Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
DOI : 10.24412/2992-9024-2024-1-8-14
© S.A. Shovdirov 1B_
1Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy
Annotatsiya
KIRISH: maqolada o'quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompeten-siyalarini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari, uning tarkibiy qismlari bo'lgan o'quv komponentlari, pedagogik qobiliyat va pedagogik texnika turlari haqida ma'lumot keltirilgan. Shuningdek, o'quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarini shakllantirish omillari borasida tavsiyalar berilgan.
MAQSAD: o'quvchilarning tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarini shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirish.
MATERIALLAR VA METODLAR: tasviriy san'at ta'limida o'quvchilarda tasviriy savodxonlik kompetensiyalarini shakllantirishni ta'minlovchi o'quv materiallarini sohaning me'yoriy hujjatlariga muvofiq tarzda tanlab olinganligi, tadqiqot davomida pedagogikaning umume'tirof etilgan qonuniyatlari, prinsiplariga asoslanganligi, mahalliy va xorijiy manbalarning tahlillari asosida aniqlanishi hamda bu jarayonning mazmuni, metodikasi, qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarning amaliy asoslari, ularning samaradorlik darajalari eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslangan ilmiy xulosalar ishlab chiqilganligi bilan ta'minlangan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarini baholash mezonlari va ko'rsatkichlarining aniqlashtirilganligi, o'quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarni shakllantirish modeli va uni amaliyotga joriy etishning metodik shart-sharoitlari, o'quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarni shakllantirishga doir interfaol dars ishlanmalari, kompetensiyaviy yondashuv asosida o'quvchilarda tasviriy savodxonlikni shakllantirish jarayonini didaktik loyihalash tizimi hamda o'quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarni shakllantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
XULOSA: maktab o'quvchilarida tasviriy san'atga oid nazariy bilim hamda amaliy malakalarni rivojlantirishda qo'llaniladigan o'quv materiallarini tanlab olishning pedagogik talablarini ishlab chiqish qo'llanilayotgan o'quv materiallarini amaldagi Davlat ta'lim standarti hamda Milliy o'quv dasturiga muvofiqligini kafolatlaydi.
Kalit so'zlar: tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalari, tasviriy san'at asarlarini badiiy qiymati, san'at asarlarining badiiy ta'sirchanligi, badiiy meros, tasviriy san'atning tur va janrlari, borliqdagi dunyo obrazlari, ranglarning xilma-xilli, badiiy tasviriy obrazlar tizimi.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
Научно-теоретический и методический журнал ISSN 2992-9024 (online)
Scientific theoretical and methodical journal
2024, №1
Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Iqtibos uchun: Shovdirov S. A. Tasviriy san'atni o'qitishda o'quvchilarning sohaga oid o'quv kompetensiyalarini shakllantirish omillari // Inter education & global study. 2024. № 1. Б. 8-14.
ФАКТОРЫ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОФИЛЬНЫХ УЧЕБНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ
СТУДЕНТОВ В ОБУЧЕНИИ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМУ ИСКУССТВУ_
© С.А. Шовдиров 1Н
1 Навоийский государственный педагогический институт, Навои_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье представлена информация о дидактических возможностях формирования учебных компетенций, связанных с изобразительной грамотностью у учащихся, образовательных компонентах, являющихся ее составляющими, педагогических умениях и видах педагогических приемов. Также даются рекомендации относительно факторов формирования учебных компетенций, связанных с изобразительной грамотностью у студентов.
ЦЕЛЬ: совершенствовать методическую систему формирования учебных компетенций студентов, связанных со зрительной грамотностью.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: учебные материалы, обеспечивающие формирование компетенций визуальной грамотности у студентов изобразительного художественного образования, подбираются в соответствии с нормативными документами отрасли, на основе общепризнанных законов и принципов педагогики в ходе исследований, отечественных и зарубежных. определение на основе анализа источников и содержания этого процесса, методологии, практических основ используемых педагогических технологий, уровней их эффективности обеспечивается выработкой научных выводов на основе результатов экспериментальных исследований.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: уточнение критериев и показателей оценки учебных компетенций, связанных со зрительной грамотностью, модели формирования учебных компетенций, связанных со зрительной грамотностью у обучающихся и методических условий ее реализации, обучения, связанного со зрительной грамотностью у обучающихся. определяется разработкой интерактивных занятий по формированию компетенций, дидактической системы проектирования процесса формирования имиджевой грамотности у студентов на основе компетентностного подхода, а также разработкой предложений и рекомендаций по формированию учебных компетенций имиджевой грамотности. у студентов.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: разработка педагогических требований к выбору учебных материалов, используемых при развитии теоретических знаний и практических навыков изобразительного искусства у школьников, соответствие используемых учебных материалов действующему Государственному образовательному стандарту и гарантиям Национальной учебной программы.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
Научно-теоретический и методический журнал ISSN 2992-9024 (online)
Scientific theoretical and methodical journal
2024, №1
Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Ключевые слова: образовательные компетенции, связанные с визуальной грамотностью, художественной ценностью произведений изобразительного искусства, художественным воздействием произведений искусства, художественным наследием, видами и жанрами изобразительного искусства, образами существующего мира, многообразием красок, системой художественных изобразительных образов.
Для цитирования: Шовдиров С.А. Факторы формирования профильных учебных компетенций студентов в обучении изобразительному искусству. // Inter education & global study. 2024. № 1.С. 8-14.
FACTORS FOR FORMING STUDENTS' FIELD-RELATED LEARNING
COMPETENCIES IN TRAINING FINE ARTS_
© Sunnat. A. Shovdirov1®
1 Navoi State Pedagogical Institute, Navoi_
Annotation
INTRODUCTION: the article provides information about the didactic possibilities of forming educational competencies related to pictorial literacy in students, the educational components that are its components, pedagogical skills and types of pedagogical techniques. Also, recommendations are given regarding the factors of formation of educational competences related to pictorial literacy in students.
AIM: to improve the methodical system of formation of students' educational competencies related to visual literacy.
MATERIALS AND METHODS: the educational materials that ensure the formation of visual literacy competencies in students in visual art education are selected in accordance with the normative documents of the field, based on the generally recognized laws and principles of pedagogy during the research, local and foreign determination based on the analysis of the sources and the content of this process, methodology, practical bases of the used pedagogical technologies, their efficiency levels are ensured by the development of scientific conclusions based on the results of experimental research.
DISCUSSION AND RESULTS: clarification of the criteria and indicators for the assessment of educational competencies related to visual literacy, the model for the formation of educational competencies related to visual literacy in students and methodological conditions for its implementation, training related to visual literacy in students It is determined by the development of interactive lessons on the formation of competencies, the didactic design system of the process of formation of image literacy in students based on the competence approach, and the development of proposals and recommendations on the formation of educational competencies of image literacy in students.
CONCLUSION: the development of pedagogical requirements for the selection of educational materials used in the development of theoretical knowledge and practical skills
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
of visual arts among schoolchildren, the compliance of the used educational materials with the current State Education Standard and the National Curriculum guarantees.
Key words: educational competencies related to visual literacy, artistic value of visual art works, artistic impact of artworks, artistic heritage, types and genres of visual art, images of the world in existence, variety of colors, system of artistic pictorial images.
Dunyoda sodir bo'layotgan taraqqiyot jarayonlarining yetakchi omillaridan biri, barcha sohalarda yuksak kompetensiyaga ega mutaxassislarni tayyorlash bilan bog'liq kechadi. Kompetensiyalarning dastlabki zamini sifatida, birinchi navbatda o'quv kompetensiyalari e'tirof etiladi.
O'zbekiston badiiy pedagogika fanining dolzarb muammolaridan biri - yoshlarning milliy va jahon madaniy qadriyatlari, shuningdek, tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirib borish orqali ularni kelajak hayotlarida kreativ fikrlay oladigan yuqori darajadagi kompetensiyaga ega yetuk kadrlar sifatida tayyorlash bugungi kunda muhim dolzarblik kasb etadi.
O'quvchilarning tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalari tizimida ularning sohaga oid o'zlashtirgan ham nazariy ham amaliy bilimlari alohida e'tiborga molik [3]. Aynan shu jihatlarni inobatga holda o'quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarni shakllantirishni metodik tizimini takomillashtirishga ustuvor tarzda qaralishi lozimligini anglatadi. Zero, tasviriy san'at asarlarini badiiy qiymatini to'g'ri baholash, undan estetik zavq ola bilish tasviriy savodxonlik kompetensiyasini muhim komponentlaridan biri hisoblanadi. Chunki, san'at asarlarining badiiy ta'sirchanligi, mazmunining to'laligi, estetik tasviriy ifodaliligi, shaklining realliligi hamda uni muallif g'oyasiga mosligi, o'quvchilarda ma'naviy, estitek-ruhiy, ijtimoiy-psixologik ahamiyatga molik bo'lgan ko'plab g'oyalarni jamlashga asos bo'ladi. "Tasviriy san'at" o'quv fanining "San'atshunoslik asoslari" blokida aynan shu turkumdagi bilimlarni o'zlashtirish nazarda tutiladi.
O'lmas tasviriy san'at qadriyatlari bevosita - har qanday davr sinovlaridan takror va takror o'tgan tasviriy-badiiy meroslarimiz, san'at hodisalari o'zida mana shunday katta salohiyatni jamlaganligini ko'ramiz [4]. Bu esa o'z navbatida keyingi avlodlar bilan "muloqot" qilish, ularga ta'sir ko'rsatish imkoniyatini saqlab qolish, ko'p asrlar davomida yashash huquqini beradi. Shuning uchun ham tasviriy san'at darslarida ham tarixiy ham zamonaviy tasviriy san'at asarlarini chuqur tushinishni va savodli o'rganishni taqozo etadi.
Borliq va tasviriy-badiiy masalalarni ko'rsatib berish usul va yo'llari tasviriy san'atning tur va janrlari hamda ularning xususiyatlarini belgilab beradi. Masalan:
- rangtasvirda - borliqdagi dunyo obrazlari, betakror ranglarning xilma-xilliga va boyligi bilan;
- grafikada - rasm chiziqlari, shtrix yo'nalishlari va rang tuslari orqali;
- haykaltaroshlikda esa - plastik obrazlar orqali.
For citation: Sunnat. A. Shovdirov. (2024) 'Factors for forming students' field-related learning competencies in training fine arts', Inter education & global study, (1), pp. 814. (In Uzbek).
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
San'atning tasviriy-ifodaviyligi - ushbu san'at vositalari bilan borliq hodisalarini aks ettirishdir [5]. Badiiy obrazlarni yaratishning so'zsiz sharti sifatida unga tasviriylik va ma'nodorlik xosdir. Tasviriy-ifodaviylik asosida ushbu san'atda asarning emotsional-tasviriylik va g'oyaviy-mazmunli imkoniyatlari tashkil topadi.
Demak, tasviriy san'at fanini o'qitishda o'quvchilarning tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarini shakllantirishning tizimini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari bevosita tasviriy san'at asarlarini kommunikativ funksiyalarini ham e'tiborga olishni taqozo etadi.
Tasviriy san'at o'ziga xos ko'plab funksiyalarga ega. Badiiy qimmatli san'atning -tasviriy san'atning o'ziga xos vazifasi - insonning estetik ehtiyojlarini qoniqtirish, unga quvonch bag'ishlash, rohat bag'ishlash, ma'naviy boyitish, estetik faoliyatga xohish uyg'otishdan ham iborat. Bundan tashqari yana, idrok etish vazifasi va albatta, uning tarbiyaviy vazifasini ham inobatga olish zarur.
Tasviriy san'at tur va janrlariga doir yaratilgan, badiiy qimmatli asarlar bilan "muloqotda" bo'lish jarayonida tasviriy-badiiy qadriyatlarni o'zlashtirish sodir bo'ladi [6]. Estetik qadriyatli yo'nalishlar orqali bevosita estetik fikrlash ham shakllanadi. Bularning hammasi uni idrok etuvchi inson shaxsiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi hamda ta'sirlantiradi, maqsadga muvofiq tarzda yo'naltirilgan va boshqariladigan badiiy-estetik qabul qilish jarayonida, ayniqsa, tasviriy, amaliy va me'morchilik san'at asarlari haqida muloqotlar, suhbatlar dialoglar natijasida ijobiy kechadi. Tasviriy san'at asarlari vositasida amalga oshiriladigan kommunikativ faoliyatda quyidagilar sodir bo'ladi:
- badiiy axborot olish, xususan, badiiy tasviriy obrazlar tizimi yordamida badiiy axborotning o'ziga xos tomonlari ochib beriladi;
- tasviriy san'atning ifodaviy tili yordamida tasvirlanayotgan ob'ektlarning mohiyati ochib beriladi;
- mualliflarning dunyoqarashi va shaxsi, rassomning mahorati, uning ob'ekt va hodisalarga nisbatan estetik munosabati ifodalanadi.
Bugungi yangi O'zbekiston sharoitida respublikamizda amalga oshirilayotgan qator islohotlar boshqa fanlarni o'qitish barobarida tasviriy san'at o'quv dasturi va predmetini modernizatsiya qilishni ham taqozo etadi [7]. Darslarni optimal darajada loyihalash, ularning monitoringini olib borish ko'p jihatdan fanlarni o'qitishda, shu jumladan, "Tasviriy san'at" o'quv fanini o'qitishni ham takomillashtirishga olib keladi [8]. Takomillashtirish tadbirlarining asosiy maqsadi, shubhasiz, o'quvchilarda sohaga oid o'quv kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishga yo'naltiriladi [9]. Bu nazariy va amaliy xarakter kasb etivchi badiiy pedagogik jarayon kompleks yondashishni taqozo etib, kompleks yondashuv mazmunan va mohiyatan bir-biriga bog'liq bo'lib, mantiqiylik prinsipiga amal qilinadi. Faqat shu omil bo'yicha muayyan o'quvchilarning tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishni didaktik imkoniyatlarini tavfsiflaydi.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash kerak-ki, "Tasviriy san'at" darslarida o'quvchilar bilan tasviriy, amaliy va me'morchilik san'ati asarlarini muhokama qilish o'quvchilar shaxsiga yo'naltirilgan ta'sir ko'rsatish, ushbu holatda, badiiy tasviriy ijodiy qadriyatlarga bo'lgan
2024, EDITION 1
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
qiziqishlarini faollashtirish va natijada ularning tasviriy savodxonligiga oid o'quv kompetensiyalarini shakllantirish muhimdir. Shu maqsaddan kelib chiqib quyidagilarga alohida e'tibor qaratilishi lozim:
• o'quvchilarning maqsad sari dadil yo'naltiriladigan mustaqil idrok eta olish faoliyatlari, qiziqishlarini imkon qadar faollashtirish zarur;
• ularni yuksak darajali badiiy tasviriy san'at asarlariga "jalb etish" darkor;
• o'quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarini mukammal o'zlashtirishlariga nisbatan qiziqish o'yg'otish muhim;
• tasviriy savodxonlikka oid turli tasvirlash texnika va vositalarida ishlash (rang, akvarel, tush, guash, tempera bilan ishlash va boshqalar) kompetensiyalarini shakllantirish, tasviriy-badiiy san'at asarlarni o'rganishlari natijasida estetik ahamiyatga molik va badiiy qimmatga ega bo'lgan tasviriy san'atning nodir asarlarini baholash kompetensiyalari shakllanadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Sulaymonov A., Abdullayev N. Tasviriy san'at. 7-sinf o'quvchilari uchun darslik. - T.: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2014. - 80 b.
2. Hasanov R. Maktabda tasviriy san'atni o'qitish metodikasi. - T.: "Fan", 2004. - 106 b.
3. Шавдиров, С. А. (2017). Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности. Педагогическое образование и наука, (2), 109-110.
4. Shovdirov, S. BB Boymetov Methods of Organizing Practical and Theoretical Classes for Students in The Process of Teaching Fine Arts International Journal on Integrated Education.
5. X. Ibraimov, & S. Shovdirov (2023). Theoretical Principles Of The Formation Of Study Competencies Regarding Art Literacy In Students. Science and innovation, 2 (B10), 192-198. doi: 10.5281/zenodo.10022427
6. Sunnat Aslanovich Shovdirov (2023). Tasviriy San'at Ta'limida O'Quvchilarning O'Quv Kompetensiyalarini Shakllantirish Tizimini Takomillashtirishning Pedagogik Talablari. Science and innovation, 2 (Special Issue 13), 527-533. doi: 10.5281 /zenodo.10139769
7. Шавдиров С. А. (2017). Укувчиларда тасвирий саводхонликка оид укув компетенцияларини шакллантиришнинг педагогик- психологик жих,атлари. Современное образование (Узбекистан), (6), 15-21.
8. Shavdirov, S. A. (2017). Selection Criteria of Training Methods in Design Fine Arts Lessons. Eastern European Scientific Journal, (1).
9. Шавдиров, С. А. (2018). ОСОБЕННОСТИ подбора цвета в обучении изобразительному и прикладному искусству. in international scientific review of the problems and prospects of modern science and education (pp. 84-85).
10. Sadiev S. Developing Students'artistic Literacy Skills In Extra-Curriculum Activities //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. B9. - С. 106-108.
11. Niyazovish G. I. Ways Of Use Of Modern Innovative Technologies In Fine Arts Classes And Through The Improvement Of Ideas Of National Independence To Students
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
//Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 9. - №. 12. - С. 234-237.
12. Choriyevich J.S. The role of composition in increasing the spatial imagination of students and students //central asian journal of arts and design. - 2021. - Т. 2. - №. 11. - С. 15-17.
13. Kulmuratov N. R. et al. Various Issues In The Field Of Setting Nonstationary Dynamic Problems And Analyzing The Wave Stress State Of Deformable Media //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 9. - С. 365-369.
14. Usmonovna A. Z. The Use Of Classic Styles In Modern Fashion //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. A4. - С. 263-264.
15. Xamidova G.X. Chizmachilik Fаnini O'qitish Metodikаsini Tаkomillаshtirish: Gulmira Xamidovna Xamidova, Navoiy davlat pedagogika instituti San'atshunoslik fakul'teti, Tasviriy sanat va muhahdislik grafukasi kafedrasi oqituvchi //Научно-практическая конференция. - 2022.
16. Vosiyeva A. Use of Transformation in the direction of design and its importance //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. A4. - С. 31
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HShovdirov Sunnat Aslanovich, PhD, dotsent [Шовдиров Суннат Асланович, PhD, доцент], [Sunnat A. Shovdirov, PhD, Associate Professor]; manzil: O'zbekiston, 210101, Navoiy, I.Karimov ko'chasi, 56/46; [адрес: ул. И. Каримова, 56/46, г. Навои, Узбекистан, 210101]; [address: 56/46 I. Karimov Street, Navoi, Uzbekistan, 210101]; ORCID: https://orcid.org/0000-0002-7250-4588; shovdirovsunnat636@gmail.com