Научная статья на тему 'TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O’RNI'

TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli texnologiyalar / ta‘lim / imkoniyatlari / ustuvor yo‘nalishlari / afzalliklari / kamchiliklari / kompleks yondashuv / raqamlashtirish shakllari .

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maryam Eshqobilova

Ushbu maqolada ta'lim sohasida raqamli texnologiyalarning o'rni va ahamiyati haqida berilgan . Raqamli texnologiyalar jamiyat hayotining ko‘p jabhalariga kirib bormoqda. Ta'lim ham bu jarayondan istisno emas. Maqolaning maqsadi raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini tahlil qilish asosida o'quv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, ularning afzalliklari va tahdidlarini ko'rib chiqishdir. Maqolada elektron ta'limning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinib, ta'lim tizimidan yangi maqsadlarni qo'yadigan, ta'lim jarayonining tuzilishi va mazmunini o'zgartiradigan kompleks yondashuvni talab qiladigan raqamlashtirish shakllari ko'rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O’RNI»

TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING

O'RNI

Maryam Eshqobilova

O'ZMU Xorijiy filologiya fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim sohasida raqamli texnologiyalarning o'rni va ahamiyati haqida berilgan . Raqamli texnologiyalar jamiyat hayotining ko'p jabhalariga kirib bormoqda. Ta'lim ham bu jarayondan istisno emas. Maqolaning maqsadi raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini tahlil qilish asosida o'quv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, ularning afzalliklari va tahdidlarini ko'rib chiqishdir. Maqolada elektron ta'limning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinib, ta'lim tizimidan yangi maqsadlarni qo'yadigan, ta'lim jarayonining tuzilishi va mazmunini o'zgartiradigan kompleks yondashuvni talab qiladigan raqamlashtirish shakllari ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: Raqamli texnologiyalar, ta'lim , imkoniyatlari, ustuvor yo'nalishlari ,afzalliklari , kamchiliklari , kompleks yondashuv , raqamlashtirish shakllari .

ABSTRACT

This article discusses the role and importance of digital technologies in education . Digital technologies are entering many aspects of society's life. Education is no exception to this process. The purpose of the article is to consider the priority directions of the development of the educational process, their advantages and threats, based on the analysis of the possibilities of digital technologies. The article analyzes the advantages and disadvantages of electronic education and shows the forms of digitization that require a comprehensive approach that sets new goals for the educational system and changes the structure and content of the educational process.

Keywords: Digital technologies, education, opportunities, priorities, advantages, disadvantages, comprehensive approach, digitalization forms.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается роль и значение цифровых технологий в образовании.Цифровые технологии входят во многие аспекты жизни общества. Образование не является исключением из этого процесса. Цель статьи -рассмотреть приоритетные направления развития образовательного процесса,

403

их преимущества и угрозы на основе анализа возможностей цифровых технологий. В статье анализируются преимущества и недостатки электронного образования и показаны формы цифровизации, требующие комплексного подхода, ставящего новые цели перед системой образования и меняющего структуру и содержание образовательного процесса.

Ключевые слова: Цифровые технологии, образование, возможности, приоритеты, преимущества, недостатки, комплексный подход, формы цифровизации.

Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tabiiyki, boshqa sohalarda bo'lgani singari kabi paqamli texnologiyalarni soliq ma'murchiligida joriy etish ham uning faoliyatini tubdan o'zgartirmoqda. Bu nafaqat soliq to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki deklaratsiyalarni taqdim etishdan tortib, to soliqlarni to'lash va ma'lumotlarni saqlash usullarigacha ham yangilikliklar kirityapti. Xususan, tizimda yagona elektron platformani yaratish orqali ma'lumotlarni kiritish, to'plash, shakllantirish, tahlil qilishning zamonaviy uslubi yo'lga qo'yildi. Buning natijasida soliq hisobotlarini topshirish jarayoni 5-7 barobarga qisqardi. Ayni kezda 112 guruh va 1348 tovar va xizmatlar sinfidan iborat bo'lgan O'zbekiston Respublikasi tovarlar va xizmatlarning yagona elektron tasniflagichi uchun veb-portal joriy qilingan. Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlari yordamida 900 mingdan ortiq elektron hisob-fakturalar yaratilgan. Elektron hisobvaraq-fakturalarning keng joriy etilishi soliq ma'murchiligini yaxshilashga olib keldi. O'tgan yilning ikkinchi yarim yilligida ushbu elektron tizim orqali 798,4 trillion so'mlik tovar aylanmasi soliq bazasiga kiritildi yoki bu ko'rsatkich birinchi yarim yillikka nisbatan 3,5 baravarga oshdi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib boryapti va har bir sohada zamon bilan hamqadam odimlashni taqozo etadi. Masalan, sun'iy intellekt texnologiyacini joriy etish soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlarini aniqlash, firibgarliklarni oldini olish, ma'lumotlarni tahlil qilish va takporlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish hamda shaffoflikni oshirishda qo'l kelsa, katta hajmli ma'lumotlar — Big data esa soliq organlariga kelib tushadigan katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada yaxshiroq bashorat qilish hamda to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi hujjat almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish eng ustuvor vazifa sifatida ham

404

ko'rsatilgan edi. Bu borada "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini ta'minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va "raqamli iqtisodiyot" ni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan, 2020-2021 yillarda joriy etiladigan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro'yxati, "Raqamli Toshkent" kompleks dasturini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi, 2020 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish bo'yicha loyihalar ro'yxati, 2021- 2023 yillarda istiqbolli axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro'yxati tasdiqlandi. Ta'limda raqamli texnologiyalarni o'qitish sifatini saqlab qolgan holda samarali qo'llash uchun nimalar qilish kerak? Birinchidan, albatta mamlakatimizda Internet infratuzilmasini yaxshilashimiz, mobil' operatorlar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishimiz va eng muhiki aholining, ayniqsa talaba yoshlarni zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarining so'ngi yutuqlarini o'zlashtirishga shartsharoitlar hamda imkoniyatlar yaratib berishimiz lozim.Ikkinchidan, o'quv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'lamini kengaytirish va axborot resurslari, o'qitish vositalari va masofaviy o'qitish texnologiyalarini rivojlantirish, ijodkor talabalarni universitetni raqamlashtirish loyihalariga jalb qilish bilan oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartirish kiritish bo'yicha vakolatli organlarga takliflar berish, yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan tuzilmalar, o'quv xonalari, laboratoriyalar, mediastudiyalar va boshqalarni o'z ichiga olgan markazlarni tashkil etish hamda unda orttirilgan tajribani ta' lim muassasalarida qo'llash.Uchinchidan, zamonaviy axborot -kommunikatsiya texnologiyalari va ta'lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta'minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish.To'rtinchidan, interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, ma'ruza va seminar darslari uchun internet bilan bog'liq holda interfaol va mul'timediali taqdimotlarni ishlab chiqish kabi mavzular bo'yicha o'qituvchilarning malakasini oshirish uchun kurslarni tashkil qilish va o'tkazish.Beshinchidan, real vaqt rejimida interfaol taqdimot tizimlari, video kkonferenta aloqa tizimlari, virtual zallar, elektron resurslardan foydalanib istalgan vaqtda masofaviy o'qitish jarayonini amalga oshirish.Oltinchidan, bulutli texnologiyalar, virtual voqelik, kengaytirilgan voqelikdan foydalanish hamda didaktik materiallar va tajriba dizaynlarini ishlab chiqishda 3D printerini qo'llash, raqamli didaktika va raqamli ta'lim modellarini

405

qo'llash, o'qituvchilar va talabalar uchun loyihalar, diplom ishlari, ilmiy izlanishlar va boshqalarini muhokama qilish uchun ilmiy veb-saytlar ishlab chiqish lozim. Shundagina, biz raqamli texnologiyalardan foydalanib ta lim sifatini tushirmagan pholda talaba-yoshlarga bugungi kun talabi darajasida bilim olishlariga erishamiz. Alohida takidlash kerakki, bugungi kunda hayotimiz har jihatdan texnika 2018 yilning yanvar oyida yapon kompaniyasi stol tennisini o'rgatadigan robotni namoyish etdi. Sun'iy idrok o'yinchi va koptokning harakati haqida uchta kamerada olingan ma'lumotlarni oladi va raqobatchini mag'lub etishga harakat qiladi. Aqlli robotlar bola koptokni texnik jihatdan qay darajada yaxshi uzatayotgani, kimyo bo'yicha tajribalarda xavfsizlik qoidalariga rioya etayotgani, geometriyada esa chizmalarni masalaga mos chizayotganini baholaydi.Kompyuter o'quvchi to'g'risidagi katta hajmdagi ma'lumotni tezda o'zlashtiradi: kayfiyat, salomatlik holati, reaksiya tezligi va unumdorlik. Bu ma'lumotlar asosida sun'iy idrok moslashuvchan o'quv dasturini o'quvchining qiziqishi, qobiliyati va qiyinchiliklaridan kelib chiqib tuzadi.Kompyuterlar o'qituvchi kundalik yumushlarining asosiy hajmini o'ziga oladi: asosiy bilimlarni o'rgatadi, bilimlarini tekshiradi va ularga javob qaytaradi. Tirik pedagog bola dinamikasini mashina hisobotlari bo'yicha kuzatadi, shaxsiy maslahatlar beradi va o'quvchi bilan uning rivojlanish darajasini muhokama qiladi. Raqamli ta'lim - modaning o'zigina emas. Ilovalar bolaga tezroq va osonroq o'qish va vazifalarni yechish imkonini beradi. Amerikalik tadqiqotchilar uch yil davomida onlayn tarzda o'qigan 2300 nafar o'quvchini tadqiq qilishdi. Ular odatiy darslarda bolalar ma'lumotning bor-yo'g'i 5 foizini, ta'lim beruvchi saytlar orqali esa - uch marta ko'prog'ini eslab qolishlarini aniqlashdi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari oxirgi 30 yil ichida jamiyatni o'zgartirdi. Shu bilan birga katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning eskirganligi, kadrlar kompetensiyalarining iqtisodiy rivojlanish strategik maqsadlariga nomuvofiqligi, intellektual mulkni himoya qilish muammolari, oliy ma'lumot olish imkoniyatlarining cheklanganligi, yuqori texnologiya va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, inson kapitali va imijiga zarur miqdordagi investitsiyalarning sarflanmasligi, malakali xodimlarning yetishmasligi, o'rta bo'g'in rahbar va xodimlarning past darajadagi malakasi, ishchilarda mehnatga nisbatan rag'batning yo'qligi, ishchi va muhandis -texnik kasblar obro'sining tushgani, eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi muammolar o'z yechimini kutmoqda. Sanoatda texnologik o'zgarishlarning yangi to'lqini kutilmoqda, bu esa iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishda innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi va ko'plab an'anaviy o'sish omillarining ta'sirini kamaytiradi.

406

Texnologik ta'limni o'zlashtirgan bitiruvchilar sanoat sohasining barcha tarmoqlarida xususiy injiniring, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik bazalarining yanada rivojlanishi, bir so'z bilan aytganda yuqori qiymatli raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishida "drayver" rolini bajaradi.Ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Israil, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlar ta'lim tizimida ham texnologik ta'lim ishlab chiqarishning asosiy bo'g'ini hisoblanib, jahon mehnat bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim bosqichlari va tashkil etuvchilaridan biri deb qaraladi.Texnologiya - yunoncha so'z bo'lib "tehnos" ya'ni "mahorat", "san'at" va "logos"-"ta'limot", "fan" degan so'zlardan olingan. Texnologiya - bu berilgan parametrlarga mos keladigan mahsulot olishga yo'naltirilgan dastlabki materiallarni o'zlashtirish jarayoni va uslublarining yig'indisi.

REFERENCES

1. Norboeva N Erkinovna, Khashimova D Pakhritdinovna. The role of the digital economy in the development of information and communication technologies // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 10 (3), 25 -31.

2. Ashurov J.Dj., Zamonaviy ta'lim muhitida raqamli pedagogikaning o'rni va ahamiyati // Eurasian journal of academic research, Innovative Academy Research Support Center / Volume 1 Issue 9, December 2021 ISSN 2181 -2020

3. Turdiyev U. Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida raqamli texnologiyalar asosiad jismoniy tarbiya va sport jarayonlarini tashkil etish // Xalq ta'limi. Ilmiy metodik jurnal. 2020 № 6, B.109-115

4.Orishev J.B. Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarini tayyorlashda axborot texnologiyalarining o'rni // Tafakkur ziyosi. Ilmiy metodik jurnal. 2020. №2, B.216-218

5. Хайдарова, Х. Р. (2021). Узлуксиз таълимда ота-оналар виртуал-педагогик маданиятини ривожлантиришга синергетик ёндашув. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 154-157.

6. Hamrokulova, S. (2022). Pedagogical-programm implementation of the development of environmental education in higher class pupils of secondary schools. Central Asian Journal of Education and Computer Sciences (CAJECS), 1(4), 52-56.

407

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.