Mir-Yusupova M.A. Andijon davlat pedagogika instituti Informatika va aniq fanlar kafedrasi Texnologik talim o^qituvchisi
TIKUVCHILIK TEXNOLOGIYASIDA IPLAR BIKRLIGINING O ZIGA
XOSLIGI
Annotatsiya: Ushbu maqola tikuvchilik texnologiyasida muhim bolgan iplar bikrligining muhokamasiga bag^ishlanadi.
Kalit so'zlar: eshish koeffitsienti, bir davrli va ko'p davrli ko'rsatkichlar, yarim davrli, bikrlik ko'rsatkichlari.
Mir-Yusupova M.A. teacher of technological education Department of Informatics and Exact Sciences Andijan State Pedagogical Institute
CHARACTERISTICS OF THREADS IN SEWING TECHNOLOGY
Abstract: This article is devoted to the discussion of thread uniformity, which is important in sewing technology.
Key words: coefficient of growth, single-period and multi-period indicators, semi-periodic, singularity indicators.
KIRISH
To'qimachilik tolalar, iplar va tikuvchilik iplari oddiy sharoitda yumshoq, ingichka, egiluvchan bo'ladilar. Shuning uchun ular erkin holatda tartibsiz joylashgan bo'ladi. Tolalar, iplar olinishida va ulardan mahsulot ishlab chiqarishda ular turli egilish deformatsiyalariga uchraydi. Egilish deformatsiyasida ham yarim davrli, bir davrli va ko'p davrli ko'rsatkichlar o'rganiladi.
To'qimachilik tolalar, iplar yarim davrli egilish deformatsiyasidan uzilmaydi. Bajarilgan ilmiy ishlardan ma'lumki agar tolalar, iplar 80-90 mkm radiusli qirrada egilsa shikastlanishi mumkin. Lekin amalda tolalar, iplar bunday kichik radiusli qirrada egilmaydi. Shuning uchun iplarning yarim davrli egilish deformatsiyasi o'rganilmaydi.
Iplarning mustahkamligini va ko'p davrli deformatsiyalarga chidamligini oshirish uchun ular eshiladi va bir qancha eshilgan iplar qo'shilib pishitiladi. Iplarni eshish koeffitsienti oshishi bilan ularning bikrligi oshadi. Iplarning bikrligi mayin mahsulot ishlab chiqarishda salbiy ta'sir qiladi.
ASOSIY QISM
Tikuvchilik iplariga qachalik ko'p buram beradigan bo'lsa, ularning bikrlik ko'rsatkich shunchalik ortib boraveradi. Lekin, tikuvchilik iplarida buramlar soni ortishi natijasida bikrlik ko'rsatkichi ortishi mumkin, aks holda ularning uziluvchanlik miqdori ortib ketadi.Shu sababli, tikuvchilik iplariga ham buram berayotganda optimal varianttanlanishi lozim bo'ladi.
Iplarning bikrlik ko'rsatkichlarini aniqlash maqsadida tadqiqot ishlari olib borildi. Uning uchun, tolalar tarkibi va buramlar soni turlicha bo'lgan tikuvchilik iplaridan namunalar olinib, ularning bikrlik ko'rsatkichlari aniqlandi. Olingan
1- ipning buramlar soni, 500 br/m; 2- ipning buramlar soni, 400br/m; 1-rasm. Turli tarkibli tolalar aralashmasi va buramlar sonining 12,1x2
2-rasm. Turli tarkibli tolalar aralashmasi va buramlar sonining 12,1x3 teksli tikuvchilik iplarining bikrlikko'rsatkichlari o'zgarishi.
Turli tarkibli tolalar aralashmasi va 200 br/m buramlar sonining 12,1x2 teksli tikuvchilik iplarining bikrlik ko'rsatkichlarini aniqlashda olingan sinov natijalarini 100% paxta tolasidan olingan 12,1x2 teksli tikuvchilik iplarining sifat ko'rsatkichlariga nisbatan solishtiradigan bo'lsak, 90% paxta bilan 10% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 10,0% ga, 80% paxta bilan 20% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 13,2% ga, 70% paxta bilan 30% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 20,9% ga oshdi, buramlar soni 300 br/m bo'lganda 100% paxta tolasidan olingan 12,1x2 teksli tikuvchilik iplarining sifat ko'rsatkichlariga nisbatan solishtiradigan bo'lsak, 90% paxta bilan 10% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 37,1% ga, 80% paxta bilan 20% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 39,8% ga, 70% paxta bilan 30% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 44,3% ga oshdi, buramlar soni 400 br/m bo'lganda 100% paxta tolasidan olingan 12,1x2 teksli tikuvchilik iplarining sifat ko'rsatkichlariga nisbatan solishtiradigan bo'lsak, 90% paxta bilan 10% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 1,5% ga, 80% paxta bilan 20% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 5,5% ga, 70% paxta bilan 30% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 10,3% ga oshdi, buramlar soni 500 br/m bo'lganda 100% paxta tolasidan olingan 12,1x2 teksli tikuvchilik iplarining sifat ko'rsatkichlariga nisbatan solishtiradigan bo'lsak, 90% paxta bilan 10% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 40,8% ga, 80% paxta bilan 20% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 47,3% ga, 70% paxta bilan 30% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 53,5% ga oshdi.
Undan tashqari, turli tarkibli tolalar aralashmasi va 200 br/m buramlar sonining 12,1x3 teksli tikuvchilik iplarining bikrlik ko'rsatkichlarini aniqlashda olingan sinov natijalarini 100% paxta tolasidan olingan 12,1x3 teksli tikuvchilik iplarining sifat ko'rsatkichlariga nisbatan solishtiradigan bo'lsak, 90% paxta bilan 10% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 5,7% ga, 80% paxta bilan 20% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 3,5% ga, 70% paxta bilan 30% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 14,0% ga oshdi, buramlar soni 300 br/m bo'lganda 100% paxta tolasidan olingan 12,1x3 teksli tikuvchilik iplarining sifat ko'rsatkichlariga nisbatan solishtiradigan bo'lsak, 90% paxta bilan 10% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 22,8% ga, 80% paxta bilan 20% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 20,3% ga, 70% paxta bilan 30% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 17,0% ga oshdi, buramlar soni 400 br/m bo'lganda 100% paxta tolasidan olingan 12,1x3 teksli tikuvchilik iplarining sifat ko'rsatkichlariga nisbatan solishtiradigan bo'lsak, 90% paxta bilan 10% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi
37,8% ga, 80% paxta bilan 20% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 26,9% ga, 70% paxta bilan 30% lavsan tolalari aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining bikrligi 20,4% ga oshdi. XULOSA VA MUNOZARA
Tikuvchilik iplariga yuqori buram berilganda, bikrlik ko'rsatkichi oshadi. Bundan kelib chiqadiki, tikuvchilik iplariga buram berishda optimal varianti tanlab olinadi.
Olib borilgan tadqiqot natijalari tahlilidan ko'rinib turibdiki, 12,1x2 teksli tikuvchilik iplariga 500 br/m buram berilganda, 12,1x2 teksli tikuvchilik iplariga 400 br/m buram berilganda, bikrlik ko'rsatkichi boshqa buramlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Sh.R. Marasulov. Paxta va ximiyaviy tolalarni yigrish. 2015.-214-222 b.
2. N.G.Abbasova, B.B.Axmedov, Sh.M.Maxkamova, T.A.Ochilov. Yengil sanoatmahsulotlari materialshunosligi. 2016.-30-38 b.
3. I.G.Borzunov, K.I.Badalov, V.G.Goncharov, T.A.Duginova, N.I.Shilova. Pryadenie xlopka i ximicheskix volokon. 2016.-238-248 b.
4. FomchenkovaL.N. Shveynbienitkinaotechestvennomrbinke// Tekstilnaya prombishlennost. -2015. № 4.-b. 28-33. 005.95/.96