Научная статья на тему 'TEXNOLOGIK TA`LIM YO’NALISHI TALABALARINI 3D PRINTERLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI BILAN TANISHTIRISH'

TEXNOLOGIK TA`LIM YO’NALISHI TALABALARINI 3D PRINTERLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI BILAN TANISHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
258
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BILISH / VOQELIK / ROBOTTEXNIKA / SUVENIRLAR / QUYMALAR / 3D-PRINTER / PROTEZ / "CHOP ETISH" / GIDROKOLLOIDLAR

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Каримов Ориф Облоқулович

Maqolada bugungi kunda zamonaviy ishlab chiqarishning kelajagi sifatida qaralayotgan 3D-printerning imkoniyati va printerdan ta’lim sifatini oshirish borasidagi mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIK TA`LIM YO’NALISHI TALABALARINI 3D PRINTERLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI BILAN TANISHTIRISH»

«

TEXNOLOGIK TALIM YO'NALISHI TALABALARINI 3D PRINTERLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI BILAN TANISHTIRISH

Каримов Ориф Облоцулович, Жиззах давлат педагогика институти, Жиззах ш., Узбекистон

E-mail: forishlik0426@bk.ru

Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda zamonaviy ishlab chiqarishning kelajagi sifatida qaralayotgan 3D-printerning imkoniyati va printerdan ta'lim sifatini oshirish borasidagi mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Bilish, voqelik, robottexnika, suvenirlar, quymalar, 3D-printer, protez, "chop etish", gidrokolloidlar.

Oliy ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining alohida bosqichi sifatida o'z oldiga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadini qo'yadi, bu o'quv maskanlari o'quvchilari chuqur umumilmiy bilimlarga va faoliyatning tanlab olingan sohasida zarur kasbiy ko'nikmalarga ega bo'ladilar, ilmiy va ilmiv-pedagogik kadrlar tayyorlash ham ushbu ta'lim bosqichi doirasiga kiradi. Bilish va voqelikni qayta o'zlashtirishning qudratli vositalarini olgan holda maxsus fanlar asoslarining mustahkam bilimlaridan foydalanibgina qolmasdan, ishlab chiqarishni tashkil etish, ijtimoiy amaliyotni rivojlantirish, tom ma'noda moddiv va ma'naviy madaniyatni o'z ijodiy mahsulotlari bilan boyitish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'zbekiston taraqqiyotida xalqning boy ma'naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlariga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so'nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta'lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.

Bugungi kunda dunyoda shunday ixtirolar borki, ular hali ham hayotga keng tatbiq etilmagan bo'lsa-da, bir kun kelib, smartfonlar hamda kompyuterlar singari odamlar turmushining ajralmas qismiga aylanib ketmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Ana shunday kashfiyotlardan biri hozirgi paytda ommaviy axborot vositalarida bot-bot tilga olinayotgan 3D-printerlardir. O'zbekistonda 3D-chop etishni robottexnika detallari tayyorlashda, o'yinchoq va suvenirlar, quymalar uchun detallar, zargarlik buyumlari uchun shakllar yasashda foydalanish mumkin. Imkoniyatlar faqat foydalanuvchining tasavvuri va printernning texnik imkoniyatlari bilan cheklanadi. 3D printer kichik partiyalarni ishlab chiqarish uchun juda yaxshi. Bu uy sharoitida ish yuritish uchun juda mos keladi. Kam moliyaviy xarajat bilan turli xil narsalarni

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

yaratish uchun vositaga ega bo'lish mumkin. 3D printerda yasaladigan buyumlaming bir nechta toifalari mavjud;

Kichik o'yinchoqlar va yodgorliklar: Plastik o'yinchoqlar, ichki bezaklar yoki kichik sovg'alar suvenirlari 3D printerda osongina chop etilishi mumkin.

Arxitektura sxemalari .Chizmalarga ko'ra, deyarli minimal harakatlar bilan uyning, yozgi yashash joyining, hatto mashinaning modelini osongina chizish mumkin. Agar ushbu tanlov tanlasa ikki yo'l bilan borish mumkin: oddiy odamlar uchun uy modellarini bezatish sifatida sotish yoki binolarning tayyor modellarini taqdim etish uchun muhandislar va qurilish kompaniyalari bilan ishlash imkoniyatini beradi. Sovg'alar sifatida, binolar va avtoulovlarning modellari ham chop etish mumkin.

Ehtiyot qismlar: 3D printerda har qanday mayda narsa-buyumlarni bosib chiqarish mumkin. Hatto avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ham tayyorlanishi mumkin. Masalan, eshik tutqichi, yon oyna va boshqalar.

Oziq-ovqat sanoati: 3D printerda hatto yaratish mumkin bo'lmagan narsalarni ham yaratish mumkin. Gidrokolloidlar yoki gidrogel oziq-ovqat mahsulotlarini chop etish uchun ishlatiladi. Ularning yordami bilan olimlar shakar, qaymoq, shokolad, banan, non va boshqalarni osongina ko'paytirishi mumkin.

Masalan, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiyada ushbu yo'nalishda amaliy natijalarga erishilgan. Ya'ni 3D-printerlar turarjoylar hamda ularning qismlarini — konstruksiyalari, ichki devorlari, turli shakldagi himoya to'siqlarini hech qanday qoliplarsiz "chop etmoqda". Xususan, Xitoyda uzunligi 150 metr, kengligi 10 metr bo'lgan 3D-printer yaratildi. Ushbu qurilma bir necha soat ichida balandligi olti metr bo'lgan binoni "barpo qilishi mumkin". Bunda u "siyoh" o'rnida kuchaytirilgan shisha tolali sementdan foydalanadi. Shunday bo'lsa-da, hozircha bu usulda yirik inshootlarni qurish sinov tariqasida olib borilmoqda. Landshaft dizayni va aholi punktlarini obodonlashtirish uchun kichik arxitektura shakllarini tayyorlashda 3D-printerlar imkoniyatidan tobora jadal foydalanilmoqda.

Tibbiyotda ham 3D-printerlarni qo'llash istiqbollari juda katta. Misol uchun, bunday yo'sinda tayyorlanadigan protezlar bemor tanasining ilg'ash qiyin bo'lgan individual jihatlarini ham hisobga olish imkonini beradi. Stomatologiyada vaqtinchalik tish qoplamasi yoki jag' implantatlarini yaratishda 3D-printerlardan keng foydalanilmoqda. Tibbiyotning boshqa sohalarida ham ushbu qurilmani qo'llash bo'yicha izlanishlar olib borilayotir. Mutaxassislarning bildirishicha, kelajakda inson organlarini "chop etish" imkoniyatlari ham yo'q emas. 3D-printerlarga kichik biznes katta qiziqish bildirayotgani diqqatga sazovor. Deylik, mazkur qurilma yordamida har qanday uch hajmli suratlarni aynan o'zidek ko'paytirish mumkin. Mashhur futbolchilar, kino yulduzlari, multfilmlar qahramonlarining shaklini yasash orqali marketing loyihalarini ro'yobga chiqarish imkoniyati bor. Qurilma yordamida esdalik uchun o'zi, yaqinlarining qiyofalarini shakllantirsa bo'ladi. Ushbu texnologiyaga, ayniqsa, original va noyob taqinchoqlar hamda aksessuar ishlab chiqaruvchilar katta

»

13

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

qiziqish bilan qarayapti. Qayd etish kerakki, eng so'nggi rusumdagi 3D-printerlar "siyoh" sifatida nafaqat plastik materialni, ayni paytda oltin, kumush va platinalarni ham ishlata oladi. Buyurtmachi esa taqinchoqning shakli va usulini tabiga qarab tanlashi mumkin.

Yuqoridagi malumotlarga tayangan holda oliy ta lim muassasalarining texnologik ta lim yo'nalishlari talabalariga zamonaviy 3D printerlar haqida malumotlar berish va ulardan foydalanish bo'yicha uslubiy ishlanmalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, bugungi kun innovatsion texnologiyalarini ilm-fan va ta'lim sohasida muvaffaqiyatli qo'llanilsa, yangi yosh avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib, ulg'aysa, davlatimizning ertangi istiqboli, kelajagi yorqin bo'lishiga shak-shubha yo'q.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Muslimov N.A. Sharipov Sh. S., Qo'ysinov O.A. "Mehnat talimini o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash". - T. 2014

2. Канесса Э., Фонда К., Зендаро M. Доступная 3D-печать для науки, оброзавания и устойчивого развития. - Краснодар, 2013.

3. Электронный ресурс. - Режим доступа: http://www.istedod.uz

»

14

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.