Научная статья на тему 'TALABANING O‘Z ILMIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDAGI KAMCHILIKLARI'

TALABANING O‘Z ILMIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDAGI KAMCHILIKLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
77
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’limiy islohotlar / ilmiy va ilmiy-pedagogik yondashuv / nazariy qarashlar umumiyligi / “Ustoz-shogird” tizimi pedagogik mahorat / o‘quv qobiliyati / aqliy bilish ko‘nikmasi / ijtimoiy hamkorlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rahmatova Zamira Abdusamatovna, Diyorbek Ro‘Zmamat O‘G‘Li Turg‘Unpo‘Latov

Maqolada bakalavr ta’lim bosqichi talabalarning, umuman olganda, Oliy ta’lim tizimidagi talabalarning ilmiy faoliyatini tashkil etish va unda uchrayotgan ayrim kamchiliklar xususida ma’lumotlar berishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABANING O‘Z ILMIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDAGI KAMCHILIKLARI»

TALABANING O'Z ILMIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDAGI

KAMCHILIKLARI

Rahmatova Zamira Abdusamatovna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti tyutori Telefon raqam: +998978758838 E-mail: zamiraraxmatova777@gmail .com Diyorbek Ro'zmamat o'g'li Turg'unpo'latov Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi E-mail: Turgunpolatovdiyorbek2002@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7359508

Annotatsiya: Maqolada bakalavr ta'lim bosqichi talabalarning, umuman olganda, Oliy ta'lim tizimidagi talabalarning ilmiy faoliyatini tashkil etish va unda uchrayotgan ayrim kamchiliklar xususida ma'lumotlar berishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: ta'limiy islohotlar, ilmiy va ilmiy-pedagogik yondashuv, nazariy qarashlar umumiyligi, "Ustoz-shogird" tizimi pedagogik mahorat, o'quv qobiliyati, aqliy bilish ko'nikmasi, ijtimoiy hamkorlik.

O'zbekiston Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning asosiy maqsadi - mamlakatimizda ilmiy salohiyatni oshirish, oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, jumladan, talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta'lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma'lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning ilg'or tajribasini chuqur va tanqidiy o'rgangan holda mamlakatimiz iqtisodiyotini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi bosqichiga olib chiqishdan iborat.

Oliy ta'lim tizimidagi islohotlar bugungi kunda mavzu va yo'nalish aura (doira)larining keng qatlamini qamrab olayotganligi bilan ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu islohotlar vazirlik, idora vakillari, oliy ta'lim muassasasi professor-

o'qituvchilari bilan barobar ravishda talabalarning aralashuvini ham ta'minlayotgani hech kimga sir emas. Ushbu ta'minlov talabalardan nafaqat ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy, balki ilmiy sohalarda ham uzluksiz izlanishda bo'lishni taqozo etmoqda.

Bugungi kunda talaba uchun ilmiy faoliyat nima uchun kerak? Ushbu faoliyat doirasidagi kamchiliklar qay darajada o'z yechimini topmoqda? Ilmiy faoliyatni tashkil etishdagi nuqsonlar dolzarbligi qanday?

Talabaning ilmiy faoliyati - ma'lum bir yo'nalish doirasidagi uzoq yoki nisbatan qisqa davr mobaynidagi ilmiy izlanish faoliyati. Bu jarayon professor-o'qituvchi va talaba o'rtasida yechim izlash yoki noma'lum narsani tushunishda o'zaro munosabatlarning ijodiy jarayoni bo'lib, ular davomida madaniy qadriyatlar o'zaro uzatilishi, natijada dunyoga, boshqalarga va o'ziga nisbatan tadqiqot pozitsiyasining rivojlanishi, shuningdek, dunyoqarashni rivojlantirish tushuniladi. Aynan professor-o'qituvchi tadqiqot faoliyati shakllari va shartlarini belgilaydi, buning natijasida talaba har qanday muammoga ijrochi va ijodiy pozitsiyadan yondashish uchun ichki motivatsiyani shakllantiradi. Talabaning ilmiy faoliyati aynan professor-o'qituvchilar bilan yelkadosh ravishda ilm bilan shug'ullanishi, bir necha muddatdan so'ng o'zida amaliy va nazariy ko'nikmalarining shakllanib borishi, kelajakdagi o'z ilmiy faoliyati uchun fundament (asos) vazifasini o'taydi. Tadqiqotchi talabaning tadqiqotchi sifatida maksimal darajada amalga oshiriladigan g'oyaga yo'nalish, uning intellektining eng yaxshi tomonlarini, tadqiqot qobiliyatlarini ochib berishi va yangi, foydali bilim, ko'nikma va malakalarni egallashiga sabab bo'ladi. Talabaning ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishi ilmga bo'lgan qiziqishini orttiradi, balki "Ustoz-shogird" tizimidagi ishlarni ham takomillashtirishga yordam beradi.

Talabaning ilmiy faoliyatidagi uchrayotgan ayrim kamchiliklarni ikkita katta guruhga:

I. Bevosita talabaning o'zida uchraydigan kamchiliklar;

II. Tashqi omillar sababli kelib chiqadigan kamchiliklar.

Talabaning bevosita o'zida uchraydigan kamchiliklarni ham bir necha bo'limga tarmoqlash mumkin:

1. Talaba o'z qiziqishlari (hobbiysi), iste'dodi, bilim doirasiga qarab yo'nalish tanlamasligi - bunda talaba o'z qiziqishlari doirasida yo'nalish tanlamasligi oqibatida ma'lum muddatdan so'ng o'z kasbidan ko'ngli soviydi. Faoliyati davomida qoniqish hissini tuymaydi. Buning ortidan esa o'sha soha doirasida yutuq darajotiga (yangilik va innovatsiyalarga) erisha olmaydi. Sohasi rivojiga ma'lum darajadagi hissani qo'sha olmaydi deb bemalol aytish mumkin. Bugungi kunda 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning asosiy qismi o'rta maktabni tamomlagan o'quvchilar ekanligini inobatga olsak, unga maslakdosh zaruruligi mohiyatan masalaning dolzarbligini yuzaga chiqaradi. Bu maslakdosh o'z kursdoshi, bugungi kundagi tyutor, professor-o'qituvchilardan tortib, kafedra mudiri, dekan (va uning tegishli soha o'rinbosarlari) va rahbariyatning boshqa tabaqalari ham bo'lishi mumkin. (Bu xususda keyingi guruhlarda batafsil ma'lumot beriladi).

2. Talaba har sohada o'ziga mos keladigan ustoz bilan shug'ullanmasligi. Oliy ta'limga qabul qilingan o'z qiziqishlari, bilim doirasidan kelib chiqib yo'nalish (umumiy ma'noda) tanlagan talabaga avvalo, to'g'ri yo'l (ilmiy yo'nalish(lar)da) ko'rsatadigan, qobiliyatlarini (aql (bilim) va kuchini) to'g'ri va samarali yo'naltira oladigan ustoz (yuqorida aytib o'tganimizdek, o'z kursdoshi, bugungi kundagi tyutor, professor-o'qituvchilardan tortib, kafedra mudiri, dekan (va uning tegishli soha o'rinbosarlari) va rahbariyatning boshqa tabaqalari bo'lishi shart deb izohlash mumkin. "Ustoz ko'rmagan shogird har maqomga yo'rg'alar" degan naql xalq orasida ommalashgani bejiz emas, albatta. Talabaning aynan ustozi bilan amalga oshiradigan (shu o'rinda, har qanday faoliyati)da ustoz salmoqli o'rin tutishi -isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ustoz bilan ishlangan har qanday ish puxta, chuqur o'ylangan, mazmundor va sifatli tayyorlanadi. Ustoz rahbarligidagi tadqiqot faoliyati natijasida o'z-o'zini rivojlantirish, o'zini o'zi bilish va o'z-o'zini tarbiyalash mo'jizasi paydo bo'ladi. Ustoz va talaba o'rtasidagi ijodiy hamkorlik, mavzu-subyekt munosabatlari, ma'naviy yaqinlik va birgalikda ijod qilish muhiti doimiy ravishda takomillashib boradi. Ustoz tomonidan talabalar uchun eng katta psixologik qulaylikni va ularning shaxsiy ehtiyojlari va qobiliyatlariga muvofiq intensiv rivojlanish imkoniyatlarini ta'minlaydigan sharoitlarni yaratish ham dolzarbdir.

Talaba bilan amalga oshiriladigan faoliyatga ustozining o'rni haqida ortiqcha izoh bildirishga hojat yo'q.

3. Talabaning ilmiy faoliyatini tashkil etish va uni tizimli ravishda olib borishda aniq reja, maqsad va majburiyatlarini belgilab olmasligi (yoxud ushbularni bajarishda dangasalik qilish). Har qanday ish (faoliyat), amalga oshishi mo'ljallangan xatti-harakat, alalhusus, ma'lum tartibdagi rejalar asosida amalga oshirilishi zarur. Har bir ishni reja-grafik asosida amalga oshirish yaxshigina samara beradi. Reja va uni tuzib olish ish koeffisientiga ijobiy ta'sir ko'rsatibgina qolmay, tartibli ravishda ish yuritish, faoliyat ko'rsatishga ham zamin bo'ladi.

Keling, ushbu kamchilik turini quyidagi jadval asosida tushuntirib o'tamiz.

Amalga

Amalga oshirilishi kerak bo'lgan faoliyat nomi Amalga oshirilishi kerak bo'lgan faoliyat soni

T/r. oshirilishi kerak bo'lgan faoliyat Amalga oshirilishi kerak bo'lgan faoliyat darajasi

muddati

1. Maqola 2 20 kun xalqaro

2. Tezis 1 7 kun milliy

3. Monografiya / uslubiy qo'llanma

1 6 oy milliy

4. Gazetalarda ishtirok

1 1 oy viloyat miqyosida

Ijod namunalari

/ ilmiy

5. tadqiqotga oid 1 7 oy milliy

boshqa turdagi

kitoblar

Ushbu jadval ma'lum tartibda, qat'iy o'rnatilgan qoida sifatida tushunmaslik kerak. Talaba o'z imkoniyat (aqliy va bilim, moddiyat)idan kelib chiqib, xohlagancha o'zgartirish kiritishi mumkin.

Bunday rejalarni tuzishda majburiyatlarni ham inobatga olish zarur. Talaba ko'p bo'lmagan holatda ilmiy faoliyatdan og'ishadigan (dangasalik qiladigan) bo'lsa, faoliyatidan o'zi bilmagan holatda chetlashib ketishi mumkin. Bunday salbiy qoibatlarning o'rnini hech qanday omil bilan to'ldirib bo'lmaydi. Ustozning bu reja -grafikka bilvosita aloqadorligining ta'minlanishi, vazifalarga muvofiq bajarilishni nazoratga olish zarur.

4. O'z ilmiy faoliyatiga muvofiq yangiliklar (offlayn - gazeta, jurnal; onlayn - ijtimoiy tarmoqning har qanday turi)dan xabardor bo'lmasligi. Talabaning o'z ilmiy faoliyatida yo'l qo'yadigan kamchiliklaridan yana biri o'z sohasiga oid qonun hujjatlari, umuman olganda, me'yoriy-huquqiy hujjatlardagi o'zgarish va qo'shimchalar yuzasidan bexabar qolish ham talabaning yaxshigina "oyog'idan tortiydi" Bunday holatlar (bexabar qolish) ga qarshi qaysidir ma'nodagi "kurashish"ni ta'minlashda:

1. Internet manbalari;

2. Ijtimoiy tarmoqlar asosiy manba bo'lib xizmat qila oladi.

Xulosa: Qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning mohiyatida yurtimizning kelajagini yanada yuksaltirish uchun, mamlakatimizni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo'shish uchun asosiy kuch ilm-fanda ekanligini yana bir isbotidir. Shunday ekan, ilmiy faoliyat bilan nafaqat professor-o'qituvchilar, olimlar, balki, talabalar ham o'z faoliyatining ajralmas qismi sifatida tashkil eta olsa, o'ylaymizki, qonun hujjatlarida ko'zlangan maqsadga tezroq erishamiz. Universitet talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari ikki yo'nalishda olib borilishi, ulardan biri o'quv jarayonining ma'lum qismi sifatida o'quv rejalari, kalendar rejalar va dasturlarga kiritilib, barcha talabalar uchun majburiy hisoblangan o'quv-tadqiqot ishlari hamda keyingi yo'nalish - o'quv rejalaridan tashqari, mashg'ulotlardan bo'sh vaqtda iqtidorli talabalar yo'li bilan to'garaklarda, kafedra qoshidagi ilmiy laboratoriyalar, klublarda tashkillashtirilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Xulosa o'mida aytib o'tish joizki, talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining mazmuni va tizimi ilmiy-tadqiqot tadbirlari va shakllarining o'quv jarayoni qonuniyatlariga muvofiq ravishda mutassil bo'lishini ta'minlaydi. Bu o'z navbatida ilmiy-tadqiqot ishlari shakl va usullarining kursdan kursga, kafedradan kafedraga, bir fandan ikkinchi fanga, bir xil mashg'ulotlardan boshqa xil mashg'ulotlarga izchil tartibda o'tib borishini, talabalar ilmiy ishlarni bajarish jarayonida o'zlashtiradigan bilim va malakalarning hajmi asta-sekin ko'payib va murakkablashib borishini ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Turg'unpo'latov D. R. Globallashuv jarayonida talaba-yoshlarning intellektual imkoniyati: muammo, taklif hamda yechimlar. Xalqaro ilmiy-onlayn konferensiya. (pp. 156-158), 2021.

2. Тургунпулатов Д. Р., Абдуллаева О.О. Укув жараёнининг самарадорлигини оширишда интернет тармоклари оркали коммуникатив таълим дарсларни ташкил этишнинг узига хос хусусиятлари «УзМУ хабарлари» Мирзо Улугбек номидаги Узбекистон Миллий Университети илмий журнали. 2022, 1/6/1, 27-29-б.

3. Turg'unpo'latov D. R., Mo'ydinov Q.A. Maktab o'quvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirishda o'ziga xos uslub hamda imkoniyatlar (sodda va qo'shma gap mavzusi (9-sinf) misolida) «Central Asian academic journal of scientific research». 2022, 2(7), 93-97-b.

4. Davurova G.A. Talabalarning faoliyatida o'qituvchining o'rni. Таълим ва инновацион тадцицотлар (2021 йил махсус сон). 243-246-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.