Научная статья на тему 'TALIMARJON SUV OMBORINI TEXNIK HOLATINI O‘RGANISH VA KUZATUVLAR NATIJALARI BILAN TANISHISH'

TALIMARJON SUV OMBORINI TEXNIK HOLATINI O‘RGANISH VA KUZATUVLAR NATIJALARI BILAN TANISHISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
41
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Talimarjon / suv ombori / pezometr / suv satxi / suv sarfi / zatvor / reper / stvor.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Idiyev H.M., Hikmatov F.O., Toyirov M.Z.

Talimarjon suv omborining foydali ish hajmini aniqlash uchun suv omborga cho‘kindi cho‘kishi jarayonini o‘rganildi tadqiqotlar bo‘yicha nazariy izlanishlar olib borildi. Suv ombori gidrotexnik inshootlarining loyihaviy ma’lumotlari bilan tanishildi va tadqiqot o‘tkaziladigan obyektlarni tanlandi. Tabiiy-dala sharoitida suv ombori foydali ish hajmini aniqlash bo‘yicha bo‘yicha gidrometrik tadqiqotlar olib borildi va tahlil etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALIMARJON SUV OMBORINI TEXNIK HOLATINI O‘RGANISH VA KUZATUVLAR NATIJALARI BILAN TANISHISH»

UDK 628. 132

Idiyev H.M. stajyor-o'qituvchi Hikmatov F. O. stajyor-o'qituvchi Toyirov M.Z. talaba

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institute

TALIMARJON SUV OMBORINI TEXNIK HOLATINI O'RGANISH VA KUZATUVLAR NATIJALARI BILAN TANISHISH

Annotatsiya. Talimarjon suv omborining foydali ish hajmini aniqlash uchun suv omborga cho'kindi cho'kishi jarayonini o'rganildi tadqiqotlar bo'yicha nazariy izlanishlar olib borildi. Suv ombori gidrotexnik inshootlarining loyihaviy ma'lumotlari bilan tanishildi va tadqiqot o'tkaziladigan obyektlarni tanlandi. Tabiiy-dala sharoitida suv ombori foydali ish hajmini aniqlash bo'yicha bo'yicha gidrometrik tadqiqotlar olib borildi va tahlil etildi.

Kalit so'zlar: Talimarjon, suv ombori, pezometr, suv satxi, suv sarfi, zatvor, reper, stvor.

Idiyev H. trainee-teacher Hikmatov F. trainee-teacher Toyirov M. student

Bukhara Institute of Natural Resources Management

STUDYING THE TECHNICAL CONDITION OF "TALIMARJON" WATER RESERVOIR AND GETTING TO KNOW THE RESULTS OF

MONITORING

Abstract. In order to determine the useful volume of the Talimarjon reservoir, the process of sediment deposition in the reservoir was studied, and theoretical research was carried out. The design information of hydrotechnical facilities of the water reservoir was introduced and the objects to be researched were selected. Hydrometric studies were conducted and analyzed to determine the useful capacity of the reservoir under natural field conditions.

Key words: Talimarjon, reservoir, pezometer, water level, water consumption, reper, stvor.

Talimarjon suv omboridan foydalanish bo'limi tasarrufidagi barcha gidrotexnik inshootlarni 18-30. 08. 2019 yilda olib borilgan kuzatishlar orqali uning hozirgi kundagi texnik holati bo'yicha quyidagilar aniqlandi.

Suv ombori havzasining loyqa cho'kindilarga to'lish jarayonlari davom etmoqda (1-rasm). Havzani loyqa cho'kindilarga to'lib borishiga oqim bilan har xil oqiziqlarning oqib kelishi, qirg'oqlarni to'lqin va oqimlar ta'sirida shakllanishi sabab bo'lmoqda. Suv omboridagi loyqa cho'kindilar miqdorini aniqlash maqsadida loyiha va ilmiy tadqiqot institutlari ma'lumotlari o'rganilganda, suv omboridagi loyqa cho'kindilar miqdori 2002 yilgacha 60,97 mln. m3 ni tashkil etgan. Hozirgi kunda suv ombori havzasida loyqa cho'kindilarning cho'kishi natijasida uning foydali hajmi jadal ravishda kamayib bormoqda. Natijada suv ombori havzasida loyqa cho'kindilarning o'rnashib qolishi oqibatida havza tubini rel'yefi keskin o'zgargan, havza hududida o'simliklar o'sayotganligi ham kuzatildi (2-rasm).

1-rasm. Suv ombori havzasiga loyqa oqimining kirishi.

2-rasm. Suv ombori havzasida loyqa cho'kindilarning ortib borishi va o'simliklar bilan qoplanish jarayonlari.

Hozirgi paytda 1-to'g'onning texnik holati qoniqarli bo'lib, to'g'onni vertikal cho'kishi va gorizontal siljishi norma asosida bormoqda.

3-rasm. Suv omboriga 7-nasos stansiyasidan suv tashlash inshooti kanali

ko'rinishi.

1-to'g'onning ustki qismini texnik holati qoniqarli bo'lib, yuqori qiyaliklari beton plitalar bilan qoplangan va to'g'onning yuqori qismiga parapetlar o'rnatilgan. Shamol ta'sirida havzada paydo bo'ladigan to'lqinlarning beton plitalar tomon harakatlanishi oqibatida, suv omborini to'ldirish va bo'shatish natijasida beton plitalar choklarining ayrim joylarida havfli bo'lmagan sinishlar va buzilishlar paydo bo'lgan.

Suv omborining 1-to'g'oni tanasidagi suvni bosimida kuzatib borish uchun loyiha bo'yicha 237 ta pezometrlar o'rnatilgan.

Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki 1 va 2 to'g'onlarning ba'zi qismlarida cho'kish va ba'zi qismlarida ko'tarilish sodir bo'lmoqda. To'g'onlarning cho'kishi loyiha materiallarida keltirilgan bashorat natijalar bo'yicha davom etmoqda va to'g'onlarning xavfsizligiga ta'sir qilmaydi.

Suv chiqarish inshootining texnik holati qoniqarli darajada. Inshootning minorasida olib borilgan geodezik o'lchovlar shuni ko'rsatadiki, minorani ko'tarilishi davom etmoqda, yillar orasida +6 mm ni tashk il qilgan. Kuzatuvlar boshlangandan beri maksimal ko'tarilish +40 mm ga yetgan. Suv chiqarish inshooti zatvorlarini boshqaruvchi binosini ichki qismining holati qoniqarli.

Suv chiqarish inshooti zatvorlarining texnik holati qoniqarli bo'lib, zatvorlardagi rezina zichlagichlari orqali suvning sizilishi kuzatilmoqda.

Suv tashlovchi kanalning PK 154 da lyulkali gidropost qurilgan bo'lib, u yerdan suv omboridan chiqariladigan suv sarflari o'lchab turiladi. Bu kanal 1100 m dan keyin aylanma kanalga tutashgani uchun aylanma kanalda suv sarflari yuqori bo'lganda, gidropost dimlama rejimda ishlaydi.

Aylanma kanal va uning bosh inshootining texnik holati qoniqarli.

Xulosa. 1. Talimarjon suv omborining foydali ish hajmini aniqlash uchun suv omborga cho'kindi cho'kishi jarayonini o'rganildi tadqiqotlar bo'yicha nazariy izlanishlar olib borildi.

2. Suv ombori gidrotexnik inshootlarining loyihaviy ma'lumotlari bilan tanishildi va tadqiqot o'tkaziladigan obyektlarni tanlandi.

3. Tabiiy-dala sharoitida suv ombori foydali ish hajmini aniqlash bo'yicha bo'yicha gidrometrik tadqiqotlar olib borildi va tahlil etildi.

4. Suv omborining loyiha va ekspluatatsiya ma'lumotlari, texnik holati bo'yicha kuzatuvlar natijasida olingan ma'lumotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, suv omboridagi inshootlar texnik holatlari qoniqarli ahvolda. Suv ombori inshootlarini ishchi holatlarini yanada oshirish va ekspluatatsiyasini yaxshilash uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:

-suv omboridagi loyqa cho'kindilar miqdorini aniqlash hamda suv ombori uchun qurilgan W=f(H) va F=f(H) egri chiziqlarini aniqlashtirish zarur, chunki oxirgi marta 2002 yilda aniqlangan;

-to'g'onlardagi pezometrlarni ishchi holatda tutib turish va ularning sezuvchanligini suv omborlari ekspluatatsiyasi tartib-qoidalarida keltirilgan davrda tekshirib turish;

-suv chiqarish inshootining zatvorlarini rezina zichlagichlarini almashtirish;

-Nasos stansiyaga olib boruvchi kanalni loyqa-cho'qindilardan tozalash;

-Nasos stansiyaga olib boruvchi kanalda gidropost qurish. O'zgarmas o'zan turidagi gidropost tavsiya qilinadi.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Базаров Д. Р. Милитеев А. H. Двухмерные (в плане) уравнения для потоков с размываемым дном. // Водные ресурсы,1999, Том 26, №1.

2. Mirzayev M., Eshonov B., Hikmatov F. KANALLARDAGI ROSTLOVCHI INSHOOTLAR FLYUTBETI FILTRATSIYASIGA OID HISOBLAR // Экономика и социум. 2022. №9 (100). URL: https://cyberleninka. ru/article/n/kanallardagi-rostlovchi-inshootlar-flyutbeti-filtratsiyasiga-oid-hisoblar

3. Mirzayev M., Yavov A. NASOS AGREGATLARI TEXNIK SUV TA'MINOTI TIZIMI TAHLILI I // Экономика и социум. 2022. №«9 (100). URL: https://cyberleninka. ru/article/n/nasos-agregatlari-texnik-suv-ta-minoti-tizimi-tahlili-i

4. Yavov A., Mirzayev M. "TOSHRABOT'' SUV TAQSIMLASH INSHOOTINING TEXNIK HOLATINI YAX SHILASH // Экономика и социум. 2022. №9 (100). URL: https://cyberleninka. ru/article/n/toshrabot-suv-taqsimlash-inshootining-texnik-holatini-yaxshilash

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.