Научная статья на тему 'TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SHARTSHAROITLARI'

TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SHARTSHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
10
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnologiyalar / axborot-kommunikatsiya texnologiyalari / oliy ta’lim tizimi / zamonaviy ta’lim / raqamli bilimlar / Internet tizimi / masofaviy o‘qitish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Suropov I.M.

Mazkur maqolada respublikamiz oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida o‘quv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan. Shuningdek, oliy ta’limda raqamli texnologiyalarni joriy etishga ilmiy asoslangan xulosalar tuzishda mavjud bo‘lgan amaliyotni o‘rganish, tizimlashtirish va umumlashtirish orqali ta’lim sohasida nafaqat muhim o‘rin egallashi va qanday shaklda joriy etilishi bo‘yicha takliflar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SHARTSHAROITLARI»

Suropov I.M. IIO FMB 2-son IIB bo'limi kichik serjanti

TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SHART- SHAROITLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada respublikamiz oliy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo'llash, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida o'quv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari aniqlangan. Shuningdek, oliy ta'limda raqamli texnologiyalarni joriy etishga ilmiy asoslangan xulosalar tuzishda mavjud bo 'lgan amaliyotni o 'rganish, tizimlashtirish va umumlashtirish orqali ta'lim sohasida nafaqat muhim o'rin egallashi va qanday shaklda joriy etilishi bo 'yicha takliflar keltirilgan.

Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oliy ta'lim tizimi, zamonaviy ta'lim, raqamli bilimlar, Internet tizimi, masofaviy o 'qitish.

Suropov I.M. junior sergeant of the department IIO FMB No. 2 IIB

CONDITIONS OF USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN

EDUCATION

Abstract. In this article, the priority directions for the development of the educational process based on the use of digital technologies in the higher education system of our republic and the analysis of their possibilities have been determined. Also, by studying, systematizing and summarizing the existing practice in drawing up scientifically based conclusions on the introduction of digital technologies in higher education.

Key words: digital technologies, information and communication technologies, higher education system, modern education, digital knowledge, Internet system, distance education.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol qo'llanilmoqda. iqtisodiyot, bank, xizmat sektori shuningdek ta'lim jarayonini ham tez sur'atlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatda yashayotgan barcha fuqarolar, jumladan yosh bolalardan tortib nafaqaxo'rlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi barcha muammolarni hal qilish mumkin degan fikrni shakllantirmoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi, masalan bank sektorida, robotlar va ishchilar o'rtasidagi raqobat masalasi ham ko'tarilmoqda.

Raqamlardan foydalanishga asoslangan hamda joriy etilgan texnologiyalarning so'zsiz foydasi bilan axloqiy, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, robotlar va tashkilotlar xodimlari o'rtasidagi raqobatning huquqiy jihatlari bilan bog'liq masalalar tobora ko'proq e'tiborga olinmoqda.

Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo'ladi".

Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so'z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin. Raqamli iqtisodiyot bu birgina faoliyat turi emas, balki, ishbilarmonlik, sanoat ob'ektlari, sifatli ta'lim va xizmatlar deganidir. "Raqamli" atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma'lumotlar bo'ladi. Ularning tahlilidan so'ng esa to'g'ri boshqarish bo'yicha yechim ishlab chiqiladi.

Mazkur maqolani yozishda respublikamiz oliy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo'llash, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida o'quv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash maqsadi qo'yilgan bo'lib, unda raqamli texnologiyalarning ta'lim sohasida nafaqat muhim o'rin egallashi va qanday shaklda joriy etilishi bo'yicha tahlillar amalga oshirildi. Tadqiqot usullari sifatida oliy ta'limda raqamli texnologiyalarni joriy etishga ilmiy asoslangan yondashuvni shakllantirishga tegishli xulosalar tuzishda normativ hujjatlarni, mavjud bo'lgan amaliyotni o'rganish, tizimlashtirish va umumlashtirishdan foydalanildi.

Internet manbalarida xabar berilishicha, bugungi kunda atigi o'nga yaqin davlatdagi talabalarning 95 foizida kompyuter bor. Indoneziyada esa 34 foiz yoshning internetdan foydalanishga sharoiti yetarli. Qolgan davlatlarda bu ko'rsatkich ancha past. Shu o'rinda, O'zbekiston Respublikasida ham bu ko'rsatkich yuqori darajada emas. Bunga sabab esa chekka hududlarda Internet infratuzilmasining yaxshi rivojlanmaganligidir. Bu esa ayrim mutaxassislar taxmin qilayotganidek, ta'lim sifati tushib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.

Xo'sh, shu o'rinda savol tug'iladi. Biz raqamlashtirishga tayyormizmi? Xavfxatarni oldindan ko'ra bilish, uning natija hamda oqibatlarini to'g'ri baholay olish vaziyatdan talafotsiz chiqib ketishni ta'minlaydi. Dunyoda pandemiya tarqalishi ortidan mamlakatimizda iqtisodiyot, sog'liqni saqlash, xizmat ko'rsatish sohalari singari ta'lim jarayoni uzluksizligini ta'minlash uchun ham kerakli choralar ko'rildi. Xususan, shu yilning 17 martida Prezidentimizning

"Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilinib, mazkur qarorda ta'limning barcha sohalarini raqamlashtirish bo'yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Yurtimizdagi nufuzli xususiy o'quv markazlari ham zamon talabidan kelib chiqqan holda onlayn ta'limni yo'lga qo'ydi. Bu jarayonning o'zi ham mamlakatimiz ta'lim tizimida yangi bosqich boshlanganini anglatadi. Sababi, shu kungacha hali hech bir o'quv markazi bunday tartibga o'ta olmayotgan edi.

Ta'lim tizimi bugungi kunda raqamli texnologiyalarga singib ketayotgani shunchaki hayratlanarli yemas, chunki, bugungi kunda axborot makonida taklif etilayotgan ko'plab narsalarni jiddiy tahlil qilish va pedagogik asoslash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. So'nggi yillarda ta'limni «raqamlashtirish» muammolari, uning shakllanishiga ta'siri bo'yicha biror-bir davlat loyihasi yoki so'rovnoma asosida tadqiqotlar o'tkazilmaganligi ham muhimdir [3]. Shu bilan birga, Internet tizimidagi muhitning yoshlar ongiga ta'sirining ahamiyati hukumatning, zamonaviy ommaviy axborot vositalarining ma'ruzalarida, pedagogik jamoatchilik muhokamalarida, magistrant va tadqiqotchilarning, shuningdek deputatlarning izlanishlarida ham ko'rishimiz mumkin.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, bugungi kun auditoriyalari o'n yil avvalgilaridan juda katta farq qiladi va sinf xonalari kompyuterlar, iPad, planshetlar, smart-doskalar va boshqa turdagi ta'lim texnologiyalari bilan jihozlangan. Dunyoning boshqa joylarida bo'lgani kabi O'zbekistonda ham raqamli avlodning yetti ekranli avlodi - televizor, kompyuter, planshet, tablet, fablet, smartfon va smartsoatlari paydo bo'lmoqda. Bunday zich raqamli muhitga ega bo'lish va u bilan doimiy o'zaro munosabat natijasida bugungi kun talabalarining fikrlashi va axborotlarga ishlov berish jarayonlari oldingi fikr yuritish va axborot jarayonlaridan tubdan farq qilmoqda. Raqamli avlod ota-onalarimiz o'rgangan uslubda o'qitilishi mumkin emas va bo'lmasligi ham kerak. Bu avlodni o'qitishda qora doska va oq bo'rdan foydalanish ham mumkin emas. Qora doskani oqiga va bo'rni markerga o'zgartirish hech narsani o'zgartirmaydi, ya'ni zamonaviy talabalarni bilim olishga va mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishish ko'nikmalarini rivojlantirishga undash usuli bo'la olmaydi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan innovatsion ta'lim texnologiyalari va didaktik modellarni ommaviy va samarali qo'llash orqali ta'lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish zarur.

Shu bilan birga, ta'lim jarayonida tadqiqotga asoslangan yondashuvdan faol foydalanish lozim va bu bilan ilmiy tadqiqotda talabalarning ko'nikmalarini rivojlantirish va IT- kompetensiyaga asoslangan ijodiy qobiliyatlarini va ijodiy fikrlashlarini shakllantirish mumkin. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari - ta'lim tizimidagi barcha muammolarga yechim emas, balki raqamli avlod uchun ma'ruzalar va seminarlarni ma'lumotlarga boy va interaktiv qilib amalga oshirish vositasidir. Shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, o'qituvchilar talabalarning ehtiyojlariga yo'naltirilgan interfaol o'quv jarayonida asosiy rolni saqlab qoladi.

O'qituvchining obro'si va uning faoliyatining samaradorligi faqatgina kurs mazmunidagi bilimlar darajasi va uning pedagogik qobiliyatiga emas, balki muayyan o'quv materialini to'plash, qayta ishlash va o'qitishda o'qituvchining qanchalik zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash darajasiga bog'liq bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, raqamli asrda ta'lim qayta ko'rib chiqilishi va ta'lim paradigmasi o'zgartirilishi shart, chunki talabalar ortiq an'anaviy uslubda o'qishni xohlamaydilar va o'qituvchilar ham bu kabi odatiy usulda o'qitishni davom ettirishlari kerak emas.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kayumova N. Modellashtirish axborot tizimini loyihalashning asosi sifatida //International Scientific and Practical Conference on Algorithms and Current Problems of Programming. - 2023.

2. Kayumova N. Elektron ta'lim muhitida bo'lajak informatika o'qituvchilarini

integrativ yondashuv asosida tayyorlash metodikasini takomillashtirish. Diss....

ped. fan. dok-ri - T., 2022. - 315 b.

3. Suropov I. M. Ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarning rivojlanish tarixi. Pedagogika. Ilmiy-nazariyva metodik jurnal. 2023, 6-son. 211-214 b.

4. Suropov I. M. Digital technologies in the educational system. International conferense on multidisciplinary sciens. Volume-1. Issue-5. 14.12.2023. P.46-49.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.