Научная статья на тему 'TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI AKTIVLARNI BOSHQARISH'

TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI AKTIVLARNI BOSHQARISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aktivlar / kredit tavakkalchiligi / aktivning jami qiymati / standart kreditlar / substandart kreditlar / bank tizimi / islohotlar / moliyaviy barqarorlik / xizmatlar mavjudligi / raqamli texnologiyalar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qodirov Boburjon Abdulbori O‘G‘Li

Ushbu maqolada aktivlar tushunchasi, uning zamonaviy tijorat banklari faoliyatidagi roli va o‘rni, banklardagi aktivlar rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, afzalliklari va kamchiliklari, hamda bank aktivlarning rivojlantirishda uchraydigan ba’ze muammolar o‘rganib chiqilgan va bu muammolarni hal etish uchun ba’ze amaliy taklif va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, aktivlarining tarkibiy tuzulishi va ularni boshqarishning dolzar va zarur jiihatlari yoritib berildi hamda O‘zbekiston tijorat banklari amaliyotida bank aktivlarihaqidagi barcha to‘plangan statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI AKTIVLARNI BOSHQARISH»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI AKTIVLARNI BOSHQARISH

Qodirov Boburjon Abdulbori o'g'li

https://doi.org/10.5281/zenodo.12177808

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-June 2024 yil Ma'qullandi: 15- June 2024 yil Nashr qilindi: 20- June 2024 yil

KEY WORDS

aktivlar, kredit tavakkalchiligi, aktivning jami qiymati, standart kreditlar, substandart kreditlar, bank tizimi, islohotlar, moliyaviy barqarorlik, xizmatlar mavjudligi, raqamli texnologiyalar.

Ushbu maqolada aktivlar tushunchasi, uning zamonaviy tijorat banklari faoliyatidagi roli va o'rni, banklardagi aktivlar rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, afzalliklari va kamchiliklari, hamda bank aktivlarning rivojlantirishda uchraydigan ba'ze muammolar o'rganib chiqilgan va bu muammolarni hal etish uchun ba'ze amaliy taklif va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, aktivlarining tarkibiy tuzulishi va ularni boshqarishning dolzar va zarur jiihatlari yoritib berildi hamda O'zbekiston tijorat banklari amaliyotida bank aktivlarihaqidagi barcha to'plangan statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilingan.

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida virtual muhit ijtimoiy voqelikning ajralmas qismiga aylandi, axborotlashtirish jarayonidan raqamlashtirish jarayoniga o'tilmoqda. Bank-moliya sektorida innovatsion mexanizmlar va tuzilmalar yaratilindi, to'lov sohasida yangi hisob birligi paydo bo'ldi. Dunyoning turli mamlakatlaridagi iqtisodchi va olimlar tomonidan o'rganilayotgan raqamli aktivlar, yangi texnologiyalar va bank-moliya sohasi kesishmasida vujudga kelgan "raqamli pul", "raqamli valyuta", "kriptovalyuta", "steyblkoin" kabi tushunchalarni mujassamlashtirdi.

Raqamli aktivlar muomalasini takomillashtirish uchun me'yoriy-huquqiy baza to'la shakllanmaganiga qaramay, raqamli moliyaviy vositalar bilan hisob-kitoblar barcha davlatlarda ommalashib bormoqda. Raqamli aktivlar muomalasi huquqiy maydon va rasmiy to'lov (Salvador Respublikasidan tashqari) hamda hisob-kitoblardan tashqarida va shunga mos ravishda soliq solinmasdan amalga oshiriladi, bu birinchi navbatda davlat budjeti va milliy xavfsizlikka salbiy ta'sir qiladi. Anonim operatsiyalar bank tizimidan tashqarida amalga oshirilgani sababli soliq bazasi tarkibiga kirmaydi.

Tobora ko'proq mamlakatlar (Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Shvesiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Kambodja, Bagama orollari, Venesuela, El Salvador va boshqalar), an'anaviy texnologiyalar orqali innovatsion-texnologik afzalliklarga ega bo'lgan raqamli aktivlarni qonuniylashtirish va to'lov tizimlariga integratsiya qilish hamda raqamli aktivlarning rasmiy hisobini yuritish uchun harakat qilishmoqda.

Biroq, noaniqlik ularning tabiatini tushunishga yangi hodisani ilmiy o'rganishga, hamda uni takomillashtirishga sezilarli darajada to'sqinlik qiladi. Qolaversa, yagona raqamli

aktivlar bazasini tashkil etishga, soliq tushumlariga, pul muomalasiga, to'lov balansiga, budjetga, shu jumladan O'zbekistonda ham sohani rivojlanishiga imkon bermaydi.

Raqamli aktiv - bu ikkilik formatidagi nomoddiy aktiv, shu jumladan mulkchilik xuquqi. Ushbu huquqni o'z ichiga olmaydigan ma'lumotlar raqamli aktivlar deb hisoblanmaydi. Raqamli aktiv, boshqa barcha (raqamli bo'lmagan) aktivlar singari, talab va taklif bilan belgilanadigan moliyaviy qiymatga ega bo'lishi shart.

Kriptovalyuta - bu markazlashtirilmagan kompyuter tarmog'i tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan elektron pul. Muomaladagi birliklar soni va maksimal pul massasi oldindan belgilanadi va hamma uchun ko'rinadi.

Moliyaviy muhitning o'zgarishi jamiyatning tabiiy progressiv rivojlanishi natijasidir. Qiymat ko'rsatkichining yangi turi (bugungi kunda pul) faqat iqtisodiy zarurat bilan paydo bo'ladi, "pul" ning oldingi shakli almashinuv jarayonlarini sekinlashtira boshlaganda, qo'shimcha xarajatlarni o'z ichiga oladi va asta-sekin iqtisodiy maqsadga muvofiqligini yo'qotadi.

Raqamli iqtisodiy muhitning shakllanishi va bozor biznes tuzilmalarining modifikatsiyalashuvi raqamli aktivlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Taqdim etilgan konsepsiya huquqiy, iqtisodiy, axborot va qiymat pozitsiyasi nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi. Oddiy qilib aytganda, raqamli aktiv - bu haqiqiy aktiv qiymatining raqamli namoyishi.

Raqamli aktivlarning funksional imkoniyatlari:

- Hisob birligi, hamda almashinuv vositasi sifatida foydalanish;

- Tarqatilgan reestrda dasturiy mahsulotlar yoki xizmatlarga kirishni ochiqligi;

- Masalan, mulk kabi aktivning qiymat ifodasi. Raqamli aktivlarning farqlash imkonini beruvchi o'ziga xos xususiyatlari:

- Haqiqiy aktivlar (ob'ektlar, mulk) yoki ularga bo'lgan huquqlar bilan ta'minlanganlik;

- Meros huquqi;

- Raqamli aktivlarga kirishni (qayta kirishni) tiklash mexanizmlari;

- Faoliyatning ko'plab sohalarida qo'llanilishi;

Haqiqiy aktivlar raqamlashtirish jarayonidan o'tadi, bu blokchainda belgilangan mulk huquqi bilan noyob raqamli nusxani yaratishni o'z ichiga oladi.

Real qiymati mavjud emas va yakuniy rasmiy to'lov vositasi bo'lmagan raqamli aktivlar qiymat o'lchov birligi sifatida qaralmaydi (ularning qiymati raqamli tizim operatoriga ilgari taqdim etilgan mablag' bilan ifodalanadi) va shunga mos ravishda qarzni to'lash funksiyasini bajara olmaydi, ya'ni unda raqamli aktivlarning kurslaridagi farq hisobiga yakuniy hisob-kitoblarni talab qiladi.

К.онуний пуллар Ракамли акгнвлар

1. Ракамли тизимга конунин тулов воснталарнни киритиш оркали ракамлп актпвларни сотиб олиш.

2. Ракамли активлар билан зсисоб-кнтоблар.

3. Ракамли активлар иштирокидаги туловларнм якуний хисоб-китобн.

Манба:Виртуальные активы и поставщики услуг виртуальных активов. 2019 [Электронный ресурс] // ФАТФ. - URL:

http://www.fatfgafi.org/media/fatf/documents/recommendations/RBA-VAVASPs.pdf (дата обращения 26.08.2020).

Shu sababli, raqamli aktivlar bilan to'lovni amalga oshirish mumkin emas, uning sxemasi kredit muassasasining ishtirokini istisno qiladi, chunki uning bajarilishi raqamli aktivlarni ekvivalent depozitga almashtirish orqali raqamli tizim operatori tomonidan amalga oshirilishi kerak, pul majburiyatining bajarilishi rasmiy pul miqdoriga bevosita bog'liqdir.

Kredit xarakteriga ega operatsiyalarni amalga oshirish yoki raqamli aktivlar orqali tovar bilan bog'liq bo'lmagan operatsiyalarni amalga oshirgan holda raqamli pul tizimi operatorining majburiyati uchun tovarlar (xizmatlar) almashinuvi bo'lib, keyinchalik to'lov vositasi sifatida rasmiy, qonuniy pul bilan to'lanadi. Bunday holatda, raqamli aktivlar hisob-kitob funksiyasini to'liq bajaradi: sotuvchi xaridor tomonidan pul majburiyatini bajarishni emas, balki majburiyatini uchinchi shaxsga o'tkazishni nazarda tutadi.

"Raqamli pul" va "elektron pul" tushunchalarini aniqlash hamda mazkur tushunchalarni asossiz almashtirish, ularning asosiy farqlarini ko'rsatib berish, ishtirokchilarining o'zaro aloqa shakli bo'lgan reestrning mutlaqo boshqa formatlarini yaratishni taqazo qiladi. Bank-moliya sohasini raqamlashtirish bosqichlari ilm-fan, aloqa va texnologik taraqqiyot ta'siri ostida sodir bo'lgan sub'ektlar hamda tijorat banklarining mavjud an'anaviy shakllarini inobatga olgan holda, hisob-kitob jarayoni to'rtta bosqichdan iborat ekanligini ta'kidlaymiz:

1) mablag' oluvchiga o'tkazish uchun balansda pulning mavjudligini ta'minlash (hamyonda / hisob);

2) mablag'lar harakatini boshlash bilan bog'liq jarayonning tartibini (algoritmini) ta'minlash;

3) operatsiyani bajarish (pul mablag'larini o'tkazish / jo'natish);

4) bitimni tasdiqlash. Tarixan, naqdsiz to'lovlarni oddiy yo'l bilan qayta ishlash nuqtai nazaridan, qolaversa, moddiy ta'minoti (shakli) bor bo'lgan moliyaviy hisob-kitoblarni o'tkazish paytida, jo'natuvchi va pul mablag'larini qabul qiluvchi o'rtasidagi o'zaro munosabat

o'rnatilganda shaxsiy aloqa muhim hisoblanadi (masalan, veksel, chek yoki depozit qaydnomasi) (1.2-rasm).

Жунатувчн (боскичлар 1,4) Молиявнн инструмент Кабул килувчи

(боскпч з)

1.2 - rasm. "Naqd pulsiz to'lovlar ishtirokchilarining shaxsiy aloqasi"

Манба:Виртуальные активы и поставщики услуг виртуальных активов. 2019 [Электронный ресурс] // ФАТФ. - URL:

http://www.fatfgafi.org/media/fatf/documents/recommendations/RBA-VAVASPs.pdf (дата обращения 26.08.2020).

1.2 - rasmga ko'ra, quyidagi bosqichlarda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning o'zaro munosabatlari shakllanadi:

1 - mablag'ni qabul qiluvchiga jo'natish yoki o'tkazish uchun balansda mavjudligini ta'minlash (hamyonda/hisobvaraqda) - depozit qilish va hisob kitob vositasini olish uchun jo'natuvchining moliyaviy vosita emitenti bilan aloqa o'rnatilishi;

2 - hisob-kitob operatsiyasini boshlash uchun buyruq berilishini kutish shart emas, chunki emitentdan shaxsan olingan va moddiy shaklga ega bo'lgan hisob-kitob va moliyaviy vosita ham qabul qiluvchi tomonidan mablag' olish huquqini akseptlaydi, ham jo'natuvchining to'lovlarini qabul qiladi;

3 - naqdsiz hisob-kitob - pul mablag'larini jo'natuvchi tomonidan hisob-kitob moliyaviy vositasini oluvchiga o'tkazish;

4 - naqdsiz to'lovlarni tasdiqlash - pulni jo'natuvchi moliyaviy vositani shaxsan o'tkazgandan keyin tasdiqini oladi.

Keyinchalik jamiyat rivojlanishining ma'lum bir bosqichida to'lov va hisob-kitob operatsiyalari nafaqat naqd pulda, balki naqdsiz pulda ham amalga oshiriladi. Naqdsiz pullarning muomalada bo'lishi hisob - kitob ishtirokchilarining o'zaro munosabatlarini o'zgarishiga turtki berdi - iqtisodiy munosabatlarni o'rnatgan moliyaviy tashkilotlarning vositachi o'rnida jalb qilish orqali an'anaviy hisob-kitob operatsiyalari bo'yicha sub'ektlarining real hayotida bilvosita o'zaro munosabat bilan to'ldirildi (1.3-rasm).

Jo'natuvchi va mablag' oluvchi operatsiya davomida bevosita bir-biri bilan muloqotga kirishmaydi, ular orasidagi munosabat bankdagi pul o'tkazmalari operatori vakili tomonidan amalga oshiriladi (agar avtotranzaksiya yoki avtoprovodka funksiyasi bo'lmasa), operator jo'natuvchining shaxsiy kabinetida unga xizmat qiladi, shu bilan birga, uning funksional vazifasiga pul mablag'larini jo'natish, naqd pul olinganligi, hisob-kitobni tasdiqlashdan oldin jo'natuvchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarni kiritish kabi vazifalar kiradi. 1.3-rasmda naqd pulsiz hisob-kitoblarni bilvosita aloqa o'rnatish bilan amalga oshirish tartiblari ko'rsatilgan:

1.3.- rasm. "Hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishda junatuvchining kabul kiluvchi bilan bilvosita uzaro ta'siri"

Манба:Виртуальные активы и поставщики услуг виртуальных активов. 2019 [Электронный ресурс] // ФАТФ. - URL:

http://www.fatfgafi.org/media/fatf/documents/recommendations/RBA-VAVASPs.pdf (дата обращения 26.08.2020).

1 - mablag' oluvchiga o'tkazish uchun hisobvaraqda pulning mavjudligini aniqlash va ta'minlash - naqd pulsiz to'lovlar uchun mablag' yetishmasa, bank hisobvarag'ini yuboruvchining shaxsan o'zi yoki vakili naqdsiz yoki naqd pullar bilan to'ldirish;

2 - tranzaksiyani boshlash tartibini ta'minlash - mablag' jo'natuvchi tomonidan pul o'tkazmalari operatorining belgilangan vakiliga mablag' ouvchining rekvizitlarini ma'lum qilish va pul o'tkazmasini tasdiqlash;

3 - an'anaviy naqdsiz hisob-kitob - mablag' jo'natuvchining ishtirokisiz tijorat bankining xodimi tomonidan tranzaksiyani o'tkazish;

4 - naqdsiz to'lovlarni tasdiqlash - an'anaviy pul o'tkazmalari operatorining ishonchli vakili mablag' jo'natuvchi va oluvchi bilan aloqada bo'lib, naqdsiz to'lov o'tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat jo'natadi yoki aloqa kanallari (telegram, SMS, elektron pochta) orqali ogohlantirish yuboradi. Shuni ta'kidlash kerakki, dastlab pul o'tkazmalari operatorlari an'anaviy bank hisob-raqamlarida pul xarakati va qoldig'i haqidagi ma'lumotlarni siyoh-qog'oz yordamida aks ettirishgan. Keyinchalik bank-moliya sohasiga raqamli texnologiyalarni kirib kelishi natijasida pul oqimlari to'g'risidagi ma'lumotlarni yozish va saqlash usuli o'zgardi: bank bosh kitoblaridagi qaydnomalar axborot tashuvchi elektron vositalarda, pul oqimi esa banklarning serverlaridagi yozuvlar shaklida yuritiladi. Naqdsiz hisob-kitob ishtirokchilarini o'zaro aloqasining ushbu shakli front ofisdagi xodimlar orqali markazlashtirilgan elektron to'lov va hisob-kitob tizimida pul harakati jarayonini boshlashda qo'llaniladi (aksariyat tashkilotlarda o'tkazma ma'lumotlari moddiy axborot vositalarida takrorlanadi).

Жувятувчи

Реквнзнтлар

Олувчи

Накд

пулсиз

туловларнн

тасдиклаш

(маблаг -

ларни

хисобдан

чикариш)

(Боскнч 4)

Хисобдаги маблаглар мавжудлигини таъминлаш, накл пулсиз туловлар учун топширикнн шакллантириш. (Боскнч 1,2)

Накд пулсиз туловларни тасдицлаш (хисобнн тулдирнш) (Боскнч 4)

Анъанавий электрон тизим

Электрон маков

Манба:Виртуальные активы и поставщики услуг виртуальных активов. 2019 [Электронный ресурс] // ФАТФ. - URL:

http://www.fatfgafi.org/media/fatf/documents/recommendations/RBA-VAVASPs.pdf (дата обращения 26.08.2020).

Pulni oluvchi va jo'natuvchi o'rtasida o'zaro raqamli aloqa, 1.4-rasmda keltirilgan an'anaviy naqdsiz to'lovlarning o'zaro ta'siri quyidagi shaklga ega:

1 - mablag'ni oluvchiga o'tkazish uchun balansda pul borligini ta'minlash - hisobni naqdsiz yoki naqd mablag'lar bilan to'ldirish, jo'natuvchining aloqasi orqali kassada pul o'tkazmalari operatorining vakili bilan yoki bankomat, terminal, birja xizmatlari va hokazolarning operatorlarini ishtirokisiz amalga oshirish;

2 - hisob-kitob operatsiyasini boshlash to'g'risida buyruq berish - mablag' jo'natuvchi tomonidan an'anaviy to'lov tizimiga mablag' oluvchining tafsilotlarini mustaqil ravishda kiritish va boshqa shaxslarning ishtirokisiz o'tkazmani tasdiqlash;

3 - naqdsiz hisob-kitob - bu jarayon operator tomonidan pul jo'natuvchining ishtirokisiz amalga oshiriladi (qo'l rejimida yoki avtomatlashtirilgan);

4 - naqd pulsiz to'lovlarni tasdiqlash - akseptlash an'anaviy elektron hisob-kitob tizimining shaxsiy kabinetida raqamli tarzda amalga oshiriladi.

Naqdsiz to'lov shakllarini yaratishda raqamli aktivlar sohasida qo'llaniladigan texnologiyalarning ta'siri beqiyos, pul jo'natuvchi va oluvchi vositachilarsiz va o'zaro shaxsiy aloqa o'rnatmagan holda moliyaviy ma'lumotlarni almashadilar (1.5-rasm).

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Central bank digital currencies for cross-border payments. Report to the G20. 2021 [Electronic resource] // The Bank for International Settlements, International Monetary Fund, World Bank Group. - URL: https://www.bis.org/publ/othp38.pdf (access date 14.07.2021).

2. Central bank digital currencies: foundational principles and core features. 2020 [Electronic resource] // Bank for International Settlements, Bank of Canada, European Central Bank, Bank of Japan, Sveriges Riksbank, Swiss National Bank, Bank of England, Board of Governors Federal Reserve System. - URL: https://www.bis.org/publ/othp33.pdf (access date 02.12.2020).

3. CIO Special Central bank digital currencies - Money reinvented [Electronic resource] // Deutsche Bank. - URL: https://www.db.com/newsroom_news/CIO_Special_Central_bank_digital_currenci es_-_Money_reinvented_-_WM.pdf (access date 07.11.2020).

4. Consultative Document Prudential treatment of cryptoasset exposures. 2021 [Electronic resource] // Basel Committee on Banking Supervision. - URL: https://www.bis.org/bcbs/publ/d519.pdf (access date 13.06.2021).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.