Научная статья на тему 'TEXNIK SHARTLAR, STANDARTLARNI JORIY QILISH MUDDATI VA ASOSIY TAMOYILLARI'

TEXNIK SHARTLAR, STANDARTLARNI JORIY QILISH MUDDATI VA ASOSIY TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
12
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chegaraviy / standartlar / kvalitet / xatolik / stьyudent / ishonchlilik / taqqoslash / parametr / kvadrat / o`lchamlar.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Abduraxmanov A.A.

Standartlashtirish doimo muhim amaliy vazifalarni hal qilishga yo‘naltiriladi va ilmiy texnik taraqqiyotga xizmat qiladi. Yuqorida aytganimizdek, yangi turdagi davlat standartlarini ishlab chiqish va amalda bo‘lganlarini qayta ko‘rib chiqish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEXNIK SHARTLAR, STANDARTLARNI JORIY QILISH MUDDATI VA ASOSIY TAMOYILLARI»

DOI 10.5281/zenodo.10822903

Abduraxmanov A.A.

Jizzaxpolitexnika instituti dotsent.v.b.

TEXNIK SHARTLAR, STANDARTLARNI JORIY QILISH MUDDATI VA ASOSIY TAMOYILLARI

Annotatsiya: Standartlashtirish doimo muhim amaliy vazifalarni hal qilishga yo'naltiriladi va ilmiy texnik taraqqiyotga xizmat qiladi. Yuqorida aytganimizdek, yangi turdagi davlat standartlarini ishlab chiqish va amalda bo 'Iganlarini qayta ko 'rib chiqish.

Kalit so'zlar: Chegaraviy, standartlar, kvalitet, xatolik, stbyudent, ishonchlilik, taqqoslash, parametr, kvadrat, olchamlar.

Abdurakhmanov A.A. associate professor Jizzakh Polytechnic Institute

IMPLEMENTATION OF TECHNICAL CONDITIONS, STANDARDS

TERM AND BASIC PRINCIPLES

Abstract. Standardization is always aimed at solving important practical tasks and serves scientific and technical progress. As we said above, development of new types of state standards and revision of existing ones.

O'zbekiston Respublikasi standartlari va texnikaviy shartlarini ishlab chikish, odatda xar bir manfaatdor korxona va tashkilotning muxtor vakili bulgan mutaxassislardan tashkil topgan texnikaviy kumitalar (TK) kuchi bilan yoki standartlash buyicha tayanch tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi [1].

Standartlashtirish doimo muhim amaliy vazifalarni hal qilishga yo'naltiriladi va ilmiy texnik taraqqiyotga xizmat qiladi. Yuqorida aytganimizdek, yangi turdagi davlat standartlarini ishlab chiqish va amalda bo'lganlarini qayta ko'rib chiqish har yili shakllantiriladigan "Yangi turdagi davlat standartlarini ishlab chiqish va amalda bo'lganlarini qayta ko'rib chiqish bo'yicha respublika standartlashtirish rejasi"ga asosan amalga oshiriladi. U muayyan tamoyillarga amal qilgan holda o'tkaziladi [2].

Tizimlilik tamoyili. Texnik rivojlanish va mahsulot sifatini oshirish ishlab chiqarish jarayoniga, jumladan standartlashtirishni o'tkazishga tizimli yondashuvni talab qiladi. Hozirgi paytda standartlashtirish ishlab chiqarishning xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va tayyor mahsulotdan foydalanishning barcha bosqichlarini qamrab olgan bo'lishi, shuningdek barcha turdagi mahsulotlar sifatiga o'zaro aloqadorlikdagi talablar o'rnatishi kerak. Kompleks va oldinda boruvchi standartlashtirishni amalga oshirish, mahsulot

'^KOHOMHKa h ^HyMM №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

57

sifatini nazorat qilishning kompleks tizimlarini joriy etish tizimlik tamoyiliga asoslanadi [3].

Qulaylik tamoyili. Sanoat va ishlab chiqarishning ko'p tarmoqlarida qo'llaniladigan buyumlarga standartlar belgilanadi. Ular parametrlarning katta diapozonida tarqaladi va shuning uchun standartlar ishlab chiqishda qulaylik tamoyilini qo'llashadi. Bu esa bir nomdagi turli buyumlar turkumlari va nomenklaturasini cheklashni, bir nomdagi buyumlar ayrim turkumlarining ishlatilish sohalari kengayishini yoki o'zaro almashinuvchanlik darajasi o'sishini ta'minlaydi, korxonalarni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashga, seriyali ishlab chiqarishni rivojlantirishga va mahsulotning arzolashishiga olib keladi [4].

Standartlarning ilg'orlik va maqbullik tamoyili standartlashtirishning mohiyati hisoblanadi va standartlarning qabul qilingan ta'riflarida o'z aksini topadi. Yangi standartlar fan va texnikaning zamonaviy talablariga javob berishi kerak. Yangi standartlar joriy etish minimal xarajatlar sarf etilib, maksimal mumkin iqtisodiy samara olishni ta'minlashi kerak [1].

Funksionnal o'zaro almashinuvchanlik tamoyili standart buyumlarning ishchi ko'rsatgichlari bo'yicha o'zaro almashinuvchanligini ta'minlaydi va shuning uchun kompleks va oldinda boruvchi standartlashtirishning asosiy tamoyili hisoblanadi [2]. Standartlarni o'zaro bog'lash tamoyili. Bu tamoyilni amalga oshirmay turib, yangi umumtexnik va tarmoqlararo standartlarni ishlab chiqish, kompleks hamda standartlashtirishni rivojlantirish mumkin emas [1]. Ilmiy-tadqiqot tamoyili. Barcha turdagi standartlarni ishlab chiqish zaruriy ilmiy tadqiqot ishlari o'tkazish bilan birgalikda olib borilishi kerak [4]. Materiallar nisbiy sarfining minimallik tamoyili. Sanotda va qurilishda tayyor mahsulot qiymatining katta qismini xom ashyo, materiallar va yarim fabrikatlar narxi tashkil etadi. Ishlab chiqarish hajmini e'tiborga oladigan bo'lsak, materiallarga ketadigan xarajatlarni 1% ga kamaytirish ham juda katta iqtisodiy samara beradi. Shuning uchun standartlar ishlab chiqishda detallarning ratsional tuzilmalarini tanlash, hisoblashning yangi uslublarini ishlatish, ilg'or texnologik jarayonlardan foydalanish kerak [5].

Standartlarning patent tozaligi tamoyili. Yangi mashinalar, mexanizmlar, asboblarni loyihalash, tayyorlashda va boshqa vaziyatlarda, boshqa mamlakatlar tomonidan patentlangan original tuzilmalar, texnologik jarayonlar, sinash va o'lchash uslublari va boshqa ob'ektlardan foydalanishga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Bu qoidani buzish, patent qonunchiligi nuqtai nazaridan, xalqaro jazo sanksiyalarining qo'llanilishiga olib keladi. Standartlar, texnik shartlar va rahbariy hujjatlarning amal qilish muddati ularning kafolatlash muddatini ham belgilaydi [1].

Turli xil sanoat qurilmalari va texnologik jarayonlarni samarali va ishonchli avtomatik boshqarish tizimlari (ACS) faqat samarali va ishonchli avtomatlashtirish vositalari asosida yaratilishi mumkin, ular orasida ushbu jarayonlarning turli parametrlarining konvertorlari birinchi o'rinda turadi. Zamonaviy jamiyatda axborotlashtirish jarayonlari axborot-kommunikatsiya

мЭкономнка h соцнумм №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

58

texnologiyalarini (AKT) takomillashtirish va global tarqatish bilan tavsiflanadi [6,7].

Natijada magnetoelastiklarni ishlab chiqarishga joriy etish va magnetoanizotropik mexanik kuchlanish konvertorlari yaxshilangan metrologik xususiyatlar bilan u strukturani "erta" ta'mirlash bo'yicha noto'g'ri qarorlardan qochishga imkon beradi, hatto ma'lum ultratovush, rentgen va boshqa qurilmalar strukturaning mavjudligiga tahdid soladigan holatlarda ham xavfli joyni o'tkazib yuborishga imkon bermaydi [8].

Adabiyotlar:

1. Tojiyev R.J., Yusupov A.R., Rajabova N.R. Qurilishda metrologiya, standartlash va sertifikatlashtirish darslik - Toshkent: «Yosh avlod matbaa», 2022. - 464 b.

2. Ismatullaev P. R, Shertaylakov G. M, Kudratov J X, Abduraxmanov A.A, Razrabotka avtomaticheskix vlagomerov dlya produktov agroprombishlennogo kompleksa ISSN 2072-0297 «Molodoy uchyonbiy». № 4 (108). Fevral, 2016 g

3. Shertaylakov Gayrat Murodovich, starshiy prepodavatel; Karimov Shavkat, starshiy prepodavatel; Abduraxmanov Aziz Abduxalikovich, assistent; Kudratova Gulnoza ToxirovnaPonyatie o izmerenii «Molodoy uchyonbiy». № 6 (140) vi. Fevral 2017 g. ISSN 2072-0297

4. Abduraxmanov A.A."Ekonomika i sotsium" №10(89) 2021 www.iupr.ru ROL STANDARTIZATSII V POVblShENII KAChESTVA PRODUKSII

5. Abdurakhmanov Aziz Abduxaliqovich. MEASUREMENT UNCERTAINTY EVALUATION IN THE DIGITAL ERA||ACADEMIC RESEARCH JOURNALIF-7.4January2023 VOLUME 1 ISSUE 7.

6. Muhammadiev Bakhtiyar Saparovich. (2023). APPLICATION OF A TRANSFORMER CONVERTER WITH A DISCRETE OUTPUT IN AN AUTOMATIC CONTROL SYSTEM. Academic Research Journal, 2(1), 150155.

7. Мухаммадиев Б. С. СОВРЕМЕННЫЕ ИННОВАЦИОННЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ //SUSTAINABILITY OF EDUCATION, SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY. - 2023. - Т. 2. - №. 13. - С. 167-173.

8. Мухаммадиев Б. С. ИНЖЕНЕРНАЯ МЕТОДИКА РАСЧЕТА НАКЛАДНЫХ ТРАНСФОРМАТОРНЫХ ПРЕОБРАЗОВАТЕЛЕЙ МЕХАНИЧЕСКИХ НАПРЯЖЕНИЙ С ДИСКРЕТНЫМ ВЫХОДОМ //Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 6. - С. 154-162.

"Экономика и социум" №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

59

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.