INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© J.E.Usarov1^, I.F.To'ymanova2B_
1Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti, Toshkent, O'zbekiston 2Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: "Pen Pals" loyihasi turli madaniyat va tillarga mansub talabalarni maktub almashish orqali bir-biriga bog'laydigan ko'p yillik ta'lim amaliyotidir. Ingliz tilini chet tili sifatida o'rgatish kontekstida "Pen Pals" loyihasi til ko'nikmalarini, madaniy bilimlarni oshirish va talabalarning faolligini oshirishda innovatsion usul bo'lib xizmat qilishi mumkin.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi ingliz tili ta'limida "Pen Pals" loyihasidan pedagogik vosita sifatida foydalanish modelini ishlab chiqish va baholashdan iborat. Tadqiqot ushbu yondashuv bilan bog'liq imtiyozlar, muammolar va ilg'or tajribalarni aniqlashga intiladi, bu esa o'qituvchilar uchun loyihani samarali amalga oshirish uchun keng qamrovli asos yaratadi.
MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot miqdoriy so'rovlar va sifatli amaliy tadqiqotlarni birlashtirgan aralash usullardan foydalanadi. ishtirokchilar orasida turli xil ta'lim muassasalaridan ingliz tilini o'rganuvchilar bor.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: topilmalar shuni ko'rsatadiki, "Pen Pals" loyihasi o'quvchilarning ingliz tilida yozish va o'qish ko'nikmalarini sezilarli darajada oshiradi. Loyiha tomonidan taqdim etilgan haqiqiy muloqot konteksti talabalarni ingliz tilidan faolroq va mazmunli foydalanishga undaydi.
XULOSA: tadqiqot natijalariga ko'ra, "Pen Pals" loyihasi ingliz tilini o'rgatishda qimmatli vosita bo'lib, tilni bilish, madaniy xabardorlik va talabalar motivatsiyasi nuqtai nazaridan sezilarli foyda keltiradi.
Kalit so'zlar: model, til o'rganish, Pen Pals, dunyo tili, uzluksiz ta'lim.
МОДЕЛЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПРОЕКТА "PEN PALS" ПРИ ОБУЧЕНИИ СТУДЕНТОВ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ_
© Усаров Ж.Э.1Н, Тойманова И.Ф.2Н
1Чирчикский государственный педагогический университет, Ташкент, Узбекистан
Iqtibos uchun: Usarov J.E., To'ymanova I.F. Talabalarga ingliz tilini o'rgatishda "Pen pals" loyihasidan foydalanish modeli. // Inter education & global study. 2024. №6. B.272-281.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY 2Ташкентский экономико-педагогический институт, Ташкент, Узбекистан_
AHHOTa^
ВВЕДЕНИЕ: проект «Pen Pals» — это многолетняя образовательная практика, которая объединяет студентов из разных культур и языков посредством обмена письмами. В контексте преподавания английского языка как иностранного проект «Pen Pals» может служить инновационным методом улучшения языковых навыков, культурных знаний и повышения вовлеченности учащихся.
ЦЕЛЬ: целью данного исследования является разработка и оценка модели использования проекта «Pen Pals» в качестве педагогического инструмента в обучении английскому языку. Исследование направлено на выявление преимуществ, проблем и передового опыта, связанных с этим подходом, предоставляя учителям всеобъемлющую основу для эффективной реализации проекта.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данном исследовании используются смешанные методы, сочетающие количественные опросы и качественные тематические
п WW
исследования. В число участников входят изучающие английский язык из различных учебных заведений.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают, что проект «Pen Pals» значительно улучшает навыки чтения и письма учащихся на английском языке. Реальный контекст общения, предоставляемый проектом, побуждает студентов более активно и осмысленно использовать английский язык.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: согласно результатам исследования, проект «Pen Pals» является ценным инструментом в преподавании английского языка и имеет значительные преимущества с точки зрения владения языком, культурной осведомленности и мотивации учащихся.
Ключевые слова: модель, изучение языка, друзья по переписке, мировой язык, непрерывное образование.
Для цитирования: Усаров Ж.Э., Тойманова И.Ф Модель использования проекта "Pen pals" при обучении студентов английскому языку // Inter education & global study. 2024. №6. С. 272-281.
A MODEL OF USING THE "PEN PALS" PROJECT IN TEACHING ENGLISH TO STUDENTS_
© Jabbor E. Usarov1®, Inobat F. To'ymanova 2H
1Chirchik State Pedagogical University, Tashkent, Uzbekistan
2Tashkent Institute of Economics and Pedagogy, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 6
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
INTRODUCTION: the Pen Pals project is a multi-year educational practice that connects students from different cultures and languages through the exchange of letters. In the context of teaching English as a foreign language, the "Pen Pals" project can serve as an innovative method for improving language skills, cultural knowledge and increasing student engagement.
AIM: the purpose of this study is to develop and evaluate the model of using the "Pen Pals" project as a pedagogical tool in English language education. The study seeks to identify the benefits, challenges and best practices associated with this approach, providing a comprehensive framework for teachers to effectively implement the project.
MATERIALS AND METHODS: this study uses mixed methods combining quantitative surveys and qualitative case studies. Participants include English language learners from various educational institutions.
DISCUSSION AND RESULTS: the findings show that the Pen Pals project significantly improves students' reading and writing skills in English. The real communication context provided by the project encourages students to use English more actively and meaningfully.
CONCLUSIONS: According to the results of the study, the Pen Pals project is a valuable tool in English language teaching and has significant benefits in terms of language proficiency, cultural awareness and student motivation.
Key words: model, language learning, Pen Pals, world language, continuous education.
Mamlakatimiz ta'lim siyosatidagi ijobiy o'zgarishlar, zamonaviy yondashuvlar amalga oshirilayotganligini shaxsga yo'naltirilgan pedagogik pozitsiyasiga o'tishi bilan izohlash mumkin. Zamonaviy ta'limning vazifalaridan biri - ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarga sharoit yaratib berish va ularga ijodiy qobiliyatlarni namoyon etish imkoniyatini berishdan iborat. Ta'lim jarayonlarida o'zgaruvchanlikni amalga oshirmasdan turib, bu muammolarni hal qilish mumkin emas. Bu esa, ta'lim islohotlarini amalga oshirish bo'yicha butunlay yangicha g'oyalar, yondashuvlar, tamoyillar va yo'nalishlarga asoslangan bosqichga qadam qo'yish zaruratini asoslaydi. Ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirishda yangi mexanizmlarning yaratilishi bugungi globallashuv jarayonlarining hayotiy zaruratiga aylandi va bu o'z navbatida ta'lim sifati samaradorligini oshirish, uni modernizatsiya qilishni taqozo etadi. Ta'lim sohasini integratsion tamoyillar asosida samarali rivojlantirish davlat ta'lim standartlari, ta'lim muassasalarida ta'lim tadbirlarining ustuvor yo'nalishlarini aniqlash, oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish, ta'lim tarmog'i ichida «maktab-laboratoriya» majmualarini yaratish, ta'lim xizmatlari, resurs markazlarini tashkil etishni rivojlantirishni talab qiladi. Xorijiy tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, intellektual salohiyatini oshirish fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi
For citation: Shohista A. Rustamova. (2024) A model of using the "Pen Pals" project in teaching English to students, Inter education & global study, (6), pp. 272-281. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
uzviylik va aloqadorlikni mustahkamlash, bu yo'nalishda malakali kadrlar tayyorlash, ularning bandligini ta'minlash asosida mamlakat iqtisodiyotida tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish mumkin bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrda "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847- son Farmonida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish vazifalari belgilangan1[1]
Ta'lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi borasida Mahmudxo'ja Behbudiy «Ta'lim-tarbiya ishini ijtimoiy hayot, jahon miqyosida sodir bo'layotgan voqealar bilan bog'liq holda olib borishni talab etadi. U yoshlar tarbiyasida, oila, ota-onalar alohida mavqega ega ekanini, maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi uzviy birlikda olib borilishi kerak», degan fikrni bildiradi. Bunda shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlar iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi ekan, degan xulosaga kelish mumkin. Shu ma'noda milliy modelimizdagi shaxs sifatida bilimli, ma'naviy-axloqiy yetuk, jismonan baquvvat, o'z vatani va xalqiga sodiq, milliy g'oyani o'z ongiga singdirgan, har tomonlama kamol topgan yoshlarni voyaga yetkazishga oid vazifalarining keltirilishini hozirgi kunda dolzarb va davlat ahamiyatiga ega bo'lgan vazifa sifatida baholash mumkin.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar qilib voyaga yetkazish ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi bo'lishi hamda ta'lim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borishi kerak bo'ladi.
Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo o'qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik darajasiga bog'liq. Zero, o'qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog'lik vijdon, aql va pedagogik mahorat bilan bajarilishi jamiyat kelajagini ta'minlovchi muhim omildir. Mashhur pedagog, o'zbek maktabi asoschisi Abdulla Avloniy ham o'qituvchi shaxsi va uning faoliyati borasida o'z qarashlarini alohida ifodalaydi. Alloma, bolaning fikriy jihatdan taraqqiy etishida o'qituvchining o'rni beqiyos ekanini ya'ni, bolalarning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish muallimlarning «Diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifa», «Fikrining quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog'liqdur», deya ta'kidlaydi.[2]
1 Узбекистан Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрда "Узбекистан Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиклаш т^рисида"ги ПФ-5847-сон Фармони, Крнун ^ужжатлари маълумотлари миллий базаси, 09.10.2019 й., 06/19/5847/3887-сон; https://lex.uz/docs/6079422
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Jumladan Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri", "Baxt-saodatga erishuv to'g'risida", "Ilmlarning kelib chiqishi", "Aql ma'nolari to'grsida", "Hikmat xulosalari", "Sharxlar", "Falsafiy savollar va ularga javoblar" kabi asarlarida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, bu borada ustoz va murabbiylarning roli nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab o'tadi. Forobiy didaktik qarashlarida ustoz, o'qituvchining ma'suliyatini alohida ifodalaydi. Bu fikrning isboti allomaning quyidagi fikrlarida yaqqol ifoda etilgan: "Ustoz shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko'ngilchanlik ham qilmasligi lozim" [3]
Bugungi yoshlar har tomonlama rivojlangan, o'ziga, boshqa insonga, jamiatga, tabiatga va mehnatga o'z to'g'ri munosabatini bildira oladigan, ijodkor, tashabbuskor va tadbirkor bo'lmog'i lozim. O'quvchida ana shu xususiyatlarning rivojlanishi so'zsiz o'qituvchiga bog'liq. Shu o'rinda A.Distervegning «Har qanday ta'lim va tarbiyada eng asosiy omil-muallim, uning tafakkur dunyosidir» degan fikrlarini keltirib o'tsak mubolag'a bo'lmaydi.[4]
Mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy hayotda tub o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Ayniqsa, ta'lim sohasidagi islohotlarda "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi muhim o'rin tutadi. Har bir mamlakatning rivojlanishi yoki aksincha, inqirozga yuz tutishi mamlakatdagi ta'lim tizimining qay darajada takomillashganiga bog'liq. Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalari oldida turgan eng dolzarb vazifa talabalarni passiv iste'molchilardan faol yaratuvchiga aylantirish, muammoni shakllantirish va uni hal qilish usullarini tahlil qilish, maqbul natijalarni topish va uning to'g'riligini isbotlashga qodir malakali mutaxassisni yetishtirib chiqarishdir.
Dunyoning jadal rivojlanayotgan davlatlari orasida mamlakatimizda ham har yili ilm-fanning bir necha yo'nalishlari tanlab olinib, ularning samaradorligini oshirishda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoev xorijiy tillarni o'rgatish va o'qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan kelajak uchun mustaxkam poydevor bo'ladigan yangi tizimni yo'lga qo'yishni ustuvor mezonlardan biri etib belgiladi: "Biz raqobatdosh davlat qurishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o'quv yurti bitiruvchilari kamida ikkita chet tilini mukammal bilishlari shart. O'zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borayotgani, barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayotgani xorijiy tillarni bilishga ehtiyojni oshirmoqda". [5]
Bugungi kunda rivojlanayotgan dunyo aholisining ko'pchiligi ikki va undan ortiq tilda gaplasha oladi. Albatta, bu tillarning dastlabki o'zining ona tilisi bo'lib, ko'pchilik tilshunoslar nafaqat o'rganilayotgan chet tilini, balki ona tilini o'zlashtirish uchun ham alohida sharoit yaratilishi kerak deb hisoblaydilar. Ta'kidlab o'tish joizki, xorijiy tillarni o'rganish borasida qilinayotgan islohotlar natijasida, o'sib kelayotgan yangi avlod maktabgacha ta'lim muassasasidan tortib oliy ta'lim muassasasigacha ona tili va chet tilini bir paytning o'zida qiyoslab o'rganadilar. Tilshunoslikda mavjud ilmiy-tadqiqot metodlari orqali o'zaro genetik bog'liq va o'zaro genetik bog'lanmagan til oilalariga tegishli bo'lgan, xalqaro va milatlararo aloqada yuksak darajaga va tajribaga ega bo'lgan
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 6
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tillarni qiyoslash orqali o'rganish bir muncha oson bo'lishi ilmiy isbotlangan haqiqatdir. Hozirgi kunda yurtimizdagi ta'lim sohasini tubdan chet tillariga tadbiq qilish maqsadida yaratilayotgan darsliklar, o'quv dasturlari va qo'llanmalar ham ayni shu maqsadlarning amaldagi isbotidir. Binobarin, o'z tili va madaniyatini puxta bilgan o'quvchigina boshqa tillarga mehr qo'yib o'rgana oladi. Chet tillarini o'zlashtirish shu kabi maxsus tayyorgarliklarni talab qiladi.
Ingliz tilini o'rganishga bo'lgan talab va qiziqish shunchalik kuchaydiki, bog'cha yoshidagi bolalardan boshlab katta yoshdagi mutaxassislargacha ingliz tili o'rganishga harakat qilayaptilar. Bu ijobiy holat albatta, chunki, til o'rganish o'sha tilda gaplashuvchi davlatlar madaniyati, tarixi va urf odatlarini o'rganish bilan birga shaxsiy manfaatlar yo'lida ham eshiklar ochilishiga zamin yaratadi.
Ingliz tilini o'rganish orqali dunyo yoshlarining intellektual salohiyatidan boxabar bo'lish, ular bilan fikr almashish, jarayonni chuqur tahlil qilib o'z yutuq va kamchiliklarimizni ularniki bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo'lamiz. Chet tilarni bilishga intilish, "Til bilgan-el biladi" maqoliga ko'ra ish tutish bizning ko'p tilni bilgan Forobiy, bir nechta tillarni qiyosiy o'rganish darajasida keng mushohadali bo'lgan Qoshg'ariy kabi yetuk ajdodlarimizdan merosdir. Bundan tashqari Abdulla Avloniy 1913-yil "Oyna" jurnalida chop etilgan, "Ikki emas to'rt til lozim" maqolasida ham dunyo bilan hamnafas bo'lish uchun til o'rganish kerakligi atroflicha izohlangan. Buyuk bobokolonlarimiz o'zlarining ilm-fan sohasidagi yangiliklari, beqiyos asarlarini boshqa xalqlarga ham o'z tilida yetkazib bera olganliklari uchun ularni butun dunyo taniydi, e'tirof etadi. O'rta Osiyo ilm-fani, madaniyat va ma'rifati e'zozlanadi. Bularning barchasi zamirida qayta va qayta ta'kidlaganimizdek til bilish yotadi. [2]
Bugungi kun yoshlariga qo'yilayotgan talab ham aynan ingliz tilini o'rganish ekanligini quyidagicha izohlash mumkin:
- butun dunyo mamlakatlari bilan bevosita muloqot qilish;
- o'z mustaqil fikrini omma oldida ravon va tushunarli holda bayon qilib
- dunyo hamjamiyatida O'zbekistonning alohida o'rnini ta'minlash va uni mustahkamlashga xizmat qilish uchun ham xalqaro tillarni o'rganish dolzarb masaladir. [6]
Bugungi kunda dunyo aholisi 7 mingga yaqin tilda so'zlashadi. Biroq ularning bir necha o'ntasigina u yoki bu mamlakatda rasmiy maqomga ega bo'lib, jahon ahamiyatiga molik tillar qatorida turadi. Xususan, BMTning 6 ta rasmiy ish tili mavjud: ingliz, arab, xitoy, fransuz, rus va ispan tillari. Xususan ingliz tili bo'yicha oladigan bo'lsak:
- dunyo bo'ylab 1,75 milliarddan ortiq kishi ingliz tilida gaplashadi - bu dunyodagi har 4 kishidan 1 tasi demakdir;
- dunyo bo'yicha taxminan 106 ta mamlakatda ingliz tilini birinchi til sifatida ishlatiladi va 339 millionga yaqin asosiy til sifatida so'zlashadiganlar mavjud (ya'ni bu ularning birinchi va asosiy tilidir);
berish;
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
- dunyodagi har bir ikkinchi kishi ish jarayonida har kuni ingliz tilidan foydalanadi;
- butun dunyodagi bilimlarning 80% ingliz tilida saqlanadi;
- ingliz tilida so'zlashuvchilar anglofonlar deyiladi.
Ingliz tili tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ingliz tili qadimgi german qabilalarining tillaridan kelib chiqqan. Ingliz tili Angliyaning Anglo-Sakson qirolliklari hamda hozirgi janubiy-sharqiy Shotlandiya yerlari avvalgi Nortumbriya qirolligida vujudga keldi. Tarixiy manbaalarga ko'ra, eski ingliz tili juda ko'plab shevalar turkumini o'z ichiga oladi. Qadimiy ingliz tili 4 ta shevaga bo'lingan: nortumbriya, g'arbiy sakson, mersiya va kent shevalari. Bu shevalar turkumi Buyuk Britaniyaning sharqiy qirg'og'iga nemis qabilalari bo'lmish anglo-saksonlar tomonidan keltirilgan. English (ingliz) so'zi Angles so'zidan kelib chiqqan bo'lib, bu xalqning ajododlar yurti Angeln hozirgi Shlezvig Golshteyn (Schleswig-Holstein) bo'lgan. Buyuk Britaniyaning 17 va 20 asr o'rtasidagi kuchli rivojlanishi hamda AQShning 20 asrdagi dunyoviy ta'siri ostida ingliz tilining xalqaro nufuzi oshdi.
Ma'lumki, ingliz tili fan, aviatsiya, kompyuterlar, diplomatiya va turizm tili hisoblanib, kelajakda bu tilni mukammal ravishda biladiganlar yuqori maoshli ishga taklif qilinadilar. Jahon bozorida barcha bitimlar va almashinuvlar ingliz tilida olib boriladi, shuning uchun dunyoning barcha biznes hamjamiyatlari ingliz tilini yaxshi biladigan xodimlarni yollashadi. Ingliz tilini yaxshi biladigan kishi dunyodagi ko'p millatli kompaniyada yaxshi ishlay oladi, chunki u fan va texnologiya tilidir.
Ko'pgina ilmiy maqolalar ingliz tilida yozilgan bo'lib, o'tgan asrda ingliz tilida yozilgan ilmiy maqolalar soni tadqiqotchining ona tilida yozilgan maqolalar sonidan oshib keta boshladi. Masalan, Niderlandiyada bu nisbat 40 ga 1 ni tashkil etadi. Shu sababli ingliz tilini bilish akademik mutaxassislar uchun juda muhim. Ingliz tilini bilmaganlar zamonaviy davrning kuchli vositasi bo'lgan internetdan foydalana olmaydi. Negaki, undagi kontentning yarmidan ko'pi ingliz tilida yozilgan va eng yirik texnologiya kompaniyalari ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlarda joylashgan. Dunyodagi minglab tillar ichida ingliz tili eng ko'p o'rganilgan va xalqaro tashkilotlar tomonidan keng qabul qilingan tildir. Ingliz tilida juda ko'p turli mamlakatlarda so'zlashilganligi sababli, dunyo bo'ylab ingliz tilida dasturlarni taklif qiladigan minglab maktab va universitetlar mavjud. [6] Ana shunday loyihalardan biri "Pen Pal" loyihasidir. "Pen Pal" (xat yozishadigan do'st) internet tarmog'idagi keng tarqalgan saytlardan bo'lib, xorijiy tilni o'rganishda dunyoda ko'p qo'llaniladigan usullardan biridir. Bu yo' nalishda dunyo olimlari orasida ilmiy ishlar olib borilgan va "Pen Pal" loyihasini alohida til o'rgatish va o'rganishning samarali metodi sifatida tan olinganligi ta'kidlangan.
"Pen Pal" tushunchasi 20-asrning boshlarida, 1930-yillarda madaniy almashinuv va til amaliyotini rivojlantirish usuli sifatida paydo bo'lgan. Turli mamlakatlardagi tengdoshlari bilan xat yozishadigan maktab o'quvchilari orasida keng tarqalgan faoliyat bo'lib, nafaqat ularning yozish mahoratini oshiribgina qolmay, balki turli madaniyatlar va turmush tarzi haqidagi tushunchalarini kengaytirgan.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 MnR
Scientific theoretical and methodical journal 2024, №6
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Internet va ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo'lishi bilan " Pen Pal " an'anasi raqamli burilish oldi. "Pen Pal"ga ega bo'lish har qanday yoshdagi odamlar uchun foydali tajriba bo'lishi mumkin. Agar siz yangi tilni o'rganayotgan bo'lsangiz, ushbu tilda ona tilida so'zlashuvchi " Pen Pal " juda foydali bo'lishi mumkin. O'rganilayotgan tilida yozishni mashq qilish, yangi iboralarni o'rganish va yozish haqida fikr-mulohaza olish mumkin. "Pen Pal" orqali til o'rganishda nafaqat yozish balki muloqotni ham rivojlantirish mumkin. [7]
"Pen Pal" - dunyodagi boshqa burchaklardagi odamlar bilan muloqot qilish, chet tilini o'rganish va o'zingizni yangi madaniyatga ochishning ajoyib usuli. Albatta, bugungi kunda bizda Skype va elektron pochta mavjud bo'lib, ular butun dunyo bo'ylab boshqalar bilan bog'lanishni ancha osonlashtiradi. Ammo turli mamlakatlardagi odamlar bilan bog'lanish istagi Internetdan ancha uzokroq bo'lgan. Pochta xizmati yuzlab yillar davomida odamlarga til o'rganish va yangi do'stlar orttirishga yordam berib kelmoqda.
"Pen Pal" - bu bir-biringizga xat yozish orqali uzoq muddatli do'stlik. Eng yaxshi qalamkashlar odatda turli xalqlar, madaniyatlar va tillarni o'rganishga qiziquvchilardir. Ular o'z chegaralaridan tashqaridagi dunyo bilan bog'lanishni xoxlashadi, lekin ko'proq shaxsiy darajada.
Qanday qilib qalam do'stingiz til o'rganishingizga yordam beradi? Til o'rganishda qalamkashlarning o'z o'rni doimo bo'lgan. Yuqorida aytib o'tganimizdek, dunyoning narigi tomonidagi odam bilan bog'lanish va mamlakatga borishdan oldin til ko'nikmalaringizni mashq qilish istagi Internetga kirish va Skype ixtirosidan oldin paydo bo'lgan va bizda mavjud bo'lgan barcha texnologiyalarga qaramay, amaliyot bugungi kunda ham qo'llaniladi. "Pen Pal" bilan biror kishiga xat yozish sizga yangi lug'atni o'rganishga, muayyan mavzular haqida gapirishni mashq qilishga va grammatikani yaxshilashga yordam beradi. Ushbu do'stlikni rivojlantirish, mamlakatlarga sayohat qilish va u yerda mahalliy aholi sifatida hayotni boshdan kechirish imkoniyatlarini yaratishi mumkin.
Ushbu maqsadda "Pen Pal" loyihasi doirasida tajriba katta yoshli til o'rganuvchilarda o'tkazildi va bu o'z ijobiy ta'sirini berdi, ya'ni ularda til o'rganish sifati yaxshilandi. Bu jarayonda til o'rganuvchi volontyor autentik til egasi bilan xat yozishish orqali muloqot olib bordi. Xat almashinuvining asosiy mavzusi adabiyotlarni ijtimoiy-madaniy muhokama qilish bo'ldi. Maqolada autentik til o'rganishning individuallashuvi va til o'rganish bilan doimiy band bo'lishi yoritildi. Bu ilmiy maqolada erishilgan lingvistik va madaniy yutuqlar muhokama qilingan. Bu loyiha faqatgina talabalar bilan cheklanib qolmasdan, turli yoshdagi til o'rganuvchilarni ham qamrab oladi. Chet el ingliz tili o'qituvchilari bilan aloqaga chiqish ham "Pen Pals" loyihasi orqali bo'lsa uzluksiz ingliz tili muhitini yaratishga yordam beradi.
Loyihaning afzallik taraflari: autentik til egasi bilan bo'ladigan oddiy muloqot ham, til o'rganuvchiga ahamiyatli amaliy imkoniyatlar yaratadi va til o'rganishda rag'batlantiruvchi hamkor hisoblanadi; "Pen Palls" loyihasi imloviy xatolarni to'g'rilashga yordam beradi; norasmiy suhbatlar va so'z birikmalarini o'rganish tilni yaxshi biladigan autentik til egasi
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 6
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
bilan so'zlashganda ular uchun oddiy suhbatlarda ishlatilganligi uchun til o'rganuvchiga o'rganish osonlashadi; til o'rganuvchi nafaqat chet elda tajriba orttirishi, balki o'z davlatida to'liq tajriba orttirishi mumkin, ba'zida chet elda orttirilgan tajribadan ko'ra muvaffaqiyatli hisoblanadi; turli davlat va madaniyatga ega bo'lgan odamlar bilan til o'rganish yuzasidan xalqaro hamdo'stlik aloqalarini o'rnatish ham bu loyihada keng imkoniyatlar yaratadi.
Hozirgi texnologiya va ommaviy axborotlar rivojlanib kelayotgan bir davrda "Pen Pals" loyihasining ijobiy taraflari ko'p bo'lganligi bilan bir qatorda salbiy taraflari ham mavjud. Asosiy muammolardan biri bu til o'rganuvchi "Pen Palls" loyihasidan foydalanayotganda Internet tarmog'idagi senzurasi to'g'ri kelmaydigan Internet saytlariga ham kirib qolishi mumkinligidir. Shu bilan birga yana quyidagi muammolarga duch kelishi mumkin: insonlar o'zi haqida noto'g'ri ma'lumotlar berib yolg'on gapirishi mumkin; sizdan pul so'rashi yoki talab qilishi mumkin; turli sabablar bilan tahdid qilishi mumkin; yot radikal yo'nalishlarga undash bo lishi mumkin; uylariga taklif qilishlari mumkin.
Bu muammolarning oldini olish uchun Internet tarmog'ining Whatsap, Skupe, Team, Zoom, Fasebook messenjer, telegram ilovalaridan foydalangan holda til o'rganuvchilarni bir guruhga to'plab yoki yakka tartibda suhbatlar bevosita o'qituvchi ishtirokida tashkil etilishi rejalashtiriladi. Bunda til o'rganuvchi o'qituvchi nazorati ostida bo'ladi.
Agar til o'rganuvchi maktab o'quvchisi yoki oliygoh talabasi bo'lsa, yuqorida keltirilgan salbiy sabablarning oldini olish uchun doimiy ravishda o'qituvchi yoki til o'rgatuvchi nazoratida bo'ladi. Elektron pochta yoki ilova orqali yozilayotgan xatlar "skrinshot" qilinib, o'qituvchiga muntazam ravishda yuboriladi. O'rganilayotgan xorijiy til faqat ingliz tili bo'lishi shart emas, bu til o'rganuvchining tanloviga bog'liq.
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tillar va maktabgacha ta'lim fakultetida o'tkazilgan so'rovnomalardan shu ayon bo'ldiki, "Pen Palls" loyihasi haqida o'qituvchilar ma'lumotga ega, lekin til o'rgatishda qo'llab ko'rilmagan. Talabalar esa bu loyiha haqida ma'lumotga ega emas. Yuqori kurs talabalarini yaqindan tanishtirish maqsadida Facebook tarmog'idagi "Pen Pals for classes " guruhiga a'zo bo'lish tavsiya qilindi.
"Pen Pals" almashinuvi bilan shug'ullanish til o'rganishning amaliy kontsepsiyasini ta'minlaydi. Talabalar ona tilida so'zlashuvchilar bilan muloqot qilish paytida yozish, o'qish va tushunish qobiliyatlarini mashq qiladilar. Bu tajriba ularning til qobiliyatlarini oshiradi.[7]
Xulosa qilib aytganda, "Pen Pals" loyihasi o'quvchilarni til o'rganish, madaniy izlanishlar va mazmunli aloqalarni birlashtirish orqali ularning bilimlarini boyitadi. Turli xalqlarning turli madaniyatlari bo'yicha xabardorlik ham shular jumlasidandir. "Pen Pals" talabalarni turli madaniyatlar, an'analar bilan tanishtiradi. Bu borada o'quvchilar xat almashish orqali "Pen Palls" do'stlarining kundalik hayoti, urf-odatlari va qadriyatlari haqida tushunchalarga ega bo'ladilar hamda ularning hayotiy tarzlarini yaqqol o'rganib boradilar. " Pen Pals " do'stidan xat olishni kutish o'quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi. O'quv jarayoniga hayajon qo'shadi va doimiy muloqotga chorlaydi. So'zlarni to'g'ri yozish, tafakkur qilish, talabalarda o'z-o'zini ifoda etishga undaydi. Bu loyiha orqali
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
talabalar o'z fikrlarini bayon qilishni, tajriba almashishni, shaxslararo ko'nikmalarni rivojlantirishni o'rganadilar. Bir so'z bilan aytganda til o'rganish borasidagi nazariy bilimlarni amalda mustahkamlanishini ta'minlaydigan loyihalardan biri bo'lgan bu "Pen Pals" loyihasi har tomonlama talabalarni til o'rganishdagi bilimlari oshirib, og'zaki nutqlarini shakllanishidagi ko'nikmalarini hosil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИС ОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Узбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрда "Узбекистан Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиклаш тyfрисида"ги ПФ-5847-сон Фармони, крнун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 09.10.2019 й., 06/19/5847/3887-сон; https://lex.uz/docs/6079422
2. Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлок. 25-53-бетлар
3. Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри. - Тошкент: Абдулла крдирий номидаги хал к мероси, 1993. - 122 c.
4. Буюклар таълим ва тарбия хакида - Ta'lim / Образование (idum.uz)
5. Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2021 йилнинг 6 май куни чет тилларини укитиш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиfилиши .
6. Ш.Ш.Шавкатова "Чет тилини урганишнинг ахамияти ва мазмуни" "PEDAGOGS" international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995
7. И.Ф.Туйманова., М.Х.Уразимбетова "Хорижий тил урганишда кулланиладиган илова ва лойихалардан фойдаланишнинг ютук ва камчиликлари"., Узбекистон 393 https://tipi.uz/ May 3, 2024 International Scientific and Practical Conference
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HUsarov Jabbor Eshbekovich,professor.To'ymanova Inobat Fozilovna,o'qituvchi [Усаров Джаббор Эшбекович, профессор, Тойманова Инобат Фозиловна,
преподаватель.], [Jabbor E.Usarov, professor. Inobat F. Toymanova, teacher]; manzil: Chirchiq shahri, Amir Temur ko'chasi 104 uy [адрес: г. Чирчик, улица Амира Темура 104 дом], [address: Chirchik city, Amir Temur street 104 house]