Научная статья на тему 'TANQIDIY FIKRLASH KO’NIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA “KLASTER” METODINING AFZALLIKLARI (“SURXONDARYO O`LKASI GEOGRAFIK O`RNI. YER YUZASI GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI” MAVZUSI MISOLIDA)'

TANQIDIY FIKRLASH KO’NIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA “KLASTER” METODINING AFZALLIKLARI (“SURXONDARYO O`LKASI GEOGRAFIK O`RNI. YER YUZASI GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI” MAVZUSI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
101
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
klaster / metod / texnologiya / fikrlash / talabalar / geografiya / o’quvchilar / talaba / gurux / muammo / bilim / mashg’ulot.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Atabayeva Mavjuda Rustamovna

Ushbu maqolada “Klaster” metodi tushunchasi va dars jarayonida foydalanishning mohiyati, texnologiyasi va ularning amaliyotidagi metodikasi “Geografiya” fanini o’qitish jarayonidagi samaradorlik jihatlari ilmiy-pedagogik jihatdan ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TANQIDIY FIKRLASH KO’NIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA “KLASTER” METODINING AFZALLIKLARI (“SURXONDARYO O`LKASI GEOGRAFIK O`RNI. YER YUZASI GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI” MAVZUSI MISOLIDA)»

TANQIDIY FIKRLASH KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA "KLASTER" METODINING AFZALLIKLARI ("SURXONDARYO OLKASI GEOGRAFIK ORNI.

YER YUZASI GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI" MAVZUSI

MISOLIDA) Atabayeva Mavjuda Rustamovna UrDU akademik litseyi geografiya fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.8050889

Annotatsiya. Ushbu maqolada "Klaster" metodi tushunchasi va dars jarayonida foydalanishning mohiyati, texnologiyasi va ularning amaliyotidagi metodikasi "Geografiya" fanini o'qitish jarayonidagi samaradorlik jihatlari ilmiy-pedagogik jihatdan ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: klaster, metod, texnologiya, fikrlash, talabalar, geografiya, o'quvchilar, talaba, gurux, muammo, bilim, mashg'ulot.

KIRISH

Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik tehnologiyalarni qo'llash borasida imkoniyat yaratilmoqda. Ta'lim muassasalarida keng qo'llanayotgan Klaster ta'lim-tarbiya jarayonini bir butun holatda amalga oshirishda muammolarni yechishda dars jarayonini oqilona tashkil qilishda, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirishda, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llashda amaliy mashqlarni mustaqil bajarishda biror faoliyat yoki muammo o'zaro muloqot, o'zaro bahs-munozarada fikrlashda hamjihatlik bilan masalalarning yechimida o'z samarasini ko'rsatadi. Bu usulning afzalligi shundaki, talabani mustaqil fikrlashga o'rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. O'qitishning klaster usullarini tanlashda ta'lim maqsadi, ta'lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o'quv muassasasining o'quv-moddiy sharoiti, ta'limning davomiyligi, o'qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e'tiborga olinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Klaster metodi deganda - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida bo'lgan ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi o'qitish jarayoni davomida faol ishtirok etadi. Ushbu jarayonda ta'lim oluvchilar o'qib-o'rganishni yuqori darajada bo'lishini, egallagan bilimlarni maqsad va ehtiyojlariga muvofiqlashtirishda tashabbuskorligi va mas'uliyat, qo'llab-quvvatlash amalda bajarish orqali fikr-mulohazalar qilish qobiliyatini rivojlantiradi.

O'qitish jarayonida klaster metodlardan foydalanish o'ziga hos hususiyatga ega. Ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan klaster metodi talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to'g'ri yechimini topishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Klaster metodi orqali talabalarning bilim, ko'nikma, malakalari, ijodkorligini va faolligi nazariy va amaliy mu'ammolarga bo'lgan qarashlari rivojlanadi.

«Klaster» metodini o'tkazish tehnologiyasini amalga oshirishda - Talaba nimani o'ylagan bo'lsa, shuni qog'ozga yozadi. U o'z fikrlarining sifati to'g'risida o'ylab o'tirmay, ularni shunchaki yozib boradi. Yozuvining orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e'tibor bermaydi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to'xtamaydi. Agar talaba ma'lum muddat biror-bir g'oyani o'ylay olmasa, u holda qog'ozga biror narsaning rasmini chiza boshlaydi. Bu harakatni

yangi g'oya tug'ilgunicha davom ettiradi. Ma'lum bir tushuncha doirasida imkon qadar ko'proq yangi g'oyalarni ilgari surish hamda ular o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikni ko'rsatishga harakat qiladi. G'oyalar yig'indisining sifati va ular o'rtasidagi aloqalarni ko'rsatish cheklanmaydi.

«Klaster» metodi puhta o'ylangan strategiya bo'lib, undan ta'lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida amalga oshiriladi.

Klaster inglizcha so'z bo'lib (kluster) - bir butun holatda ma'lum mavzu bo'yicha erkin va ochiq fikrlashning notekis shaklidni namoyon etadi.

Klaster metodini amalga oshirishda yangi mavzuning asosiy tushunchasi aylanma shaklidagi chizma ichida yoziladi. Masalan yangi mavzu pedagogik qobiliyatlar bo'lsa talabalar u haqida ko'z oldiga kelgan fikrlarni yozish taklif etiladi. Bunda talabalar tomonidan yozilgan fikrlar umumlashtirib aytib beriladi. Bu fikrlarni doskada bo'r yoki plakatda flomasterlar bilan yozish mumkin. Yangi mavzu o'rganishda darsni mustahkamlash bosqichida talabalarga quyidagi topshiriq beriladi. Qizil rangli ruchkalarini (yashil, qora bo'lsa ham bo'ladi) olib yangi o'rganilgan tushunchalar bilan boyitiladi.Talabalar yozilganlarni (o'qib) aytib beradilar. Doskada (boshqa rangli bo'r bilan) yoki plakatda boshqa rangli flomasterlar bilan aytilgan fikrlari yozib boriladi.

Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli sifatida ta'lim oluvchilarga muammo (mavzu) lar hususida ihtiyoriy, erkin, ochiq o'ylash va fikrlarni bemalol bayon etish imkoniyatini yaratadi.

Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalarni fikrlash, aniqlashda amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlar ta'lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puhta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga hizmat qiladi. Dars mashg'ulotlarida ushbu metod talabalar tomonidan bildirilayotgan g'oyalarning majmui tarzida nomoyon bo'ladi. Chunki, ushbu jarayonda har bir talaba tomonidan ilgari surilayotgan g'oyalarni uyg'unlashtirish hamda ular o'rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi. O'qituvchi ularning fikrlarini umumlashtiradi qo'shimcha adabiyotlardan foydalangan holda klasterga yana qo'shimcha kiritishi uning mahoratiga bog'liq.

"Klaster" metodi -- erkin fikrlashning asosiy omili hisoblanadi."Klaster" metodi talabalarga biror-bir mavzu to'g'risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu metod ko'p variantli fikrlashni o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea) lar o'rtasida aloqa o'rnatish malakalarini rivojlantiradi.

MUHOKAMA

Klaster so'zi bog'lam ma'nosini anglatadi. Klasterlarga ajratish da'vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni rag'batlantirish uchun qo'llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg'otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo'lib, muayyan mavzu bo'yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo'yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o'rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir. Klaster metodi aniq ob'ektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning talaba tomonidan chuqur hamda puhta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga hizmat qiladi.O'qitish jarayonida amalga oshiriladigan bu metod puhta o'ylangan strategiya bo'lib, undan talaba bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.

NATIJALAR

Dars mashg'ulotlarda ushbu metod guruh a'zolari tomonidan bildirilayotgan g'oyalarning majmui tarzida namoyon bo'ladi. Bu esa guruhning har bir a'zosi tomonidan ilgari surilayotgan g'oyalarni uyg'unlashtirish hamda ular o'rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko'proq yangi g'oyalarni ilgari surish hamda mazkur g'oyalar o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikni ko'rsatishga harakat qiling. G'oyalar yig'indisining sifati va ular o'rtasidagi aloqalarni ko'rsatishni cheklamang. Mazkur metodni mashg'ulotlarga quyidagicha qo'llash mumkin:

Mavzu: "Surxondaryo o'lkasi geografik o>ni. Yer yuzasi geologik tuzilishi va foydali qazilmalari".

Darsning maqsadi: Talabalarda yangi mavzuga aloqador o'tilgan mavzuni mustahkamlash, ko'nikma hamda malakalarini shakllantirish.

Darsni tashkil etish: Yangi mavzuni o'zlashtirishning samaradorligiga erishish uchun o'tilgan mavzular yuzasidan qisqacha takrorlash mashqlari o'tkaziladi. Uni quyidagicha tashkil etish mumkin:

-Qashqadaryo tabiiy o'lkasi haqida nimalarni bilasiz?

-O'lkani o'rab turgan tog'larni nomini sanang?

-O'lkani geologik tuzilishi va zilzilalarini yilini aytib bering?

-O'lkani siyosiy va tabiiy chegarasiga misol keltiring?

O'tilgan mavzuni takrorlash bilan o'quvchilar ongida yangi mavzuni o'zlashtirishga zamin hozirlanadi. Bu esa yangi mavzuni o'zlashtirishning samaradorligini ta'minlaydi. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashgulotlarda ushbu metod guruh a'zolari tomonidan bildirilayotgan g'oyalarning majmui tarzida namoyon bo'ladi. Har bir guruh a'zosi biror-bir g'oyani ilgari suradi, shundan so'ng barcha g'oyalar uyg'unlashtiriladi. Buning uchun pedagog sinfni 3 yoki 4 guruhga bo'ladi. Darsning borishi: Takrorlash uchun avvaldan tuzib quyilgan savollar beriladi. O'quvchilar shu orqali o'tilgan mavzuni takrorlab olishadi. Pedagog yuqorida keltirilgan metoddan foydalanib, aytilgan fikrlarini o'rtaga tashlaydi. Mazkur bosqichlar bajarib bo'lingach, guruhdagilar o'z fikrlarini uyg'unlashtiradilar, ular o'rtasidagi aloqalarni topib bitta andozaga solishini guruh a'zolarining hukmiga havola etadi. Buning uchun har bir guruhdan vakil saylanadi.

Guruh tomonidan jamlangan g'oyalar turkumi o'qib eshittiriladi. Klaster metodi bo'yicha keltirilgan ushbu bosqichlar bosib o'tilgach, o'quvchilar o'z-o'zidan yangi mavzuni tushunib oladilar. Yangi mavzuda esa Surxondaryo tabiiy o'lkasiga oid manbalar klaster metodi sxemasiga solib chiqiladi va bu orqali turli qiziqarli fikr va mulohazalar tug'iladi.Natijada fikrlar to'qnashuvi va bir fikrga qarshi tanqidiy fikrlash yuzaga keladi, natijada esa o'quvchilarda kreativ fikrlash qobiliyati shakllanadi.O'quvchilar dars davomida quyidagicha turli klasterlar tuzishadi:

Geografik o'rni

Janubdan shimolga ko'tarilib

O'zbekistonning janubida ?

\

Yer yuzasi tuzilishi

Surxondaryo

/

Qazilma boyliklari

Afgoniston, Tojikiston

\

Qaysi davlatlar hududiga chegaradosh

Relyefi

Boysun,hisor,bobotog, ko'hitang,

geografik o'rni

relyefi

XULOSA

Dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish o'quvchilar bilimini oshirish avvalo o'qituvchining maxsus kasbiy salohiyatiga bogliq. Innovatsion usullardan foydalanish o'qitiladigan fanlarning soatini inobatga olgan holda o'quvchilar bilimini oshirish muammosini ham har hil yo'llar bilan hal qilish zarur. Ammo, klaster metodi mahorati shunday universal komponentlarni o'z ichiga qamrab oladiki, ushbu komponentlardan turli o'quv fanlari pedagoglari foydalana oladilar va bu yo'nalishda ular tez vaqtda yaxshi natijaga erishishlari mumkin. Salohiyat turli fan yo'nalishida aniq ishni samarali bajarish uchun zarur bo'lgan o'ziga hos hususiyatni bildiradi. Salohiyat tushunchasi o'z ichiga maxsus bilimlar, o'ziga hos ko'nikmalar, fikrlash usullarini va o'z harakatlariga javobgarlikni tushunishni qamrab oladi. Yana shu ham ma'lumki, o'qituvchilar o'tkazilayotgan mashg'ulotlardan, o'zi qilayotgan ishidan qoniqish hosil qilishi ham juda katta ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. 1.Ахмедов Б.А. (2021). ЗАДАЧИ ОБЕСПЕЧЕНИЯ НАДЕЖНОСТИ КЛАСТЕРНЫХ СИСТЕМ В НЕПРЕРЫВНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЕ. EURASIAN EDUCATION SCIENCE AND INNOVATION JOURNAL, 1(22), 15-19.

2. Akhmedov, B. A., Xalmetova, M. X., Rahmonova, G. S., Khasanova, S. Kh. (2020). Cluster method for the development of creative thinking of students of higher educational institutions. Экономика и социум, 12(79), 588-591.

3. Akhmedov, B. A., Makhkamova, M. U., Aydarov, E. B., Rizayev, O. B. (2020). Trends in the use of the pedagogical cluster to improve the quality of information technology lessons. Экономика и социум, 12(79), 802-804.

4. Akhmedov, B. A., Majidov, J. M., Narimbetova, Z. A., Kuralov, Yu. A. (2020). Active interactive and distance forms of the cluster method of learning in development of higher education. Экономика и социум, 12(79), 805-808.

5. Akhmedov, B. A., Eshnazarova, M. Yu., Rustamov, U. R., Xudoyberdiyev, R. F. (2020). Cluster method of using mobile applications in the education process. Экономика и социум, 12(79), 809-811.

6. Akhmedov, B. A., Kuchkarov, Sh. F., (2020). CLUSTER METHODS OF LEARNING ENGLISH USING INFORMATION TECHNOLOGY. SCIENTIFIC PROGRESS, 1(2), 4043.

7. Akhmedov, B. A. (2021). DEVELOPMENT OF NETWORK SHELL FOR ORGANIZATION OF PROCESSES OF SAFE COMMUNICATION OF DATA IN PEDAGOGICAL INSTITUTIONS. SCIENTIFIC PROGRESS, 1(3), 113-117.

8. Ахмедов, Б. А., Шайхисламов, Н., Мадалимов, Т., Махмудов, (2021). Smart технологияси ва ундан таълимда тизимида кластерли фойдаланиш имкониятлари. SCIENTIFIC PROGRESS, 1(3), 102-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.