Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI MISR ILM-FANINING O’RNI'

TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI MISR ILM-FANINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2696
139
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
iyerogliflar / qadimqi misr adabiyoti / ta’lim tizimi / qadimgi misr tili / tabobati. / hieroglyphs / ancient Egyptian literature / education system / ancient Egyptian language / medicine

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Madina Valijon Qizi Qo’shmatova

Maqolada qadimgi davrda misrdagi ilm-fan, ta’lim tizimi va tabobatining rivojlanish darajasi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ANCIENT EGYPTIAN SCIENCE IN THE STUDY OF HISTORY

The article deals with the level of development of science, education system and medicine in ancient Egypt.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI MISR ILM-FANINING O’RNI»

TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI MISR ILM-FANINING O'RNI

Madina Valijon qizi Qo'shmatova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada qadimgi davrda misrdagi ilm-fan, ta'lim tizimi va tabobatining rivojlanish darajasi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: iyerogliflar, qadimqi misr adabiyoti, ta'lim tizimi, qadimgi misr tili, tabobati.

THE ROLE OF ANCIENT EGYPTIAN SCIENCE IN THE STUDY OF

HISTORY

Madina Valijon kizi Koshmatova

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

The article deals with the level of development of science, education system and medicine in ancient Egypt.

Keywords: hieroglyphs, ancient Egyptian literature, education system, ancient Egyptian language, medicine

KIRISH

Tarixning qadimgi davr bosqichidayoq qudatli podsholiklardan biriga aylana olgan Misr davlatida o'ziga xos ta'lim tizimi yaratilgan edi. Sersuv Nil daryosi bo'yida joylashgan bu davlat qadimgi davrdanoq o'z ta'lim tizimi, adabiyotiga, yozuvlariga, ega davlat edi.

Misra dehqonchilik, savdo-sotiq, hunarmandchilik, chorvachilik va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun misrliklarga ilmiy-amaliy bilimlar juda ham zarur bo'lgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shuning uchun ham Misrda matematika, geografiya, geometriya, astronomiya, tarix, tibbiyot, yer bilimi va qishloq xo'jaligi bilimlari ancha erta rivoj topgan.

Qadimgi misrliklarning tili va yozuvi ming yillik tarix davomida o'z taraqqiyotining 5 bosqichini bosib o'tdi. Qadimgi podsholik davridagi til; o'rta misr-klassik tili (chunki bu tilda noyob klassik asarlar yaratilgan); yangi Misr tili (miloddan

avvalgi VIX-VIII asrlar); demotik til miloddan avvalgi VIII- V asri); Kopt tili (III-VII asrlar).

Misr yozuvi mil.avv IV mingyillik oxirida rasm-yozuv, piktografiya asosida kelib chiqadi. Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli g'oyalar, badiiy obrazlar bilan sug'orilgan boy adabiyotlarni yaratdilar. Adabiyot uchun qulay omil bo'lib xalq og'zaki ijodi xizmat qildi. Ilk badiiy asarlar mil.avv IV mingyillikda paydo bo'lgan. Nasihatnomalardan eng qadimiysi "Ptaxotep nasihatnomasidir"dir.

Ko'pgina afsonalar, qayta ishlangan diniy madhiyalar Osiris mashaqqatlari, xudo Raning yer osti podsholigiga sayohati hikoya qilingan sikllari mashhur bo'lgan.

MUHOKAMA

Ma'lumki, Misrda qishloq xo'jaligi ishlari boshlanishidan avval Nil daryosi toshgan. Bu voqea ravshan yulduz Sirius ertalabki shafaqda ko'ringandan 2-3 kun keyin o'tib sodir bo'lgan edi. Astronomlar Siriusni ko'rishlari bilan Misr aholisini Nilning toshishi va ekin ekish mavsumi boshlangani haqida habar topgan.

Misr issiq davlat bo'lgani uchun turli kasalliklar ko'p bo'lgan. Misr tarixida ko'pdan ko'p janglar, istilolar va ichki urushlar natijasida ko'plab aholi, jangchilar jarohatlangan. Ularni davolash ehtiyoji Misrda tabobatning juda erta shakllanishiga sabab bo'ladi. Misr tabiblari mo'miyolash uchun odamning ichki a'zolarini jarrohlik yo'li bilan ochganlar. Tabiblar ko'z, bosh, tish, ichki ruhiy kasalliklar, singan-chiqqan va boshqalar bo'yicha ixtisoslashgan. Misr tabobati jahon tabobatida alohida o'ringa ega bo'lgan. Qadimgi podsholik davrida firavnlar saroyida bo'lajak mirzalarni tayyorlaydigan maktablar tashkil qilingan. Keyinchalik ibodatxonalar va yirik davlat idoralari qoshida ham maktablar tashkil qilingan. Maktablarda 5 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalar ta'lim olgan. 12 yoshdan boshlab talabalar idoralarda xizmat qilgan. Mashg'ulotlar tong sahardan kechgacha davom etgan. Maktabda qattiq intizom joriy etilgan, tan jazosi qo'llanilgan. O'quv, yozuv, hisob asosiy fanlar bo'lgan. O'quv predmetlaridan tashqari, maktabda gimnastika mashg'ulotlati, suzish va yaxshi muomalaga o'rgatilgan. Zodagonlarning bolalari qo'shin boshliqlari tayyorlaydigan harbiy maktablarda ta'lim olishgan.

NATIJA

Qadimgi Misrliklar tarixi tarixiy va geografik bilimlarga qiziqib qaragan. Misr tarixiga oid dastlabki tarixiy ma'lumotlar, shifer lavhalarga, fil suyagi bo'laklariga, qora yog'och taxtachalarga, Polemos toshi, ibodatxona devorlariga bitilgan yozuv lavhalar saqlanib qolgan. Bu jihatdan "Tutmos III yilnomasi" qimmatlidir. Qadimgi Misr haqida papiruslarga yozilgan har turli ma'lumotlar ham muhimdir. Qadimgi Yunon tarixchisi

Gerodot o'zining "Tarix" kitobida Qadimgi Misr haqida juda ko'p ma'lumot beradi. U o'z kitobida " Misr-Nil tuhfasidir" deb yozgan edi.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsa, Afrika qit'asining boshqa hududlarida ibtidoiy jamoa tuzumi hamon davom etayotganiga qaramay, Misr davlati alohida podsholik bo'lib shakllana oldi. Bu yerda ilm-fan va tabobatning rivojlanishiga katta e'tibor qaratilgan va hozir ham bu bilimlardan Jahon ommasi foydalanib kelmoqda.

REFERENCES

1. Rajabov.R. "Qadimgi dunyo tarixi" .Toshkent-2009.

2. V.I.Abdiyev. "Qadimgi Sharq tarixi". Toshkent-1964.

3. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

4. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

5. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

6. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

7. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

8. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

9. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

10. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

11. AMHpKynoBHH, X. C. (2021). Y3EEKHCTOH TAPHXH OAHHHH Y^HTHm^A TACBHPHH CAHLAT ACAP^APH^AH OOH^A^AHHmHHHr Y3HTA XOCTHrH. Scientific progress, 1(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.