Научная статья на тему 'TEXNIKUMLARDA ANIQ FANLARINI O’QITISHDA NAZARIYA BILAN AMALIYOTNING O’ZARО BОG’LIQLIGINING PEDAGОGIK ASОSLARI'

TEXNIKUMLARDA ANIQ FANLARINI O’QITISHDA NAZARIYA BILAN AMALIYOTNING O’ZARО BОG’LIQLIGINING PEDAGОGIK ASОSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Texnikum / kasbiy mоslashuvchanlik tamоyili / mоdul-blоk usulida ishlash tamоyili / pedagоgik / integrativ yondashuv / ish-harakat usullari / intilishlari. / technical schools / the principle of professional flexibility / the principle of working with a modular-block method / pedagogical / integrative approach / working methods / aspirations.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abriyev N. T.

Texnikumlarda o’qituvchilarini tayyorlash sifatini ta’minlashda nazariya bilan amaliyotning o’zarо bоg’liqligi asоsida o’qitishning nazariy masalalari tahlil qilindi. Kasbiy tayyorgarlik darajasi yuzasidan tashkiliy va metоdik izchillikni ta’minlash, mоdul-blоk usulida ishlash tamоyili. Texnikumlarda o’qituvchilarini tayyorlashda integrativ yondashuv mutaxassislikka оid malaka, ish-harakat usullari, qiziqish va intilishlari yaxlitligini ta’minlash uchun qo’llanildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF THE INTERDEPENDENCE OF THEORY AND PRACTICE OF TEACHING INDIVIDUAL SUBJECTS IN TECHNICAL SCHOOLS

Theoretical issues of teaching are analyzed on the basis of the interdependence of theory and practice in ensuring the quality of training of technical school teachers. Ensuring organizational and methodological consistency in relation to the level of professional training, the principle of work using a modular-block method. To ensure the integrity of professional qualifications, working methods, interests and aspirations, an integrative approach to the training of technical school teachers was used.

Текст научной работы на тему «TEXNIKUMLARDA ANIQ FANLARINI O’QITISHDA NAZARIYA BILAN AMALIYOTNING O’ZARО BОG’LIQLIGINING PEDAGОGIK ASОSLARI»

Abriyev N. T.

Assistant Jizzax politexnika institute

TEXNIKUMLARDA ANIQ FANLARINI O'QITISHDA NAZARIYA BILAN AMALIYOTNING O'ZARO BOG'LIQLIGINING PEDAGOGIK

ASOSLARI

Annotatsiya: Texnikumlarda o 'qituvchilarini tayyorlash sifatini ta 'minlashda nazariya bilan amaliyotning o 'zaro bog 'liqligi asosida o 'qitishning nazariy masalalari tahlil qilindi. Kasbiy tayyorgarlik darajasi yuzasidan tashkiliy va metodik izchillikni ta'minlash, modul-blok usulida ishlash tamoyili. Texnikumlarda o 'qituvchilarini tayyorlashda integrativ yondashuv mutaxassislikka oidmalaka, ish-harakat usullari, qiziqish va intilishlariyaxlitligini ta 'minlash uchun qo 'llanildi.

Kalit so'zlar: Texnikum, kasbiy moslashuvchanlik tamoyili, modul-blok usulida ishlash tamoyili, pedagogik, integrativ yondashuv, ish-harakat usullari, intilishlari.

Abriyev N. T.

Assistant Jizzakh Polytechnic Institute

PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF THE INTERDEPENDENCE OF THEORY AND PRACTICE OF TEACHING INDIVIDUAL SUBJECTS IN TECHNICAL SCHOOLS

Abstract: Theoretical issues of teaching are analyzed on the basis of the interdependence of theory and practice in ensuring the quality of training of technical school teachers. Ensuring organizational and methodological consistency in relation to the level of professional training, the principle of work using a modular-block method. To ensure the integrity of professional qualifications, working methods, interests and aspirations, an integrative approach to the training of technical school teachers was used.

Keywords: technical schools, the principle of professional flexibility, the principle of working with a modular-block method, pedagogical, integrative approach, working methods, aspirations.

Ta'lim, fan va ishlab chiqarish nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosidasi quyidagi asosiy yo'nalishlarda rivojlantirilishi lozim:

1. Texnikumlarda vertikal bo'yicha nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosidasi:

- Texnikumlarda nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosidalashgan ta'lim muassasalarini tashkil qilish, shu asosda:

- kasbiy tayyorgarlik darajasi yuzasidan tashkiliy va metodik izchillikni ta'minlash;

- tarmoq muammolarining yechimini topish uchun mutaxassislarni maqsadli tayyorlash;

- mutaxassis-kadrlar tayyorlashda oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasidan hamkorlikda teng foydalanish.

2. Texnikumlarda ning gorizontal bo'yicha nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosidasi:

-raqobatbardosh oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlaydigan texnika universitetlari, o'quv-ilmiy, o'quv-ilmiy-ishlab chiqarish va o'quv-ishlab chiqarish birlashmalarini, shuningdek, malakali ishchi kadrlar tayyorlash uchun kasbiy-ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil qilish.

3. Texnikumlarda aralash (vertikal va gorizontal) nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosidasi turli darajadagi raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash uchun o'quv-ilmiy-ishlab chiqarish bazalarini yaratish.

4. Texnikumlarning xalqaro nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosidasi:

- rivojlangan mamlakatlar bilan birgalikda bozor va xalqaro munosabatlar doirasida mutaxassisliklari bo'yicha hamkorlikdagi ta'lim muassasalarini tashkil qilish;

- iqtidorli yoshlarni ishlab chiqarish sanoati taraqqiy etgan yuqori kadrlarga boy davlatlarning yetakchi ta'lim muassasalarida tahsil olishlarini tashkil qilish;

Texnopolis maxsus ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bo'lib, ilmiy tadqiqot ishlari orqali ishlab chiqarish bilan ikkinchi tomondan bevosita mutaxassislarni tayyorlash orqali aloqalar o'rnatadi. Bunday birlashmalar universitet talabalari va texnikom o'quvchilarini ta'lim olish bilan birga uzluksiz ilmiy ishlab chiqarish amaliyotini bevosita ishchi o'rinlarida loyihalash, ilmiy ishlab chiqarish majmualari laboratoriyalarida o'tkaziladi.

Ta'lim, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish muassasalari o'rtasidagi integratsion jarayonlar quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirilsa o'zining ijobiy natijasini beradi:

-kasbiy moslashuvchanlik tamoyili: bunda bo'lg'usi mutaxassislarning yangi texnologik uskunalarini o'zlashtirish qobiliyati hamda muntazam ravishda o'z bilim va malakalarini takomillashtirib borish ehtiyojini tarbiyalash maqsadi ustuvor bo'ladi. Shunga muvofiq, ta'lim mazmuniga muayyan nazariy bilimlar majmui, malaka va ko'nikmalarning yuqori darajada shakllanganligi, tezkor malaka va ko'nikmalarni o'rganishni kiritish talab etilmoqda;

-turg'unlik va o'zgaruvchanlik (dinamik) tamoyili: bunda-o'quv fanlarning (asosiy) bir qismi turg'unlik va bir qismi dinamik (o'zgaruvchan) xususiyatga ega bo'lishini ko'zda tutiladi. Umumiy tayyorgarlik - umumta'lim, umumtexnikaviy, politexnik bilim, malaka va ko'nikmalari hamda fan tarixiga oid ma'lumotlardan iborat bo'lishi lozim. Maxsus va kasbiy tayyorgarlik esa o'z

navbatida sanoat, qishloq ho'jaligi va mutaxassislik tasniflagichi (klassifikatori)ga kiritilgan boshqa soha kasblariga taalluqli masalalardan tashkil topadi;

-yagоnalilik va tabaqalashtirish tamоyili: bunda, bir tomondan, muayyan kasb va bir nechta turdosh kasblarga yo'naltirilgan yagona namunaviy o'quv reja va dasturlarning ishlab chiqilishini, ikkinchi tomondan zamonaviy ilmiy-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish sharoiti va talablaridan kelib chiqqan holda umumtexnikaviy va maxsus fanlar mazmunining tabaqalashtirilishini nazarda tutiladi. Shunday ekan, maxsus fanlar (nazariy va amaliy) mazmuni mutaxassisliklarga qarab turlicha bo'ladi;

-Texnikumlarda pоlitexnik ta'lim tamоyili: politexnik ta'lim o'quvchilarning zamonaviy ishlab chiqarish asoslarini o'zlashtirishi, tipik ob'ektlar bilan tanishishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi sharoitida amalga oshiriladi. Bunda «politexnik mazmunga ega ob'yektlarni yorituvchi, ularning o'zlashtirilishini ta'minlab beruvchi va o'quvchilarda qiziqishni oshiruvchi ta'limiy (didaktik) vositalar majmui» muhim hisblanadi.

Yaxlit tizim sifatida politexnik bilimlar tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy va aniq (matematika) fanlar elementlarining yig'indisini tashkil qiladi. Politexnik bilimlar mohiyati zamonaviy ishlab chiqarishning texnikaviy hamda tashkiliy-iqtisodiy jabhalarini aks ettiradi. Politexnik malakalar deb, politexnik bilimlarning amaliy qo'llanilish usullari, ularning moslashuvchanligi (egiluvchanligi), aqliy-amaliy masalalarni echishda keng ko'lamda ishlatilishiga aytiladi.

-mоdul-blоk usulida ishlash tamоyili: ushbu usul ta'lim jarayoniga kiritilgan barcha o'quv materiallarini qamraboli ularning shakl jihatdan alohida tuzilmalarga bo'linishini bildiradi. Mazkur tamoyilga ko'ra ta'lim jarayoni turli fanlarda mustaqil shakllangan bloklar asosida amalga oshiriladi.

Modul tizimida o'qitish ta'limda uzviylik, ko'p bosqichlilik, individuallik kabi masalalarni hal qilish imkoniyatini beradi.

«Mоdul» tushunchasi texnologik xarakterga ega bo'lib, o'quv jarayonining yakunlangan birligi sifatida qabul qilingan va o'zining maqsadli ko'rsatmalari, tashkiliy shakl va yakunida majburiy nazorat turlarini qamrab olgan holda o'quvchilarga keyingi modulga o'tishini ta'minlash bilan birga, tayyorgarlik jarayonini tabaqalashtirish, ta'limni individuallashtirish imkoniyatini beradi.

Texnikumlarda o'qituvchilarini tayyorlashda o'qitishda nazariya va amaliyotning o'zaro bog'liqligilash yo'nalishlarini belgilashda xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimidagi nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosida tendentsiyasini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

O'quv markazlari, qisqa muddatli, yakka tartibdagi tayyorgarlikka mo'ljallangan kasbiy o'qitish tizimidan foydalangan holda tadbirkorlar buyurtmalarini bajaradi. Texnikumning mazkur tizimi ikki asosiy (sterjen) funksiyani bajaradi: assotsiat darajasini olish bilan ikki yillik ta'lim beradi, nisbatan yuqori darajadagi universitet texnikumlari uchun ta'lim dasturlarini realizatsiyalaydi.

Ta'lim mazmunini ishlab chiqish jarayoni ikki: tadqiqotchilik va amaliy bosqichdan iborat.

Xulosa qilib aytganda, xorijiy mamlakatlar ish tajribbasidagi kasbiy ta'limning yo'nalganligini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, ularda asosan yoshlarning kasbiy tayyorgarligini ishlab chiqarish bilan uzviy b og'liq holda olib boriladi. Bu davlatlar ish tajribasini o'rganish mamlakatimizda texnikumlarda jarayoni tizimini ishlab chiqarish va o'qitishda nazariya va amaliyotning o'zaro bog'liqligini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlarini takomillashtirish imkonini beradi.

Adabiyotlar

1. Tojiyev M., Barakayev M. Matematika o'qitish metodikasi (1-qism, o'quv qo'llanma). - T.: "Fan va texnologiya", 2017, 328 b.

2. Barakayev M. va b. Matematika fanini o'qitishning zamonaviy texnologiyalari. -T.: 2017, 131 bet

3. Akmalov.A. Matematikada sinfdan tashqari mashg'ulotlar. - T.: 2017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.