Научная статья на тему 'TIJORAT SIRINING PAYDO BO‘LISHI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI'

TIJORAT SIRINING PAYDO BO‘LISHI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tijorat siri / ixtiro / ustaxona / patent / tijorat siri egasining huquqlari / javobgarlik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Raxmonaliyeva Mukambar Komiljon Qizi

Ushbu maqolada tijorat siri institutining paydo bo‘lish jarayoni batafsil yoritilgan. Tijorat sirining rivojlanish bosqichlari olimlar fikri, dunyo davlatlari qonunchiligi asosida tahlil qilingan. Maqola tijorat sirining dastlabki davrlardagi ko‘rinishi, ilk o‘rta asrlardagi tijorat siri yoxud ixtiroga bo‘lgan munosabat, bu munosabatlarning “Renesans” davridagi rivojlanishi hamda ayrim davlatlarda tijorat siri bilan bog‘liq huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik masalalari haqida ma’lumot beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIJORAT SIRINING PAYDO BO‘LISHI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI»

TIJORAT SIRINING PAYDO BO'LISHI VA UNING

RIVOJLANISH TARIXI

Raxmonaliyeva Mukambar Komiljon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 24- May 2024 yil Nashr qilindi: 27- May 2024 yil

KEY WORDS

tijorat siri, ixtiro, ustaxona, patent, tijorat siri egasining huquqlari, javobgarlik.

Ushbu maqolada tijorat siri institutining paydo bo'lish jarayoni batafsil yoritilgan. Tijorat sirining rivojlanish bosqichlari olimlar fikri, dunyo davlatlari qonunchiligi asosida tahlil qilingan. Maqola tijorat sirining dastlabki davrlardagi ko'rinishi, ilk o'rta asrlardagi tijorat siri yoxud ixtiroga bo'lgan munosabat, bu munosabatlarning "Renesans" davridagi rivojlanishi hamda ayrim davlatlarda tijorat siri bilan bog'liq huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik masalalari haqida ma'lumot beradi.

Zamonaviy biznesda axborot, shubhasiz, eng qimmatli mahsulotdir. Muvaffaqiyatli biznes yuritish, korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, nohalol raqobat va tijoriy josuslikning oldini olish qilish uchun, birinchi navbatda, tadbirkorlik subyekti o'ziga tegishli bo'lgan ma'lumotlarni himoya qilishi kerak. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning "axborot xavfsizligini ta'minlash va axborotni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o'z vaqtida va yetarli darajada qarshi turish xavfsizlik sohasidagi ustuvor yo'nalishlardir"1 degan fikriga qo'shilmaslik mumkin emas. Darhaqiqat, bozorda raqobatchilardan ozgina bo'lsa-da ustunlikka ega bo'lgan har bir ishbilarmon o'zining tijorat qimmatli ma'lumotlarini sir saqlashga barcha mumkin bo'lgan usullar bilan harakat qiladi.

Shu o'rinda tijorat siri oldingi davrlarda ham himoya qilinganmi degan savol tug'iladi. Albatta, hunarmandlar o'z hunarmandchik sirlarini intellektual mulk tushunchasi paydo bo'lishidan ancha avval ham sir saqlashgan. Ularning yashirin ishlab chiqarish usullari yozma shaklga ega emas edi, lekin bu usullar avloddan-avlodga o'tgan va ko'pincha oila a'zolarining bilimlarida o'z aksini topgan.

Uchinchi shaxslar uchun muhim bo'lgan sirlarni himoya qilishni ta'minlashga bo'lgan dastlabki urinishlar qadimgi Rimda amalga oshirilgan. Aynan o'sha yerda boshqa odamlarning qullarini xo'jayinining sirlarini berishga majbur qilganlik uchun yetkazilgan zararning ikki baravariga teng miqdorida jarima jazosi nazarda tutilgan qonun qabul qilingan. Qolaversa,

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni, 07.02.2017-yildagi PF-4947-son // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 6-son.

qadimgi dunyoda savdo kitoblarini saqlash g'oyasi ilgari surilgan va bu kitoblarning siri zamonaviy ma'nodagi tijorat sirining bir turi edi2.

Qadimgi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning tuzilishi shunday shakllanganki, ixtiro yaratuvchilarining huquqlarini himoya qilishning hojati yo'q edi. Qadimgi jamiyat erkin bilimga intilish, insonni oqilona rivojlantirish bilan ajralib turardi, mehnat esa qullarning mashg'uloti deb hisoblangan. Inson mehnatini tejash muammo sifatida tan olinmagan. Qulning og'ir jismoniy mehnati odat deb bilingan va mehnat usullarini yengillashtirish bilim va ijod uchun vaqti bor, erkin odamning vazifasiga aylanmagan.

Ilk o'rta asrlarda holat o'zgaradi. Xristianlik mehnatga nisbatan boshqacha munosabatni joriy qiladi. IV asrdan boshlab G'arb monastrlarining yashash qoidalarini aks ettirgan Benedikt nizomida bekorchilik "ruhning dushmani" deb qayd qilingan. Qolaversa, o'rta asr odami Xudo bilan muloqot qilish uchun vaqtga, ya'ni ishdan bo'sh vaqtga ham ega bo'lishi kerak edi. Shuning uchun u jismoniy mehnatini tashkil qilishning aniq, oqilona usuliga muhtoj edi. Jismoniy mehnat va bo'sh vaqt ajratish zarurligi haqidagi bunday tasavvur ixtiro uchun qulay zamin yaratdi. Mehnatni osonlashtiradigan texnik yangiliklarni joriy etishga turtki aynan Xristian dini bo'lgan deb aytish mumkin va bu o'rta asrlar dunyoqarashining mahsuli bo'lgan3.

O'rta asr odami uchun tayyor mahsulot, tovar uning mahorati, didi va ish vaqtining timsolidir. Mehnat mahsuli muallif uchun individual ahamiyatga ega bo'lib, uning shaxsiyatini qisman bo'lsa-da aks ettirgan. Mehnat nafaqat iqtisodiy ahamiyatga ega edi, balki ma'naviy qoniqish manbai bo'lib ham xizmat qilgan. Ushbu axloqiy jihatni Uyg'onish falsafasi nuqtai nazaridan kelib chiqib, insonning faol ijodiy faoliyati tafakkurdan ustun bo'lgan, deb tushunish mumkin.

Ammo ta'kidlash kerakki, hunarmand ijtimoiy zinapoya bo'ylab faqat o'rta asrlarning ikkinchi yarmidan boshlab J "Uyg'onish" deb nomlangan ko'p qirrali va tarixiy harakatning ta'siri ostida ko'tarila boshlaydi4. Hunarmandlar ozod bo'lishadi, ularning mehnat mahsulotlari ijodiy xarakterga ega bo'ladi. Hunarmand yoki rassom yaratgan mahsulotdagi bunday ijodiy mehnatni anglash bu davrda butun jamiyatga xos bo'lgan.

Patent qonunchiligi paydo bo'lgunga qadar, ixtirochi o'zi yaratgan ixtironi faqat begonalarni uning mohiyatidan xabardor qilmasdangina himoya qilishi mumkin edi. O'rta asrlarning ixtirochilari sirni saqlash uchun ko'pincha o'z shogirdlariga uni saqlab qolish haqida qasamyod qildirishgan. Shu bilan birga, sirlar oshkor qilinmasligini ta'minlash uchun shogirdlarni o'zi bilan birga olib yurish ustozlardan katta mablag' talab qilgan. Har bir talaba bilan alohida shartnoma tuzilib, unda o'zlashtirilgan san'atni hech kimga o'rgatmasligi, o'qituvchisining ismini oshkor qilmasligi ko'rsatilgan. Talabalarga olgan bilimlaridan boshqa shaharlarda foydalanishga ruxsat berilgan.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, ixtiro bilan bog'liq huquqlarning rivojlanishida o'rta asrlar dunyoqarashi asosiy rol o'ynagan. Biroq O'rta asrlarda har qanday yangi ishlab

2 Розенберг В. Промысловая тайна. - СПб.: Типография редакции периодических изданий Министерства Финансов, 1910. С. 68.

3 Н.В. Мотрошиловой. История философии. Запад-Россия-Восток. - М.: Греко-латинский кабинет Ю.А. Шичалина, 2000. С.269.

4 Пиленко А.А. Право изобретателя. Привилегии на изобретения и их защита в русском и международном праве: Историко-догматическое исследование: Т.1-2. - СПб.: Тип. М.М. Стасюлевича, 1902-1903. Переиздание -М.: Статут, 2001. С.82.

chiqarish usullaridan foydalanish sanoatning sex ishlab chiqarishiga to'sqinlik qildi. X asrda Yevropada bir ixtisoslikdagi hunarmandlarni birlashtirgan gildiyalar (ustaxonalar) paydo bo'la boshladi. Bunga umumiy bozorlarga bo'lgan ehtiyoj va raqobatning kuchayishi sabab bo'ldi.

Har qanday ishlab chiqarish tashkilotining asosiy g'oyasi tenglik prinsipi edi. Har qanday sohada ishlaydigan barcha raqobatchilar ozmi-ko'pmi teng qurol bilan kurashishlari kerak edi5. Gildiyalarning nizomlari va ustavlari aynan tenglik maqsadini ko'zlagan qoidalar bilan to'ldirilgan edi. Gildiyalar o'z a'zolarining bir-biridan ustun bo'lmasligiga, gildiyalarning hech biri boshqasidan boy bo'lmasligiga qat'iy ishonishgan. Ko'pincha yangi ixtirodan foydalanish taqiqlangan, gildiyalar o'z a'zolaridan an'anaviy ishlab chiqarish texnikasi va vositalariga rioya qilishni talab qilganlar. Ba'zi mualliflar ishlab chiqarishning ustaxona tamoyillarini texnologik taraqqiyotning tormozi deb atashadi6.

Tenglik prinsipi dastlab ikki yo'l bilan buzilgan bo'lishi mumkin: noto'g'ri usullar (masalan, mahsulot sifatining yomonlashishi) yoki yangiliklardan maxfiy foydalanish.

Vaqt o'tishi bilan o'rta asr hunarmandlari o'zlarining intellektual mehnatlari natijalariga korporativ egalik huquqini tan olishni rad etishni boshladilar va ularning kasbiy mahoratini patentlar bilan himoya qilishni talab qildilar. Umumiy huquq ixtirochilarning o'z innovatsiyalariga egalik huquqini, shuningdek, ularni nazorat qilish huquqini tan ola boshladi. Uzoq vaqt davomida qirol hokimiyati ustaxonalarning ichki ishlariga aralashmadi va ularga to'liq muxtoriyat berdi. Ammo XVI asr oxiri-XVII asr boshlarida fransuz qirollari "o'z xalqiga yordam berish va ularni eskirgan ustaxona monopoliyalaridan xalos qilish" istagini bildirishdi7.

Ixtirochilarning ahvolini yengillashtirish vositalaridan biri qirolning muayyan ishlab chiqarishlarni sex nazoratidan ozod qilgan farmoyishlari edi. 1602-yilda Luvr galereyasida joylashgan barcha sanoatchilar Fransiyadagi ustaxonalar nazoratidan ozod qilindi va ustaxona nazoratidan ozod qilingan 17 ta "qirollik fabrikalari" ham yaratildi.

Ko'rib chiqilayotgan davrda imtiyozlar berish "huquqlar maoshi" tamoyiliga asoslangan bo'lib, bu imtiyozlar monarx tomonidan o'z xohishiga ko'ra berilganligini anglatadi. Ularni taqdim etishning asosiy mezoni imtiyoz predmetining foydaliligi edi. Ixtirochilarga berilgan imtiyozlarda mustahkamlangan huquqlar bir mamlakatda va bir vaqtning o'zida boshqalarning imtiyozlarida nazarda tutilgan huquqlardan farq qilishi mumkin edi. Ko'pincha, dastlabki imtiyozlarning predmeti yangi texnikadan foydalanish huquqi edi. Iqtisodiy faollikni oshirish uchun odatda soliq imtiyozlari, yer va suv huquqlari bilan bir qatorda patent imtiyozlari ham berildi. Ixtirochilar uchun esa ularni gildiyalar nazoratidan ozod qiluvchi imtiyozlar muhim ahamiyatga ega bo'lgan.

Imtiyoz muayyan mahsulot ishlab chiqarish huquqini berdi, lekin u amalda monopoliya maqomiga ega edi. Patentning taqiqlovchi funksiyasi gildiyalar hunarmandlar faoliyatini yetarlicha nazorat qila olmay qolgandagina keng tarqaldi. XVII asrda berilgan patentlar yoki

5 Пиленко А.А. Право изобретателя. Привилегии на изобретения и их защита в русском и международном праве: Историко-догматическое исследование: Т.1-2. - СПб.: Тип. М.М. Стасюлевича, 1902-1903. Переиздание -М.: Статут, 2001. С.83.

6 Вишневицкий Л.М., Иванов Б.И., Левин Л.Г. Формула приоритета: возникновение и развитие авторского и патентного права. - Л.: АН СССР, 1990. С.14.

7 Пиленко А.А. Право изобретателя. Привилегии на изобретения и их защита в русском и международном праве: Историко-догматическое исследование: Т.1-2. - СПб.: Тип. М.М. Стасюлевича, 1902-1903. Переиздание -М.: Статут, 2001. С. 86.

imtiyozlar sof tijorat, "egalik" ahamiyatiga ega edi va ixtironing texnik mohiyatini ochib bermadi, bu esa mualliflik huquqini oson egallash imkoniyatini yaratdi8. Patentlarning mazmuni va ixtirochilarning ismlari hech qayerda e'ion qilinmagan, shuning uchun ixtirolar va patentlarning o'zini o'g'irlash juda keng tarqalgan edi.

Asta-sekin qonun chiqaruvchi ixtirolar uchun imtiyozlarni (monopoliyalarni) soliq va boshqa imtiyozlardan ajratib, ixtirochining huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlat majburiyatini nazarda tutuvchi patent qonunlarini chiqara boshladi. Ammo himoya cheklangan muddatga taqdim etilgan va ixtiro haqidagi barcha ma'lumotlar, albatta, ommaga e'ion qilinishi kerak edi (bunday ma'lumotlarni e'ion qilish talabi darhol paydo bo'lmaydi).

Imtiyozlar asosan zamonaviy ixtiro patentlarining turi bo'lgan deb faraz qilsak, ularning Yevropada paydo bo'lishi bilan patent huquqi va tijorat sirining yagona rivojlanish tarixi ikki qismga bo'lingan, ularning har biri o'ziga xos rivojlanish yo'lini bosib o'tgan. Biroq, bizning fikrimizcha, tijorat sirlari institutining mustaqil obyekt sifatida shakllanish tarixi patent huquqi tarixidan faqat ixtironing tavsifini e'lon qilish talabi paydo bo'lishi bilan ajralib chiqdi. Bunday talab 1711-yilda paydo bo'ldi. Aynan shu paytdan boshlab patent huquqi va mualliflari sir saqlashga qaror qilgan g'oyalarni (hatto patentga layoqatli) himoya qiluvchi tijorat sirining rivojlanish tarixi bo'linadi. Patent berilgan ixtirolar davlat tomonidan huquqiy himoya bilan ta'minlangan bo'lsa ham, tijorat sirini tashkil qiluvchi yangiliklar XX asrning boshlariga qadar himoyalanmagan.

Turli davlatlarda tijorat sirlari haqidagi zamonaviy tushunchaning shakllanishining boshlanishi XIX asrning o'rtalariga to'g'ri keladi. Bu davrda ayrim Yevropa davlatlari tijorat sirlari egalarining buzilgan manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan jinoiy normalarni qabul qildilar (1867-yildagi Belgiya Jinoyat kodeksining 309-moddasi, 1861-yildagi Bavariya Jinoyat kodeksining 338-moddasi, Fransiya Jinoyat kodeksining 418-moddasi).

XX asrda ilm-fan va texnologiyaning jadal rivojlanishi tijorat sirlari egalarining qonuniy himoyaga ega bo'lishiga olib keldi. Ushbu institut patent himoya tizimiga nisbatan barcha afzalliklarini saqlanib qoldi (maxfiylik saqlanib qolgan taqdirda himoya muddatining cheksizligi, sirning mohiyatini e'lon qilish talabining yo'qligi).

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, avvalgi davrlarda ham tijorat siri bilan bog'liq munosabatlar turli ko'rinishlarda jamiyatda mavjud bo'lgan. Ayniqsa, bu munosabatlar "Uyg'onish" davrida ancha takomillashgan. Biroq, patent huquqining rivojlanishi tarixi va "tijorat siri" institutining tarixini ajratish jarayoni asta-sekin sodir bo'lgan. Faqatgina XX asrga kelib, tijorat siri egalari qonuniy himoya ega bo'lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni, 07.02.2017-yildagi PF-4947-son // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 6-son.

2. Розенберг В. Промысловая тайна. - СПб.: Типография редакции периодических изданий Министерства Финансов, 1910. С. 68.

3. Н.В. Мотрошиловой. История философии. Запад-Россия-Восток. - М.: Греко-латинский кабинет Ю.А. Шичалина, 2000. С.269.

8 Aer A. Patents in Imperial Russia (A history of Russian Institution on Invention Privileges under the Old Regime). -Helsinki: 1995. C.80.

4. Пиленко А.А. Право изобретателя. Привилегии на изобретения и их защита в русском и международном праве: Историко-догматическое исследование: Т.1-2. - СПб.: Тип. М.М. Стасюлевича, 1902-1903. Переиздание - М.: Статут, 2001. С.82.

5. Вишневицкий Л.М., Иванов Б.И., Левин Л.Г. Формула приоритета: возникновение и развитие авторского и патентного права. - Л.: АН СССР, 1990. С.14.

6. Aer A. Patents in Imperial Russia (A history of Russian Institution on Invention Privileges under the Old Regime). - Helsinki: 1995. C.80.

INNOVATIV ACADEMY

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.