Научная статья на тему 'TEMIR YO’L TRANSPORTIDA XIZMAT KO’RSATISH FAOLIYATINI BAHOLASH TAVSIFI'

TEMIR YO’L TRANSPORTIDA XIZMAT KO’RSATISH FAOLIYATINI BAHOLASH TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy ta’sir / xizmat ko’rsatish / qulaylik va uning ustunligi / xizmatni shakllantirish shkalasi. / social impact / service provision / convenience and its advantage / scale of service formation.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Rahmonov G.

Yo’lovchilarni tashishdagi qulayliklarni inobatga olishdan tashqari muntazam zamonga mutanosib tarzda takomillashtirib borish temir yo’l kompaniyasining iqtisodiy barqarorligini ta’minlanishiga bevosita xizmat qiladi. Shunga ko’ra, uni baholash yuzasidan ijtimoiy, salomatlik, texnik, ekologik va ma’naviy ta’sir natijasidagi baholashlarni shkalasimon yo’lovchi tomonidan olish orqali aniqlash mumkin. Mazkur maqolada temir yo’l transportida xizmat ko’rsatishning baholanishini qisqacha tavsifi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESCRIPTION OF ASSESSMENT OF SERVICE ACTIVITIES IN RAILWAY TRANSPORT

In addition to taking into account the convenience of passenger transportation, regular improvements in proportion to time directly serve to ensure the economic stability of the railway company. Accordingly, it can be determined by taking the scale passenger's evaluations of social, health, technical, ecological and spiritual impact. This article provides a brief description of the assessment of railway transport services.

Текст научной работы на тему «TEMIR YO’L TRANSPORTIDA XIZMAT KO’RSATISH FAOLIYATINI BAHOLASH TAVSIFI»

Rahmonov G.

"Menejment va marketing" kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi

TATU

TEMIR YO'L TRANSPORTIDA XIZMAT KO'RSATISH FAOLIYATINI

BAHOLASH TAVSIFI

Annotatsiya. Yo'lovchilarni tashishdagi qulayliklarni inobatga olishdan tashqari muntazam zamonga mutanosib tarzda takomillashtirib borish temir yo 'l kompaniyasining iqtisodiy barqarorligini ta 'minlanishiga bevosita xizmat qiladi. Shunga ko 'ra, uni baholash yuzasidan ijtimoiy, salomatlik, texnik, ekologik va ma'naviy ta'sir natijasidagi baholashlarni shkalasimon yo'lovchi tomonidan olish orqali aniqlash mumkin. Mazkur maqolada temir yo 'l transportida xizmat ko 'rsatishning baholanishini qisqacha tavsifi keltirilgan.

Kalit so 'zlar: ijtimoiy ta'sir, xizmat ko 'rsatish, qulaylik va uning ustunligi, xizmatni shakllantirish shkalasi.

Rahmonov G. independent researcher "Management and Marketing" department

TATU

DESCRIPTION OF ASSESSMENT OF SERVICE ACTIVITIES IN

RAILWAY TRANSPORT

Abstract. In addition to taking into account the convenience of passenger transportation, regular improvements in proportion to time directly serve to ensure the economic stability of the railway company. Accordingly, it can be determined by taking the scale passenger's evaluations of social, health, technical, ecological and spiritual impact. This article provides a brief description of the assessment of railway transport services.

Key words: social impact, service provision, convenience and its advantage, scale of service formation.

Ijtimoiy ta'sir deganda insonning tabaqaviy jihatdan subardinatsion tavsifining chegaraviy saqlanishi, uyquga muhtojligini qondiruvchi qulayliklar, yoshga doir qulayliklarga ega jihatlar singari elementlar majmui tushuniladi.

Salomatlik jihatdan e'tirof etilgan ta'sir temir yo'l transportining gigiyenik tozaligi, ichki haroratning salomatlikni yaxshilashga xizmat qilishi, tibbiy yordamning mavjudligi va sifatliligi singari elemntlarni qamrab oladi. Texnik ta'sir ostida yo'lovchilarning texnik vositalardan foydalana olish imkoniyaga ega bo'la olish bilan bog'liq qulayliklar nazarda tutiladi, oddiygina qilib izohlasa, bu xizmatlar ro'yxatida musiqa eshitish va quloqchinlarning sifati, shaxshiy aloqa

vositalarni quwatlantirish imkoniyati, chiroqlarni o'chirib yoqa olish va umumiy qilib aytganda mavjud texnik vositalarni boshqara olish va ulardan samrali foydalana olish imkoniyatini nazarda tutadi.

Ekologik ta'sir bugungi kunda eng ko'p talab qilinadigan qulayliklarni mujassamlashtiruvchi elementlarni qamrab olib, ular asosan shovqin, havoning tozaligi hamda noxush hidlarning mavjudligini nazarda tutadi. Ma'naviy ta'sir poyezdda yo'lovchilarga taqdim etiladigan ko'ngilochar ko'rsatuvlar, musiqiy dasturlar, kitob va jurnallar mutoaalasi, bolalar uchun mahsus o'yinchoqlar singari jihatlar bilan o'zining ta'sir doirasini ahamiyatini belgilab beradi.

Xizmat ko'rsatish sifatini shakllantirishda quyidagi omillarni inobatga olish orqali tizimlashtirilishi nazarda tutilgan (1-jadval):

1-jadval

Xizmat ko'rsatish sifatini shakllantirishdagi omillar55_

Atribut Atribut tarkibi Atribut ko'rsatkichi

A A1 Xavfsizlikni tekshirish

Xavfsizlik A2 Stantsiyaning j amoat xavfsizligi

A3 Yo'lochi yukining xavfsizligi

B B1 Chiptalarning sotilishining imkoniyati daarajasi

Mutanosiblik B2 Chitalarrni sotish samaradorligi

B3 Transfer qulayligi

B4 Kirish va chiqish qulayliklari

C Ishonchliligi C1 Poyezdlarning belgilangan jadval asosida harakatlanishi

C2 Stantsiyalarning identifikatsion aniqligi

C3 Poyezdlarning yetib borishini bashoraat qilish darajasi

D Munosabat bildirish operativligi D1 Yo'lovchilarga vogzal hodimlarining yordam berish darajasi

D2 Yo'lovchilarning so'rovlariga texkor munosabat bildirish

D3 Yo'lovchilarning shikoyatlariga texkor munosabat bildirish va ularni bartaraf etish

D4 Poyezdlarni ushlanib qolishlariga nisbatab favqulodda ko'riladigan choralar

E E1 Tozalik va tartibning ta'minlanishi

Qulaylik E2 Mobil qurilmalarni quvvatlash imkoniyati

E3 Gigiyenik joylarning holati

E4 Kutish zalining sig'imi va mavjud qulayliklar

E5 Stantsiya hodimlarining munosabatlari

Yo'lovchining sayohat qilishiga talabi asosan turizm bilan emas, balki uning avtomobil transporti orqali keyingi xizmatdan foydalana olish uchun avtovogzalga yeta olish darajasi, undan qanchalik insonlarning foydalanishi,

55 Maskeliunaitè, L. (2013). The Model for Multicriteria Evaluation of the Quality of Passenger Transportation by International Trains: Doctoral Thesis Vilnius Gediminas Technical University.

yo'lovchilarning harakatlanish korridorlariga yaqinligining ta'minlanishi singari jihatlar inobatga olinganligi bilan ajralib turadi. Uning ahamiyati sayohat davomida vaqtning yo'qotilishini oldini olinishi hamda olomonning trayektoriyaviy holatda boshqa yo'lovchilar uchun yo'l boshlay olishi bilan ham belgilanadi. Shuningdek, ularni yanada keng tarkibini quyidagilar bilan to'ldirish mumkin:

• (Bekatdan stantsiyaga) Sayohat vaqti;

• Chastotasi;

• Denoument;

• Vaqtinchalik va ishonchlilik darajasi;

• Olomonning to'planish darajasi;

• Harakatlanuvchi tarkib va stansiyalarning sifati;

• Stantsiyalararo yuklarni tashish qulayliklari.

Sayohat vaqti, chastotasi va o'tkazmalari poyezddan avtomobilga qadar hamda avtomobil ichidagi vaqt (samarali sayohat vaqti), kutish vaqti (xizmat ko'rsatish chastotasi funksiyasi) va o'tkazmalar doirasida har bir shaxs uchun hisoblanishi mumkin bo'lgan yagona umumiy sayohat vaqti (GJT) o'lchovi sifatida birlashtiriladi. GJT elementlari, shuningdek, quyida tavsiflanganidek, qo'shimcha sifat ko'rsatkichlarini, jumladan, haddan tashqari yuklanish darajasini va harakatlanuvchi tarkib sifatini hisobga olgan holda tortilishi mumkin. GJTning pasayishi xizmatga talabning kamida 2% ga oshishiga olib keladi. Qisqa masofali xizmatlar uchun, masalan, shaharlarda, o'zgarishlar chastotasining ta'siri juda muhim bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi. Bu ko'pincha osonroq va arzonroq bo'lishi mumkin bo'lib, haqiqiy sayohat vaqtini qisqartirish orqali emas, balki chastotani oshirish orqali xizmatning jozibadorligini oshirish bilan bog'liq bo'lgan o'tkazuvchanlikning oshishi natijasida yuzaga keladigan boshqa ta'sirlarga qo'shimcha qiymat sanaladi hisoblanadi. Bunga yorqin misol sifatida Yandex Go, Uklon hamda MyTaxi singari avtoxizmatlardan foydalanishning vaqti, olomonning to'planishi hamda undan foydalanish darajasiga qarab yo'lkiraning o'zgarishini misol qilib keltirish mumkin.

Tadqiqot doirasida shakllantirilgan baholash tizimini amaliy tadbig'ini amalga oshirish talab etilib, uning tahliliy asosga ko'ra mamlakatimizda temir yo'l transportida xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirish yuazsidan muammolarni aniqlash uchun tavsiyaviy xarakterini namoyon etadi.

Yuqorida ishlab chiqilgan baholash tizimida ba'zi iqtisodchi olimlarning izlanishlaridan ham foydalanilgan bo'lib, undagi mezonlar yuzasidan me'yoriy ko'rsatkichlar muallif tomonidan ishlab chiqilgan hamda jahon standarti inobatga olingan. Mazkur baholash tizimini faqatgina temir yo'l transportining poyezdida yo'lovchilarni tashish bilan bog'liq xizmatini baholash maqsadida qo'llash mumkin bo'lib, ilgari bu baholash mamlakatimizda amalga oshirilmagan, oshirilgan bo'lsada hech qanday rasmiy va ishlab chiqarish manbasida qayd etilmagan. Shunga ko'ra, biz tomondan ishlab chiqilgan baholash usulini mamlakatimizdagi temir yo'l transportida qo'llashning ahamiyati va dolzarbligi

oshadi hamda uning qo'llanilishi samarali natijaviylikka yetaklashi ehtimolli kutiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. G'ayrat I., Olim M., Davlat R. Klaster tizimining qishloq xo'jaligi samaradorligiga ta'siri //Agroiqtisodiyot.-Toshkent. - 2020. - №. 1. - C. 20-23.

2. Ismatulloyevich R. G. THE IMPACT OF CYBER THREATS ON ECOMMERCE SITES //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - T. 1. - №. 10. - C. 274-284.

3. Fazliddinovich R. G. Some disadvantages of the architectural design of residential buildings and their solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 4. - C. 411-416.

4. Raxmonov G'.I. Temir yo'l transportida xizmat ko'rsatish jarayonini rivojlantirishning retseptiv tahlili. "YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT" ijtimoiy, iqtisodiy ilmiy ommabop jurnal, 2024-yil, may. № 5-son, 557-562

5. Shokirovna B. Z., Xurram o'g'li X. S. INNOVATIVE FOUNDATIONS OF A UNIFIED ECONOMY IN THE FIELD OF RELIGIOUS EDUCATION //Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods. -2024. - T. 2. - №. 5. - C. 110-113.

6. Shokirovna B. Z., Muxayyo Y., Xurram o'g'li X. S. TOPIC: DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN //Scientific Impulse. - 2023. - T. 2. - №. 16. - C. 42-45.

7. Shokirovna B. Z., Xurram o'g'li X. S. INNOVATIVE FOUNDATIONS OF A UNIFIED ECONOMY IN THE FIELD OF RELIGIOUS EDUCATION //Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods. -2024. - T. 2. - №. 5. - C. 110-113.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.