TEMIR YO'l TRANSPORTIDA SVETOFORLARNI BOSHQARISHDAGI RELE BLOKLARIDAGI RELELARNI MIKROELEKTRON QURILMALAR
BILAN ALMASHTIRISH
Sodiqjon Salixdjanovich Sherzod Faxriddin o'g'li Nodir Tohir o'g'li Xalikov Xolboyev Ikromov
Toshkent davlat transport universiteti
ANNOTATSIYA
Maqolada svetoforlarining rele bloklaridagi relelarni boshqa bir mikroelektron qurilmalar bilan almashtirish usullari keltirilgan.
Kalit so'zlar: rele, releli tizim, svetofor, mikroprotsessorli tizim, mikroelement, mikrokontroller, mikroelektron modul.
TEMIR YO'l TRANSPORTIDA SVETOFORLARNI BOSHQARISHDAGI RELE BLOKLARIDAGI RELELARNI MIKROELEKTRON QURILMALAR
BILAN ALMASHTIRISH
Sodikjon Salikhdjanovich Sherzod Fakhriddin ugli Nodir Tohir ugli Ikromov Khalikov Kholboev
Tashkent State Transport University
ABSTRACT
The article describes the methods of replacing the relays in the relay blocks of traffic lights with other microelectronic devices.
Keywords: relay, relay system, traffic light, microprocessor system, microelement, microcontroller, microelectronic module.
Bugungi kunda "O'zbekiston Temir Yo'llari" AJ qarashli stansiyalaming aksariyat qismi releli tizimlarda bo'lgani sababli poyezdlar harakatiga xavf tug'diradigan xatoliklar mavjud. Ko'plab rivojlangan davlatlar temir yo'l stansiyalarida mikroprosessorli tizimlar qo'llaniladi. Shu sababli rele ishlab chiqarishga bo'lgan ehtiyoj keskin kamaydi va zavodlarning aksaryat qismi ish faoliyatini to'xtatgan. B u holat rele va boshqarish bloklarining tannarxini oshishiga sabab bo'lmoqda. Poyezdlarni stansiyaga qabul qilish va jo'natishda elektr markazlashtirish tizimlarida vaqt reglamentlari qo'llanilmoqda. Bunga sabab stansiyalarda releli tizimlarining ishlatilayotganidadir.
Releli elektr markazlashtirish tizimlarini mikroprosessorli tizimlar bilan
solishtirganda tizimning tezligi nisbatan ancha sekinligi, relelar o'lcham jihatdan ■ w™„Hi „ 1499 -
mikroprosessorli tizimlarga nisbatan ancha ko'p joyni talab qilishi bilan farqlanadi. Yana bir muammo shundaki, svetoforlarning turiga qarab (poezd va manyovr), ushbu bloklar ham turlarga bo'linadi (VD-62, MI, MII, MIII). Bu blokning bir turini boshqasining o'rniga ishlatish imkoniyatini yo'q qiladi.
Bu muammolarning yechimi eskirgan releli tizimlarni mikroprosessorli tizimlarga o'tkazish asnosida hal qilinadi.
Svetofor mikroelektron platasi bir nechta zanjirlardan tashkil topganligi uchun PROTEUSdagi virtual modeli sifatida undagi zanjirlarning ham virtual modeli ishlab chiqiladi. Quyidagi sxemalarni ishlab chiqishda PROTEUS dasturiy muhiti kutubxonasiga tegishli mikroelektron elementlardan foydalanildi. Bunda rele kontakti sifatida MOC3051 seriyali opto-para foydalanilgan. MOC3051seriyali opto-parani ayrim xususiyatlari quyida keltirilgan:
- izolyatsiyalovchi kuchlanish 5300 V
- chiqish kuchlanishi 600 V
- korpus DIP6
- eng yuqori teskari kuchlanish 3 V
- yonish tok kuchi 15 mA
Bu element yuqori kuchlanishni boshqarish uchun qo'llaniladi. Ya'ni yuqori kuchlanishni mikrokontroller orqali boshqarishni imkoni bo'lmagani sababli shunday elementlar ishlab chiqarilmoqda. Bu elementning bir qancha turlari ham bor:
MOC3051M, MOC3010-M, MOC3021, MOC3020 va boshqalar.
1-rasm. Opto-para funksional sxemasi va tashqi ko'rinishi Opto-paraning kirishlarini ta'riflaymiz:
1-anod
2-katod
3-N/C
4,6-yuqori kuchlanishli kirish va chiqish 5-N/C
Bu elementning ishlash jarayoni quyidagicha;
1-pinga kichik kuchlanish beriladi va 2-pinga ground ulanadi. Natijada opto-para ichidagi fotodiodning yonishi ta'sirida tranzistor bazasi ochiladi. So'ngra yuqori
kuchlanish tranzistor orqali o'tadi.
Quyidagi rasmda relekontakti o'rniga MOC3051 seriyali opto-para qo'llanildi.
U1 s 6 /
w MOC3051 4 i^k
2-rasm. Mikroelementli kontakt hosil qilish Bundan tashqari releni o'zi mikrokontroller bilan almashtirildi.
Ilmiy izlanishlar shuni ko'rsatadiki svetoforlarning umumlashgan mikroelektron modulari turli xil mikroelektron elementlar asosida ishlab chiqiladi. Bu bilan iqtisodiy samaradorlikka, ishonchlilikka, poyezdlar harakatlaridagi uzilishlarning kamayishiga, signallashtirish blokirovka va markazlashtirish xodimlarining ish jarayonini oshirilishiga erishiladi.
1-1 1-2 1-3 1-4 2-13 1-15 1-13
1-9
2-17 2-15
V
2-1 2-2 2-3 2-4 2-21 2-19 2-18 2-16 2-5 1-8 2-6 .
—| -/—H-- OB 2 i
—1 H A
J
Svetofor M3
3-rasm. Svetofor umumlashgan platasining funksional ko'rinishi. Natijada svetofor platasining umumiy ko'rinishi yuqoridagii holatga keladi.
-11
13
2-8
2-11
1-5
-19
1-6
2-9
-17
2-7
u
-22
REFERENCES
1. Mikroprotsessorli markazlashtirish tizimlari: Temir yo'l transporti texnikumlari va kollejlar talabalari uchun darslik / Vl.V. Sapojnikov - Moskva: temir yo'l transporti bo'yicha o'quv-uslubiy markaz. transp., 2008 y - 396 b.
2. A.B. Nikitin, S.V. Bushuev. Elektr markazlashtirish moslamalarini ishlab chiqish tendentsiyalarini umumlashtirish va stantsiyalarda poezdlar harakatini tezkor boshqarish uchun kompyuter tizimlarini takrorlash tajribasi. Urol transporti. - Yekaterinburg, 2006 y. № 2. b. 2-8
3. Goloshapov Aleksey Microsoft Visual Studio 2010; BXV-Peterburg - Moskva, 2011. - 544v.