Научная статья на тему 'TARIXIY YODGORLIKLAR POYDEVOR OSTI GRUNTLARINING MUHANDIS-GEOLOGIK XUSUSIYATLARINI BAHOLASHDA GEOFIZIK TADQIQOT USULLARI'

TARIXIY YODGORLIKLAR POYDEVOR OSTI GRUNTLARINING MUHANDIS-GEOLOGIK XUSUSIYATLARINI BAHOLASHDA GEOFIZIK TADQIQOT USULLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

1
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIXIY YODGORLIKLAR POYDEVOR OSTI GRUNTLARINING MUHANDIS-GEOLOGIK XUSUSIYATLARINI BAHOLASHDA GEOFIZIK TADQIQOT USULLARI»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

TARIXIY YODGORLIKLAR POYDEVOR OSTI GRUNTLARINING

MUHANDIS-GEOLOGIK XUSUSIYATLARINI BAHOLASHDA GEOFIZIK TADQIQOT USULLARI

F. F. Ro'zimboyev

O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi G'.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti "Yangibozor geofizik ilmiy-tadqiqot observatoriyasi" kichik

ilmiy xodimi. O'zbekiston.

O'zbekiston Respublikasining "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida"gi Qonunida madaniy meros obyektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishi qat'iy belgilab qo'yilgan. Bu esa, o'z o'rnida, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan huquqiy, tashkiliy, moliyaviy, axborotga doir, moddiy-texnikaviy va boshqa chora-tadbirlar ko'riladigan tizimining barcha pog'onalari uzviy bog'langan tarzda faoliyat ko'rsatishini taqozo etadi [1-1].

Ushbu qonunda madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari ham nazarda tutilgan bo'lib, moddiy madaniy meros obyektlarini konservatsiyalash, ta'mirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirishni, shuningdek ular bilan bog'liq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini o'tkazish tartibi aniq va qat'iy belgilab qo'yilgan [2-1].

Geofizik tadqiqot usullarini qo'llash, tarixiy yodgorliklarning tarixiyligi va asl holatiga zarar yetkazmagan holda ularni bir necha yuz va xattoki ming yillardan buyon ko'tarib turgan poydevor osti gruntlarining injener-geologik xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Bunday ko'rsatkichlarni aniqlash qadimiy obidalarni kelajak avlodga tashqi tabiiy omillardan asragan holda yetkazishga imkon beradi.

Geofizik tadqiqotlar - tabiiy va sun'iy fizik maydonlarni, shuningdek, tog' jinslarining fizik xususiyatlarini batafsil o'rganishga asoslangan usullar guruhidir. Bu tadqiqot natijalari xududlarning geologiyasi, yer osti suvlari, yer yoriqlari, qarst bo'shliqlari, xavfli geologik jarayonlarnini, bir so'z bilan aytganda maydonlarni muhandis-geologik jarayonlarini batafsil o'rganishga zamin yaratadi.

Geofizik tadqiqotlar yirik sanoat majmualarini, turar-joy binolarini, avtomobil va temir yo'llarni, gidrotexnika inshootlarini tekshirish va monitoring qilish, shuningdek, arxeologik tadqiqot obyektlarini tadqiq qilish uchun amalga oshiriladi

[3].

184

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Hozirgi kunda tarixiy obidalar va ulaming poydevorlari muhandis-geologik xususiyatlarini baholashda keng qo'llanib kelinayotgan geofizik tadqiqotlarga quyidagilar kiradi:

- Seysmorazvedka ishlari

- Elektrorazvedka ishlari

Bugungi kunda tog' jinslarining seysmiklik, fizik mexanik va muhandis-geologik xususiyatlarini o'rganishda seysmorazvedka ishlarining MASW, elektrorazvedka ishlarining VEZ (vertikal elektr zondlash) usullari keng qo'llanmoqda.

MASW usuli haqida birinchi marta 1999-yilda Geophysics jurnalida ma'lumot keltirilgan. MASW (Multichannel analysis of surface waves) yuzaki to'lqinlarning ko'p kanalli taxlil qilish usuli bo'lib, tog' jinslari yuqori qatlamlarni o'rganish uchun yuzaki to'lqinlar ma'lumotlarini qayta ishlashdan iborat. Bu usul bizga S to'lqin tezligining taqsimlanishini qayta qurish imkonini beradi [4-800].

VEZ usuli tog' jinslarining elektr xususiyatlarini hamda doimiy va o'zgaruvchan tok ta'sirida hosil bo'lgan tabiiy va sun'iy elektr maydonlarni o'rganishga asoslangan. Bu usulni qo'llash natijasida geologik kesim, tog' jinslarining

elektr qarshiligi, dielektrik o'tkazuvanligi va boshqa ko'rsatkichlari aniqlanadi [5]. 1, 2-rasm Xiva shaxri MASW usuli orqali dala tadqiqotlari.

185

May 15, 2024

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current

Cha'Les.hnnoeon.and^en

3

3, 4-rasm. MASW usulidan olingan natijalar (Vs 30, H, Zm, p). 5-rasm. Ichan Kal'a memoriy obidalari hududida VEZprofillari joylashish rejasi.

пр о»—____—___ • '."»О """*> 1-7 п ¥ ~ " щ ЧЗЬ*^ ¿С \ —.............../ - У* |„сп_|, пуи^ з | . | * -«|= Го21» =Ш.2|7 |СГР|« 1- сейсмик профиль; 2 - бирлашган электроразведка ва сейсмик профили; 3 - электроразведка профили; 4 - электроразведка профили ва ВЭЗ нукталари (август 1999 й.); 5 -сейсмикликни улчаш нукталари; 6 - скважина; 7 - шурф ва унинг раками; 8 - бинонинг контури

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current f —^Pecns

8

6,7,8-rasm. VEZ usulidan olingan natijalar.

REFERENCES

1. "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni. https://lex.uz/docs/-25461

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi. https://parliament.gov.uz/oz

May 15, 2024

187

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current

ChaLes.hnnoeon.andPru.en

3. Цоколов К. П., Геофизические методы разведки, М., 1966.

4. Park C.B., Miller R.D., Xia J. Multichannel analysis of surface waves. Geophysics, 1999, vol. 64, no. 3, pp. 800-808.

5. Доброхотова И.А., Новиков К.В. Электроразведка. Учебное пособие для студентов заочного обучения. Москва. 2009.

188

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.