Научная статья на тему 'TARTIBGA SOLINADIGAN CHORRAHALARIDA YUZAGA KELGAN TIRBANDLIKLARDA TRANSPORT VOSITALARIDAN CHIQADIGAN ZARARLI MODDALAR MIQDORINI KAMAYTIRISH'

TARTIBGA SOLINADIGAN CHORRAHALARIDA YUZAGA KELGAN TIRBANDLIKLARDA TRANSPORT VOSITALARIDAN CHIQADIGAN ZARARLI MODDALAR MIQDORINI KAMAYTIRISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
19
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
harakat / tirbandlik / svetofor / xavfsizlik / transport / toʻxtashlar soni / tezlanish / zaharli gazlar / zararli moddalar / toʻxtab turish / transport vositalari / movement / traffic jams / traffic lights / safety / traffic / number of stops / acceleration / toxic gases / harmful substances / parking / vehicles

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — R.R.Bayozov

Ushbu maqolada yirik shaharlarda tartibga solinadigan chorrahalarida yuzaga kelgan tirbandliklarda transport vositalaridan chiqadigan zararli moddalar miqdorini kamaytirish usullari, texnologiyalri va ularning inson salomatligiga taʼsiri haqida soʻz boradi. Yirik shaharlarda transport oqimlarni boshqarish, tirbandliklarning oldini olish, transport vositalarining atrof-muhitga yetkazadigan zararini kamaytirish uchun transport oqimlarini boshqarish va prognozlashning nazariy asoslarini takomillashtirishga oid fikr mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, avtomobillar harakatlanishi natijasida uning tormozlanishi va shinalarini yoʻl qoplamasi bilan ishqalanishi natijasida hosil boʻladigan qattiq zararli zarralarning inson salomatligiga taʼsiri, qattiq zararli zarralarning oʻziga xos tarkibiy qismlari va ularning zararli taʼsirlari oʻrganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REDUCING THE AMOUNT OF HARMFUL SUBSTANCES RELEASED FROM VEHICLES AT CONTROLLED TRAFFIC CROSSINGS

FROM VEHICLES AT CONTROLLED TRAFFIC CROSSINGS This article describes methods, technologies and their impact on human health to reduce the amount of harmful substances emitted by vehicles in traffic jams at controlled intersections in large cities. Opinions are presented on improving the theoretical foundations of traffic management and forecasting in order to manage traffic flows in large cities, prevent traffic jams, and reduce the damage caused by vehicles to the environment. The impact of particulate matter on human health, the specific components of particulate matter and their harmful effects, which are formed as a result of the braking of cars and the friction of their tires on the road surface, have also been studied.

Текст научной работы на тему «TARTIBGA SOLINADIGAN CHORRAHALARIDA YUZAGA KELGAN TIRBANDLIKLARDA TRANSPORT VOSITALARIDAN CHIQADIGAN ZARARLI MODDALAR MIQDORINI KAMAYTIRISH»

UDK 656.13:004.89

TARTIBGA SOLINADIGAN CHORRAHALARIDA YUZAGA KELGAN TIRBANDLIKLARDA TRANSPORT VOSITALARIDAN CHIQADIGAN ZARARLI _MODDALAR MIQDORINI KAMAYTIRISH_

R.R.Bayozov*

Kalit so'zlar: harakat, tirbandlik, svetofor, xavfsizlik, transport, to'xtashlar soni, tezlanish, zaharli gazlar, zararli moddalar, to'xtab turish, transport vositalari.

Jahonda bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sonining yildan-yilga ortib borishi, yonilg'i resurslarining cheklangan zaxirasi, neft va gaz yonilg'ilarining o'rnini bosuvchi muqobil yonilg'ilardan foydalanishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada, avtomobil ishlab chiqarish texnologiyasi va foydalanishda bo'lgan avtomobillarning konstruksiyasini keskin o'zgartirmasdan alternativ yonilg'ilardan foydalanish orqali avtomobil transportining atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirishga alohida e'tibor berilmoqda.

Avtomobil transporti O'zbekistonda, ayniqsa Toshkentda atmosfera ifloslanishining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda atmosferaga zararli chiqindilarning 60 foizi va Toshkentda esa bu ko'rsatkich 88 foizi avtomobillar hissasiga to'g'ri keladi. Shu boisdan bu salbiy ta'sirni kamaytirish choralari dolzarb masala bo'lib turibdi.

Atmosferaga transport vositalaridan chiqariladigan zararli moddalarning atrof muhitga ta'siri kun sayin oshib borayotganligining asosiy sabablari-transport oqimining katta sur'atlar bilan oshishi, transport vositalarining texnik holati ekologiya talablarini qondirmasligi, etillangan benzin ishlab chiqarish, sotilayotgan yonilg'ilar sifatini nazorat qilmaslik, avtomobillarni zaharliligi kamroq yonilg'iga o'tkazishga ahamiyat bermaslik, yo'llarning yomonligi, avtomobillar oqimi yo'llarning o'tkazuvchanlik xususiyatidan oshib ketishi hamda chorrahalardagi tirbandliklar sabab bo'lmoqda.

Chiqindi gazlarning zaharli moddalari birinchi navbatda avtomobil haydovchisiga ta'sir qiladi. Transport vositalari kabinasidagi havo tarkibi analiz qilinganda ma'lum bo'ldiki, ulardagi (ayniqsa, yuk avtomobillari kabinasidagi) uglerod oksidi miqdori ruxsat etilganidan ko'p bo'lar ekan. Qator yirik shaharlarning atmosferasida uglerod oksidining miqdori ruxsat etilgandan 20-30-marta ortiq bo'ladi. Shifokorlar infarkt miokardi xastaligidan o'limning ko'pligini shundan ko'radilar. Shaharlar atmosferasida azot oksidi miqdori 10-100-marta oshib borayapti, azot oksidi havoda 3-4 kun saqlanib turadi, quyosh nuri ta'sirida fotokimyoviy reaksiyaga kirishib azot dioksidi NO2 (suv) hosil qiladi. U uglevodorodlar bilan birga smog deb ataluvchi zaharli tuman hosil qiladi. Oltingugurtli gazning atmosferada saqlanish muddati 10 soat atrofida. SO2 (is) gazi kislotali yog'in-sochin keltirib chiqaradi, tuproq, suv va binolarning tashqi qoplamlarini buzadi. Karbonat angidridning havodagi miqdori me'yorlanmaydi, SO2 atmosferada 4 yil saqlanib turadi. Uglerod oksidining ko'payishi "issiqxona effekti" deb atalgan noxush holatga sabab bo'ladi, u yer yuzasidagi haroratni ko'tarib yuboradi. Organizmda

* Bayozov Ravshan Rajabovich - Buxoro muhandislik texnologiya instituti "Transport vositalari muhandisligi" kafedrasi erkin tadqiqotchisi.

qo'rg'oshin ko'p miqdorda to'planib qolsa, surunkali zaharlanishni keltirib chiqaradi [1, 278 b.].

Ekspluatatsiya sharoitida, jumladan shahar va magistral yo'llarda avtomobillarning yonilg'i tejamkorligi va avtomobildan chiqayotgan zararli gazlarning miqdorini baholash me'yoriy harakat sikllari yordamida amalga oshiriladi. Me'yoriy harakat sikli ekspluatatsiya jarayonida avtomobil harakatining yuklanganlik darajasini ifodalovchi rejimlarni (to'xtab turish, tezlanish, tormozlanish va o'zgarmas tezlik bilan harakatlanish) vaqt bo'yicha ketma-ketligidir. Ularning (o'rtacha tezlik, to'xtashlar soni, tezlanish, o'zgarmas tezlikda harakatlanish, sekinlanish va to'xtab turish fazalarining umumiy harakat davridagi salmog'i, hamda tezlanish va sekinlanish fazalarining harakat tezligi darajasi bo'yicha son qiymatlari)

son qiymatlari birgalikda shahar harakat parametrini ko'rsatgichi - qiymati bo'lib xizmat qiladi [1, 256 b.].

Yaponiyada engil avtomobillar-ning yonilg'i tejamkorligi va chiqayotgan zararli gazlarning miqdori "Yaponlar" 10-15 harakat sikli (1-rasm) yordamida aniqlanadi. Bu harakat sikli uchta shahar (10 mode) va bitta magistral (15 mode) harakat siklini o'zida mujassamlashtirgan.[2, 98 b.].

Me'yorlangan va me'yorlanmagan harakat sikllari mavjud. Me'yorlangan harakat sikllarida xavfsizlik va resurs tejamkorligi talablari me'yorlanadi va avtomobillar ushbu me'yor bo'yicha nazorat qilinadi. Bunday sikllarga misol tariqasida AQSH davlatida ishlab chiqilgan va qonuniylashtirilgan FTP-75 sikli, Yevropada NEDC va Yaponiya davlatida Yaponskiy 1015 sikllarini keltirish mumkin [2, 46 b.].

YEI (Yevroittifoq) va MDH (Mustaqil davlatlar hamdo'stligi) davlatlarida engil avtomobillarning yonilg'i sarfi me'yori hamda avtomobildan chiqayotgan zararli gazlar miqdori NEDC "Novwy yevropeyskiy yezdovoy sikl" (Yevropa yangi harakat sikli)da aniqlanadi (2-rasm).

NEDC harakat sikli 4 ta YECE shahar harakat sikli va 1 ta YEUDC magistral harakat siklidan iborat bo'lib 1997-yilda ishlab chiqarilgan. Uning umumiy sinov vaqti 1180 sekund, masofasi 11023 metr hamda o'rtacha tezligi 33.6 km/soatni tashkil yetadi (3-rasm).

Ketma-ket keladigan chorrahalar bir-biriga moslashganligi yoki chorrahalarda avtomobil oqimiga ko'ra boshqariladigan svetoforlar joriy etilganligi avtomobillarning to'xtash rejimlari kamayishiga olib keladi. Ammo shaharda harakatlanayotgan avtomobillar soni ma'lum darajaga yetganda chorrahalarni o'zaro moslashtirish samara bermaydi. Avtomobil gabarit ko'rsatkichlari, tortish tezlik ' shahar me'yoriy harakat sikli ko'rsatkichlari, manevrchanligi,

boshqaruvchanligi, buriluvchanligi, o'tag'onligi harakat rejimini belgilashda muhim ahamiyat

kasb etadi. Bundan tashqari, avtomobildan foydalanish maqsadi bo'yicha shaxsiy, xizmat va taksi avtomobillarining harakat rejimlari bir-biridan farqlanadi. Jumladan, shaxsiy avtomobil haydovchisi ertalab ishga borishda va ishdan qaytishda avtomobil oqimi ko'p davrda harakatlanadi va bu harakatning asosiy qismi tezlanish, sekinlanish hamda to'xtab turish rejimlaridan iborat bo'lishi orqali o'rtacha tezlikning kamayishiga olib keladi.

Avtomobil atrof-muhitga zararli moddalarni tashlashi va yonilg'ini sarflashi, ko'p jihatdan avtomobilni boshqarish usullariga bog'liq. Avtomobil harakatining rejimlari ikki xil: barqaror va beqaror bo'ladi. Umumiy holda, bu harakatlar quyidagi rejimlardan iborat:

- shig'ov (qo'zg'alish);

- sekinlashish;

- dvigatelning salt ishlashi;

- o'zgarmas tezlik bilan yurishi.

Bu rejimlar turli-tuman nisbatda bir-biri bilan birga keladi (1-jadval).

1-jadval. Avtomobilning harakat rejimlari

Harakat rejimi Harakat davomidagi ulushi, %

Engil avtomobil Yuk avtomobili

Shig'ov (qo'zg'alish) 37 42

O'zgarmas tezlik 12 16

Sekinlashuv 29 25

Salt yurish 22 17

Yirik shaharlarda kuzatiladigan tirbandliklarni asosiy qismi svetoforlar bilan jihozlangan chorrahalarida vujudga keladi. Ayniqsa, favqulodda holatlarda, elektr energiyasidagi uzilishlar va boshqa avariyalarida noqulay holatlar yuzaga kelishi va tirbandliklar oshishi kuzatiladi. Xususan Toshkent shahridagi Mirzo Ulug'bek va Parkent ko'chalari kesishmasida svetafor obyekti elektr ta'minoti yo'qligi uchun ishlamay qolgan holatdaga tirbandlik natijasida avtomobillardan atmosferaga chiqayotgan zaharli gazlarni tasavvur qilish qiyin yemas (4-rasm).

Chorrahalardagi tirbandliklarda ifloslanishning eng yuqori darajasi dvigatelning ish sharoitlarining o'zgarishi - tormozlash, bo'sh turish va keyin tezlikning keskin oshishi bilan bog'liq. Bu davrda havodagi zararli nanozarrachalar konsentratsiyasi oqimdagi bir tekis harakatlanish bilan solishtirganda 29 barobar ortadi [3, 356 b.].

Katta shaharlarning atrof-muhitini muhofaza qilish maqsadida mahalliy qonunlar va tartiblar qabul qilinadi. Masalan, Nyu-Yorkda dizel dvigatellar 3 minutdan ortiq salt ishlamasligi kerak [4, 36b.].

Ma'lum bo'lishicha, haydovchi svetoforda turib o'z hayotini xavf ostiga qo'ymoqda. Xavfli tomoni shundaki, svetoforning to'xtash joyida juda ko'p miqdorda ifloslangan havo mavjud bo'lib, u kutish paytida haydovchining o'pkasiga kiradi.

Haydovchi svetoforda turganda, avtomobilning egzoz trubkasidan juda ko'p miqdordagi turli zarralar ajralib chiqadi. Bu zarralar sog'liq uchun juda zararli ekanligi ma'lum. Ushbu chiqindi gazlar tufayli bir nechta kasalliklarni yuqtirish mumkin.

4-Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek va Parkent ko'chalari kesishmasi Bundan tashqari yuqoridagi holatni Toshkent shahrining boshqa Axmad donish va Yangishahar ko'chalari kesishmasida ham ko'rishimiz mumkin (5-rasm).

Atmosferaga chiqariladigan avtotransport chiqindilari hajmi transport vositalarining

ekologik darajasi, ishlatiladigan yoqilg'i sifati va yo'l harakatini to'g'ri tashkil etilishiga bog'liq.

Svetoforni boshqarish rejimlarini yangilash va tizimning samarali va uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun muvofiqlashtirilgan boshqaruvni amalga oshirish sohalarida transport oqimlari parametrlarini aniqlash, transport oqimi boshqaruvini takomillashtirish, yo'l harakatini to'g'ri tashkil etish orqali atmosferaga chiqariladigan avtotransport

5-rasm. Axmad donish va Yangishahar ko'chalari kesishmasi chiqindilari hajmini kamayishiga

erishiladi.

Avtomobillar harakatlanishi natijasida nafaqat transport vositasining dvigatelidan chiqadigan zaharli moddlar balki uning tormozlanishi va shinalarini yo'l qoplamasi bilan ishqalanishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zararli zarralarning inson salomatligiga ta'sirini o'rganishda qon yoki siydikda zarralarning ta'sirining samarali biomarkerlarini ishlab chiqish ham sezilarli darajada yordam beradi, ammo nomzod biomarkerlarning ko'pchiligi boshqa shahar yashashi, havo ifloslanishining boshqa manbalari va noto'g'ri ovqatlanish bilan bog'liqligini hisobga olsak, bu juda murakkab jarayon hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib, olimlar tomonidan olib borilayotgan eksperimental tadqiqotlari avtomobillar harakatlanishi natijasida atrof-muhitga hosil bo'ladigan qattiq zararli zarralarning o'ziga xos tarkibiy qismlariga o'tkir biokimyoviy, yallig'lanish va fiziologik xususiyatlari o'rganib chiqildi. Avtomobillar harakatlanishi natijasida tormoz tizimi detallarining yeyilishi orqali hosil bo'lgan kondensatsiyalangan va oksidlangan metall bug'lari changi odamlar uchun eng xavfli bo'lgan moddalar mavjud. Ularning zararli ta'sirining spektri keng - bu tizimli organlar (shu jumladan reproduktiv organlar), gematopoyetik organlarning ish faolyatiga sa'lbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Metalllarning toksik bo'lmagan zarralari deyarli yo'q [6, 305 b.].

Aksariyat metall zarralar inson nafas yo'llarining changni tozalash mexanizmiga zarar yetkazadi, uni changdan himoya qilishdan mahrum qiladi.

Tormoz mexanizmlari detallari va shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarning ba'zi tarkibiy qismlari nafaqat odamlarga, balki oziq-ovqat manbai - qishloq xo'jaligiga ham zararli. Qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligining pasayishi va kasalliklar sonining ko'payishi sanoat ishlab chiqarishining yo'ldoshidir [4].

Epidemiologik tadqiqotlarning cheklangan sonidan olingan natijalarga ko'ra, avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zarrali zarralar tarkib yelementlari yoki manba omillariga alohida e'tibor qaratilgan. Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan yo'l chang tarkibida Zn (ruh) ning inson organizmida o'tkir va surunkali yurak-qon tomir kasalliklari, shuningdek, markaziy asab tizimining ishidagi o'zgarishlar, buyraklar va jigarning shikastlanishi, anemiya bilan bog'liq kasalliklarni rivojlanishi mumkinligini ko'rsatadi [5, 11 b.].

Hozirgi vaqtda avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarning salomatlik ta'siriga nisbatan yuqori sezuvchanligi bo'lgan shaxslar guruhlari mavjudligi noma'lum.

Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarning tarkibida Mo, Cu, Zn va Fe ning yuqori miqdorini hisobga olgan holda, ushbu metallarning biologik uzatilishida

genetik nuqsonlari bo'lgan shaxslar (masalan, irsiy gemokromatozi bo'lgan shaxslar) kattaroq xavf ostida. Fe, Zn va Cu ham mikroblarning o'sishi uchun zarurdir va shuning uchun kelajakdagi tadqiqotlar tug'ma immunitetga ega bo'lgan odamlarda nafas olish mikrobiomidagi o'zgarishlarni o'rganish zarur.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shaharlarning magistral ko'chalaridagi tartibga solinadigan chorrahalarida svetofor obyektlarini sinxronlashtirish algoritmidan foydalangan holda transport oqimini boshqarishni takomillashtirish va tirbandliklarni kamaytirish orqali shahar ko'cha-yo'l tarmog'ining samaradorligini oshirish va avtotransportdan atrof-muhitga chiqadigan zararli moddalarni miqdorini kamaytirish va shaharlarning ekologik holatini yaxshilash lozim.

Shuningdek respublikamizning yirik shaharlarida o'tuvchanligi yuqori bo'lgan chorrahalarni avtomobillar harakatlanishi natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'ladigan zarralar bilan ifloslanish darajasini Igeo indeksini asosida baholashni kyeng yo'lga qo'yish zarur. Zararliligi yuqori bo'lgan chorrahalar yo'l qoplamasini ilashish koyeffitsiyentini yaxshilash uchun 100 metr masofasini tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan avtomobil shina rezinalarining granulasi qo'shib tayyorlangan asfalt-beton qoplamasi bilan qoplash maqsadga muvofiqdir.

Adabiyotlar:

1. Sidiqnazarov Q.M. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi // Darslik. "VORIS -NASHRIYOT" T - 2008. 517 b.

2. Muxiddinov A. Ekspluatatsiya sharoiti uchun avtomobil me'yoriy xarakat siklini yaratish uslubiyoti // Monografiya. Toshkent-2022-y. 178 b.

3. Ob^estvennoye zdorovye i zdravooxraneniye: uchebnik / K.R. Amlayev, L.N. Blinkova, N.P. Gavrilenko, X.T. Daxkilgova i dr. - M.: GEOTAR-Media, 2019. - 560 s.

4. Salomons W, Forstner U (1984) Metals in the hydrocycle. Springer, Berlin Heidelberg New York https://link.springer.com/article/10.1007/BF00492273

5. Balakrishna, S., Lomnicki, S., McAvey, K.M., Cole, R.B., Dellinger, B. and Cormier, S.A. // Environmentally persistent free radicals amplify ultrafine particle mediated cellular oxidative stress and cytotoxicity. Part Fibre Toxicol. 2009 Apr. 176 p.

6. Karimova K.G'. "Avtomobil transportidan hosil bo'layotgan zararli ta'sirlarni kamaytirish bo'yicha tadbirlar"// Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlanishini ta'minlovchi fan, ta'lim hamda modernizatsiyalashgan yenengiya va resurs tejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, yechimlar, istiqbollar // Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi materiallari to'plami. JizPI, Jizzax 2016 y:, 15-16-aprel - 303-306 b.

TARTIBGA SOLINADIGAN CHORRAHALARIDA YUZAGA KELGAN TIRBANDLIKLARDA TRANSPORT VOSITALARIDAN CHIQADIGAN ZARARLI MODDALAR MIQDORINI KAMA YTIRISH

Ushbu maqolada yirik shaharlarda tartibga solinadigan chorrahalarida yuzaga kelgan tirbandliklarda transport vositalaridan chiqadigan zararli moddalar miqdorini kamaytirish usullari, texnologiyalri va ularning inson salomatligiga ta'siri haqida so'z boradi. Yirik shaharlarda transport oqimlarni boshqarish, tirbandliklarning oldini olish, transport vositalarining atrof-muhitga yetkazadigan zararini kamaytirish uchun transport oqimlarini boshqarish va prognozlashning nazariy asoslarini takomillashtirishga oid fikr mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, avtomobillar harakatlanishi natijasida uning tormozlanishi va shinalarini yo'l qoplamasi bilan ishqalanishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zararli

zarralarning inson salomatligiga ta'siri, qattiq zararli zarralarning o'ziga xos tarkibiy qismlari va ularning zararli ta'sirlari o'rganildi.

СНИЖЕНИЕ КОЛИЧЕСТВА ВРЕДНЫХ ВЕЩЕСТВ, ВЫБЫВАЕМЫХ ОТ ТРАНСПОРТНЫХ СРЕДСТВ НА РЕГУЛИРУЕМЫХ ПЕРЕХОДКАХ ДВИЖЕНИЯ

В данной статье рассказывается о методах, технологиях и их влиянии на здоровье человека для снижения количества вредных веществ, выбрасываемых транспортными средствами в пробках на регулируемых перекрестках крупных городов. Представлены мнения по совершенствованию теоретических основ управления и прогнозирования дорожного движения с целью управления транспортными потоками в крупных городах, предотвращения пробок, снижения ущерба, наносимого транспортными средствами окружающей среде. Также изучено влияние твердых вредных частиц на здоровье человека, конкретные компоненты твердых вредных частиц и их вредное воздействие, которые образуются в результате торможения автомобилей и трения их шин о дорожное покрытие.

REDUCING THE AMOUNT OF HARMFUL SUBSTANCES RELEASED FROM VEHICLES AT CONTROLLED TRAFFIC CROSSINGS

This article describes methods, technologies and their impact on human health to reduce the amount of harmful substances emitted by vehicles in traffic jams at controlled intersections in large cities. Opinions are presented on improving the theoretical foundations of traffic management and forecasting in order to manage traffic flows in large cities, prevent traffic jams, and reduce the damage caused by vehicles to the environment. The impact of particulate matter on human health, the specific components of particulate matter and their harmful effects, which are formed as a result of the braking of cars and the friction of their tires on the road surface, have also been studied.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.