Научная статья на тему 'TALABALAR MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISHDA MAHALLANING ROLI VA AHAMIYATI'

TALABALAR MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISHDA MAHALLANING ROLI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
66
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IJTIMOIY INSTITUTLAR / JAMOAT TASHKILOTLARI / OILA / MAHALLA / TALABA / MAFKURA / G'OYA / OMMAVIY MADANIYAT / ILLAT / QARASHLAR / TARBIYA / TA'LIM / FIKR

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ortikov O.R., Raximova D.

Mazkur tezisda ta’lim tizimida jamoat tashkilotlarining roli va ahamiyati, shuningdek talabalarning mafkuraviy immuniteti rivojlantirish, vatanparvarlik, milliy g’urur, iftixor, ommaviy madaniyatning turli illatlariga qarshi kurashuvchanlikni oshiruvchi qarashlar, g’oyalar, oilaga muhabbat, mahallada faol fuqarolik pozitsiyasiga ega jamiyat a’zosini tarbiyalsh haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE NEIGHBORHOOD IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' IDEOLOGICAL IMMUNITY

In this thesis, the role and importance of public organizations in the education system, as well as the development of students' ideological immunity, patriotism, national pride, pride, views, ideas, love of the family, and active citizenship in the neighborhood, which increase resistance to various evils of mass culture. it is about educating a member of society.

Текст научной работы на тему «TALABALAR MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISHDA MAHALLANING ROLI VA AHAMIYATI»

Ortikov O.R.

Buxoro davlat universitetiPedagogika kafedrasi o'qituvchisi

Raximova D. Talaba 4-2PPS-20

TALABALAR MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISHDA

MAHALLANING ROLI VA AHAMIYATI

Annotasiya: Mazkur tezisda ta'lim tizimida jamoat tashkilotlarining roli va ahamiyati, shuningdek talabalarning mafkuraviy immuniteti rivojlantirish, vatanparvarlik, milliy g'urur, iftixor, ommaviy madaniyatning turli illatlariga qarshi kurashuvchanlikni oshiruvchi qarashlar, g'oyalar, oilaga muhabbat, mahallada faol fuqarolik pozitsiyasiga ega jamiyat a'zosini tarbiyalsh haqida so'z boradi.

Tayanch atamalar: ijtimoiy institutlar, jamoat tashkilotlari, oila, mahalla, talaba, mafkura, g'oya, ommaviy madaniyat, illat, qarashlar, tarbiya, ta'lim, fikr.

Ortikov O.R. teacher

Department of Pedagogy Bukhara State University Rakhimova D. student 4-2PPS-20

THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE NEIGHBORHOOD IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' IDEOLOGICAL IMMUNITY

Abstract: In this thesis, the role and importance of public organizations in the education system, as well as the development of students' ideological immunity, patriotism, national pride, pride, views, ideas, love of the family, and active citizenship in the neighborhood, which increase resistance to various evils of mass culture. it is about educating a member of society.

Keywords: social institutions, public organizations, family, neighborhood, student, ideology, idea, mass culture, evil, views, upbringing, education, opinion.

Talabalarni har tomonlama rivojlangan, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, jismonan va ruhan tetik, sog'lom turmush tarzini shakllantirish yuksak g'oyalarini tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifalariga aylandi. Shuningdek, ma'naviyat, insonparvarlik, axloq, mafkuraviy

yetuk, vatanparvarlik, hayotiy faollik kabi ma'naviy-axloqiy I sifatlarni shakllantirishda mahallaning roli ham juda beqiyos. Shunday ekan, mahallaning jamiyatimizdagi joriy etilishi, oila, mahalla, maktab uch birligi jamiyatimizning mustahkam zanjiri bo'lishi belgilangan. 1993-yil 2-sentyabrda O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risida"gi Qonunining qabul qilinishi bejiz bo'lmagan. O'zbekiston Respublikasida muhim demokratik institut va 14 fuqarolik jamiyatining asosi deb mahallaning e'tirof etilishi ham asoslidir. Bugungi kunda—mahalla institutining nufuzi oshib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105 -moddasida birinchi bor uning huquqiy maqomi bayon etilishi va shu asosda fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari tizimining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratilishi mahallalar jamiyatimiz va davlatimiz tomonidan qo'llab-quvvatlaniyotganligining yorqin ifodasidir. Mahalla fuqarolik instituti sifatida qator muhim ijtimoiy funksiyalarni bajarib, ijtimoiy aloqalarni kuchaytirishga, ijtimoiy guruhlarning tengligini saqlashga yordam beradi.

Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning muhim yo'nalishlaridan biri - mafkuraviy immuniteti shakllantirishdir. Mafkuraviy immunitet talabaning o'zi tug'ilib o'sgan, kamol topgan joy, zamin, o'lkaga bo'lgan mehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ma'naviy-axloqiy xislatlari va fazilatlaridir.

Mafkuraviy immunitetni rivojlantirish, unda mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish bo'yicha burch tuyg'usini shakllantirish vazifasi mahallalarning dolzarb vazifalaridandir. Prezidentimiz Sh.M.Mirzieyov ta'kidlaganidek, "Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatdan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. "Tarbiya qancha mukammal bo'lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi", deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo'lishi uchun esa bu masalada bo'shliq paydo bo'lishiga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi"80.

Har bir xalq o'z istiqbolini kamolga yetayotgan kelajak avlod tims olida ko'radi, shu bois mamlakatimizda istiqlol yillarida yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirshga alohida e'tibor qaratib, yoshlarni yot g'oyalardan asrash, barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar izchil amalga oshirilishda mahalla institutlarini joriy etishni lozim topib, mahalla instituti milliy gurur tuyg'ularini shakllantirishda, yoshlarni ma'naviyatli etib tarbiyalashning asosiy bo'gin sanaladi. Mahalla O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'rifi bilan aytganda, tom ma'noda —ona yurt ramzi va —xalq vijdoniga, —ta'sirchan ijtimoiy fuqarolik idorasi va —demokratiya darsxonasiga aylandi. Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta —mahalla tushunchasi mamlakatimizning Bosh qomusiga kiritilib, konstitutsiyaviy maqomi mustahkamlandi. Shuningdek, yoshlarni mafkuraviy immunitetli bo'lishi, ona-Vatanga cheksiz mehr-muhabbatni qaror toptirish,

80 Mnp3HëeB ffl.M. MHMHH TapaKKHëT HY^HMH3HH rçaTbHHT 6raaH gaBOM этгнрн6, amu ôoc^KHra KyTapaMH3. - TomKeHT: "Y36eKHCTOH" HMHy, 2017. - 592 6.

O'zbekistonning buyuk kelajagini yaratishda eng olijanob ishlarda Ifaol qatnashishga undaydi.

"Talabalarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihaddan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 3907-sonli Prezident Qarorida "Talabalar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini ajralmas qismiga aylanib borilayotganligi" aytib o'tilgan. Olib borilayotgan islohotlar tahlili ushbu sohadagi muammolar saqlanib qolayotganligini ko'rsatadi:

- talabalarni Vatanga sodiqlik va uning kelajagi uchun burch hissini singdirishga, ularda turli g'arazli g'oya va qarashlarning salbiy tasiriga nisbatan mafkuraviy immunitetini shakllantirishga qaratilgan ishlar yetarli darajada samara berayotgani;

- milliy qadriyatlar, an'analarga sodiqlik, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, buzg'unchi g'oyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish yuzasidan jamoat tashkilotlarining faoliyati yetarli darajada emasligi;

- talaba-yoshlarning darsdan tashqari bo'sh vaqtini samarali tashkil etish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar, darsdan tashqari muassasalar, shu jumladan, to'garaklar, sport bo'linmalarining yetarli emasligi yoshlarni barkamol tarbiyalanishiga va hayot yo'lini tanlashiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash hamda mustaqil dunyoqarashini shakllantirish borasida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani qayd etilgan.

Yurtimizda qabul qilinayotgan qonunlar, qonunosti hujjatlar, davlat dasturlari zamirida o'sib kelayotgan yosh avlodni ajdodlarga munosib vorislar etib tarbiyalash ham masalalari nazarda tutilgan.

«Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo'qotsak, bu o'ta muhim ishni o'z holiga, o'zibo'larchilikka tashlab qo'yadigan bo'lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo'g'rilgan va ulardan oziqlangan ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o'zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo'lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin81», deb alohida ta'kidlagan edi I.A.Karimov.

Vatan, xalq, ajdodlarimiz, buyuk allomalarimizning shuhratini dunyoga tarannum etishda, yoshlarni mafkuraviy immunitetni rivojlanishida oilaning o'rni ham beqiyosdir. Oiladagi sog'lom muhit - sog'lom mafkurani shakllantirishning eng muhim manbai hisoblanadi. Har tomonlama yetuk,

81 Каримов И. А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т., Маънавият, 2008, -176 б

jismonan barkamol, bilimli, fidoiy farzandlari bo'lgan xalq albatta I o'zining buyuk kelajagini barpo etishga qodir.

Xulosa qilib aytganda, jamoat tashkilotlari sanalmish mahalla, oila, maktab, hamkorligi talabalarining ijtimoiy hayotda faollikgini oshirib, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, mafkuraviy imminitetini rivojlantirishga farzandlarni sog'lom tarbiyalab voyaga yetkazishda xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2019. - 48 b.

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni" // Xalq so'zi 2020 yil 24-sentabr

3. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараккиёт йулимизни катъият билан давом эттириб, янги боскичга кутарамиз. (1-жилд). - Тошкент: "Узбекистон" НМИУ, 2017. - 592 б.

4. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т., Маънавият, 2008, -176 б

5. Куронов М. Мактаб маънавияти ва миллий тарбия. - Т.: Фан, 1995. - 118

6.

6. Ortiqov O. R. GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 5. - С. 160-165.

7. ORTIQOV O. R. MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR JARAYONIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI (OLIY TA'LIM MUSSASALARI MISOLIDA) //ЭКОНОМИКА. - С. 1130-1135.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.