Научная статья на тему 'TIBBIY GEOGRAFIK MUHITNI SHAKLLANISHIDA TABIIY VA IJTIMOIY-IQTISODIY OMOLLARNING AHAMIYATI'

TIBBIY GEOGRAFIK MUHITNI SHAKLLANISHIDA TABIIY VA IJTIMOIY-IQTISODIY OMOLLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
43
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologik muhit / adabtatsiya / kishilar salomatligi / iqlim elementlari / epidemik kasalliklar / ekologik omillar / Ecological environment / adaptation / human health / climate elements / epidemic diseases / environmental factors

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Saydaliyeva L.

Ushbu maqolada tabiiy sharoitning kishilar salomatligiga ta’siri va ayniqsa iqlimiy omillarning ta’siri o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC FACTORS IN THE FORMATION OF THE SIGNIFICANCE OF NATURAL AND SOCIOTHE MEDICAL GEOGRAPHIC ENVIRONMENT

This article examines the influence of natural conditions on human health, and especially the influence of climatic factors.

Текст научной работы на тему «TIBBIY GEOGRAFIK MUHITNI SHAKLLANISHIDA TABIIY VA IJTIMOIY-IQTISODIY OMOLLARNING AHAMIYATI»

Saydaliyeva L.

Farg'ona davlat universiteti O'zbekiston

TIBBIY GEOGRAFIK MUHITNI SHAKLLANISHIDA TABIIY VA IJTIMOIY-IQTISODIY OMOLLARNING AHAMIYATI

Annotasiya. Ushbu maqolada tabiiy sharoitning kishilar salomatligiga ta 'siri va ayniqsa iqlimiy omillarning ta 'siri o 'rganilgan.

Kalit so'zlar. Ekologik muhit, adabtatsiya, kishilar salomatligi, iqlim elementlari, epidemik kasalliklar, ekologik omillar.

Saidaliyeva L.

Fergana State University Uzbekistan

ECONOMIC FACTORS IN THE FORMATION OF THE

SIGNIFICANCE OF NATURAL AND SOCIO- THE MEDICAL GEOGRAPHIC ENVIRONMENT

Annotation. This article examines the influence of natural conditions on human health, and especially the influence of climatic factors.

Keywords. Ecological environment, adaptation, human health, climate elements, epidemic diseases, environmental factors.

Kirish. Inson tabiatning bir bo'lagi sifatida muayyan tabiiy geografik sharoitda tug'iladi, yashaydi va faoliyat ko'rsatadi. Inson hayot faoliyati davomida o'zi yashab turgan tabiiy muhit (iqlim, suvlar, tuproq, gidrogeologik holat, o'simlik va hayvonot dunyosi) ga moslashadi va bu jarayon kishilarning mehnat faoliyati bilan bevosita bog'liq bo'ladi.

Asosiy qism. Ijtimoiy - iqtisodiy omillar kishilarning turmush tarzi, mehnat faoliyati, urf - odatlari, diniy etiqodlari bilan bog'liq bo'lib, tabiiy muhit va insonlar o'rtasidagi aloqalardan iboratdir. Yani tabiiy sharoitning qulayligi tufayli ijtimoiy - iqtisodiy omillar yuzaga chiqadi.Shunga ko'ra inson salomatligini optimal modelida ushbu omillarning mutanosibligini ko'rishimiz mumkin. (1 -jadval).

(1-jadval).

Kishilar salomatligida tabiiy va ijtimoiy - iqtisodiy omillar modeli.

Tabiiy omillar Ijtimoiy omillar Iqtisodiy omillar

Harorat, namlik, atmosfera bosimi, suv muhiti, tabiiy resurslar, relyefning holati, tuproqning unumdorligi, Turmush tarzi, urf - odatlari, demografik omillar, etiqodlari, oilaviy muhit, o'zaro munosabatlar, dam olish va ovqatlanish rejimi, Mehnat faoliyati va turi, ish haqi, oila budjeti, yashash va ishlash muhiti, iqtisodiy ta'minlanganlik darajasi.

havoning tarkibi ekologik holat.

sog'liqni saqlash profilaktik tadqiqotlar.

va

(Jadval muallif tomonidan tuzilgan).

Yuqoridagi jadvalda keltirilgan omillar hamma vaqt ham mutanosib bo'lavermaydi va insonlar o'z ehtiyojlariga ko'ra optimal sharoitni yaratishga harakat qiladilar.

Kishilar salomatligiga ta'sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni muayyan muhit bilan bog'liq holda ekologik omillar ko'plab yo'nalishdagi ekologik muhitga ta'sir etuvchi manbalarni o'z ichiga oladi. Birlashgan millatlar tashkiloti va butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti faoliyati negizida BEKSA (Sharqiy Evropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo davlatlari)ishtirokchilari tomonidan e'tirof etilgan ekologik muammolar ichida: iqlim o'zgarishi, atmosfera havosi sifati, suv resurslari, yer resurslari va tuproq, bioxilmaxillik, chiqindilar, o'rmon resurslari, baliq resurslari, sotsial-iqtisodiy holatlar bo'yicha masalalar kiritilib ularni yechishda ekologik indikatorlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega ekanligi ko'rsatib o'tilgan. Unga ko'ra tashkilotga a'zo bo'lgan mamlakatlarda ekologik indikatorlarning quyidagi asosiy ko'rsatkichlari aniqlanishi belgilab qo'yilgan (2-jadval)

(2-jadval)

BEKSA ishtirokchilari davlatlarida atrof muhit muhofazasida ko'zda

tul tilgan ekologik indigatorlar.

Muammo Indikatorlar soni Iqtisodiyot turlari

Atmosfera havosi 25 Qishloq xo'jaligi energetika, transport

Iqlim o'zgarishi 11

Suv 35

Yer resusrslari 6

Bioxilmaxillik 12

Chiqindilar 12

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, kishilar salomatligiga eng katta xavfni keltirib chiqaruvchi omillar ichida atmosfera xavosi va suv muhim o'rin egallaydi. Atmosfera havosida ifloslovchi indikatorlar 25 tani, suvda esa 35 tani tashkil etmoqda.

Tadqiqotlarga qaraganda ayrim tabiiy minerallar yoki tog' jinslaridan uni qayta ishlash jarayonida olingan qurilish materiallari - marmar, shifer, asbest kabilarda ma'lum darajadagi radiaktivlik mavjud va bu xavfli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Insonlar hayot jarayonining umumiy modeli atrof muhit omillarini o'zida birlashtiradi (3- jadval).

3-jadval

Kishilar salomatligida hayot jarayonining umumiy modeli

Bosqich Komponent Tushuncha

1 Ifloslantiruvchi manba Birinchi bosqichda ekologik omil yuzaga keladi. Uning manbasi aniqlanadi.

2 Tashuvchi Kasallik manbasi istemol tovarlari yoki chiqindilar orqali keladi.

3 Tashish muhiti joylanishi Omillar havo, suv yoki tuproq muhitida joylashadi.

4 Ta'siri Insonlar kasallanishini kelib chiqish va ta'sir qilish omillarini tushunadi.

(Jadval muallif tomonidan tuzilgan.)

Kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishida relyefning ro'liga ham yetarlicha baho beriladi. Ma'lumki balandlik ortishi bilan bosim kamayib, harorat pasayadi, namlik esa ortib boradi. Bunday o'zgarishlar kishilar salomatligida sezilarli holatlarni yuzaga keltiradi. Ayniqsa tekislikda yashovchi aholining baland tog'larga ko'tarilishi bilan nafas olishining qiyinlashuvi, yurak urishining tezlashuvi, qon bosimining ortishi, burundan qon kelishi, yuz tana pigmentlarining o'zgarishi sodir bo'ladi. Balandlik oshgan sayin ultra binafsha, infraqizil quyosh nurlarining miqdori ortadi va bunday sharoitda kishilar uchun noxush holatlar yuzaga keladi. Tog' kasalligi shunday tarzda yuzaga keladi. Shuningdek, dengiz kasalligi ham muayyan tabiiy muhitda yuzaga keladi. O'rmonlar zo'nasida o'rmon kasalligi, cho'llarda cho'l kasalligi deb nomlanuvchi mahalliy iqlimiy sharoitlar bilan bog'liq kasalliklar tarqalgan. Shunga ko'ra kasallanish holati tabiiy muhit bilan bevosita bog'liqdir. (1-chizma)

Birlamchi manbalar sektori Tabiiy muhit

Malisulot va chiqindilar

[

Insonlarga ta'siri

(1-chizma). Kasallanish manbalarini tabiiy muhit bilan bog'liqligi (Chizma muallif tomonidan chizilgan).

Kasalliklarni yuzaga kelishida tabiiy sharoitlarni tashkil qiluvchi alohida komponentlar ham mavjudki, ayrim holatlarda epidemik kasalliklar yuzaga keladi. Bu holat ifloslangan havo, suv, tuproq bilan bevosita bog'liqdir. Ma'lumki tabiatda sodir bo'ladigan namlik almashinuvi, biogen almashinuv, abiotik almashinuv jarayonlari kimyoviy elementlarning hosil bo'lishi, parchalanishi,

geokimyoviy migratsion jarayonlarga tortilishini tiklaydi. Kimyoviy elementlarning ayrimlari radiaktiv faol bo'lishi mumkin. Tuproq tabiat komponentlari ichida eng ifloslangan muhitni hosil qiladi. Atmosfera orqali, suv orqali tuproqqa kirib kelgan minerallar, og'ir metallar, o'simlik organlari orqali odamga o'tishi mumkin. Tibbiy geografik muhitni biz kishilar salomatligining ekologik omili sifatida ko'rishimiz zarur. Ekologik omilga esa o'z navbatida biologik, fizik, kimyoviy omillar birlashadi.

Yuqoridagi rasmda ekologik omillarni hosil bo'lishiga ta'sir qiluvchi manbalar ko'rsatilgan. Tibbiy geografik muhitni hosil qiluvchi tabiat komponentlarini biz yuqorida ekologik omil deb e'tirof etdik. Ekologik omillar ham kelib chiqishiga ko'ra bir qancha turlarga tabaqalanadi (4-jadval).

4-jadval

Ekologik omillar va ularning ta'sir turlari_

Ekologik omil. Kasallanishni asosiy manbalari. Inson hayoti uchun xavfli kasalliklar.

Mikrobiologik omil. Patogen mikroorganizmlar. Infeksion kasalliklar.

Tabiiy omil. Shovqin, reaktivlik, ultrabinafsha nurlar. Yuqori stress holati, o'sma kasalliklarini ko'payishi, teri raki.

Kimyoviy omil. Tabiiy va sun'iy moddalar Turli darajada zaxarlanish.

(Jadval muallif tomonidan tuzil gan).

Tabiiy sharoitning turli holatlarida kasalliklarning potogenezi epidemologik sharoitga bog'liqdir. Epidemiologik sharoitni esa yuzaga keltiruvchi muayyan omillar mavjud: bunga biologik omillar - parazit mikroorganizmlarni manbalari va egalari mavjudligi, ijtimoiy omillar - epidemik muhitning hosil bo'lishida ijtimoiy muhit (ijtimoiy faollik, ijtimoiy rivojlanish, sanitar epidemologik holat) muhim o'rin egallaydi. Bunday sharoitlarda virusli gepotit, jinsiy yo'l bilan hosil bo'ladigan infeksion kasalliklar, giyoxvandlik va hokazolar yuzaga kelishi mumkin.

Tabiiy omillar - bunga biotik va abiotik elementlar kiradi. Biotik elementlarni tabiat komponentlari hosil qiladi. Abiotik elementlarga iqlim, landshaft-geografik sharoit kiradi. Kasalliklarni o'tkazuvchi omillar - bu tabiiy omillardan havo, suv, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy buyumlar bo'lishi mumkin.

Tabiiy ekologik muhitni yomonlashuvi bilan bog'liq bo'lgan epidemik kasalliklar, qisqa vaqtda yoki muayyan vaqt davomida asta sekin rivojlanishi mumkin. Hududiy joylanishiga va kechish intensivligi kasallanish masshtabiga ko'ra:

1. Epidemiya - muayyan hudud yoki regionlarda vujudga keladigan mavsumiy kasalliklar.

2. Pandemiya kasallanishning keng ko'lamli yuqori darajali, dunyo yoki uning ayrim qismlari miqiyosida sodir bo'ladigan xavfli turi.

Epidemik kasalliklarni potogenezi iqlimiy sharoitning o'zgarishi (masalan, gripp epidemiyasi) yoki ifloslanishi bilan bog'liq bo'lib ko'proq tabiiy genezisga ega. Muayyan tabiiy muhitni o'zgarishi bilan epidemiyalar kamayib ketishi mumkin.

Birmuncha xavfli kasalliklarning geografik tarqalishida juda katta yani global ko'lamdagi infeksion - epidemiologik holatlar bo'lishi mumkin. Bugungi kunda jahonda yuz berayotgan Covid-19 pandemiyasi yer yuzasida millionlab kishilar hayotiga nuqta qo'ydi. Pandemiyaning kelib chiqishi va aniq manbalari to'liq asoslanmagan bo'lsada, ularni biologik turlar, yani ko'rshapalaklar odamga yuqtirgan degan uncha to'liq isbotlanmagan qarashlar mavjud. Pandemiyaning kelib chiqishi va uning hududiy tarqalishi Xitoy davlatidan boshlangan bo'lsada, uning qisqa vaqtda dunyoni egallashi kasallikni keltirib chiqaruvchi viruslarni turli tabiiy iqlimiy sharoitlarga chidamliligini ko'rsatib berdi. Uning nam iqlim sharoitida ko'proq tarqalishi tabiiy kelib chiqishi manbaalarining muayyan iqlimiy sharoitlari bilan bog'liqdir.

Tabiiy geografik muhitning shakllanishida tabiiy omillar bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy omillar ham muhim o'rin egallaydi. Aholi salomatligi ko'rsatkichida barcha omillar muayyan tibbiy geografik muhitni hosil qiladi.

Demografik ko'rsatkichlar ham aholining salomatligini belgilovchi muhim ko'rsatkichlarini tashkil etadi. (2-chizma).

(2-chizma). Aholi salomatligini tavsiflovchi tibbiy statistik va demografik ko'rsatkichlar (B. Mamatqulov 2013).

Bugungi kunda tushuncha kengayib faqat patologik jarayonlarni emas, balki jamiyatning fiziologik holatini yoki potologik jarayonlarni kelib chiqishi sabablari va ta^alganligining qonuniyatlaгini o'гganuvchi fan tushuniladi.

Turli tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va demoekologik sharoitda turli kasalliklarni kelib chiqishida xavf omillari (risk faktori) biologik, genetik, ekologik, gigienik, ijtimoiy yo^a^h^ o^ali yuzaga keladi. Jahon sog'liqni saqlash tizimida xavf omillaгini to'rtga bo'lib o'гganishni tavsiya etiladi:

1. Turmush tarzi va turmush sharoitiga bog'liq omillar (salomatlikka ta'sir kuchi 50%).

2. Genetik omillar (20 %).

3. Tashqi (tabiiy) muhit omillari (20% ).

4. Sog'liqni saqlash tizimi omillari (10%).

Ushbu ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, tashqi (tabiiy) omillar genetik omillar bilan kasalliklarni kelib chiqishida bir xil sharoit yaratib beradi. Genetik omillar kishilarda nasliy kasalliklarga moyilligini keltirib chiqarsa, tashqi muhit (tabiiy) omillarga havo, suv va tuproqning zararli moddalar bilan ifloslanishi, turli noqulay geografik va iqlimiy sharoitlar kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Абу Али Ибн Сино. Тиб конунлари. Ж.1. -Т.: А. ^одирий номидаги халк мероси нашриёти, 1994. -304 б.

2. Абу Райхон Беруний. 100 хдкмат ва ибратли сузлар. -Т.: Фан. 1993. -160 б.

3. Комилова Н.Х,. ^ишлок ахолиси ва унинг саломатлиги //Узбекистон кишлок хужалиги. №5. -Т., 1998. 34-37 б.

4. B.Mamatkulov 2013 Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni boshqarish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.