Научная статья на тему 'TАRIХ DАRSLАRIDА TА’LIM VОSITАLАRIDАN FОYDАLАNISH'

TАRIХ DАRSLАRIDА TА’LIM VОSITАLАRIDАN FОYDАLАNISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
219
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
tа’lim / tаrbiya / tа’lim sаmаrаdоrligi / tа’lim vоsitаlаri / ахbоrоt tехnоlоgiyalаri. / образование / воспитание / эффективность обучения / средства обучения / информационные технологии.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ilхоmjоn Хоlbеkоv

Dаrsdа sаmаrаdоrlikni оshirish uchun аvvаlоm bоr, o‘qituvchining mаhоrаti vа ijоdkоrlgi bo‘lib, bundа o‘qituvchi tоmоnidаn dаrsning mаqsаdigа qаrаb turli vоsitаlаrdаn fоydаlаnishi mаqsаdgа muvоfiq. Tа’lim vоsitаlаri o‘quv mаtеriаlini ko‘rgаzmаli tаqdim etish vа shu bilаn birgа o‘qitish sаmаrаdоrligini оshiruvchi yordаmchi mаtеriаllаr hisоblаnаdi. Chunki tа’lim vоsitаlаri o‘quv mаtеriаlini ko‘rgаzmаli tаqdim etish vа shu bilаn birgа o‘qitish sаmаrаdоrligini оshiruvchi yordаmchi mаtеriаllаrdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ НА УРОКАХ ИСТОРИИ

для повышения эффективности на уроке в первую очередь необходимо умение и креативность учителя, при этом целесообразно использование учителем различных средств в зависимости от цели урока. Образовательные средства-наглядное представление учебного материала и в то же время являются вспомогательными материалами, повышающими эффективность обучения. Потому что средства обучения это вспомогательные материалы, которые наглядно представляют учебный материал и в то же время повышают эффективность обучения.

Текст научной работы на тему «TАRIХ DАRSLАRIDА TА’LIM VОSITАLАRIDАN FОYDАLАNISH»

TARIX DARSLARIDA TA'LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH Ilxomjon Xolbekov, o'qituvchi, Farg'ona IChSh kasb-hunar maktabi https://doi.org/10.5281/zenodo. 7516734

Annotatsiya: Darsda samaradorlikni oshirish uchun avvalom bor, o'qituvchining mahorati va ijodkorlgi bo'lib, bunda o'qituvchi tomonidan darsning maqsadiga qarab turli vositalardan foydalanishi maqsadga muvofiq. Ta'lim vositalari - o'quv materialini ko'rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o'qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. Chunki ta'lim vositalari - o'quv materialini ko'rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o'qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallardir.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, ta'lim samaradorligi, ta'lim vositalari, axborot texnologiyalari.

ИСПOЛЬЗOВAНИЕ OБРAЗOВAТЕЛЬНЫX ИНСТРУМЕНТОВ HA yPOKAX

ИСТОРИИ

Aннoтaция: для noBbraeH^ эффeктивнoсти Ha ypoKe в жрвую oчeрeдь нeoбxoдимo yмeниe и KpearaBHocrb yчитeля, при этoм цeлeсooбрaзнo испoльзoвaниe yчитeлeм рaзличныx срeдств в зaвисимoсти ot цeли ypoKa. Обрaзoвaтeльныe срeдствa-нaгляднoe прeдстaвлeниe y4e6Horo мaтeриaлa и в to же врeмя являются вспoмoгaтeльными мaтeриaлaми, пoвышaющими эффeктивнoсть o6y4eHra. noToMy 4to срeдствa oбyчeния - это вспoмoгaтeльныe мaтeриaлы, кoтoрыe нaгляднo прeдстaвляют yчeбный мaтeриaл и в to жe врeмя пoвышaют эффeктивнoсть oбyчeния.

Ключевые слова: oбрaзoвaниe, вoспитaниe, эффeктивнoсть oбyчeния, срeдствa oбyчeния, инфoрмaциoнныe тexнoлoгии.

USING EDUCATIONAL TOOLS IN HISTORY LESSONS

Abstract: to increase the effectiveness of the lesson, first of all, the teacher's skill and creativity are necessary, while it is advisable for the teacher to use various means depending on the purpose of the lesson. Educational tools are a visual representation of educational material and at the same time are auxiliary materials that increase the effectiveness of training. Because learning tools are auxiliary materials that visually represent the learning material and at the same time increase the effectiveness of learning.

Keywords: education, upbringing, learning effectiveness, learning tools, information technologies.

KIRISH

Har qanday mutaxassisda bo'lgani kabi tarixchi pedagoglarning metodik bilimlarga ega bo'lishlari uchun va kasbiy faoliyatni tashkil etishda ulardan foydalanishga kompetentsiyaviy yondashuvni shakllantirishi talab etiladi. Tarix o'qitish metodikasidan egallangan bilimlarni o'quv jarayonida muvaffaqiyatli foydalanish, bunda esa tarixchi pedagogning o'zini o'zi ijodiy faoliyatga yo'naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda metodik faoliyatni tashkil etish, metodik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYA

XXI asrda ta'lim vositalari bo'yicha katta o'zgarishlar yuz berdi. Hozirgi zamon axborot va kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlari, global internet tarmog'ining paydo bo'lishi va insoniyatning ko'p qirrali faoliyatiga kirib borishi munosabati bilan yanada keskin ortib ketdi.

Global internet tarmog'ining keskin rivojlanishi imkoniyatlaridan foydalanish ochiq ta'lim tizimini vujudga keltirmoqda.

"Ta'limning an'anaviy modelidagi "o'qitish vositalari" tushunchasidan insoniyat pedagogik amaliyot faoliyatida "ta'limiy muhit" tushunchasiga, keyinroq esa "ta'limiy baza" va nihoyat axborot - kommunikatsiya jarayonlarining rivojlanish davrida joriy qilinadigan "yagona axborot ta'limi bazasi" tushunchasiga o'tilmoqda. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining dunyo miqyosida rivojlanishi, inson turmushining turli jihatlarida, jumladan iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamda ta'lim jabhalarida birbirlariga bog'liqliklarining keskin namoyon bo'lishiga olib keldi[1,45]".

Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida o'qitishning zamonaviy metodlari keng qo'llanilmoqda. O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta'lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta'lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasining ko'tarilishiga olib keladi. "Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirilib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi[2, 26]".

Hozirgi zamon o'qituvchisi, o'z fani bo'yicha mutaxassisligidan tashqari fanni o'qitayotganda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining barcha afzalliklaridan bemalol foydalana oladigan, o'quvchi va talabalarda bu texnologiyalarni amalda ishonch bilan fan za texnikaning mavjud yangiliklari ularni o'quv dasturlari va darsliklari mazmuniga jadal kiritishni talab etadi va bu orqali talabalarning zamonaviy bilimlarini shakllantirishga zamin yaratadi. Zamonaviy o'qitish texnologiyalarining joriy etilishi va turli metodik yondashuvlar esa, o'z navbatida, talabalarda ko'plab fundamental ma'lumotlarni nisbatan engil va mustahkam shakllanishiga qulay sharoit yaratadi.

XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya'ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Axborot - (lot. "informatio" - tushuntirish, bayon qilish) - shartli belgilar yordamida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jarayonlar haqida, ularni tasvirlash shaklidan qat'iy nazar uzatiladigan va saqlanadigan ma'lumotlar.

Ta'limda axborot texnologiyasi - oldinga qo'yilgan ta'limiy maqsadlarga erishishga imkon beradigan, nazariy asoslangan ta'lim jarayonini amalga oshirishning shakllari, uslublari, usullari va vositalarining yigindisidir. Bunda u tegishli ilmiy modellashtirishga (loyihalashtirishga) tayanadi, bu jarayonda ushbu maqsadlar bir xil ma'noda beriladi hamda o'quvchining shaxsiy xususiyatlari va sifatlarini uni rivojlantirishning muayyan bosqichida ob'yektiv ravishda bosqichma-bosqich o'lchash va baholash imkoniyati saqlanadi.

"Kundalik turmushda turli ko'rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga tug'ri keladi. Har bir turdagi

axborot bilai ishlash (yig'ish, saqlash va h.k.) uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo'lgan axborot qurilmalari kerak bo'ladi[3, 67]".

Axborot texnologiyasidan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish o'z ichiga qator vazifalarni oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat ob'ektlari haqida gap yuritamiz.

Bunday ob'yektlarga sonlar (o'lchash va modellashtirish natijalari), matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, rasmlar, chizmalar va annimatsiyalar, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa) va boshqalar kiradi. Foydalanuvchining mustaqil va ongli ravishda olib boradigan faoliyatiga axborot ob'ektlarini yaratish, kerakli axborot ob'yektlarini izlash, axborotlarni yig'ish, tahlil qilish va ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko'rinishda tasvirlash, axborot ob'ektlarini (matn, suhbat, rasm, o'yin va boshqa ko'rinishda) uzatish, modellashtirish, loyihalash, ob'ektlarni rejalashtirish va boshqalar kiradi.

Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o'zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta'minoti;

- uskunaviy dasturiy ta'minot;

- virtual matn konstruktorlari, mulbtiplikatsiyalar,

musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar va x.k.;

- axborotlar majmui — ma'lumotnomalar, entsiklopediyalar, virtual muzeylar va x.k.;

- texnik ko'nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma'lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o'zlashtirish va h. k.).

Multimedia vositalari asosida o'qitish jarayonida aniq fanlarni kompyuter asosida to'liq o'qitish, ma'ruza matnlarini tahrir qilish, talabalar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida ma'ruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash, o'quvchitalabalar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida animatsiya elemenglarini dars jarayonida ko'rshli, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo'ladi.

Ta'limni axborotlashtirish - keng ma'noda ta'lim sohasini metodologiya, o'qitish maqsadlarining psixologik-pedagogik tadbig'iga yo'naltirilgan yangi axborot texnologiyalari vositalarini samarali foydalanish va yaratish (qayta ishlash) amaliyoti bilan ta'minlash sifatida qaraladi. Bundan tashqari, axborotlashtirish masofali o'qitish tizimining taraqqiyoti uchun baza bo'lib xizmat qiladi.

Axborotlashtirish jarayonida ta'lim tizimida yangi axborot texnologiyalari vositalaridan keng ko'lamda foydalanish amalga oshiriladi. Ta'limni axborotlashtirish, birinchi navbatda quyidagilarni nazarda tutadi:

- kompyuter texnikasi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarning zamonaviy vositalarini tizimli o'rganish, tashkil etish va foydalanishni;

- talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, o'quv va metodik ta'minlashni;

- o'qituvchilar tomonidan zaruriy o'quv-metodik ta'minotni yaratish bo'yicha ishlarni;

- axborot texnologiyalarini samarali qo'llanilishidan vujudga kelayotgan yangi imkoniyatlarni hisobga olgan holda o'quv jarayonini takomillashtirishni taqozo etadi.

XULOSA

Adabiyotlar:

1. Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2003.

2. Sagdiev А. va boshqalar. Tarix o'qitish metodikasi. Toshkent, 2008.

3. Toshpo'latov T., G'afforov Ya. Tarix o'qitish metodikasi. (bakalavriat yo'nalishidagi talabalar uchun o'quv qo'llanma). Toshkent, 2002. 15. Bakhrom, B. (2022). Information technologies in physical culture and sports. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(10), 288-292.

4. Karimov, U., Karimova, G., & Makhamadaliev, L. (2022). The role and significance of spiritual values in youth education. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(2), 181-185.

5. Ummatqulov, T. (2022). INSON SOG'LOM BO'LISHIDA VALEOLOGIYA FANINING AHAMIYATI. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 2(12), 80-88.

6. MaTMycaeBa, М. А. (2017). Оилaдa бoлaлaрни Mex,HaTra ургаташ. Молодой ученый, (4-2), 23-24.

7. MaTMycaeBa, M. А. (2019). ИНТЕГРАЦИЯ В РАЗВИТИИ ЧУВСТВА РОДИНЫ В ВОСПИТАНИИ ДОШКОЛЬНИКОВ НА ВОСПИТАТЕЛЬНЫХ И ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ЗАНЯТИЯХ. Актуальные научные исследования в современном мире, (3-4), 103-106.

8. MaTMycaeBa, М. А. (2016). ТАЛАБАЛАР ПОРТФОЛИОЛАРИНИ ТАЙЁРЛАШ ШАРОИТЛАРИ. In Сборники конференций НИЦ Социосфера (No. 9, pp. 129-131). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.

9. MaTMycaeBa, M. А. (2016). ТАЛАБАЛАРНИНГ У^УВ ФАОЛИЯТЛАРИНИ НАЗОРАТ ^ИЛИШНИНГ ИННОВАЦИОН ХАРАКТЕРИ. In Сборники конференций НИЦ Социосфера (No. 9, pp. 127-128). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.

10. Maxamadalievna, Y. D., & Matmusaeva, M. (2021). On Lingvofolcloristic Units. International Journal of Culture and Modernity, 11, 169-171.

11. MaTMycaeBa, M. (2022). MАКTАБГАЧА ТАЪЛИЫ MУАССАСАСИ-MАКTАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАР ИЖТИЫОИЙ ТАРБИЯ MАСКАНИ. IJODKOR O'QITUVCHI, 2(20), 130-132.

12. Matmusayeva, M. A., & Rustamova, N. A. (2021). DEVELOPING LOGICAL THINKING IN PRESCHOOL CHILDREN. Theoretical & Applied Science, (6), 658-660.

13. Khusanov, S. (2021). Qozikhona and religious rule in khiva khanate in the beginning of xix-xx centuries. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(12), 758-763.

14. Khusanov, S. (2022). Historiography of the problem of record keeping and archival affairs of the Khiva khanate in the XIX-early XX centuries. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(6), 93-98.

15. Khusanov, S. (2022). Khiva madrasahs. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(6), 107-111.

16. Azamovna, M. M. PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF PRESCHOOL CHILDREN.

17. Rasulova, A., & Karimov, U. (2022). Socio-Pedagogical aspects of the formation of reading culture and skills. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(4), 114-118.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.