Научная статья на тему 'TASAVVUF PSIXOLOGIYASI VA UNING SHAXS TARBIYASIDAGI O’RNI'

TASAVVUF PSIXOLOGIYASI VA UNING SHAXS TARBIYASIDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
300
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasavvuf / shaxs / nafsnitarbiyalash / tarkidunyo.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Toirova Munavvar Murodulloyevna

Maqolada tasavvuf ta’limoti va uning shaxs shakllanishiga psixologik ta’siri haqida ma’lumotlar berilgan.Tasavvuf ta’limotida shaxsning irodaviy jarayonlarini tarbiyalash orqali komil inson g’oyasini ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASAVVUF PSIXOLOGIYASI VA UNING SHAXS TARBIYASIDAGI O’RNI»

5. Malika Ortikova and Alisher Sanaev. «Human Quality: Signs». Contemporary Innovation Assessment by Problems and Trends: Solutions and Perspectives 1.1 (2022): 415-419.

6. PN U&in, KB Murotmusayev «Psychological adju&ment factors of fir^-year &udents» Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences. Brussels, Belgium -2022. P 115-121 https :// geniusjournals . org / index . php / ejhss / index

TASAVVUF PSIXOLOGIYASI VA UNING SHAXS TARBIYASIDAGI O'RNI

Toirova Munavvar Murodulloyevna

BUXPXTI 2-bosqich magi&ri

Annotatsiya: Maqolada tasavvuf ta'limoti va uning shaxs shakllanishiga psixologik ta'siri haqida ma'lumotlar berilgan.Tasavvuf ta'limotida shaxsning irodaviy jarayonlarini tarbiyalash orqali komil inson g'oyasini ilgari surilgan.

Kalit so'zlar: tasavvuf, shaxs, nafsnitarbiyalash, tarkidunyo.

Аннотация: В статье представлена информация об учении суфизма и его психологическом влиянии на формирование личности В учениях суфизма выдвигается идея совершенного человека путем тренировки волевых процессов человека.

Ключевые слова: суфизм, личность, самосовершенствование, мироустройство.

Abtfract: The article provides information about the teachings of Sufism and its psychological influence on the formation of a person. In the teachings of Sufism, the idea of a perfect person is put forward by training the volitional processes of a person.

Key words: Sufism, personality, self-cultivation, world order.

Tasavvuf madaniyatimiz tarixidagi g'aroyib bir fan bo'lib, o'ziga xos yo'nalish va an'analarga egadir. U ko'pincha adabiyot va falsafa g'oyalarini irfoniy tarzda, ya'ni ma'rifiy qiyofada aks ettiradi, shu bois ba'zan mazkur ilmlar qatorida tilga olinib, ularning global bir qismi sanaladi. Masalan, X asrdan boshlab tasavvuf professional she'riyat g'oyalari bilan qo'shilib ketib, uning bir yo'la mazmunini aks ettirdi, adabiyotning eng go'zal va nafis tuyg'usi-orifona yo'nalishini boshlab berdi.

Shu bilan mumtoz adabiyotimiz mundarijasi bir necha tarmoqqa ajralib ketdi. Jumladan, adabiyotning maddohlik, diniy-mazhabiy, qahramonlik, ilmiy va siyosiy yo'nalishlari rivoj topgan bir paytda, uning ma'rifatomuz va pand-axloqqa boy g'oyalari tasavvufona ohang kasb etib, olamu odam qismati, koinot sirlari, ruhoniyat masalasi, vahdatul-vujud muammosi, birlik va analhaq g'oyasi-umuman alloh va uni idrok etish, tanish va bilishi haqida bahs etdi. Yuzlab madhiyaomuz qasidalar ohangida aytilgan maddohona ruhdagi she'rlarimiz, payg'ambarimiz Muhammad Mu^afo (s) va u kishining

choryorlari-yu sahobalari haqidagi hamd, na't, munojotlar, inchunin shia mazhabli imomlar, jumladan imom Husaynning sarguzashtini aks ettirgan diniy va mazhabiy kitoblar, «Shohnoma» va «Qutadg'u bilik»ka o'xshagan qahramonlik do&onlari, shohlarning siyosiy yurishlari va odob-axloqini tasvir etgan manbalar, shuningdek adabiyotimiz nazariyasiga oid risolalarning mazmuni umuman olganda tasavvufga hech aloqasi yo'q edi. Ammo adabiyotning alalxusus oshiqona va pandomuz mavzusi tasavvufga qattiq bog'lanib ketib, tasavvuf ularning g'oyalarini o'z maqsadlariga tobe etib, adabiyotning ichki imkoniyatlaridan keng ko'lamda foydalandi va uning yashirin va sirli ohangi va mag'zini allegorik-ramziy tarzda ifodaladi.

Mana shu tarzda mu&aqil va maxsus bir fan-tasavvuf adabiyot bilan qo'shilib ketib, uning irfoniy va ma'rifiy-ma'naviy xususiyatlarini ta'sis etdi. Tasavvuf ilk shakllangan davridan boshlab mu&aqil bir ilm sifatida nafas olardi va keyingi asrlarda maxsus tarixga ega bo'lib, o'z kelajagini asrab-avaylab mu&ahkamladi. XV asrda yashagan alloma olim Husayn Voiz Koshifiy «Futuvvatnoma» asarida tasavvuf so'zi haqida bunday yozadi: «Ba'zilar bu so'z islom paydo bo'lgandan keyin kelib chiqqan deydilar. Ammo ma'lum bo'lishicha, tasavvuf so'zi islomdan oldingi zamonda ham bo'lgan ekan. «Unsul so'fiya» kitobida birinchi bo'lib «so'fiy» degan nomni olgan odam Odam Oto farzandlaridan biri-Shish edi deb naql qilinadi. Uning liboslari yashil suf (jun mato) dan ekan va Shishdan keyin jun matodan kiyim kiyib yuruvchilarni «so'fiy» deydigan bo'ladilar. O'zini shu toifaga mansub deb biladiganlarni tasavvuf ahli deb yuritadilar». Ya'ni ma'lum bo'lishicha, tasavvuf ilmining tarixi dunyoning paydo bo'lishi davriga borib taqaladi va birinchi bo'lib tasavvuf yo'liga kirgan va shu bilan bu nomga asos solgan kishi Odam Otoning o'g'li Shish bo'lgan ekan. Shu bois mazkur ma'lumotga ko'ra tasavvuf islomdan oldingi asrlarda o'z tarixiga ega fan edi va ul davrlarning diniy va mazhabiy g'oyalari bilan birgalikda qo'shilib, taraqqiy topib keldi. Binobarin uning ta'siri va ayrim g'oyalarini, jumladan jun matodan kiyim kiyish, nafsga berilmaslik, xilvatlanishlik ixtiyor etish kabi an'analarini iudeylik, buddiylik, zardushtiylik, moniylik va nasroniylik dinlarida ham yaqqol ko'rish mumkin. Mazkur dinlarga nisbatan yosh va navqiron din bo'lgan-islom dini esa o'z g'oyalarini asosan shu dinlar asosida shakllantirdi va bas shunday ekan, tabiiyki, bu munosabatlar asosida qadimiy tasavvufona g'oyalar, masalan allohni sevish, uning yo'lida riyozatga berilish, uning visoliga yetish, so'fiylikka intilish va boshqa sifatlar islomga o'tib, bu davrda nash'u namo topti va keyin yangi-yangi rang va ohang kasb etib rivojlanib bordi.

Tasavvuf - inson kamoloti, axloqiy poklanish haqidagi ilm dedik. Bu tushuncha komil inson kontseptsiyasida aniq ko'zga tashlanadi. Inson uchun qayg'urish, uning ma'naviy kamolotini o'ylash tasavvufning doimiy o'zak masalasi bo'lib kelgan. Ayniqsa, insonning botiniy olami, ichki ziddiyatlari, ruh va jism orasidagi kurash so'fiylarni ko'p qiziqtirgan. Ular insonda azaliy ikki qarama-qarshi kuch-rahmoniy va shaytoniy quvvatlar borligini, inson Allohning bandasi sifatida shayton qutqusini engib, rahmoniy fazilatlarga ega bo'lishi lozimligini ta'kidlaydilar. Insonning hayotdagi o'rni, jamiyat bo'lib yashash tartiblariga ham shu mavqedan turib qaralgan; chunonchi, ijtimoiy nizolar, urush-janjallar, mulkiy tengsizlikning tub mohiyati, bosh sababini ham tasavvuf inson tabiati va siyratidan qidiradi, insonning axloqini tuzatishni uning tabiatidagi salbiy,

hayvoniy kuchlarni mavh etishdan boshlash kerak, deb tushuntiradi. Tasavvufchilar inson tabiatidagi salbiy kuchlarni umumiy nom bilan «nafs» yoki «nafsi ammora» deb atadilar va unga qarshi urush e'lon qildilar. Mol-dunyo to'plash, nafs ehtiyojiga qarab yurish, hirsu havas qat'iy qoralandi, insonni (demakki, insoniyatni ham) noqislik va falokatlardan qutqarishning birdan-bir to'g'ri yo'li - nafsni o'ldirib, qanoat bilan halol yashash, ruh - irodani chiniqtira borib, insonda insoniylikni, ya'ni ilohiylikni tantana ettirish zarur, deb targ'ib qilindi.Berilgan ma'lumotlarda shaxsning har tomonlama yetuk shaxs bo'lib shakllanishida tasavvuf ta'limotining tutgan o'rni haqida atroflicha fikr yuritilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Мавлоно Жалолиддин Румий. Маснавийи маънавий /Ж.Камол тарж. -Т.: "Мериюс" Х^МК, 2010.

2. Радий Фиш. Жалолиддин Румий: Тарихий биографик роман /Русчадан Ж.Камол тарж. -Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986.

3. Мавлоно Жалолиддин Румий: Таваллудининг 800 йиллиги муносабати билан: Метод.-библиогр. кулл. /Алишер Навоий ном. Узбекистан Миллий к-наси; Тузувчи У. Тешабоева; Мухдррир Х,.Маматраимова; Масъул мухдррир О.К,иличбоев.-Т.: Алишер Навоий ном. Узбекистон Миллий к-наси нашриёти, 2007

3. Jabbarov N. Xoja Ahmad Yassaviy - tasavvuf osmonining porloq yulduzi. - T.: 1994.-57 b.

4. Jo'shon M.A. Tasavvuf va nafs tarbiyasi. -T.: Cho'lpon, 2000, -80 b.

5. Ibrohim Haqqul. Tasavvuf va she'riyat. -T.: G'.G'ulom nomidagi nashriyot,1996. - 183 b.

6. Ismoilov S.T. Naqshbandiya tariqatining tasavvuf taraqqiyotidagi o'rni. // Falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoreferati. Toshkent, 2008. 21 b.

7. Hajiyeva M.S. Xoja Ahmad Yassaviyning ma'naviy-tarbiyaviy qarashlari. 13.00.1-pedagogika va tarixi. Pedagogika fanlari nomzodi imiy darajasini olish uchun yozgan dissertasiya. Toshkent, 2004. -125 b.

8. Hasanboyeva O. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi. -T.: Respublika ta'lim markazi, 1996. - 86 b.

9. Hasanboyeva O., Hasanboyev J., Hamidov X. Pedagogika tarixi. -T.: O'qituvchi, 1997.-248 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.