Научная статья на тему 'TIJORAT BANKLARNI INNOVATSION G‘OYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH'

TIJORAT BANKLARNI INNOVATSION G‘OYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tijorat banklari / bank faoliyati / texnologiya / innovatsiya / bank xizmatlari. / commercial banks / banking activity / technology / innovation / banking services.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Po‘Latov X.U., Yo‘Ldoshev Z, Umidov D.U.

Ushbu maqolada tijorat banklari faoliyatini rivojlantirib borish, yangi texnologiyalatni bank faoliyatida kengroq qo’llash, banklarning innovatsion siyosati haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF COMMERCIAL BANKS BASED ON INNOVATIVE IDEAS

This article talks about developing the activities of commercial banks, the wider use of new technologies in banking activities, and the innovative policy of banks.

Текст научной работы на тему «TIJORAT BANKLARNI INNOVATSION G‘OYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH»

Po'latov X.U. katta o 'qituvchi SamISI Yo 'Idoshev Z. talaba SamISI Umidov D.U. talabasi SamISI

TIJORAT BANKLARNI INNOVATSION G'OYALAR ASOSIDA

RIVOJLANTIRISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada tijorat banklari faoliyatini rivojlantirib borish, yangi texnologiyalatni bank faoliyatida kengroq qo 'llash, banklarning innovatsion siyosati haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: tijorat banklari, bank faoliyati, texnologiya, innovatsiya, bank xizmatlari.

Polatov H. U. head teacher SamIES Yoldoshev Z. student SamIES Umidov D.U. student SamIES

DEVELOPMENT OF COMMERCIAL BANKS BASED ON

INNOVATIVE IDEAS

Abstract. This article talks about developing the activities of commercial banks, the wider use of new technologies in banking activities, and the innovative policy of banks.

Keywords: commercial banks, banking activity, technology, innovation, banking services.

Kirish. Bugungi kunda tijorat banklar faoliyatiga innovatsion g'oyalaming joriy etilishi mamlakatning iqtisodiy o'sishiga, uning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishga, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlarga, shu jumladan, moliyaviy tarmoqlarning rivojlanishiga olib keladi. Iqtisodiyotning innovatsion tarmoqlarini takomillashtirish O'zbekiston iqtisodiyotidagi davlat

siyosatining ustuvor yo'nalishi bo'lib, innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlashni ta'minlash esa davlatning iqtisodiy siyosati oldiga qo'yilgan strategik vazifalardan biridir.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Tijorat banklarida bank xizmatlarni rivojlantirishning nazariy va amaliy masalalari xorijlik iqtisodchi-olimlar -A.Simanovskiy, A.Vikulin, V.Usoskin, D.Polfreman, G.Tosunyan, F.Ford, G.Beloglazova, J.Sinki, O.Lavrushin, J.Matuk, D.Maknoton, K.Barltrop, G.Panova, E.Dolanlar ning ilmiy ishlarida o'rganilgan. Mamlakatimizning iqtisodchi olimlari - A.Vaxabov, Sh.Abdullayeva, O.Iminov, N.Jumayev, T.Doraliyev, S.Norkobilov, U.Ortitov, D.Saidovlarning ilmiy izlanishlarida tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish masalasining nazariy va amaliy jihatlari tadqiq qilganlar. Shu bilan bir qatorda V.V. Vitrynskiy fikriga ko'ra: "Bank oldidagi nazarda tutgan majburiyati, innovatsion banklarni asosiy majburiyatiga bog'liq emas" - degan g'oyani keltirib o'tgan. Sh. Abdullayeva ham innovatsion banklar haqida o'zining "Bank ishi" nomli kitobida quyidagicha fikr bildirgan: "Banklarda eng muhim jihat bu-kreditor va qarz oluvchi o'rtasida kafolat aniq hisoblash hisoblanadi" Bu shuni anglatadiki, qarz oluvchi va qarz beruvchi o'rtasida,innovatsion banklarda, aniq muddat qo'yilishligi kerak demakdir. Bugungi kunda ham tijorat banklarini innovatsion rivojlantirishida yuqorida keltirib o'tilgan iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari tajribalaridan keng foydalanib kelinmoqda.

Tadqiqod metodologiyasi. Hozirda tijorat banklar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta'sir etuvchi axborot texnologiyalari, innovarsion g'oyalar hamda banklarda yangicha yondashuvni targ'ib qiladigan texnologiyalarni ahamiyati va shu kabi yondashuvlardan foydalaniladi.

Tahlil va natijalar. Banklarning olib borayotgan faoliyati faqat ularning o'ziga emas, balki boshqa sohalarning rivojlanish faoliyatiga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun mukammal innovatsion siyosat olib borish istiqbolli rivojlanishni ta'minlaydi, banklarning innovatsion mexanizmlarida namoyon bo'ladi. Bu esa o'z navbatida mamlakatdagi innovatsion jarayonlarni rivojlantiradi.

Mamlakatimizda banklarning innovatsion faoliyatini takomillashtirishga alohida e'tibor berilib, uning taraqqiyotini ta'minlash maqsadida 2020-2025-yillarga mo'ljallangan "O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida bank tizimining barqarorligini oshirish, iqtisodiyotni kredit bilan ta'minlashda banklarning ishtirokini kengaytirish bank xizmatlari sohasida vazifalar belgilab berildi. Respublikamizdagi tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish iqtisodiyotdagi keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish muhim iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish bo'yicha iqtisodiyotimiz tarmoqlari va sohalarida olib borilayotgan islohotlar sharoitida amaldagi xizmatlar sifatini oshirish, yangiliklarni amaliyotga tadbiq eitshni faollashtirishtirishni va bunda xorijiy

banklar tajribasini keng qo'llash talab qilinadi. Iqtisodiyotda zaruriy tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirmasdan, bank mahsulot va xizmatlarni diversifikatsiyalamasdan va texnologik jihatdan yangilamasdan turib, jahon moliya bozorida mustahkam o'ringa ega bo'lish mushkul. Innovatsion bank xizmatlarini amaliy tadbiq etish, kuchli raqobat mavjud bo'lgan hozirgi sharoitda, to'g'ridan-to'g'ri yangi bank xizmatlarini va mahsulotlarini ishlab chiqishda yangicha tamoyil va mexanizmlarini amalda joriy etish dolzarb masaladir.

Tijorat banklarni yangicha (innovatsion) fikrlar va g'oyalar yordamida boshqarish vazifasini amalga oshirish uchun banklar faoliyati tizimining samaradorligi va qulayligini oshirish, ya'ni mijozlarga yaratilgan qulayliklar, imtiyozlar va eng muhimi ularning ishonchini qozonish asosiy ahamiyatga egadir. Zamonaviy raqamli texnologiyalar bank sohasida yangi elektron jihozlar va xizmatlarni joriy etish bilan bir qatorda ularni taklif qilayotgan tashkilotlarning rivojlanishini ko'rish imkonini beradi.

Masofaviy bank xizmatlari ko'rsatishning bir turi, bu bankomat va terminallardir. Foydalanishi sodda bo'lgan bankomat bugungi kunda mijoz va kassir o'rtasidagi an'anaviy muomalaga chek qo'yib, o'ziga xos minibank-ofis vazifasini o'tamoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. Hozirgi paytda bankomatlardan nafaqat naqd pul echib olish, balki ular orqali tovar va xizmatlar bo'yicha turli to'lovlarni amalga oshirish mumkin. Shuni qayd etish o'rinliki, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bankomatlar yagona tarmoqqa ulangan bo'lib, mijozlar o'z bankidan boshqa banklar bankomatidan ham foydalanishi mumkin.

Banklar Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida yangi chakana xizmatlarni taqdim etib, mijozlarga qator qulayliklar yaratmoqda. Hozirgi paytda mamlakatimizning barcha banklari Internet-banking (e-banking yoki Internet-banking) dasturi imkoniyatlarini to'liq safarbar etish choralarini ko'rmoqdalar.

Aholi o'rtasida mobil telefonlardan foydalanishning kengayib borishi banklar tomonidan mobil-banking (wap-banking) va sms-banking xizmatlari yo'lga qo'yilishiga olib keldi. Hozirgi paytda 10 mingdan oshiq mijozlar ayni xizmat turlaridan foydalanmoqda.

Banklarning innovatsion faoliyatidagi maqsadlarni belgilash, ularni amalga oshirishning borishini doimiy baholash menejmentning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Rahbarlar bank ishining tashkil etish holati haqida yaxshi xabardor bo'lganida tavakkalchilik darajasi uning barcha shakllarida eng past darajaga yetadi.

Plastik kartochkalar yordamida amalga oshirilayotgan operatsiyalar turi va soni ham sezilarli darajada o'sib bormoqda. Birgina joriy yilning birinchi choragida plastik kartochkalar vositasida 2 trln. so'mdan oshiq har xil naqd pulsiz to'lovlar o'tkazildi.

Naqd pulsiz to'lovlar hajmining o'sish dinamikasi birinchi navbatda, tovar va xizmatlar uchun to'lovlarning bankomatlar orqali amalga oshirilishi, ular orqali

ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lami va infrastrukturasining kengayishi bilan chambarchas bog'liqdir.

Banklarning innovatsion siyosatini quyidagicha asoslashimiz mumkun:

1-rasm. Bank innovatsion faoliyatining asosiy elementlari.

Har qanday tadbirkorlikda bo'lgani kabi tijorat banklari operatsiyalarining uzoq muddatli smaradorligi va foydaliligi kelgusi faoliyatni rasmiy rejalashtirishga doim va davomiy e'tibor berishni talab etadi. Belgilangan rejalarni vaqti vaqti bilan muntazam sharxlash hamda o'zgartirish asosiy elementlardan hisoblandi. Bank rahbariyati yuqorida aytilganlarga qo'shimcha sifatida foydalilikni oshirishni hamda to'lov balansini yaxshilashni, sarmoya va mijozlarni tanlash mosligini aniq maqsad qilib olishi zarur. Bu maqsadlar tavakkalchilikni ehtimol moyilligini hisobga olishi lozim.

Bank tizimidagi samarali boshqaruv faoliyatini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni belgilab olish zarur.

- bank boshqaruvining iqtisodiy mohiyatini nazariy o'rganish ularni xorij tajribasi bilan solishtirish;

- banklarning yangi xizmat turlarini taklif etish, bankdagi operatsiyalarni boshqarishni yaxshilash;

- bank xodimlarini boshqarishni yaxshilash tufayli mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatish.

Har bir mamlakatda tijorat banklarining soni turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, Shvetsiyada davlat banki 40ga yaqin tijorat banki faoliyatini nazorat

qiladi xolos, AQSh da 13000ga yaqin tijorat banklari mavjud. Shvetsariyada esa har 10000 aholiga bittadan moliya muassasasi to'g'ri keladi.

1-jadval

. Banklarda innovatsiyalarni kirib kel ishining afzalliklari va kamchiliklari.

Afzalliklari: Kamchiliklari:

Xodimlar va mijozlarga qulayliklar yaratadi; Mijozlarga nisbatan xodimlarda majburiyatlar oshadi;

Xizmatlar ko'rsatish turlari kengayadi; Yangi texnologiyalarga o'rganish xodimlarga qiyinchilik tug'dirishi mumkun;

Yangi texnologiyalardan keng foydalaniladi; Yangi texnologiyalar kirib kelishi sababli ayrim ish o'rinlari qisqartiriladi;

Mijozlarni banklarga nisbatan ishonchi ortadi va boshqalar. Xizmat ko'rsatishda ayrim qiyinchliklar bo'lishi mumkun (ya'ni mijozning zamonaviy texnologiyadan foydalanish imkoniyati bo'lmasa) va boshqalar.

Xulosa va takliflar.

Yuqorida ta'kidlangan fikrlar va g'oyalardan kelib chiqqan holda banklarning innovatsion faoliyatini takomillashtirish omillariga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:

4- banklar o'rtasidagi o'zaro raqobat;

-I- aholing turmush faoliyatida axborot, aloqa va texnika vositalarining ahamiyatliligi (ya'ni xizmatlarning tarmoqlashuvi);

-I- bank xizmatlari hajmining ko'payishi va boshqa omillar ta'sir etadi. Har bir mamlakatdagi banklar yuqori innovatsion sub'ekt hisoblanadi. Banklarning olib borayotgan faoliyati faqat ularning o'ziga emas, balki boshqa sohalarning rivojlanish faoliyatiga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun mukammal innovatsion siyosat olib borish istiqbolli rivojlanishni ta'minlaydi, banklarning innovatsion mexanizmlarida namoyon bo'ladi. Bu esa o'z navbatida mamlakatdagi innovatsion jarayonlarni rivojlantiradi. Ammo, bugungi kunda Respublikamizning Tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlari tizimi faoliyatini tashkil etish va uni takomillashtirishdagi muammolar o'z yechimini topmagan. Shu bois, tijorat banklarida taklif etilayotgan innovatsion bank xizmatlari tizimlarini takomillashtirishga doir mummolarning mavjudligi ushbu yo'nalishda ko'proq izlanishlar olib borishga undaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 2020-2025-yillarga mo'ljallangan "O'zbekiston respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 12.05.2020 yildagi PF-5992-son https://lex.uz/docs/-4811025.

2. Bank ishi: Darslik / Sh.Z. Abdullayeva; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi.

3.Aliqoriyev O. "Tijorat banklarida xizmat turlarini rivojlantirish yo'llari"

4. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: "Iqtisod-Moliya"

5. "2022 — 2026-YILLARDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO'G'RISIDA" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.