni, ya'ni sifat va miqdor ustunligini kuzatishimiz mumkin. Agar og'zaki nutqni rivojlantirishni bevosita audovizual usulda taqdim etish bilan taqqoslasak, sifat jihatidan yangi imkoniyatlar ochiq ko'rinadi. Miqdoriy ustunlik shu narsada ko'rinadiki, multimedia axborot tig'izligi jihatidan " ko'p marta eshitgandan ko'ra, bir marta ko'rgan afzal" qabilida anchagina yuqori turadigan

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

muhitga ega. Multimediali darslar eng maqbul va samarali usul sifatida darsning uch qismli didaktik maqsadiga mos keladi:

1. Ta'limiy aspekt: talabalar tomonidan o'quv materialini qabul qilinishi, o'rganish obyektidagi aloqa va munosabatlarni anglab yetish.

2. Rivojlantiruvchi aspekt: o'quvchilarda bilishga qiziqishni kuchaytirish, ularning umumlashtirish, tahlil etish, qiyoslash ko'nikmalarini shakllantirish, ijodkorlik faoliyatini oshirish.

3. Tarbiyaviy aspekt: ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, mustaqil va guruh bo'lib ishlashni aniq tashkil etish ko'nikmalarini shakllantirish, o'rtoqlarcha munosabatda bo'lish, o'zaro bir-birini tushunish ruhida tarbiyalash.

Zamonaviy ta'limda multimediani qo'llashga yo'naltirilgan metodlar, usullar, ta'lim faoliyatini tashkil etish texnologiyalari haqidagi masala eng muhim va dolzarb bo'lib bormoqda. Darsda multimediadan foydalanish metodlari va usullari turlicha, ammo biz ularni tadbiq etishda birgina vazifani, ya'ni darsni samarali bo'lishini ko'zda tutamiz. Bunday darslarning ustunligi yangicha faoliyat hisobiga ta'limning sifatini oshirish hisoblanadi. Multimediali taqdimotlar nafaqat bilimni berishga xizmat qiladi, balki uni nazorat qilish, mustahkamlash, takrorlash, umumlashtirish, tizimlashtirish, shubhasiz didaktik funktsiyani muvafaqiyatli bo'lishini ta'minlaydi.

Tajribalarning ko'rsatishicha, o'quv jarayonida multimedia taqdimot metodini qo'llash quyidagi imkoniyatlarni beradi:

- talabalarga o'rganilayotgan hodisa va jarayon haqida imkon qadar to'liqroq, ishonchli axborotlarni berish;

- o'quv jarayonida ko'rgazmalilikning rolini oshirish;

- o'quvchilarning so'rovlari, xohishlari va qiziqishlarini imkon qadar qondirish;

- sinf doskasi bilan ishlashga qaraganda o'quv vaqtini imkon qadar iqtisod qilish.

Multimediali taqdimot metodini qo'llash orqali ko'pgina didaktik va tarbiyaviy vazifalarni samarali hal etish mumkin, jumladan:

- yangi material, tavsiya etilgan yangi axborotlarni o'rganishda;

- o'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o'quv ko'nikmalari va malakalarini qayta ishlashda;

- olingan bilim, hosil bo'lgan malakani amalda qo'llash uchun takrorlashda;

- bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishda.

Yangi materialni tushuntirish bosqichida shuni hisobga olish lozimki, multimedia taqdimoti o'qituvchi va yozuv doskasini almashtirish emas, balki mashg'ulotda nutq yoki boshqa vosita yordamida namoyish etish imkoniyati bo'lmagan keng yoritilgan faktlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Masalan, video-, soha olimlarinig chiqishlari, eksperimentlari va boshqa shu kabilar tushirilgan audioyozuvlar bo'lishi mumkin. Darsda o'qituvchi yangi materialni tushuntirishda LCD-proektor yordamida katta ekranga ko'rsatgan holda predmet kollektsiyalar (illyustratsiya, fotosuratlar, porteretlar, o'rganilayotgan jarayon va hodisaning videofragmentlari, tajribalarni namoyish qilish, videosayohat), turli jadvallar va sxemalar, interaktiv modellar, ramziy obyektlardan foydalanishi mumkin. Bu jarayonda tushuntirish texnologiyasi mohiyatiga ko'ra o'zgaradi: o'qituvchi ekranga chiqarilayotgan axborotlarni sharhlaydi, zaruratiga qarab ularni qo'shimcha tushintirishlar, misolalar va doskada yozib

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

ko'rsatishlar orqali boshqarib boradi. Bunday darslarda multimediali taqdimotlarning qo'llanishi yaxshi natija beradi, ammo uni yaratishda quyidagi didaktik tamoyillarga tayanish lozim bo'ladi: ilmiylik, ko'rgazmalilik, kirish imkoniyatining mavjudligi, tizimlilik va uzluksizlik, onglilik va faollik, mustahkamlik, nazariya va amaliyotning bog'liqliligi, interaktivlik, individuallik va b.

Multimediali taqdimotlarni darsning didaktik tarkibini tashkil etuvchi komponent sifatida qo'llashning maqsad va natijasi o'quvchilarda chet tilidan tegishli bilim, ko'nikma va malakani hosil qilishdan iboratdir. Bunda taqdimot materiallarining sifatli yaratilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularni nafaqat mazmunan, balki shaklan ham sifatli, rang-barang bo'lishi uning ta'sirchanligini oshiradi, talabalarda qiziqish uyg'otadi. Ammo, shuni e'tiborda tutish lozimki, slaydlarni tayyorlashda ularning maxsus effekti bilan bog'liq tashqi shakliga o'rinsiz va ortiqcha ahamiyat berish ham maqsadga muvofiq emas. XULOSA

Yuqorida keltirilgan fikrlar quyidagi xulosalar chiqarish imkonini beradi:

1. Til darslarida talabalarga kommunikativ muloqat ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda yaxshi samara beradigan zamonaviy metodlarni qo'llash uchun darsni kommunikativ tarzda tashkil etishning o'ziga xos farqlovchi jihatlarini bilish talab etiladi. Uni amalga oshirish uchun predmet, maqsad va o'quvchilarning muloqat shakllarini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi.

2. Ta'limni moderizatsiya qilish sharoitida chet tili o'qitish orqali talabalarga kommunikativ muloqat ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda axborot-kammunikativ texnologiyalarini qo'llagan holda dars o'tishni taqoza etadi. Bu narsa, bir tamondan, o'qituvchi uchun o'z faoliyatini yanada unimli va qiziqarli tashkil etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, ta'lim jarayoning muhim komponenti bo'lgan o'quvchi uchun ham o'qishni yanada qiziqarli, jozibador bo'lishiga samarali ta'sir ko'rsatadi.

References:

1. Volkov V. Sovremennyie multimedia// Kompyuter-INFO, 9'99. S.21-27.

2. Disterveg A. Izbrannyie pedogogicheskie sochineniya. M.: Uchpedgiz, 1956.

3. Dyakonov V. Multimedia-PK. // Domashniy kompyuter, 1'99. S.33-38.

4. Larinova M.V.O probleme profilno - orientirovannogo obucheniya inostrannomu yazyiku studentov neyazyikovyih spetsialnostey // filologicheskie nauki. Voprosyi teorii i praktiki. 2013. №9. S.94-96

5. Olifer V., Olifer N. Novyie tehnologii v obuchenii. S.Pb.: BHV-Sankt-Peterburg, 2000.

6. Polyakov O.G. Printsilyi profilnoy - orientirovannogo obucheniya angliyskomu yazyiku i faktoryi, sposobstvuyuschie ih realizatsii // Alma maten (Vestnik visshey shkolyi). 2004. №3. S.23-26

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.