Научная статья на тему 'TARBIYA” FANINI O ‘QITISH METODIKASI. TARBIYA NAZARIYASINING UMUMIY XUSUSIYATLARI'

TARBIYA” FANINI O ‘QITISH METODIKASI. TARBIYA NAZARIYASINING UMUMIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya / nazariya / fan / asos / me ‘yor / hujjat / o ‘qitish / zaruriyat / qaror / bilim / ko ‘nikma / o ‘quv / kompetensiya / amaliyot. / education / theory / science / basis / norm / document / teaching / necessity / decision / knowledge / skill / training / competence / practice.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nafasov D.Sh., Sultanova N.R

Ushbu maqolada siz “Tarbiya” fanini o ‘qitish metodikasi fanining sammarali o ‘qitish uslullari va haqida so ‘z boradi. Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a ‘zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg ‘unlik va inqirozga uchraydi. Negaki, o ‘sishi va rivojlanishi uchvun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy boyliklar qatorida tarbiya ham rivojlanib boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF TEACHING THE SCIENCE OF EDUCATION. GENERAL CHARACTERISTICS OF EDUCATIONAL THEORY

In this article, you will find out about effective teaching methods and methods of teaching the subject «Education». Education is crucial in the life of any society and any country. A country that is not sufficiently engaged in the education of the young generation, in general, members of the society, faces stagnation and crisis. After all, in order to grow and develop in any society, along with material and spiritual wealth, education also develops.

Текст научной работы на тему «TARBIYA” FANINI O ‘QITISH METODIKASI. TARBIYA NAZARIYASINING UMUMIY XUSUSIYATLARI»

Nafasov D.Sh., PhD Pedagogika kafedrasi mudiri pedagogika fanlari bo 'yicha falsafa doktori

dotsent Sultanova N.R.

Urganch davlatpedagogika instituti 1-bosqich magistranti

TARBIYA" FANINI O 'QITISH METODIKASI. TARBIYA NAZARIYASINING UMUMIY XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada siz "Tarbiya" fanini o 'qitish metodikasi fanining sammarali o 'qitish uslullari va haqida so 'z boradi. Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a 'zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug'ullanmagan mamlakat turg 'unlik va inqirozga uchraydi. Negaki, o 'sishi va rivojlanishi uchvun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma'naviy boyliklar qatorida tarbiya ham rivojlanib boradi.

Kalit so 'z: tarbiya, nazariya, fan, asos, me 'yor, hujjat, o 'qitish, zaruriyat, qaror, bilim, ko 'nikma, o 'quv, kompetensiya, amaliyot.

Nafasov D.Sh., PhD the head of the pedagogical department

associate professor Sultanova N.R.

1st stage graduate student Urganch State Pedagogical Institute

METHODOLOGY OF TEACHING THE SCIENCE OF EDUCATION.

GENERAL CHARACTERISTICS OF EDUCATIONAL THEORY

Annotation. In this article, you will find out about effective teaching methods and methods of teaching the subject «Education». Education is crucial in the life of any society and any country. A country that is not sufficiently engaged in the education of the young generation, in general, members of the society, faces stagnation and crisis. After all, in order to grow and develop in any society, along with material and spiritual wealth, education also develops.

Key word: education, theory, science, basis, norm, document, teaching, necessity, decision, knowledge, skill, training, competence, practice.

Kirish."Pedagogika" fanining asoslaridan biri tarbiya masalasidir. Tarbiya-shaxsda muayyan jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy va ma'naviy sifatlarni

shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.42 Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida qo'llaniladigan chora-tadbirlar majmuasi tarbiyani tashkil qiladi. Tarbiya insonning insonligini ta 'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga o'tadi. Pedagogik adabiyotlarda "tarbiya" atamasi keng va tor ma 'nolarda qo 'llaniladi.43 Keng ma'noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma 'rifiy hayotida faol ishtirok etishini ta'minlashga qaratilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar va intilishlar yig 'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari va san'atning barcha turlarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma'nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta 'lim va ma 'lumot ham kiradi.

Tor ma'noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma 'naviy -axloqiy qiyofasi va estetik didi o 'stirilishiga yo 'naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Bunda oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tarbiya ishini amalga oshiradi. Ta'lim va ma 'lumot olish tor ma'nodagi tarbiya tushunchasi ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta'lim bilan chambarchas bog'liq holdagina mavjud bo 'ladi. Chunki, ta'lim va ma 'lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko'payibgina qolmay, balki, axloqiy-ma 'naviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.

Tadqiqot metodlari. Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a 'zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug 'ullanmagan mamlakat turg 'unlik va inqirozga uchraydi. Negaki, o 'sishi va rivojlanishi uchvun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma 'naviy boyliklar qatorida tarbiya ham rivojlanib boradi.

Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi

- tarbiyaning nazariy asoslari;

- tarbiya didaktikasi;

- tarbiya amaliyoti.

Mazkur masalalar tarbiya nazariyasining negizi sifatida O 'zbekistonda ta 'sis etilgan yangi "Tarbiya" fani asoslarini tashkil etadi. Shu sababli jamiyatda tarbiyaning o 'rni, ahamiyati va amaliyoti odamlar tomonidan yetarli darajada idrok etilmoqda. Mazkur masala bo 'yicha bo 'lajak boshlang 'ich sinf o 'qituvchilari nazariy bilim, kasbiy ko 'nikma va amaliy kompetensiyalar bilan qurollanishi kerak.

Bo 'lajak boshlang 'ich sinf o 'qituvchilarini kasbiy tayyorlashda yangi fan "Tarbiya" asoslari bo 'yicha maqsadli bilim berish, tarbiyaning yangi metodlari

42 Узбекистан миллий энциклопедияси. 8-Том. -Т., 2004. 270 -бет

43 Бордовская Н., Реян А. Педагогика. -Санкт-Петербург, 2001. -С.32

va texnologiyalari bilan qurollantirish dolzaгb bo 'lib turibdi. Shu sababli mazkur yangi tipdagi elektron-modulli darslikning materiallariga diqqat qilish tavsiya etiladi.

Tadqiqot natijalari. O 'zbekiston Respublikasi Pгezidentining tashabbusi bilan 2020-yilda o 'zbek "Pedagogika»fani taгixida ilk boг "Tarbiya" yangi fan ishlab chiqildi. Bu borada O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 422-sonli "Umumiy o 'rta ta 'lim muassasalaгida "Tarbiya" fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish choгa-tadbiгlaгi to 'g 'гisida"gi Qarori qabul qilindi va mazkur Qaror bilan "Umumiy o 'гta ta 'lim muassasalari o 'quvchilaгi uchun "Taгbiya" fani Kontsepsiyasi»tasdiqlandi. Qarorga binoan "Taгbiya" fani amaldagi quyidagi fanlami qo 'shish hisobiga tashkil etildi:

1) boshlang 'ich sinflaгda o 'qitiladigan "Odobnoma»va "Vatan tuyg 'usi»o 'quv fanlari;

2) yuqoгi sinflarda o 'qitiladigan "Milliy istiqlol g 'oyasi va ma 'naviyat asoslar»hamda "Dunyo dinlaгi taгixi" o 'quv fanlari.

Buning natijasida yangi fan shakllantirildi. Ushbu "Taгbiya" fanining metodologik asoslarini quyidagilar tashkil etadi:

- ta 'lim-taTbiyaga oid me 'yoriy hujjatlaг;

- tarbiya asoslari va manbalari;

- tarbiya qonuniyatlari, metodlari va texnologiyalari;

- tarbiyaning amaliy masalalari.

Aynan mazkur asoslar o 'quv fanining negizini tashkil etadi. Bo 'lajak boshlang 'ich sinf o 'qituvchilari bu asoslami talab darajasida o 'zlashtirishi keгak. Aks holda, ulaming mazkur fan metodikasi bo 'yicha kasbiy tayyoгgaгligi talab darajasida bo 'lmaydi. Shuningdek, qaror bilan 2021-2022 o 'quv yilidan boshlab "Tarbiya" fani bo 'yicha pedagog kadrlar tayyorlash yo 'lga qo 'yildi.

"Umumiy o 'rta ta 'lim muassasalari o 'quvchilari uchun "Tarbiya" fani Kontsepsiyasi"ga ko 'ra, mazkur fanning umumiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi:

- huquqiy asoslar;

- tashkiliy asoslar;

- ilmiy-metodik asoslar.

Bunda huquqiy asoslar ta 'lim-tarbiyaga oid me 'yoriy-huquqiy hujjatlardan iborat, tashkiliy asoslar fanni umumta 'lim maktablarida, jumladan, boshlang 'ich ta 'limda talab darajasida o 'qitishni va ilmiy-metodik asoslar esa fanning metodologiyasini anglatadi.

Qarorga ko 'ra, "Tarbiya" fanining asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil

etadi:

a) milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi;

b) ongli vatanparvarlik ruhini rivojlantirish;

v) fanga oid zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarga asoslanish;

g) ochiqlik va shaffoflik;

d) tarbiya sohasiga oid tashabbuslarni qo 'llab-quvvatlash va rag 'batlantirish;

e) tarbiya sohasiga doir siyosatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va xususiy sektor faoliyatining muvofiqligi hamda mutanosibligi.

Tadqiqot munozaralari. Bo 'lajak boshlang 'ich sinf o 'qituvchilarining fanga oid bu tamoyillarini chuqur o 'zlashtirishi taqozo etiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta 'lim jarayonida, tarbiyaviy tadbirlarda va mustaqil ta 'lim izlanishlarida ana shu tamoyillarni o 'zlashtirish, faoliyatda qo 'llash ko 'nikmasiga ega bo 'lish hamda kasbiy faoliyatda ularga amal qilish kompetentsiyasini egallash dolzarb masalalardan biridir. Buning uchun har bir talabaning individual shug 'ullanishi, Ustozlar bilan hamkorlikda faol ishlashi va tarbiya tamoyillarining hayotdagi ifodasini o 'rganib borishi taqozo etiladi. Bunda oliy ta 'lim muassasalarining imkoniyatlari, ta 'lim jarayonining sharoitlari va faoliyatning amaliy samaradorligidan oqilona foydalanish kerak. Har bir talabaning mazkur fan tamoyillarini, asoslarini va istiqbolli maqsad-muddaolarini o 'zlashtirishi kasbiy tayyorgarlikning negizlaridan biri hisoblanadi. O 'zbekiston ta 'lim tizimida, jumladan, oliy ta 'lim jarayonida "Tarbiya" fani asoslarini zamonaviy talablar asosida o 'qitish va o 'rganish zaruriyat hisoblanadi. Shu jihatdan bo 'lajak tarbiya fani o 'qituvchilarining mazkur fanni o 'zlashtirish va uni o 'qitishning metodikasini o 'rganish zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi:

- fanning asoslarini chuqur bilish;

- fanni o 'qitishning ilg 'or va zamonaviy pedagogik, innovatsion hamda axborot texnologiyalarini egallash;

- tarbiya masalasiga doir ilmiy-tadqiqotlarni o 'rganib borish;

- inson va jamiyat hayotida tarbiyaning tutgan o 'rnini to 'liq idrok etish;

- fan vositasida tarbiya fani o 'qituvchilarining tarbiyalash metodlari va texnologiyalarini bilish;

- fanni o 'qitish bo 'yicha individual pedagogik tajribaga ega bo 'lish. Mazkur fanni o 'rganish zaruriyati ilmiy, metodologik va amaliy jihatdan

bo 'lajak boshlang 'ich sinf o 'qituvchilari uchun kasbiy talablardan hisoblanadi. Chunki bu fan gumanitar fanlar ichida tarbiya jarayonini tashkil etish, uni amalga oshirish va samaradorligini o 'rganib borish ishlarini muvofiqlashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O 'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma 'naviy-ma 'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo 'yicha qo 'shimcha chora-tadbirlar to 'g 'risidagi qarori

2. Tarbiya fani bo 'yicha umumiy o 'rta ta 'lim muassalari o 'quvchilariga qo 'yiladigan malaka talablari. O 'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi vazirining 2020-yil 14-oktabrdagi 235-son buyrug 'iga ilova.

3. Лбу Hacp Форобий Фозил одамлар шахри - Тошкент.: Янги Лор Лвлоди. 2016.

4. https://lex.uz/docs/-4885018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.