Научная статья на тему 'TEZYURAR TEMIR YO’LLARNI JORIY SAQLASH XARAJATLARI'

TEZYURAR TEMIR YO’LLARNI JORIY SAQLASH XARAJATLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
350
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tezyurar temir yo’l / tezyurar poyezd / temir yoʼl izini taʼmirlash / joriy saqlash / meʼyoriy mehnat sarfi. / high-speed rail / high-speed train / railway track repair / maintenance / labor standards.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Djabbarov Saidburxon Tulaganovich, Yaxʼyayeva Muslimaxon Toxirboyevna

Maqolada tezyurar temir yoʼllarda yoʼlovchilarning harakat xavfsizligi, poyezdlarning uzluksiz harakatini taʼminlash uchun temir yoʼl izi infratuzilmasini taʼmirlash, joriy saqlash ishlari va u bilan bogʼliq boʼlgan sarf-harajatlarni rejalashtirish bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OPERATING EXPENSES FOR MAINTENANCE OF HIGH-SPEED RAILWAYS

The article deals with ensuring the safety of passengers on high-speed railways, repairing the infrastructure of the railway track to ensure the uninterrupted movement of trains, maintaining current repairs and planning related costs.

Текст научной работы на тему «TEZYURAR TEMIR YO’LLARNI JORIY SAQLASH XARAJATLARI»

TEZYURAR TEMIR YO'LLARNI JORIY SAQLASH XARAJATLARI Djabbarov Saidburxon Tulaganovich, t.f.d. professor,

Toshkent davlat transport universiteti Yax'yayeva Muslimaxon Toxirboyevna, bakalavriant,

Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent https://doi.org/10.5281/zenodo.6655329

Annotatsiya: Maqolada tezyurar temir yo'llarda yo'lovchilarning harakat xavfsizligi, poyezdlarning uzluksiz harakatini ta'minlash uchun temir yo'l izi infratuzilmasini ta'mirlash, joriy saqlash ishlari va u bilan bog'liq bo'lgan sarf-harajatlarni rejalashtirish bayon etilgan.

Kalit so'zlar: tezyurar temir yo'l, tezyurar poyezd, temir yo'l izini ta'mirlash, joriy saqlash, me 'yoriy mehnat sarfi.

ТЕКУЩИЕ РАСХОДЫ НА СОДЕРЖАНИЕ СКОРОСТНЫХ ЖЕЛЕЗНЫХ ДОРОГ Аннотация: В статье рассмотрены обеспечение безопасности пассажиров на высокоскоростных железных дорогах, ремонт инфраструктуры железнодорожного пути для обеспечения бесперебойного движения поездов, ведение текущего ремонта и планирование связанных с этим затрат.

Ключевые слова: скоростной рельс, скоростной поезд, ремонт железнодорожного пути, текущий ремонт, нормативы трудозатрат.

OPERATING EXPENSES FOR MAINTENANCE OF HIGH-SPEED RAILWAYS Abstract: The article deals with ensuring the safety of passengers on high-speed railways, repairing the infrastructure of the railway track to ensure the uninterrupted movement of trains, maintaining current repairs and planning related costs.

Key words: high-speed rail, high-speed train, railway track repair, maintenance, labor standards.

Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasi transportining barcha turlarini jadal rivojlanishi, uni jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiya qilinishi, jumladan mamlakatimiz hududi bo'ylab transkontinental yo'laklarni loyihalash va qurish transportning barcha turdagi mutaxassislari uchun katta vazifalar qo'yildi. Bu, birinchi navbatda, mamlakat transport tizimining Yevropa-Osiyo transport koridorining ajralmas qismi sifatida ishonchli ishlashini ta'minlashdir [1].

O'zbekiston Respublikasi transport sohasida sifatli o'zgarishlarga erishish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan so'ngi yillarda transportai boshqarish tizimi va infratuzilmasini, yo'lovchi va yuk tashish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi 10 dan ortiq qaror va Farmon imzolandi.

Mustaqillik yillarida yangi temir yo'llarni qurish, mavjud temir yo'llarni rekonstruktsiya qilish, temir yo'l va harakat tarkibining yangi konstruktsiyalaridan foydalanish, 2011 yilda asosiy yo'nalishlarda yo'lovchi poyezdlarining yuqori tezlikda harakatini tashkil etish, temir yo'llarning ekspluatatsion sharoitida o'tgan yillarga nisbatan sifat jihatidan o'zgarishga olib

KIRISH

keldi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

Yo'lovchi poyezdlarining tezyurar va yuqori tezlikdagi harakati tashkil etilgandan so'ng tashish jarayonidagi sifat o'zgarishlari yo'lovchilarni harakat xavfsizligi, barcha toifadagi poyezdlarning uzluksiz harakati, yuklarning saqlanishini ta'minlashda "O'zbekiston temir yo'llari" AJning barcha bo'linmalarining ma'suliyatini yuqori darajaga ko'tardi [2, 3].

Tezyurar temir yo'llarda yo'lovchilarning harakat xavfsizligi, poyezdlarning uzluksiz harakatini ta'minlashda yo'lni joriy saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Temir yo'l izi infratuzilmasini talablar darajasida saqlash uchun joriy ta'mirlash ishlari va u bilan bog'liq bo'lgan sarf-harajatlarni aniq rejalashtirishni talab qiladi.

Tezyurar poyezdlar qatnovi yo'lga qo'yilgan yo'nalishlardagi har bir peregonda ekspluatatsion sharoit sifat jihatidan bir xil emas. Peregonlarda poyezdlarning ruxsat etilgan maksimal tezligi, yuk tashish jadalligi, asosiy yo'llar soni, yuk poyezdlarining og'irligi bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun joriy ta'mirlash ishlari hajmi, sarf-harajatlarini rejalashtirishda yuqoridagi omillarni inobatga olish zarur.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Temir yo'lni joriy saqlash bilan bog'liq me'yoriy hujjatlarning aksariyatida sarf-harajatlar poyezdlarning o'rtacha tezligi 60 km/s, bir o'qga tushadigan yuklanish 21 t/o'qga bo'lgan ekspluatatsion sharoit uchun keltirilgan.

Yuk tashish jadalligini 1 km temir yo'lni yillik joriy saqlash bo'yicha mehnat sarfiga (kishi*soat/km.yil) ta'sirini quyidagicha bog'liqlik bilan ifodalash mumkin [4]

100 • G

Т = 400 + ■ G 3 + 0,04 • G

(1)

bunda Tg - ishlarni mexanizatsiyalash darajasi 50 % bo'lganda 1 km temir yo'lni yillik joriy saqlash bo'yicha me'yoriy mehnat sarfi;

G - yillik yuk tashish jadalligi, mln.t.km.brutto/km.

Ushbu kunda tezyurar poyezdlar qatnovi yo'lga qo'yilgan yo'nalishlarda ba'zi toifadagi poyezdlarning harakat tezligi 60 km/s dan yuqori. Shuning uchun yuqoridagi (1) ifodaga tezlikni o'sishini inobatga oluvchi quyidagi koeffitsientni kiritish tavsiya etiladi

k = 1 + 0.01 1(v - 60) (2)

bunda v-poezdlarning harakat tezligi, km/s.

XULOSA

Yuqoridagi (1) va (2) ifodalarni inobatga olib 1 km temir yo'lni yillik joriy saqlash bo'yicha mexnat sarfini yuk tashish jadalligi va poezdlarning harakat tezligiga bog'liqligini quyidagicha bilan ifodalash mukin

100 • G G • v

Т = 140 + 4,4 • v + -

(3)

8,8 + 0,12 • G 2,7 + 0,36 • G Ushbu ifoda poezdlarning aralash harakati mavjud tezyurar temir yo'llarni joriy saqlash bo'yicha sarf harajatlarni hisoblashda qo'llanishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. Сушков Ю.С. (2013) Проблемы и закономерности развития скоростных железных дорог в мире. Градостроительство. No.1. P.75-81 [In Russian: Sushkov,Yu.S. (2013) Problems and patterns of development of high-speed railways in the world. Urban Development]

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

2. Djabbarov, S. (2016) Prospects for raising passenger train speed on the reconstructed

section of the Uzbekistan railways. Transport Problems. Vol. 11. No. 4. P.103-110.

3. Djabbarov, S., Mirakhmedov, M. (2015) Features of the organization movements of

high-speed passenger train on Tashkent - Andijan line (of the Uzbekistan railway). In: VII Int. Sci.Conf. «Transport Problems». Katowice: Silesian University of Technology. P.355-360.

4. Малышев Ю.В. Совершенствование измерителей эксплуатационных расходов по

текущему содержанию пути. Труды ДИИТа вып.82.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.