Научная статья на тему 'THE MAIN FACTOR OF THE DEVELOPMENT OF ECONOMIC SYSTEMS IN THE CONDITIONS OF CLUSTER-GLOBALIZATION'

THE MAIN FACTOR OF THE DEVELOPMENT OF ECONOMIC SYSTEMS IN THE CONDITIONS OF CLUSTER-GLOBALIZATION Текст научной статьи по специальности «Прочие сельскохозяйственные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
klaster / innovatsiyalar / klaster yondoshuvi / innovatsion faoliyat. raqobatbardoshlik / tabiiy boyliklar / qishloq xoʼjaligi / klaster / innovatsiyalar / klaster yondoshuvi / innovatsion faoliyat. raqobatbardoshlik / tabiiy boyliklar / qishloq xoʼjaligi

Аннотация научной статьи по прочим сельскохозяйственным наукам, автор научной работы — Sherkulov Nodir

The article explains the cluster principle of forming new economic structures. The conditions, reasons and mechanisms for the creation of network structures are analyzed. Based on the cluster scheme, the characteristics and advantages of production, as well as the factors hindering the development of their activity, were analyzed

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MAIN FACTOR OF THE DEVELOPMENT OF ECONOMIC SYSTEMS IN THE CONDITIONS OF CLUSTER-GLOBALIZATION

The article explains the cluster principle of forming new economic structures. The conditions, reasons and mechanisms for the creation of network structures are analyzed. Based on the cluster scheme, the characteristics and advantages of production, as well as the factors hindering the development of their activity, were analyzed

Текст научной работы на тему «THE MAIN FACTOR OF THE DEVELOPMENT OF ECONOMIC SYSTEMS IN THE CONDITIONS OF CLUSTER-GLOBALIZATION»

KLASTER-GLOBALLASHUV SHAROITIDA IQTISODIY TIZIMLARNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILI

O'qituvchi Sherkulov Nodir Erkin o'g'li "Alfraganus University"

Annotatsiya. Maqolada yangi iqtisodiy tuzilmalarni shakllantirishning klaster tamoyili asoslab berilgan. Tarmoqli tuzilmalarni yaratishning shart-sharoitlari, sabablari va mexanizmlari tahlil qilingan. Klaster sxemasi asosida ishlab chiqarishning xususiyatlari, afzalliklari hamda ular faoliyatini rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi omillar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: klaster, innovatsiyalar, klaster yondoshuvi, innovatsion faoliyat. raqobatbardoshlik, tabiiy boyliklar, qishloq xo'jaligi.

Abstract. The article explains the cluster principle of forming new economic structures. The conditions, reasons and mechanisms for the creation of network structures are analyzed. Based on the cluster scheme, the characteristics and advantages of production, as well as the factors hindering the development of their activity, were analyzed.

Kirish

Mamlakatimizda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, klaster usuli yo'lga qo'yildi, ekin turlari zamon talabidan kelib chiqib o'zgartirildi. Natijada hosildorlik ham, daromad ham oshmoqda.

Yurtimizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo'jaligi mahsulotlari 66 ta mamlakatga eksport qilinmoqda Davlatimiz rahbarining 2019 yil 23 oktyabrdagi farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Unga muvofiq, yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida meva-sabzavot klasterlari tashkil etilmoqda. 2019 yil 11 dekabrda bu borada Prezident qarori qabul qilinib, barcha tashkiliy-huquqiy asoslaryaratib berildi. O'tgan qisqa vaqtda hokimliklartomonidan 86 ta shunday klaster tashkil etish bo'yicha

Klaster tizimining afzalligi nimada? U xomashyo emas, balki davlat uchun ham, ishlab chiqaruvchi uchun ham foydali bo'lgan tayyor mahsulotlarni sotish va eksport qilish imkonini beradi. Klaster tizimining yana bir afzalligi shundaki, korxonalar ishlab chiqarilgan mahsulotlardan erkin foydalanadi hamda barcha xodimlarning manfaatlarini hisobga olgan holda narxlar va sotish hajmini mustaqil belgilaydi.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida, barcha mamlakatlarda inson hayotining asosini moddiy ne'matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonlari bo'lmasa, ayirboshlanadigan, taqsimlanadigan va iste'mol qilinadigan ne'matlarning o'zi bo'lmaydi. Har qanday jamiyatda insoniyat iste'molsiz yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Bu masala hozirgi kunda jahon mamlakatlarining katta muammosiga aylangan.

Har bir korxona xarajatlarini ya'ni tannarxni kamaytirishga harakat qiladi. Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida eksport salohiyatini yuksaltirish va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish ko'p jihatdan tejamkorlikka erishish hamda mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirishga bog'liq. Shunga ko'ra, 2020 yilda "Qishloq xo'jaligida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish borasidagi o'rganish va izlanishlarimiz davom etmoqda. Sohaga ilg'or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etilmoqda" deb o'rinli ta'kidlandi.

Adabiyotlar sharhi.

Mamlakatlar iqtisodiyoti raqobatbardoshligini boshqarish masalasi bilan xorijiy mamlakatlarda va mamlakatimizda ko'pgina olimlar shug'illanadilar. Ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster yondoshuvidan mamlakatimizda foydalanila boshlanganiga ko'p vaqt bo'lmagan bo'lsada, xorijda raqobat nazariyasi asoschilari bu yo'nalishni anchadan buyon rivojlantirib kelmoqdalar. Mamlakatlarning halqaro savdoda raqobatbardoshligini ta'minlashning ilmiy asoslarini klassik maktab asoschisi Adam Smit o'zining mutloq ustunlik nazariyasida ishlab chiqqan bo'lsa, uning ta'limotini keyinchalik shogirdi D. Rikardo nisbiy ustunlik nazariyasida rivojlantirdi.

Raqobatbardoshlikni boshqarishda klaster sxemalaridan foydalanish nazariyasining asoschisi Maykl Porter hisoblanadi. Maykl Porterning fikriga ko'ra, mamlakat yoki mintaqa iqtisodiyotining raqobatbardoshligi valyuta kursi, foiz stavkasi, byudjet kamomadi, arzon ishchi kuchi, tabiiy boyliklar kabi omillarga emas, balki ishlab chiqarish mahsuldorligiga bog'liq. Ishlab chiqarish korxonalarida mahsuldorlikning o'sib borishi iqtisodiyotning muntazam rivojlanishini talab qilgani holda, turli tarmoq korxonalari mahsulotlar sifatini oshirish, iste'mol xossalarini kengaytirish, texnologiyalarni rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo'li bilan ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirib borishlari lozim bo'ladi. Porter mamlakatlarning raqobatdagi ustunliklarini to'rt guruhga birlashtirib (omillar uchun sharoitlar, talabning holati, o'zaro bog'liq tarmoqlar, barqaror strategiya, tuzilma va raqobat), mamlakatning raqobatdagi ustunliklari determenantini ishlab chiqdi. Omillar orasida bog'liqlik va to'g'ri proportsional aloqa mavjud. Raqobatbardoshlikni ta'minlashning o'ziga xos instrumenti sifatida klaster sxemalari taklif qilingan bo'lib, ularga hududiy jihatdan yaqin joylashgan o'zaro aloqadorlikdagi kompaniyalar va ularga bog'liq tashkilotlar guruhi bo'lib, ular bir soxa doirasida o'zaro birgalikda va bir-birini to'dirgan holda faoliyat olib boradilar deb ta'rif berilgan . Keyinchalik bu nazariya F.Reyns tadqiqotlarida rivojlantirildi. F.Reynsning raqobatbardoshlik borasidagi iqtisodiy qarashlari ham M.Porterniki kabi asosan ishlab chiqarish jarayonining va mahsulotning sifat ko'rsatkichlarini rivojlantirib borishga asoslangan . Bunda klaster sxemalarini yaratish amaliyoti bozor iqtisodiyoti anchadan buyon amal qilib kelayotgan mamlakatlar misolida ishlab chiqilgan. O'zbekistonda milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirishning turli jihatlari, klasterlar tashkil etishning nazariy-uslubiy asoslari va tashkiliy masalalari G.Zaxidovning ilmiy tadqiqotlarida o'rganilgan. Ushbu tadqiqotlarda ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster sxemasi mamlakat mintaqaviysiyosatini amalga oshirishning, iqtisodiyotning turli tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirishning muxim instrumenti sifatida tahlil qilingan.

Metodologiya.

Iqtisodiyot soxa va tarmoqlarini klaster siyosati asosida rivojlantirishning iqtisodiyot raqobatbardoshligiga ta'siri masalasini tadqiq qilishda iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, ma'lumotlar to'plash, to'plangan ma'lumotlarni tahlil qilish va sintezlash kabi iqtisodiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.

Natijalar.

Toshkent viloyatida joylas igan paxta-to'qimachilik klaster ari1

№ Paxta-to'qimachilik ishlab chiqarish va klasterlari Tumanlarnomi Paxtamaydoni, gektar, ga

1 "OqqorgonAgro Cluster" MChJ Oqqurg'on 5407,0

2 "APK Bekobod" MChJ Bekobod 12000,0

3 "APK Bo'ka" MChJ Buka 12131,0

4 "TCT AgroClustr" MChJ Qo'yichirchiq 10000,0

5 'Textile Technologies Group» XK MChJ Chinoz 6200,0

6 "KokchaTekstil" MChJ O'rtachirchiq, Yangiyo'l 9270,0

Jami 55008,0

Bugungi kunda respublikada 2020 yilda jami 96 ta paxta-to'qimachilik ishlab chiqarish va klasterlari faoliyat yuritmoqda. Shundan Toshkent viloyatida xorijiy investitsiya jalb etgan klasterlar 6 ta agrosanoat korxonasi tashkil etilgan.

Paxta-to'qimachilik ishlab chiqarish va klasterlari tomonidan 2020 yilda 906313 gektar yer maydoniga paxta xomashyosi yetiriladi.Bu Respublikadagi paxta xom ashyosi yetishtiradigan umumiy yer maydoning 87,7 %, tashkil etadi. Paxta-to'qimachilik ishlab chiqarish va klasterlari paxta xom ashyosi yetishtirish davrida ilg'or zamonaviy innovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda paxta hosildorligini qo'shimcha 10 sentnerga oshiradi.

1https://uzts.uz/uz/pahta-toqimachilik-klasterlari/

Nega aynan paxtachilikda? Degan savol tug'ilishi tabiiy. Paxta mahsuloti qishloq xo'jaligi sohasida tayyorlanadigan yalpi mahsulotning deyarli yarmini tashkil etadi. Lekin tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, paxtachilikda ishga solinmagan katta imkoniyatlar va hal etilmagan masalalar mavjud. Qishloq xo'jaligining barcha tarmoqlari orasida paxta xom-ashyosi yetishtirish eng past rentabellikka ega ekanligini aytish mumkin. G'o'za hosildorligi bo'yicha respublikamizda erishilgan ko'rsatkich paxta ekuvchi boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda ancha past. Ammo tahlillar, sug'oriladigan paxta maydonlarining har bir gektari hosildorligini ko'tarish uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligini ko'rsatmoqda. Paxta xomashyosini ishlab chiqarishning samarador usullarini izlash zarurati yana shu bilan izohlanadiki, O'zbekiston shproitida yerning mahsuldorligi imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmagan. O'zbekiston va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning qishloq xo'jaligidagi ayrim ko'rsatkichlar taqqoslansa, bu yana bir bor o'z tasdig'ini topadi. Masalan, 16 million kishi istiqomat qiluvchi va 1,038 million gektar ekin maydonlari (uning ham 60 foizi dengiz yaqinida o'zlashtirilgan yerlar) bo'lgan Gollandiyada 131 milliard dollarlik qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarilgan holda, 32 millionlik aholisi va 4.4 million gektarlik ekin maydonlariga ega O'zbekistonda esa. Bu ko'rsatkich bor-yo'g'i 13,2 milliard dollarni tashkil qiladi. O'zbekistonda paxta xomashyosining asosiy iste'molchisi to'qimachilik sanoati bo'lib, u respublikaning sanot kompleksida muhim o'rin tutadi. Bundan kelib chiqib, to'qimachilikning rivojlanishi ham paxtachilik sohasining holatiga bevosita bog'liq .

Quyi Chirchiq tumani o'z nomiga monand viloyatning eng chekka, pastqamroq hududida joylashgan. Shuning uchun qo'shni va atrofdagi tumanlarning yer osti sizot suvlari sizib kelib, shu yerda to'planadi. Ushbu omillar bois tuman yerlari zaxkash hisoblanadi. Ba'zi hududlardan

1,5-2 metrdan suv chiqadi. Mavjud sharoitdan kelib chiqib tahlil qilinsa, hududda sholichilik, baliqchilik sohalari birmuncha natija beradi. Ammo paxta va g'alla bo'yicha tumanda muttasil qoloqlik kuzatilgan. Bundan 12 yil awal, paxtachilikda ilk bor reja ado etilgan bo'lsa, shundan buyon tuman qishloq xo'jaligining barcha sohalarida orqada qolayotgan edi, o'tgan yili tuman paxtachilik bo'yicha rejani viloyatda birinchi bo'lib bajardi. Xususan, "TCT Agrocluster" klasterining sa'y-harakati bilan 2019 yilda jami 30 ming 13 tonna paxta xomashyosi yetishtirilib, davlat shartnomaviy rejasi 111 foiz bajarildi. O'rtacha hosildorlikgektariga 32 sentnerni tashkil etdi.

Quyi Chirchiq "Cotton Tekstel Klaster"dagi iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari

Ko'rsatkichlar 2018 2019

Paxtamaydoni (ga) 10000 10000

Hosildorlik (ts/ga) 12 30

Yalpihosil (tonna) 12000 30013

Yalpimahsulotqiymati (mln. so'm) 42 000 000 135 058 500

Yuqorida TST Klasterning iqtisodiy samaradorligida 2018-2019 yil 2 yilda

10000 gektar maydondan olingan hosildorlik birinchi yil 12 sentner olingan bo'lsa, keyingi yilda 30 sentnerga oshganligini ko'rish mumkin. Yalpi hosil 2018 yilda 12 ming tonna olingan bo'lsa, yalpi hosil esa 2018 yilda 12 ming tonna olingan bo'lsa, 2019 yilda 18013 barobarga oshganlini, mahsulot qiymati million so'mdan 135 milliondan ortiqroq miqdorga ko'payganligini ko'rish mumkin.

XULOSA

Umuman olganda klaster tizimining afzalligi, u xomashyo emas, balki davlat uchun ham, ishlab chiqaruvchi uchun ham foydali bo'lgan tayyor mahsulotlarni sotish va eksport qilish imkonini beradi. Klaster tizimining yana bir afzalligi shundaki, korxonalar ishlab chiqarilgan mahsulotlardan erkin foydalanadi hamda barcha xodimlarning manfaatlarini hisobga olgan holda narxlar va sotish hajmini mustaqil belgilaydi. Mahsulot sifati uchun xomashyo tayyorlovchilar ham, qayta ishlovchilar ham mas'ul, negaki, sotilgan mahsulotdan hosil bo'lgan qo'shilgan qiymatning bir qismi umumiy jarayonga hissa qo'shgan barcha ishchilar o'rtasida taqsimlanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida ish o'rinlari ham yaratiladi. Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, klasterlarning shakllanishi mintaqalarning faol rivojlanishiga va mintaqalararo integratsiyaning chuqurlashuviga yordam beradi. Klaster muayyan

hududga «bog'lanadi» va uning resurs salohiyatiga tayanadi. Bir mintaqadagi nomdosh klaster shaklan va mazmunan boshqa hududdagi nomdosh klasterdan farq qiladi. Shu nuqtai nazardan ham klasterlar noyob iqtisodiy tuzilmalar hisoblanadi.

Adabiyotlar ro'yxati:

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Tashkent 2020 yil 24 yanvarb yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi // Xalq so'zi, 2020 yil 25 yanvarb.

Gloveli, G. D. Ekonomicheskaya istoriya v 2 t. Tom 1: uchebnik dlya akademicheskogo bakalavriata . — Moskva : Izdatelbstvo Yurayt, 2019. — 459 s.

Porter Maykl. Konkurentsiya: Per. s angl. / Maykl Porter. - M. i dr.: Vilbyams, 2003. 605 s

Ferova I.S., Kojenova T.V., Shoroxov R.G. Prombishlennbie klasterbi i ix rol v razvitii prombishlennoy politiki regiona. -M.: INFRA-M; Krasnoyarsk; Sib. fider. univ-t, 2018. 247 s.

https://uzts.uz/uz/pahta-toqimachilik-klasterlari/

M.A.Raxmatov, V.Z.Zaripov "Klaster - integratsiya. Innovatsiya va iqtisodiy o'sish". Zamin Nashr Toshkent-2018.23-24b

Extended abstract

The use of advanced techniques and technologies in the production process is important not only through the development of a cluster system in the economy of Uzbekistan, but also for the effective operation of entrepreneurs and the agricultural sector. In the current conditions, production efficiency is the main factor in the development of the economy of Uzbekistan. Effective use of this factor is one of the main ways to ensure the stable development of the cluster system in our country. In the context of accelerating reforms and increasing globalization of the world economy, our country should make a quick transition to the innovative way of developing the cluster system in the short term, bring this strategically important branch of the economy to a level that meets the requirements of the time. Otherwise, the cluster system will lag behind development and cannot be competitive.

In our country, consistent measures are being taken to reform the agrarian sector, introduce market mechanisms and modern technologies to it. In particular, the cluster method was introduced, the types of crops were changed based on the needs of the times. As a result, both productivity and income are increasing.

More than 80 types of agricultural products grown in our country are exported to 66 countries. By the decree of the head of our state on October 23,2019, the strategy of the development of agriculture of the Republic of Uzbekistan for 2020-2030 was adopted. In accordance with it, fruit and vegetable clusters are being organized in order to produce products with high added value. On December 11, 2019, the President's decision in this regard was adopted, and all organizational and legal foundations were created. In the past short time, 86 such clusters were established by the hokims

What is the advantage of a cluster system? It allows to sell and export not raw materials, but finished products that are useful for both the state and the manufacturer. Another advantage of the cluster system is that enterprises freely use the products produced and independently determine prices and sales volumes, taking into account the interests of all employees.

At all stages of socio-economic development, in all countries, the basis of human life is the production of material goods and the provision of services. Because without the processes of production and service, there would be no goods to be exchanged, distributed and consumed. Humanity in any society cannot live without consumption, nor can it live without production. This issue has become a big problem of the countries of the world today.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.