Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’ATDA OQIM VA YO‘NALISHLAR'

TASVIRIY SAN’ATDA OQIM VA YO‘NALISHLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
4159
290
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
OQIM VA YO'NALISHLAR / IMPRЕSSIОNIZM / PОSTIMPRЕSSIОNIZM / KUBIZM / PUANTILIZM / FОVIZM / AVANGARDIZM / NЕОIMPRЕSSIОNIZM

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mambetkadirov G.A., Smaylova G.Yu.

Maqolada umumta’lim maktablarida tasviriy san’at darslarida oqim va yo‘nalishlar, asarlarni badiiy idrok qilish va jahоn san’atida o’zining muhim o’rni bilan alоhida ahamiyat kasb etgan imprеssiоnizm, pоstimprеssiоnizm, kubizm, puantilizm, fоvizm kabi yirik оqim va yo’nalishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STYLES AND DIRECTIONS OF FINE ARTS

The article examines trends and trends in fine arts classes in secondary schools, the main directions such as impressionism, post-impressionism, cubism, pointillism, fauvism, which occupy a special place in the artistic perception of works and their important place in world art trends.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’ATDA OQIM VA YO‘NALISHLAR»

YneHHH XXI BeKa • 2021 • № 10 (81)

TASVIRIY SAN'ATDA OQIM VA YO'NALISHLAR

G.A. Mambetkadirov1, G.Yu. Smaylova2

doi: 10.15350/24103586.2021.10.9

Annotatsiya

Maqolada umumta'lim maktablarida tasviriy san'at darslarida oqim va yo'nalishlar, asarlarni badiiy idrok qilish va jahon san'atida o'zining muhim o'rni bilan alohida ahamiyat kasb etgan impressionizm, postimpressionizm, kubizm, puantilizm, fovizm kabi yirik oqim va yo'nalishlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: oqim va yo'nalishlar, impressionizm, postimpressionizm, kubizm, puantilizm, fovizm, avangardizm, neoimpressionizm

O'zbekiston ijtimoiy hayotida bolgani kabi, uning san'atida ham tub o'zgarishlar sodir bolmoqda. O'zining boy merosiga ega bolgan tasviriy san'at, xususan uning eng ommaviy turi-rangtasvir san'atning boshqa turlaridan o'zining taraqqiyparvarligi, g'oyalarni avangard usulda tasvirlashga qulayligi bilan ajralib turadi. SHu bois ham rangtasvirda turli oqim, yo'nalish va uslublarga tarmoqlangan hamda ramziy shakllar asosida yaratilgan asarlar tasviriy san'at tarixida alohida o'rin tutadi. Hozirgi zamon rangtasvirida asosan ikkita qarama-qarshi va ziddiyatli an'analarni ko'rish mumkin. Ularning biri «retro», ya'ni an'anaviy realistik qonun-qoidalar asosida yaratish bolsa, ikkinchisi esa, «avangardizm», ya'ni jahon san'atining ilg'or an'analarining chegarasidan olib chiquvchi oqim va yo'nalishlarning to'g'ridan-to'g'ri natijasidir. Avangardizmning nazariy ildizlari abstraktsionizm va uning voqelikdan uzilishi oqibatida tug'ilgan emas. CHunki har qanday asar u yoki bu tarzda real xayotdagiga o'xshamasa ham, u avvalo voqealikni mujassamlashtiradi. Ijoddagi erkinlik jamiyatdan tashqarida yashay olmaydi, jamiyat milliy uslublar tilida ifodalangan o'z mazmunini san'atga beradi. Vaqolanki, milliy uslublar bir guruh san'atkorlarning to'qimasi emas, hayotdagi hamma hodisalarga tegishli yo'riqnoma yoki yuqoridan quyiga tushirilgan yol yo'riqlar, xulq-atvor qoidasi yoki fikrlash usuli ham emas, balki etnik va til qardoshligining ma'naviy birligi jipslashtirgan hamda tarixiy yo'nalishlarning hamkorligida yuzaga kelgan harakat natijasidir. Shunda ijodkor yangilikka intilishi natijasida o'ziga xos yo'nalishga, uslubga asos soladi. O'zbekiston san'ati ham XXI asrga buyuk o'zgarishlar bilan kirib keldi. Shuning uchun ham ko'plab tashkil etilayotgan ko'rgazmalarda rassomlarning asarlari turli xil uslublarda ishlanganligining guvohi bolamiz. Ayni paytda bunday asarlarni tushunmaslik holatlari ham kuzatiladi. Buning boisi esa san'at asarlarini «o'qish»ni, tahlil qilishni, oqim va yo'nalishlarni, uslublarni, o'ziga xos maktablarni bilmaslikda, ular xaqida ma'lumotga ega emaslikdadir.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining tasviriy san'at fanidan 7-sinfda 1-soat suhbat mavzusi «Tasviriy san'atda oqim va yo'nalishlar» bolib, unga jahon san'atida o'zining muhim o'rni bilan alohida ahamiyat kasb etgan impressionizm, postimpressionizm, kubizm, puantilizm, fovizm kabi yirik oqim va yo'nalishlar kiritilgan. Kitobdan foydalanuvchilarning auditoriyasi kengayishi mumkinligini e'tiborga olib, ular haqidagi ma'lumotlarni ham kiritishni lozim topdik. Impressionizm (fransuzcha «impressionnisme»)-XIX asrdagi yirik badiiy yo'nalishlardan biri bolib, u qotib qolgan, dogmatik akademik - salon san'atiga zid ravishda maydonga kelgan va rivojlangan. 1874 yili Parijdagi qaxvaxonalarning birida «Xo'rlanganlar» (rasmiy tan olinmagan rassomlarni shunday nomlashgan) asarlari ko'rgazmasi ochildi. Unda hamma ko'nikib, ko'zi o'rgangan sa'atga o'xshamaydigan, bir qarashda «haqiqiy san'at»ga zid bolgan rasmlar qo'yilgan edi. Bir jurnalist ko'rgazmaga atab yozgan maqolasining sarlavqasini Klod Monening ko'rgazmadagi «Quyosh chiqishi oldidagi

1Mambetkadirov G'ayratbay Amanbaevich - Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti San'atshunoslik fanlari falsafa doktori (Ph.D).

2Smaylova Gulmari Yuldashevna - Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o'qituvchisi.

YneHbiH XXI BeKa • 2021 • № 10 (81)

taassurot» deb nomlangan asari asosida «Taassurotchilar» deb nomladi. Dastlab bir guruh rassomlarning ijodini ta'riflash uchun ishlatilgan bu ibora keyinchalik haykaltaroshlik, musiqa, adabiyot va san'atning boshqa turlariga nisbatan ham qollanila boshlandi. Bu uslub o'z mazmuniga ko'ra realistik bolib, uning imkoniyatlarini yanada boyitdi. Tabiatning tez o'zgaruvchan holati (tong, peshin, oqshom, nam va quruq havo, bulutli va quyoshli kun), shaharning jo'shqin va gavjum hayoti lavhalari rassomlarni qiziqtirdi. Rassomlar rang surtmalaridan erkin va unumli foydalanishga harakat kildilar. Rang borliq to'g'risida, uning buyumlari to'g'risida umumiy tasavvur beruvchi vositalardan biriga aylandi. Naturaning o'zidan ochiq xavoda (plenerda) rasm ishlash impressionistlarning asosiy ijodiy uslubiga aylandi. Bu esa ularning palitralarini boyitdi, asarlarining ta'sirchanligini yanada kuchaytirdi. Impressionistlar san'at tarixida novator rassomlar sifatida namoyon bolishdi. Imperssionizm yo'nalishining o'ziga xos tomoni shu oqimning asoschisi va yolboshchisi Klod Monening «Pichan tarami», «Kuknori dalasi» asarlarida buyumlar nur va havoga o'ralib, o'z ko'rinishini yo'qotib borishi va ular ranglar mutanosibligiga aylanishida namoyon boladi. Kamil Pissarroning «Parij ko'chalari», «Monmartr xiyoboni» kabi asarlari hajm jihatidan kichkina bolishiga qaramay kompozitsion tugal, tabiat go'zalligi jonli va ta'sirchan bolishida, Per Ogyust Renuarning «Samari xonim», «YAlangoch ayol» asarlarida yoshlik, jismoniy go'zallik va xushchaqchaqlik yuksak mahorat bilan ochib berilganida o'z aksini topgan. SHuningdek, Edgar Deganing «Moviy libosli raqqosalar», «Balet sinfi», Alfred Sisleyning «Arjanteydagi kichik maydoncha» kabi asarlarida ham impressionizmning o'ziga xos jihatlari yaqqol namoyon boladi. Impressionizm vakillari jahon rangtasvir san'atiga nur va rang olib kirdilar. Ular buyumlardagi chetki chizgilar, uning konkret shaklini ifoda etishdan ko'ra ranglar jilosiga, yorug'-soya o'yiniga katta e'tibor berdilar. Spektr ranglariga yakin «toza» ranglardan, ranglarni optik aralashuvidan foydalanib asarlar yaratishdi. Impressionizm yo'nalish sifatida kariyb 30 yil mavjud bolib, keyinchalik o'z o'rnini postimpressionizmga bo'shatib berdi. Juda ko'p qarama-qarshiliklarga, tanqidlarga uchrashiga qaramay impressionistlar ancha samarali ijod qildilar. Ularning jahon san'atining keyingi rivojiga qo'shgan hissalari beqiyos. Xususan, impressionizm zamonaviy san'atda u yoki bu nomda atalayotgan ko'plab oqim va yo'nalishlarga asos soldi, rangtasvirda plastika, chiziq go'zalligi singari ranglarning ham o'rni beqiyosligi, yorug'lik va ranglar perspektivasining ahamiyati nechog'li ulkan ekanligini anglashda impressionizm vakillarining o'rni beqiyos.

Postimpressionizm (lotincha "post" keyin ma'nosini anglatadi) - impressionizm ta'sirida yuzaga kelgan oqim bolib, bu oqim vakillari impressionistlar kabi toza ranglarda ishlasalarda, ulardan farqli olaroq, shartlilik orqali umumlashgan obrazlar yaratishga intilganlar. Bu termin shartli bolib, odatda, impressionizmdan keyin yuzaga kelgan va uning yutuqlarini holda san'at tarixida o'z yullarini belgilab olgan rassomlar ijodini ta'riflash uchun qollaniladi. Bu yo'nalish vakillari impressionistlarning yutuqlarini e'tirof etganlari holda voqealikni etyudnamo ishlashga, tasviriy san'atning asosi bolgan qalam suratga e'tibor bermaslikka, ijtimoiy mavzulardan qochishga qarshi chiqqan. Vinsent Van Gog, Pol Sezann, Pol Gogen kabi buyuk rassomlar postimpressionizmning yirik vakillari hisoblanadilar.

Neoimpressionizm (frantsuzcha «neo-impressionnisme»)- XIX asr oxirlaridagi frantsuz rangtasvir san'atidagi oqimlardan biri. Uning yirik vakillari J.Syora va P.Sinyak hisoblanadi. Neoimpressionizm Belgiyada (T. Van Reyselberg), Italiyada (J.Segantini) ham yoyilgan. Uning vakillari tematik kompozitsiyalarini, portretlarini hajmli-fazoviy holatda ishlaganlar. Neoimpressionizm vakillari so'nggi impressionizmning an'analarini, jumladan optik xususiyatini rivojlantirganlari hamda ranglarning murakkab tuslarini qollash metodikasini ishlab chiqdilar. Bu tomondan ular divizionizmga, puantilizmga asos soldilar.

Neoimpressionizmning etuk ustalari impressionizmdagi tasodifiylikni, kompozitsiyalarning fragmentliligini engib o'tib, dekorativ echimga erishganlar. Bu uslub odatda sovuq intellektualizmga, obrazlarning quruqligiga olib kelgan. SHunga qaramasdan, P.Sinyak, A.Kross kabi rassomlarning rang tizimini yorqinligi va hayajonga boyligi fovizmni paydo bolishiga zamin yaratdi.

Puantilizm (frantsuzcha «pointillisme», «point» «nukta» ma'nosini bildiradi) — «pointiller» — nuqtalar bilan yozish, chizish degani bolib, rangtasvirdagi yirik yo'nalishlardan biri. Bu uslubda rang surtmalari mayda dumaloq nuqtalar shaklida

Ученый XXI века • 2021 • № 10 (81)

neoimpressionizmga xos xarakterga ega holda qo'llaniladi. Ayrim hollarda ushbu uslub divizionizm («divizionnizme»- frantsuzcha-"ajratish") deb yuritiladi. 1880-90 yillarda frantsuz san'atida qator yo'nalish va oqimlar paydo boldi. Jumladan, Pol Sinyak (18631935), Jorj Syora (1859-1891), Anri Edmon Kross kabi rassomlar ranglarning optik qo'shilishi xususiyatini ilmiy asoslashga intildilar. Ular asarlarini kichik kubsimon yoki dumaloq nuqta shaklidagi spektr rang surtmalarini bir-biriga tegizmasdan ishlashga harakat qilganlar. Bu rang surtmalari alohida-alohida bolib, optik qo'shilish hisobiga yangicha, yaxlit rang tizimini hosil qiladi. Bu uslubni puant, ya'ni nuqta, nuqtalash uslubi deb yuritganlar. San'at tarixiga bu uslub «puantilizm», uning vakillarini esa «puantilistlar» deb kiritilgan.

Jorj Syoraning «Grant-jattdagi dam olish sayli». Pol Sinyakning «Avin'ondagi kasr» asarlarida puantilizm uslubining o'ziga xos tomonlari yaqqol ko'rinadi. Kubizm (frantsuzcha «kubisme»). Bu oqimning ham vatani Frantsiya bolib, u XX asrning boshlarida yuzaga keldi va uning P.Pikasso, J.Brok, F.Lete, R.Beloni kabi yirik vakillari tasvirlanayotgan buyumlarning informatsion imkoniyatlarini bo'rttirib ko'rsatishga, ularni oddiy geometrik shakllarga ajratishga intilganlar. Fovizm (frantsuzcha «fauvisme», «fauve» so'zidan olingan bolib, «yovvoyilar» degan ma'noni anglatadi)-XX asr boshlari frantsuz rangtasvir san'atidagi oqim. Bu «les fauves» (yovvoyilar) taxallus 1905 yili Parij shahridagi «Mustaqillar saloni» ko'rgazmasida qatnashgan A.Matiss, A.Marke, J.Ruo, M.Vlamink, A.Deren, R.Dyufi, J.Brak, K.Van Dongen va shu kabi rassomlarga nisbatan ishlatilgan. Ular shakl, plastika masalalarini primitiv (o'ta sodda) usulda O'rta asrlar san'atiga o'xshash, shu jumladan, SHarq san'atiga xos usulda hal etishga intilganlar.

Adabiyotlar:

1. Делакруа дo Матисса. Сoставитeли Р.Братвл, Э.^ртон, С. Стайн, Г. ^HTepoy. -Ленинград: 1988.

2. ^пулярная xудoжeствeнная энциклoпeдия. Сoставитeли: В.М.Пoлeвoй, В.Ф.Маркузoн, Д.В.Сарабьякoв, В.Д.Синю^в и др. - М.: Энциклoпeдия, I-II часть. 1986.

3. Слoварь инoстранныx слoв. - М.: 1979.

4. Сoрoка-Цюпа О.С., Смирнoв В.П., Стрoганoв А.М. Мир в XX BeKe. Учeбник для oбщeoбразoватeльныx учeбныx завeдeний. -М .: Дрoфа, 2002.

5. Сулаймoнoв А.П. Импрeссиoнистларнинг «тугилган куни» ёxуд мактабда тасвирий санъатдаги o^M ва йуналишларни урганиш. «Халк таълими» ж. - Т.: 2007. №6.

© G.A. Mаmbetkаdirov, G.Yu. Smаylovа, 2021.

STYLES AND DIRECTIONS OF FINE ARTS

G.A. Mambetkadirov, G.Yu. Smaylova

Abstract. The article examines trends and trends in fine arts classes in secondary schools, the main directions such as impressionism, post-impressionism, cubism, pointillism, fauvism, which occupy a special place in the artistic perception of works and their important place in world art trends.

Key words: styles and trends, impressionism, post-impressionism, cubism, pointillism, fauvism, avant-garde, neo-impressionism.

© G.A. Mambetkadirov, G.Yu. Smaylova, 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.