Научная статья на тему 'TALABALARNING MAʼLUMOTLAR BAZASINI YARATISH BO‘YICHA BILIMLARINI BAHOLASH MEZONLARI'

TALABALARNING MAʼLUMOTLAR BAZASINI YARATISH BO‘YICHA BILIMLARINI BAHOLASH MEZONLARI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maʼlumotlar bazasi / kasbiy kompetentlik / baholash mezonlari / nazorat turlari / bilimlarni mustahkamlash / innovatsion yondashuv / sinov shakllari / nazoratning tarbiyaviylik xususiyati.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Saidov Jasur Doniyor O‘g‘li, Irsaliyev Furqat Sherali O‘g‘li, Elmurodova Gulhayo Alisher Qizi, Rustamova Maftuna Mansur Qizi

Ushbu maqolada uzluksiz taʼlim tizimida bo‘lajak informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining maʼlumotlar omborini yaratish bo‘yicha kasbiy kompetentligini baholash, ularga qo‘yiladigan talablar, nazorat turlari va ularni tashkil etish masalalari yoritilgan. Bilimlarni mustahkamlashning innovatsion usullari va vositalari, kasbiy kompetentlikni baholash mezonlari tahlil qilingan va ularning samarasi o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING MAʼLUMOTLAR BAZASINI YARATISH BO‘YICHA BILIMLARINI BAHOLASH MEZONLARI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

TALABALARNING MA'LUMOTLAR BAZASINI YARATISH BO'YICHA BILIMLARINI BAHOLASH MEZONLARI

Saidov Jasur Doniyor o'g'li Guliston davlat universiteti o'qituvchisi

Irsaliyev Furqat Sherali o'g'li Guliston davlat universiteti o'qituvchisi Elmurodova Gulhayo Alisher qizi Guliston davlat universiteti talabasi

Rustamova Maftuna Mansur qizi Guliston davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10718409

ARTICLE INFO

Received: 20th February 2024 Accepted: 24th February 2024 Published: 26th February 2024 KEYWORDS

Ma'lumotlar bazasi, kasbiy

kompetentlik, baholash mezonlari, nazorat turlari, bilimlarni mustahkamlash, innovatsion yondashuv, sinov shakllari, nazoratning tarbiyaviylik xususiya ti.

ABSTRACT

Ushbu maqolada uzluksiz ta'lim tizimida bo'lajak informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilarining ma'lumotlar omboriniyaratish bo'yicha kasbiy kompetentligini baholash, ularga qo'yiladigan talablar, nazorat turlari va ularni tashkil etish masalalari yoritilgan. Bilimlarni mustahkamlashning innovatsion usullari va vositalari, kasbiy kompetentlikni baholash mezonlari tahlil qilingan va ularning samarasi o'rganilgan.

Mavzuning dolbzarbligi. Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimida fan va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan foydalanish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirish mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo'lib bormoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari Janubiy Koreya, Angliya, Rossiya va Yaponiya kabi davlatlar yuqori kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash rivojlanishning asosiy yo'nalishi sifatida qaralmoqda.[5]

O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasida "uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish"[3] ustuvor vazifalari belgilanib, bu borada kasbiy kompetentlikni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Muammoning qo'yilishi. Uzluksiz ta'lim tizimida bo'lajak informatika va axborot texnologiyalari o'qituvchilarining ma'lumotlar omborini yaratish bo'yicha kasbiy kompetentligini shakllantirishda mutaxassislik fanlarini o'qitish va talabalarning bu fanlardan olgan bilim va ko'nikmalarini baholash muhim rol o'ynaydi. Bu jarayonni to'g'ri tashkil qilish

Volume 1, Issue 2, February 2024

Page 131

va talabalarning fanga qiziqishlarini yanada oshirishda ba'zida to'g'ri vosita va metodlarni tanlash muammosini vujudga keltiradi.

Ta'lim oluvchilarng bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari xammavaqt bahstalab mavzu bo'lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, guruhdagi ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi.[4]

O'qituvchi nazorat va hisobga olishni to'g'ri tashkil etsa, ta'lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun O'qituvchi talabaning o'quv materiallarini o'zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim. Nazorat - ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini anglatadi. aniqlash va o'lchash tekshirish deb ham ataladi. Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy didaktik vazifasi O'qituvchi va talabalar o'rtasida teskari aloqani ta'minlash, pedagog tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish xaqida obyektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o'z vaqtida aniqlashni ta'minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat talabaning bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o'quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat [2].

Ma'lumotlar omborini o'qitishda bilimlarni sinashning elektron vositalaridan foydalanish talabalarning ijodiy fikrlashi va bilimlarni egallash darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bunday elektron vositalarni yaratuvchi zamonaviy dasturlar mavjud bo'lib, ularga Ispring, MyTest dasturlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin.[1] Aralash topshiriqlarning bir turdagi topshiriqlardan afzalligi shundaki, bir turdagi topshiriqlar ko'p sonli bajarilsa zerikish yoki charchash hollari yuzaga kelishi mumkin. Aralash turdagi topshiriqlar har safar turli topshiriqlarga tayyor turish, ijodiy fikrlash va turli vaziyatlarga tayyor bo'lish kabi qobiliyatlarni shakllantiradi.[1]

Og'zaki nazorat qilish va baholashning yaxshi jihatlari:

- professor-o'qituvchi talaba bilan bevosita, jonli aloqada, muloqotda bo'ladi;

- talaba bilimini chuqurroq aniqlash uchun qo'shimcha savollar berish imkoniyati tug'iladi;

- og'zaki javob talabani og'zaki nutqni mashq qilish va faol fikrlashga undaydi;

- og'zaki fikrlashda yaxshi tayyorlangan talaba o'z bilimdonligini, qo'shimcha o'rganganlarini namoyon eta oladi;

- bevosita so'rash paytida talabaning bilim o'zlashtirishi masalasida o'qituvchida ilgari tug'ilgan ayrim shubhalar bartaraf yetiladi.

Yozma baholashning yaxshi tomonlari:

- yozma tarzda berilgan javob-talaba o'quv materialini o'zlashtirib olganiga hujjatli dalil bo'ladi;

- talaba o'z fikrlarini qog'ozda ifodalashi uchun amaliyotdir. Og'zaki va yozma baholash tizimining yeng katta kamchiliklaridan biri bu talabaning bilimiga qo'yiladigan baholash subyektiv alomatlari ko'proqdir. Baho ko'pincha boshqa talabalarga nisbatan qo'yiladi, bunda baho kamaytirib yoki oshirib qo'yilishi mumkin.

Test vositalarining yaxshi tomonlari:

-yaxshi ishlab chiqilgan va tuzilgan test talabaning bilim o'zlashtirish sifati va darajasini aniq o'lchash, obektiv baholashga xizmat qilishi mumkin;

- test mavzu yuzasidan asosiy mazmunni to'liq qoplab olishi mumkin.

Test vositalarining ham o'ziga xos kamchiliklari mavjud bo'lib, ular quyidagicha: test yordamida bilimlarni sinash va baholash avvalo talabaning og'zaki nutq va yozma fikrini bayon

Volume 1, Issue 2, February 2024

Page 132

qilishini keskin cheklab rivojlanishiga yo'l qo'ymaydi. Javoblarni tasodifiy belgilash orqali ular savollarga aniq javob bermasliklari mumkin. Bunday kamchiliklarni oldini olish va bartaraf yetish ta'limni sifatli tashkil qilishning asosiy talablaridan biridir. Talabani qiziqtira biladigan savol va topshiriqlar asosida tayyorlangan nazorat topshiriqlari ularning nafaqat mavzuga, balki fanga bo'lgan qiziqishlarini ham oshirib egallayotgan bilimlari asosida kelgusi kasbiy kompetentligini shakllantirishga xizmat qiladi. [2]

Tavsiya va xulosalar. Yuqorida tahlil qilingan fikrlar asosida kompetentlikni baholashda tabaqalashtirilgan va nostandart topshiriqlar to'plamidan foydalanish yuqori samara ko'rsatadi. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki har bir fan va mavzu yoritilish jarayoni avvalo talaba yuqori darajali bilim olishi va yuqori kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratish ularning kelgusida yuqori salohiyatli va raqobat bardosh kadrlar bo'lib yetishishlariga yordam beradi. Bu avvalo, jamiyatni rivojlantirishga asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Zero, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, avvolo, kelgusida salohiyatliy yoshlar yetishib chiqishini ta'minlaydi.

Adabiyotlar:

1. Jasur Doniyor, O. G., Saidov, L., Allayorov, S. P., OMBORINI, S., & BAHOLASH, Y. M. Scientific progress. 2021.№ 1. URL: https://cyb erleninka. ru/articl e/n/ma-lumotl ar-omborini-yarati sh-bo-yicha-kasbiy-kompetentligini-baholash-mezonlari (дата обращения: 02.06. 2022).

2. Toshtemirov, D., Muminov, B., & Saidov, J. (2020). Fundamentals of compilation of electronic tasks for students to test and strengthen their knowledge of database. International Journal of Scientific and Technology Research, 9(4), 3226-3228.

3. Toshtemirov, D. E., Saidov, J. D., & Mamatqulov, S. X. (2019). Technology of creating modern electronic educational resources. Bulletin of Gulistan State University, 2019(1), 67-71.

4. Saidov, J. D., Qudratov, A. N., Islikov, S. X., Normatova, M. N., & Monasipova, R. F. (2023). Problems of Competency Approach in Developing Students' Creativity Qualities for Creating a Database. Journal of Higher Education Theory & Practice, 23(1).

5. Saidov, J. D. (2021). Study of the process of database and creation in higher education. In International scientific and practice conference on" International experience in increasing the effectiveness of distance education: problems and solutions". Guliston.

6. Саидов, Ж. Д. У. (2022). КОМПЕТЕНТНОСТНЫЙ ПОДХОД ПРИ ОБУЧЕНИИ РАБОТЕ С БАЗАМИ ДАННЫХ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ. Проблемы современного образования, (6), 253-265.

7. O'G'Li, S. J. D. (2022). TA'LIM OLUVCHILARNING MA'LUMOTLAR BAZASI FANIGA BO 'LGAN QIZIQISHLARINI KOMPETENSIYALIY YONDASHUVLAR ASOSIDA OSHIRISH MUAMMOLARI. Science and innovation, 1(B3), 89-93.

8. Ergashev, B. B., Saidov, J. D. O., & Islikov, S. X. (2021). BO'LAJAK INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI O" QITUVCHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI VA METODLARI. Academic research in educational sciences, 2(2), 1139-1146.

9. Saidov, J. D. Study of the process of database and creation in higher education. Guliston. 2021.

10. Гаимназаров, О., Агафонов, А., & Саидов, Ж. (2023). СОВРЕМЕННАЯ ТЕХНОЛОГИЯ ПРОБЛЕМНОГО ОБУЧЕНИЯ. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(6), 94-99.

11. Saidov, J. D., Qudratov, A. N., Islikov, S. X., Normatova, M. N., & Monasipova, R. F. (2023). Problems of Competency Approach in Developing Students' Creativity Qualities for.

12. Islikov, S., Saidov, J., & Xolmuminov, D. (2023). MUSTAQIL TA'LIMNI SHARQ MUTAFAKKIRLARINING QARASHLARI ASOSIDA TASHKIL QILISH. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(5), 172-174.

13. Saidov, J. D. O. G. L., Allayorov, S. P., & Islikov, S. X. (2021). MA'LUMOTLAR OMBORINI YARATISH BO 'YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI BAHOLASH MEZONLARI. Scientific progress, 2(1), 1804-1807.

14. Jasur Doniyor, O. G., Saidov, L., Allayorov, S. P., OMBORINI, S. X. I. M. L., & BAHOLASH, Y. B. Y. K. K. MEZONLARI//Scientific progress. 2021. № 1. URL: https://cyb erleninka. ru/articl e/n/ma-lumotl ar-omborini-yarati sh-bo-yicha-kasbiy-kompetentligini-baholash-mezonlari (дата обращения: 02.06. 2022).

15. Irsaliyeva , S. ., Irsaliyev , F. ., & Mavlonov , S. . (2024). FIZIKADAN NOSTANDART NAMOYISH TAJRIBALARINI BAJARISHDA O'QUVCHI KREATIV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI . Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(2), 84-89. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/cajmrms/article/view/28109

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.