Научная статья на тему 'TАLАBАLАR MUSTАQIL TА’LIMIDА АХBОRОT TЕХNОLОGIYАLАRINING CHIZMACHILIK FANIDAGI ОʻRNI'

TАLАBАLАR MUSTАQIL TА’LIMIDА АХBОRОT TЕХNОLОGIYАLАRINING CHIZMACHILIK FANIDAGI ОʻRNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
92
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / mustaqil ish / axborot texnologiyalari / chizmachilik / learning / independent work / information technologies / drawing.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O’Rinov, Muhammadjon Xojiakbar O’G’Li

Mustаqil ishlаr tаnlаngаn mаvzuni qаndаy dаrаjаdа оʻzlаshtirgаnliklаri hаqidа оgʻzаki, yоzmа (referаt) vа mаsоfаviy аlоqаlаr (e-mаil, sillаbus) оrqаli tоpshirilаdi. Tаlаbаlаrning mustаqil ishini оʻz xоhishi аsоsidа mukаmmаl tаyyоrlаshi аʻlо bаhо оlishining gаrоvidir. Tаlаbа hаr bir mustаqil ishgа yаxshi tаyyоrlаnsа hаm u mustаqil ishni tоpshirishdаn оldin qаytа tаyyоrlаnishi kerаk, yаʻni mаteriаlni qаytа оʻqishi, umumlаshtirishi vа tizimlаshtirishi lоzim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN THE INDEPENDENT EDUCATION OF STUDENTS IN THE SCIENCE OF DRAWING

Independent work is submitted through oral, written (abstract) and remote communication (e-mail, syllabus) about how well they mastered the chosen topic. Perfect preparation of students' independent work based on their own will is the guarantee of getting an excellent grade. Even if the student prepares well for each independent work, he should prepare again before submitting the independent work, that is, he should re-read, summarize and systematize the material.

Текст научной работы на тему «TАLАBАLАR MUSTАQIL TА’LIMIDА АХBОRОT TЕХNОLОGIYАLАRINING CHIZMACHILIK FANIDAGI ОʻRNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TALABALAR MUSTAQIL TA'LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING CHIZMACHILIK FANIDAGI O'RNI

O'rinov Muhammadjon Xojiakbar o'g'li

Farg'ona davlat universiteti Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mustaqil ishlar tanlangan mavzuni qanday darajada о 'zlashtirganliklari haqida og'zaki, yozma (referat) va masofaviy aloqalar (e-mail, sillabus) orqali topshiriladi. Talabalarning mustaqil ishini о 'z xohishi asosida mukammal tayyorlashi a 'lo baho olishining garovidir. Talaba har bir mustaqil ishga yaxshi tayyorlansa ham u mustaqil ishni topshirishdan oldin qayta tayyorlanishi kerak, ya 'ni materialni qayta o 'qishi, umumlashtirishi va tizimlashtirishi lozim.

Kalit so'zlar: ta'lim, mustaqil ish, axborot texnologiyalari, chizmachilik.

ABSTRACT

Independent work is submitted through oral, written (abstract) and remote communication (e-mail, syllabus) about how well they mastered the chosen topic. Perfect preparation of students' independent work based on their own will is the guarantee of getting an excellent grade. Even if the student prepares well for each independent work, he should prepare again before submitting the independent work, that is, he should re-read, summarize and systematize the material.

Key words: learning, independent work, information technologies, drawing.

АННОТАЦИЯ

Сaмoстoятелbнaя pa6oma предстaвляется nocpedcmeoM ycmno8o, nuchMeHHo8o (реферaт) и дистaнциoннoгo oбщения (электрoннaя nouma, силлaбус) o moM, нaскoлbкo xopomo ohu yceornu выбpaнную тему. Безуnречнaя nodzomoeKa сaмoсmoяmелbнoй pa6omhi cmydenmoe no co6cmeeHHoMy желaнию является зaлoгoм шлучения omличнoй oценки. Дaже если студент xopomo гomoвиmся к кaждoй сaмoсmoяmелbнoй paбomе, перед сдaчей сaмoсmoяmелbнoй paбomы oh дoлжен еще pa3 noдгomoвиmbся, т. е. nеpечиmamb, oбoбщиmb и сисmемamизиpoвamb мamеpиaл.

Ключевые слова: oбучение, сaмoсmoяmелbнaя paбoma, инфopмaциoнные mеxнoлoгии, pucoeaHие.

KIRISH

Hozirgi zamon mashina va jihozlar ishlab chiqarish texnologiyalarini chizmalarni o'qishni bilmasdan turib egallab bo'lmaydi. Chunki har bir mutaxassis va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yuqori malakali ishchi texnika yordamida turli buyumlar va ularning detallarini yasash hamda nazorat qilishda ishtirok etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Chizmachikka oid bilimlarni samarali egallashning asosiy shartlaridan biri grafik savodxonlik (chizmalar chizish va o'qishni bilish)dir. Chizmani o'qish va chizishni bilishning asosi chizmachilikda har bir narsaning shartli ravishda soddalashtirib tasvirlanishini mukammal egallashdan iborat. Buning uchun chizmachilik fanini egallashga harakat qilish lozim. Har bir mavzu ichidagi savollarga javob berib, mashqlarni toliq bajarib borsangiz, fanni samarali o'zlashtirishingiz mumkin. Chizma esa texnika tilidir. Shu bois, grafik dasturlardan foydalanib, chizmachilik fanidan animatsiyalashtirilgan dars ishlanmalarni ishlab chiqish fanni yaxshi o'zlashtirishda, o'quvchilarda fazofiy tasavvurlarini shakllanishiga hamda ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Animatsion pedagogik texnalogiya chizmachilik fanini o'qitish jarayonida qayta-qayta namoyish etish imkonini beradi va o'z navbatida vaqtni tejaydi masalalar ko'rimli, tushunarli bo'lib, o'quvchilar xotirasida saqlashni ta'minlaydi va o'zlashtirishni hamda ta'lim sifatini oshirishga imkon beradi. Grafik ta'limning sifat hamda samaradorligini oshirishda yana vositalardan multimedia xususiyatlaridan dars jarayonlarida foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Chizmachilik darslarida media orqali o'quvchilar o'rtasida yangi ma'lumot, bilim, xis-tuyg'ular, tasavvur qilish, mantiqiy fikrlash, fikr va g'oyalarni etkazib berishga xizmati o'ziga xosdir. Medianing etimologiyasi suhbatdoshga bilim yoki ma'lumotlarni ko'proq etkazib berishdir. Multimedia bu bittadan ko'p bo'lgan mediadir. Multimedianing komponentalariga -matn, tasvir, grafika, ovoz, musiqa, animatsiya, videolar kiradi.

Ta'lim va tarbiyada, videokonferentsiyalarda, ta'lim va tarbiyaviy mazmundagi o'yinlarda, internetda va boshqalarda multimediadan qo'llanilishi jarayonni samarali kechishini kafolatlaydi. Xulosa qilib aytganda multimedia:

□ Hozirgi kunda har bir kishining ish faoliyatida doimiy ravishda kompyuter texnologiyalaridan va axborotlardan foydalanish ehtiyoji mavjud.

□ Aloqa va kommunikatsiya vositalari zamonaviy axborot texnologiyalarining ajralmas qismi bo'lib, hayotimizning bir bo'lagiga aylangan.

□ Kompyuterlar jamiyatni axborotlashtirish hamda ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya berishda chizmachilik darslarini samaradorligini oshirish uchun faoliyatlarini avtomatlashtirishda muhim o'rin tutadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

□ Multimedia texnologiyalari grafika va grafikaviy ta'lim jarayonlarini modellashtirish va ularni tasavvur qilish, murakkab vazifalarni engillashtirish, mantiqiy fikrlashga undovchi materiallarni tayyorlash imkonini beradi hamda o'quvchilarning fanga qiziqtira olishi va yangi mavzularni o'zlashtirishga zamin yaratadi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog'i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta'lim samaradorligining muhim omili bo'lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o'zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog'liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog'liqdir. O'quv fanlari bo'yicha elektron o'quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o'qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o'z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo'yicha bilimlarini chuqur o'zlashtirishlarining asosiy omili bo'lib, ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Ayni shunday sa'y-harakatlar amalga oshirilishi ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o'qituvchilarni ilg'or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta'lim muassasalari tajribasini chuqur o'rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta'lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, j advallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni ro'yxatdan utkazish va aks ettirishning turli qurilmalari, muayyan vaqtdagi ish, o'z tabiatiga ko'ra statik bo'lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig'ida ko'rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez xarakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining o'tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sig'imli tashqi xotira, xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo'yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi. "Inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va xar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.

Axborot texnologiyalri vositalari asosida o'quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayorlashni yo'lga qo'yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Axborot texnologiyalaridagi multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o'zi nima degan savol tug'ladi? Ko'pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Masalan, "multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animasiya effektlari asosida o'quv materiallarini o'quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko'rinishidir" degan ta'rifni ko'rsatishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Abduqodirov A.A Masofaviy o'qitish modellari va ularning sinflar // Fizika, matematika va informatika. Toshkent-2004- № 5. 95 b.

2. Abduraxmonov A., Raxmonov I.T., Chizmachilikdan ma'lumotnoma, -T., "Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi", 2005. 135 b

3. Abduqodirov A.A, Hayitov A, Shodiyev R. Axborot texnologiyalari. Akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun darslik.-Toshkent: O'qituvchi, 2002. 420 b

4. Ashirboyev. E., Ro'ziyev I., N.E.Tashimov. Mutaxassilik fanlarini o'qitish metodikasi-Toshkent "Nodirabegim" nashryoti, 2020. 210 b

5. Adilov P., Murodov Sh., Chizma geometriya//O'qituvchi.1988.412 b

6. Azizxojayev N.N. Pedogogik tehnologiya va pedogogik mahorat. O'quv qo'llanma.-toshkent:TDPU,2003. 215b

7. Asqarova O'., M.Xayitboyev, M.Nishonov Pedogogika.-T.: Talqin, 2008. 185 b

8. Ferberman B.L., "Ilg'or pedogogik texnologiyalar"-T.,2001. 210 b

9. Farberman B.JT., Musina R.G., Jumaboeva F.A. Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning zamonaviy usullari. - Toshkent, 2002. - 192 b

10. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

11. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

12. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

13. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

14. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

15. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

16. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

17. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

18. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

19. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

20. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

21. Achildiyeva, M., Axmedova, N., Ikromova, F., Haydarova, O., Ibrahimova, G., & Abdurahmonov, A. (2021). TANBUR: ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6), 302-308.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.